MARKAZ XABARLARI
14.7K subscribers
21.2K photos
4.42K videos
21 files
10.4K links
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rasmiy kanali

Veb-sayt: manaviyat.uz
Facebook: fb.com/manaviyat.uz
Instagram: instagram.com/manaviyat_markaz
Youtube: https://www.youtube.com/@respublikamanaviyatvamarif2968
Download Telegram
#Sirdaryo_viloyati
#Yoshlar_oyligi
#Yangi_Oʻzbekiston_yoshlari_birlashaylik

🔰30-iyun  - “Yoshlar oyligi” munosabati bilan “Yangi O'zbekiston yoshlari birlashaylik!”  shiori ostida "Ma'rifat" targ'ibotchilari ishtirokida Shirin shahrida joylashgan Yoshlar markazida "Yangi O'zbekiston yoshlari birlashaylik" shiori ostida "Ma'rifat  soati" o'tkazildi.

🔹Tadbirda "Ma'rifat" targʻibotchilar jamiyati yetakchi mutaxassisi Nodir Abdumannonov, Oʻzbekiston Kino arboblar ijodiy uyushmasi a'zosi Oygul Abdurahmonova,  xonanda Adolat Ismoilovalar ishtirok etdi.

🔹Tadbir davomida so'zga chiqganlar "Yosh yigit-qizlarimiz uchun yaratilayotgan keng ko‘lamdagi imkoniyat va shart-sharoitlar, ularning qizg‘in faoliyat ko‘rsatishlari uchun qaratilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik dunyo hamjamiyatini ham o‘ziga jalb etayapti" deya o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

🌐 @manaviy_markaz
#Yoshlar_oyligi
#Andijon_viloyati

Xabaringiz bor, O’zbekiston bo’ylab Yoshlar oyligimunosabati bilan “Yangi O’zbekiston yoshlari, birlashaylik” shiori ostida ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda. Mazkur oylik doirasida bir guruh “Ma’rifat” targ’ibotchilari Andijon viloyatiga yetib keldi.

Viloyatda targ’ibotchilarning ilk manzili Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi bo’ldi. Mehmonlar elimiz suygan shoir Muhammad Yusuf haykali poyiga gul qo’yishdi.

Shundan so’ng ma’rifiy tadbirlarga start berildi.

🌐 @manaviy_markaz
#Yoshlar_oyligi
#Andijon_viloyati

Avvalroq, bir guruh “Ma’rifat” targ’ibotchilari Andijon viloyatida bo’lib turgani haqida xabar bergan edik.

“Ma’rifat” targ’ibotchilari jamiyati tomonidan Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida “Kitob karvoni” tashkil etdi.

Unda “Ma’rifat” targ’ibotchilari jamiyati rahbari Baxtiyor Husanov, professor Narzulla Jo’rayev, O'zbekiston Xalq artisti Gavhar Zokirova, Odina Narzullayeva, taniqli shoiralar Zulfiya Mo’minova, Farog’at Xudoyqulova, Shaxlo Ahrorova, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artistlar Gulbahor Erqulova, Turg’un Beknazarov, shuningdek filologiya fanlari nomzodi Munira Qahhorova, jurnalist Oygul Kajanova, yosh va umidli xonanda Rustam Mirminovlar ishtirok etdi.

Tadbirda so’zga chiqqanlar kitobxonlik va uning ahamiyati xususida so’z yuritdi. Shuningdek viloyatning ma'naviy salohiyatiga  yuqori baho berildi.

🌐 @manaviy_markaz
#Yoshlar_oyligi
#Andijon_viloyati

"Yoshlar oyligi" doirasida Jalaquduq tumanidagi Vatanparvar tashkilotida "Yangi O‘zbekiston yoshlari birlashaydik" shiori ostida "Ma'rifat soati" tashkil etildi.

Mazkur tadbirda “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zolari, ziyolilar, olim va professorlar va shoir-yozuvchilar ishtirok etishdi.

