MARKAZ XABARLARI
16K subscribers
20.6K photos
4.07K videos
19 files
9.87K links
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rasmiy kanali

Veb-sayt: manaviyat.uz
Facebook: fb.com/manaviyat.uz
Instagram: instagram.com/manaviyat_markaz
Youtube: https://www.youtube.com/@respublikamanaviyatvamarif2968
Download Telegram
#Online

#Hududlardan_tezkor_xabarlar

#Namangan_viloyati


МАЪНАВИЙ ЮКСАЛИШ САРИ ИНТИЛИШ — БОШ МАҚСАД

Юртбошимизнинг 2018 йил 4 августдаги "Ўзбекистон Республикаси Қуролли Кучлари ҳарбий хизматчиларининг маънавий-маърифий савиясини ошириш тизимини тубдан такомиллаштириш тўғрисида"ги ПҚ-3898-сонли қарори ижроси доирасида Республика Маънавият ва маърифат маркази Наманган вилояти бўлими томонидан Миллий гвардия бошқармаси билан ҳамкорликда бошқарма ходимлари иштирокида "Ўзбекистон Республикасида ёшлар онгига деструктив ғояларнинг таъсирини минималлаштириш масалалари" мавзуида маънавий-маърифий ўқув машғулоти ўтказилди. Тадбирда Ёшлар ишлари агентлиги вилоят бошқармаси таълим муассасаларидаги ёшлар билан ишлаш ва волонтёрликни ривожлантириш бўйича бош мутахассиси, "Келажак лидерлари" клуби аъзоси, Республика Маънавият ва маърифат маркази "Маърифат" тарғиботчилар жамияти аъзоси Аҳрорбек Акбаров иштирок этди ва маъруза қилди.

Каналга уланиш:👇🏻
https://t.iss.one/manaviy_markaz
#Online

#Hududlardan_tezkor_xabarlar

#Namangan_viloyati


Маънавият ва маърифат соҳасида ҳамкорлик меморандуми имзоланди

Республика Маънавият ва маърифат маркази Поп тумани бўлинмаси Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазирлиги Қоровул қўшинлари 7552 ҳарбий қисми билан ҳамкорликлик меморандумини имзолади.

Бундан кўзланган мақсад — маънавият ва маърифат соҳасида олиб борилаётган давлат сиёсати асосида маънавий-маърифий соҳага оид масалаларни ўзаро келишган ҳолда амалга ошириш ҳамда ривожлантиришдан иборат.

Каналга уланиш:👇🏻
https://t.iss.one/manaviy_markaz
#Online

#Hududlardan_tezkor_xabarlar

#Namangan_viloyati

Ватанга ва халққа садоқат билан хизмат қилиш — олий бурчимиз!


Президентимизнинг 2022 йил 19 январдаги “Маҳаллаларда ёшлар билан ишлаш тизимини тубдан такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги ПҚ-92-сон Қарори ижроси бўйича Давлатобод туманидаги 58-сонли ихтисослаштирилган умумтаълим мактабида ёшлар ва мактаб ўқувчилари ўртасида 3-сектор раҳбари соврини учун “Ватанга ва халққа садоқат билан хизмат қилиш — олий бурчимиз!” шиори остида "Иншолар ва расм чизиш" кўрик-танловининг туман босқичи бўлиб ўтди.

Кўтаринки рухда ўтган танлов сўнгида ғолибларга эсдалик совғалари ва дипломлар топширилиб, вилоят босқичида ҳам омад тиланди.

Каналга уланиш:👇🏻
https://t.iss.one/manaviy_markaz
#Online

#Hududlardan_tezkor_xabarlar

#Namangan_viloyati


"Тараққиёт стратегияси" билимдонлари аниқланди

Ёшлар ўртасида ҳуқуқий саводхонликни янада ошириш, жамиятда амалга оширилаётган ислоҳотлар билан ҳамнафас бўлишини таъминлаш мақсадида Республика Маънавият ва маърифат маркази, вилоят прокуратураси, "Юксалиш" умуммиллий ҳаракати, Ёшлар ишлари агентлиги, вилоят адлия бошқармаси ҳамда ҳамкор ташкилотлар ташаббуси билан ОТМ талабалари ўртасида "Тараққиёт стратегияси билимдони" кўрик-танлови ташкил қилинди. Танлов иштирокчилари 1-шартда мавзу доирасида тест саволларини синовдан ўтказишган бўлса, 2-шартда "Тараққиёт стратегияси" доирасида оғзаки савол-жавоб шаклида ўз фикрларини билдиришди.
Танлов якунида ғолибларга ташкилотчилар томонидан қимматбаҳо совғалар ва ташаккурномалар топширилди.