Tadbirda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida fikr almashildi.

@manaviy_markaz
#Andijon_viloyati
#Yoshlar_oyligi
#Yangi_Oʻzbekiston_yoshlari_birlashaylik

30-iyun  - “
Yoshlar kuni” munosabati bilan “Yangi O'zbekiston yoshlari birlashaylik!”  shiori ostida Yoshlar oyligi doirasida
Buloqboshi tumanida tashkil etilgan tadbirlar davom etmoqda.

🔹Targ'ibotchilarning keyingi manzili tuman Madaniyat markazi bo'ldi.

🔹Dastlab targ'ibotchilar "Milliy qadriyatlar" haftaligi bilan yaqindan tanishdilar. Ko'rgazmalar ma'naviy-marifiy tadbirga ulanib ketdi.

🔹Shundan so'ng "Mehr-sahovat loyihasi" doirasida xonadonlarga tashrif uyushtirildi.

🌐 @manaviy_markaz
#Yoshlar_oyligi
#Andijon_viloyati

Mamlakatimizda yoshlar masalasi har doim davlat siyosati  darajasidagi muhim masala bo'lib kelgan.

Xususan "Yangi O‘zbekiston yoshlari birlashaylik" shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Andijon viloyati Marhamat tumanida ham xuddi shunday tadbir tashkil etildi. Tadbirda "Ma'rifat" targ‘ibotchilari jamiyati a'zolari ishtirok etdilar.

Dastlab tadbir tumandagi "Kelajak nuri" kutubxonasida o‘tkazildi.

Bugungi tadbir chinakam qo‘shaloq bayramga aylanib ketdi, sababi ushbu ma'naviy-ma'rifiy tadbirda umumta'lim maktablarini oltin va kumush medallarga tamomlagan yoshlar hamda tuman AKM xodimlari ishtirok etdi.

Unda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Gulbahor Erqulova tomonidan ijro etilgan dilbar taronalar barchani raqsga chorladi.

🌐 @manaviy_markaz
#Yoshlar_oyligi
Farg‘ona viloyati

Xabaringiz bor, O’zbekiston bo’ylab “Yoshlar oyligi” munosabati bilan “Yangi O’zbekiston yoshlari, birlashaylik” shiori ostida yoshlar sayllari, ma'naviy-ma’rifiy tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur oylik doirasida poytaxtdan kelgan bir guruh “Ma’rifat” targ’ibotchilari, taniqli san'atkorlar, ijodkorlar Marg‘ilon temiryo'l vokzalida karnay-surnay sadolari ostida tantanali kutib olindi.

Bizni kuzatishda davom eting!

🌐
@manaviy_markaz
#Namangan_viloyati
#Yoshlar_oyligi
#Yangi_Oʻzbekiston_yoshlari_birlashaylik

"YOSHLAR OYLIGI" DOIRASIDA TARG‘IBOT TADBIRLARI NAMANGANDA DAVOM ETADI

Avval xabar berganimizdek, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi va boshqa bir qator tashkilotlar hamkorligida mamlakatimiz bo‘ylab 30-iyun  - “Yoshlar kuni” munosabati bilan “Yangi O'zbekiston yoshlari birlashaylik!”  shiori ostida “Yoshlar oyligi” o‘tkazilmoqda.

Bugun oylik doirasida tashkil etiladigan ma'naviy-ma'rifiy targ'ibot  loyihalarni o'tkazish uchun olimlar, ziyolilar, shoir va yozuvchilar,  san'atkorlar "Ma'rifat" targ'ibotchilari jamiyati a'zolari Namagan shahriga yetib kelishdi.

Yoshlar oyligi doirasida Namangan viloyatida “Mening farzandim – O‘zbekiston faxri”, “Milliy qadriyatlar haftaligi”, “Inson qadri va mehr-saxovat”, “Kitob karvoni”, “Maʻrifat soati” kabi ma'naviy-ma’rifiy loyihalar o‘tkaziladi.

🌐 @manaviy_markaz
#Namangan_viloyati
#Yoshlar_oyligi
Mamlakatimiz bo‘ylab 30-iyun - “Yoshlar kuni” munosabati bilan “Yoshlar oyligi” o‘tkazilmoqda.

Bugun m'anaviy tadbirlar To‘raqo‘rg‘on tumanida ham boshlandi. Toshkentdan kelgan ziyolilar dastlab tuman obodonlashtirish bo‘limi xotin-qizlari bilan uchrashdilar.
Dildan suhbat nihoyatda samimiy kechdi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, taniqli shoir Dilshod Rajabovning dilbar she’rlari, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Yodgora Ziyomuhammedova, Farida Umarovalarning hazilga yo‘g‘rilgan dialoglari, maqom ijrochisi Ozoda Yorovaning xalq yo‘lidagi terma ashulalari soha xodimlari kayfiyatiga kayfiyat qo‘shdi.

So‘ngra mehmonlar 9-musiqa va san’at maktabidagi tadbirga tashrif buyurdilar. Tuman hokimining o‘rinbosari Ikromjon Parpiyev, tuman ma’naviyat bo‘limi rahbari M. Begmatovalar mamlakatimizda yoshlar uchun yaratilayotgan qulayliklar haqida gapirdilar.

🌐 @manaviy_markaz
#Fargʻona_viloyati
#Yangi_Oʻzbekiston_yoshlari_birlashaylik
#Yoshlar_oyligi

🔰Shu kunlarda viloyatimiz boʼylab "Yoshlar oyligi" doirasida "Yangi Oʼzbekiston yoshlari birlashaylik" shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar oʼtkazilmoqda. Bir guruh «Maʼrifat» targʼibotchilari, ziyolilar, olimlar va sanʼatkorlar Fargʻona viloyatiga tashrif buyurishdi.

🔹Targʼibotchilarning ilk tadbiri viloyat markazidagi Ahmad Farg‘oniy haykali poyiga gul qo‘yishdan boshlandi. Shu yerda "Kitob karvoni" loyihasi o'tkazildi. Loyiha doirasida 2500 dan ziyod kitoblar viloyatdagi oliy taʼlim muassasalariga tarqatildi. Tadbirda viloyat hokimi oʻrinbosari Fayzullo Qosimov, "Ma'rifat" targ'ibotchilar jamiyati a'zosi Rahimboy Jumaviyozov yoshlar kamolotida kitobning o'rni katta ekanini ta'kidladi. 

🌐 @manaviy_markaz
#Yoshlar_oyligi
#Andijon_viloyati

"Ma'rifat" targ'ibotchilari tomonidan Qo'rg'ontepa tumanida ham ma'rifiy tadbirlar davom etmoqda.

Targ'ibotchilar "Mehr va saxovat" loyihasi doirasida "Temir daftar" va "Yoshlar daftari"ga kiritilgan oila farzandlari holidan xabar olishdi.

O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Gulbahor Erqulova, taniqli shoira Farog'at Xudoyqulova hamda Ijtimoiy-ma'naviy tadqiqotlar instituti direktor o'rinbosari Munira Qahhorova yoshlarga esdalik sovg'alarini topshirar ekan, ularga bildirilayotgan ishonch xususida so'z yuritishdi.

🌐 @manaviy_markaz
#Fargʻona_viloyati
#Yangi_Oʻzbekiston_yoshlari_birlashaylik
#Yoshlar_oyligi

"Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik"  shiori ostida davom etayotgan tadbirlar ezgu amallarga ulandi. Poytaxtimizdan tashrif buyurgan "Ma’rifat" targ‘ibotchilar jamiyati a’zolari, san’atkorlar va ijodkorlar Marg‘ilon shahridagi bemorlar, ehtiyojmand oilalar xolidan xabar oldi. Ular bilan samimiy muloqotda bo‘lib, Qurbon hayiti va Yoshlar kuni bilan tabrikladi.