Каналга уланиш:👇🏻
https://t.iss.one/manaviy_markaz
#Jarayon

#Hududlardan_tezkor_xabarlar

#Namangan_viloyati


⚡️Мурувват уйида "Маънавият боғи" ташкил этилди

Давлатимиз раҳбари ташаббуси билан юртимиз бўйлаб кенг миқёсда бошланган “Яшил йиллик” умуммиллий лойиҳасининг ҳаётга жорий этилиши замирида ҳам мазкур ҳаётий ҳақиқатлар мужассамдир.
Бугун туманнинг барча кўчаларида бўлгани каби 2-сектор ҳудудидаги Мурувват уйида ҳам ушбу ташаббус доирасида дарахт экиш ишлари қизғин олиб борилди. Ушбу масканда Республика маънавият ва маърифат маркази Поп тумани бўлинмаси ташаббуси билан мактаблардаги ижодий-маданий масалалар бўйича тарғиботчилар иштирокида "Меҳр-мурувват — олий қадрият!" шиори остида "Маънавият боғи" яратилиб, 100 туп мевали ва 100 туп манзарали кўчатлар экилди, Яратгандан юртимизга тинчлик, бошлаган хайрли ишларга барака сўраб дуолар қилиниб, жонлиқ сўйилди. Тадбир ўзаро хайрихоҳлик ва дўстона меҳрибонлик муҳитини барқарорлаштиришга навбатдаги омил сифатида қатнашчиларда яхши таассурот қолдирди.

https://t.iss.one/manaviy_markaz
#Namangan_viloyati
#Maʻnaviyat_festivali

🔰"Yangi O'zbekistonda el aziz, inson aziz" shiori ostida
Namangan viloyatida o'tkazilayotgan madaniy-ma'rifiy tadbirlar hamda "Ma'naviyat festivali" aholi vakillariga ko'tarinki kayfiyat baxsh etmoqda.

🔰Poytaxtdan kelgan olimlar, ziyolilar, san'at ahli Davlatobod tumani Gulshan mahalla fuqarolar yig‘ini Mash’al ko‘cha 6-uyda yashovchi Pattayev Sobitxon va ularning turmush o‘rtog‘i Sayfuddinova Muharramxonlar xonadonida bo‘lishdi.

🔰Onaxon va otaxonlar ko‘p yillar davomida ta’lim sohasida faoliyat yuritgan.
Targ'ibotchilar bugun ularning zahmatli faoliyati, kelajak avlodga ilm nuri berganligini yana bir bor e'tirof etishdi.

🔰Faxriylar ham mehmonlarni xonadonlariga tashriflaridan mamnunligini izhor etishdi.

https://t.iss.one/marifat_jamiyati
#Namangan_viloyati
#Manaviyat_festivali

Mehr-saxovat tadbirlari davom etmoqda

♻️ Ramazoni sharif ezgulik, xayru saxovat va mehr-oqibat oyidir. "Ma’naviyat festivali" doirasida ezgu tashabbuslar amalga oshirilmoqda.

🔰 Poytaxtimizdan kelgan ziyolilar, shoir va yozuvchilar, san’atkorlar Namangan tumani, Bozorboshi mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Karimov Shavkat hamda Temirova Patila opa xonadonlarida bo‘lishdi. Ijtimoiy daftarda turuvchi oila vakillari bilan samimiy muloqot qilinib, sovg‘alar topshirildi.

🔷Bunday xayr-saxovat tadbirlari barcha joylarda tashkil etilmoqda.

🌐 @manaviy_markaz
#Namangan_viloyati
#Manaviyat_festivali
#Ziyorat

🔰Targ‘ibot guruhi a'zolari CHustiy qabrini ziyorat qilishdi.

🔹Ma'lumot o‘rnida shoir Chustiy mumtoz adabiyotimiz bilan yangi davr adabiyoti oralig‘idagi ko‘prikni yaratgan va aruznavislik san’ati an’analarini rivojlantirgan adiblar sirasiga kiradi.

🔹Chustiy shoirning adabiy taxallusi bo‘lib, u Namanganning Chust tumanida tavallud topgan. Asl ismi sharifi Nabixon (Nabixo‘ja) Nurillaxo‘ja o‘g‘li bo‘lib, u 1904- yilning 20- fevral kuni to‘quvchi-hunarmand oilasida dunyoga kelgan.

🔹Chustiy butun umri davomida yigirmaga yaqin she’riy to‘plam yaratgan va nashr ettirgan bo‘lib, ular janr va uslub jihatdan boy va ranggo-rangdir.
Chustiy 1983-yil 13-avgustda vafot etgan.

🌐 @manaviy_markaz
#Namangan_viloyati
#Mehr_saxovat

OILAVIY BOLALAR UYIGA MA'RIFAT ULASHILDI

❇️ Poytaxtimizdan kelgan ziyolilar, shoir va yozuvchilar, san’atkorlar bugun Namangan tumani, “Bozorboshi” MFYda yashovchi fuqaro Sarimsaqov Ravshanbek xonadonida bo‘ldi.

❇️ Xonadonga tashrif buyurgan Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi rahbari Minhojiddin Mirzo, Falsafa fanlari nomzodi, "Ma'rifat tag'ibotchilar jamiyati a'zosi Jamila Shermuhammedova hamda bir qator ijodkor va targ'ibotchilar xonadon egalari mehnati va yoshlarga gʼamhoʼrliklari eʼtirof etib, xalqimizning azaliy an’analari bo‘lmish mehr-muruvvat ishlaridagi tashabbuskorligi uchun o‘z minnatdorchiliklarini bildirib o‘tishdi.