Ipak yo‘li mahallasida yashovchi Gulshoda Ismoilova biroz kasallikdan ozor chekdi. Shunday bo‘lsada u qanoat bilan oliy o‘quv yurtiga o‘qishga kirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Mehmonlarning tashrifi uni behad mamnun etdi. Shu kuni uy ta’limini olayotgan Robiya Ahmadaliyeva, Zulxumor Aliyeva kabi yoshlarning uyiga borildi, ular bayram bilan qutlandi.

@manaviy_markaz
#Fargʻona_viloyati
#Yangi_Oʻzbekiston_yoshlari_birlashaylik
#Yoshlar_oyligi

Marg‘ilon shahridagi Raqamli texnologiyalar markazida "Yangi O'zbekiston yoshlari birlashaylik" shiori ostida o‘tkazilgan  mazkur tadbirda olimlar, san’atkorlar va yoshlar ishtirok etdi.

🌐 @manaviy_markaz
#Fargʻona_viloyati
#Yangi_Oʻzbekiston_yoshlari_birlashaylik
#Yoshlar_oyligi

Farg'ona viloyatida “Yangi O‘zbekiston – yoshlari birlashaylik!” shiori ostida o‘tkazilayotgan yoshlar oyligi doirasida hududlarda “Milliy qadriyatlar” haftaligi loyihalari ham keng miqyosda tashkil etilmoqda. Marg‘ilon shahridagi Hunarmandlar markazida ana shunday tadbir o‘zligimizga bo‘lgan yuksak e’tibor ifodasi bo‘ldi.

Marg‘ilon azaldan atlasu adraslari, milliy matolari bilan mashhur. Bugun ham bu an’analar “usta-shogird” an’anasi asosida davom etmoqda. Ayniqsa, yoshlarning hunarga, milliy matolarni to‘qishga ishtiyoqi kuchli.

Tadbirda milliy liboslar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ijodkorlar atlas, adras to‘qish jarayoni va ularning ko‘rgazmasi bilan tanishdilar.

@manaviy_markaz
Namangan universitetlariga kitob jamlanmalari taqdim etildi.

#Yoshlar_oyligi
#Namangan_viloyati

Shu kunlarda "Yoshlal oyligi"  doirasida bir guruh ziyolilar, “Ma’rifat” targ’ibotchilari Namangan viloyatida bo’lib turgani haqida xabar bergan edik.

“Ma’rifat” targ’ibotchilari jamiyati tashabbusi bilan Namangan shahridagi "Boborahim Mashrab" bog‘ida “Kitob karvoni” tashkil etdi.

Unda falsafa fanlari doktori, professor Jamila Shermuhammedova,
O'zbekiston Xalq hofizi Abdunabi Ibrohimov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi rahbari  Ziyovuddin Mansur, shuningdek viloyat faollari va talabalar ishtirok etishdi.

Tadbirda so’zga chiqqanlar kitobxonlik va uning ahamiyati xususida so’z yuritdi. Shuningdek viloyatning ma'naviy salohiyatiga  yuqori baho berildi. Loyiha doirasida 3000 dan ziyod kitoblar viloyatdagi oliy taʼlim muassasalariga yuborildi.

🌐 @manaviy_hayot
#Fargʻona
#Yangi_Oʻzbekiston_yoshlari_birlashaylik
#Yoshlar_oyligi

"Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik"  shiori ostida davom etayotgan tadbirlar O‘zbekiston tumanida ham ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazildi.

Tumandagi Qudash Muruvvat uyida tashkillangan  konsert dasturida O‘zbekiston davlat filarmoniyasi  xonandasi, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi Faxriddin Nazarov, O‘zbekiston Kinoarboblar ijodiy uyushmasi a’zosi, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi Oygul Abdurahmonova, “Shuhrat” medali sohibasi, shoira Zebo Mirzolar ishtirok etib, Muruvvat uyida davolanayotgan xotin qizlar xolidan xabar olindi, ular bilan samimiy suhbatda bo‘lib, kelayotgan Qurbon hayiti  va Yoshlar kuni bilan tabriklab, esdalik sovg‘alari ulashdilar.

🌐 @manaviy_markaz
#Yoshlar_oyligi
#Yangi_Oʻzbekiston_yoshlari_birlashaylik
#Mehr_va_saxovat_loyihasi

🔰 Mamlakatimiz bo'ylab 30-iyun “Yoshlar kuni” munosabati bilan “Yangi O'zbekiston yoshlari birlashaylik!” shiori ostida “Yoshlar oyligi o‘tkazilishi davom etmoqda.

🔹Mazkur targ‘ibot tadbirlari doirasida Quva tumanida "Mehr saxovat" loyihasi tashkil etildi.

🔹 Tadbir davomida "Ma'rifat" targ'ibotchilar jamiyati a'zolari yordamga muhtoj bo'lgan Muhammadyusuf Tojimatov, Xo'jaliyeva Munisa Tojaliyeva hamda Niyozov Jahongir xonadonida bo'lib ularning holidan xabar olishdi. "Ma'rifat" targ'ibotchilar jamiyati a'zolari tomonidan oilaga sovg‘alar ulashildi.

🌐 @manaviy_markaz
#Fargʻona_viloyati
#Yangi_Oʻzbekiston_yoshlari_birlashaylik
#Yoshlar_oyligi

Fargʻona davlat universitetida davom oʻtayotdan forum doirasida "Mening farzandim Oʻzbekiston faxri" loyihasi oʻtkazildi. Turli sohalarda yuqori natijalarga erishib kelayotgan viloyatimizning bir guruh yoshlari va ularning ota-onalari Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, "Maʼrifat" targʻibotchilar jamiyati tomonidan tashakkurnomalar hamda qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.

Taqdirlash marosimida ishtirok etgan Respublika targʻibot guruhi aʼzolari yoshlarga samimiy tilaklarini bildirishdi.

TAQDIRLANGANLAR

Shermatov Qobiljon Otaqo‘zi o‘g‘li
Olimova Zuhrabonu
Mo‘ydinxo‘jaev Asadxo‘ja Zohidxo‘ja o‘g‘li
Davlatjon Karimov Shermuhammad o‘g‘li
Ubaydullayev Abduvoxid Muxiddin o‘g‘li
Yetmishboyev Shaxzodbek Ma’murjon o‘g‘li
Anorova Mashrabxon Anvarjon qizi
Ismoilova Sharofatxon Salimjon qizi
Ergasheva Nilufar Akramjon qizi
Nishonov Kamoliddin Axrorjon o‘g‘li

🌐 @manaviy_markaz
#Yoshlar_oyligi
#Rishton_tumani

YANGI OʻZBEKISTON YOSHLARI BIRLASHAYLIK!

Bugun Fargʻonada davom etayotgan "Yoshlar oyligi" doirasida Rishton tumanidagi Oʻzbekiston - Tojikiston Respublikasi hukumatlarining ikki tomonlama hamkorligi sharafiga bunyod etilgan "Kapalak" (Шапарак) MTT daMaktabgacha ta'lim agentligi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi, Oliy Majlis huzuridagi nodavlat va notijorat tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi hamda "Ma'rifat" targ‘ibotchilar jamiyati hamkorligida tayyorlangan "Zukko bolajon" kitob-albomi taqdimoti boʻlib oʻtdi.

Tadbirda "Maʼrifat" targʻibotchilar jamiyati aʼzolari: Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artistlar Bahodir Nishonov, Dilfuza Rahimova, kinoaktrisa Barno Qodirova ishtirok etishdi. Taqdimot davomida bolajonlar ijrosidagi sheʼrlar, kuy-qoʻshiq va raqslar barchaga manzur boʻldi.

So‘zga chiqqanlar, “Zukko Bolajon!” fotoalbomi ertamiz egalarining ma’naviy kamol topishida muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlab o‘tishdi.

🌐 @manaviy_markaz