❇️ Shuningdek, uchrashyv davomida bolalar bilan suhbatlar olib borilib, ularning kelajakda qanday rejalar qilayotganiga qiziqishdi. Uchrashuv yakunida xonadon egalari va bolalarga turli esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

🌐 @manaviy_markaz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Namangan_viloyati

Tarix, adabiyot, hisob ilmi, tabobat va huquqshunoslikka oid nodir manbalar oʼrganiladi

Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Namangan viloyati boʼlimi rahbari Musaxon Аppaqov, Oʼzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, adib Rustamjon Ummatov, shoir va yozuvchi Sodiq Sayxun Аxsi majmuasida boʼlib, qadimiy qoʼlyozma manbalarni oʼrganish va ulardagi boy maʼlumotlarni yosh avlodga yetkazish boʼyicha amalga oshiriladigan ishlar boʼyicha kengashib oldilar.

Аyni paytda ushbu majmuada VIII - XIX asrlarga oid mingdan ortiq qoʼlyozmalar saqlanmoqda.

🌐@manaviy_markaz
#Namangan_viloyati
#Yoshlar_oyligi
#Yangi_Oʻzbekiston_yoshlari_birlashaylik

"YOSHLAR OYLIGI" DOIRASIDA TARG‘IBOT TADBIRLARI NAMANGANDA DAVOM ETADI

Avval xabar berganimizdek, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi va boshqa bir qator tashkilotlar hamkorligida mamlakatimiz bo‘ylab 30-iyun  - “Yoshlar kuni” munosabati bilan “Yangi O'zbekiston yoshlari birlashaylik!”  shiori ostida “Yoshlar oyligi” o‘tkazilmoqda.

Bugun oylik doirasida tashkil etiladigan ma'naviy-ma'rifiy targ'ibot  loyihalarni o'tkazish uchun olimlar, ziyolilar, shoir va yozuvchilar,  san'atkorlar "Ma'rifat" targ'ibotchilari jamiyati a'zolari Namagan shahriga yetib kelishdi.

Yoshlar oyligi doirasida Namangan viloyatida “Mening farzandim – O‘zbekiston faxri”, “Milliy qadriyatlar haftaligi”, “Inson qadri va mehr-saxovat”, “Kitob karvoni”, “Maʻrifat soati” kabi ma'naviy-ma’rifiy loyihalar o‘tkaziladi.

🌐 @manaviy_markaz
#Namangan_viloyati
#Yoshlar_oyligi
Mamlakatimiz bo‘ylab 30-iyun - “Yoshlar kuni” munosabati bilan “Yoshlar oyligi” o‘tkazilmoqda.

Bugun m'anaviy tadbirlar To‘raqo‘rg‘on tumanida ham boshlandi. Toshkentdan kelgan ziyolilar dastlab tuman obodonlashtirish bo‘limi xotin-qizlari bilan uchrashdilar.
Dildan suhbat nihoyatda samimiy kechdi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, taniqli shoir Dilshod Rajabovning dilbar she’rlari, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Yodgora Ziyomuhammedova, Farida Umarovalarning hazilga yo‘g‘rilgan dialoglari, maqom ijrochisi Ozoda Yorovaning xalq yo‘lidagi terma ashulalari soha xodimlari kayfiyatiga kayfiyat qo‘shdi.

So‘ngra mehmonlar 9-musiqa va san’at maktabidagi tadbirga tashrif buyurdilar. Tuman hokimining o‘rinbosari Ikromjon Parpiyev, tuman ma’naviyat bo‘limi rahbari M. Begmatovalar mamlakatimizda yoshlar uchun yaratilayotgan qulayliklar haqida gapirdilar.

🌐 @manaviy_markaz
Namangan universitetlariga kitob jamlanmalari taqdim etildi.

#Yoshlar_oyligi
#Namangan_viloyati

Shu kunlarda "Yoshlal oyligi"  doirasida bir guruh ziyolilar, “Ma’rifat” targ’ibotchilari Namangan viloyatida bo’lib turgani haqida xabar bergan edik.

“Ma’rifat” targ’ibotchilari jamiyati tashabbusi bilan Namangan shahridagi "Boborahim Mashrab" bog‘ida “Kitob karvoni” tashkil etdi.

Unda falsafa fanlari doktori, professor Jamila Shermuhammedova,
O'zbekiston Xalq hofizi Abdunabi Ibrohimov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi rahbari  Ziyovuddin Mansur, shuningdek viloyat faollari va talabalar ishtirok etishdi.

Tadbirda so’zga chiqqanlar kitobxonlik va uning ahamiyati xususida so’z yuritdi. Shuningdek viloyatning ma'naviy salohiyatiga  yuqori baho berildi. Loyiha doirasida 3000 dan ziyod kitoblar viloyatdagi oliy taʼlim muassasalariga yuborildi.

🌐 @manaviy_hayot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM