MARKAZ XABARLARI
16K subscribers
20.6K photos
4.07K videos
19 files
9.87K links
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rasmiy kanali

Veb-sayt: manaviyat.uz
Facebook: fb.com/manaviyat.uz
Instagram: instagram.com/manaviyat_markaz
Youtube: https://www.youtube.com/@respublikamanaviyatvamarif2968
Download Telegram
#Online

#Hududlardan_tezkor_xabarlar

#Andijon_viloyati

Zukko kitobxon — zamon qahramoni

Ilgari xabar berganimizdek, Marhamat tumani hokimi, Ma’naviyat va ma’rifat kengashi tuman raisi Boburjon Yuldashev tomonidan butun O‘zbekiston yoshlarida katta qiziqish uyg‘otgan, yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish maqsadida «Zukko kitobxon» tanlovi e'lon qilingan edi.
Marhamat tumani hokimi sovrini uchun e'lon qilingan kitobxonlik tanlovining tuman bosqichlari boshlandi.Tumandagi «Kelajak nuri» Xalq kutubxonasiga viloyatdagi tumanlardan yosh kitobxonlar o‘zaro bellashish uchun jam bo‘lishdi. Ko‘rik-tanlovni tuman hokimining o‘rinbosari M.Qurbonov kirish so‘zi bilan ochib, barcha yosh kitobxonlarga omad tiladi. Shundan so‘ng, tanlovda ishtirok etayotgan yosh kitobxonlar tanlov shartlarida ko‘rsatilgan kitoblar asosida tuzilgan test topshiriqlarini bajarishga kirishdilar.

Каналга уланиш:👇
https://t.iss.one/joinchat/8yN8lLOOnqw3M2M6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Online

#Hududlardan_tezkor_xabarlar

#Andijon_viloyati


ЭЪТИБОР ВА ЭЪТИРОФ — МАЪНАВИЙ ЖАРАЁНЛАР ИФОДАСИ

Божхона органларининг 30 йиллиги ҳамда «26 январь – давлат божхона хизмати органлари ходимлари куни» муносабати билан Республика Маънавият ва маърифат маркази Андижон вилояти бўлими ҳамда вилоят божхона бошқармаси ҳамкорлигида юртимизнинг барча божхоначиларига табрик сифатида уларнинг фидойи фаолиятига бағишлаб тайёрланган махсус видеороликни эътиборингизга ҳавола этамиз.

КАСБ БАЙРАМИНГИЗ МУБОРАК БЎЛСИН!!!

Каналга уланиш:👇🏻
https://t.iss.one/joinchat/8yN8lLOOnqw3M2M6
#Online

#Hududlardan_tezkor_xabarlar

#Andijon_viloyati

📚 Marhamatda 1200 nafar yoshlarni kitobxon boʻlishga undagan "Zukko kitobxon" tanlovining final bosqichi boʻlib oʻtdi

Andijon viloyati hokimligi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Andijon viloyat bo'limi hamda Marhamat tuman hokimligi bilan birgalikda muhtasham "Kelajak nuri" kutubxonasida tanlovning final bosqichi o'tkazildi. Tanlovda viloyatdagi tuman, shaharlardan zukko kitobxonlar ishtirok etib, oʻz bilimlarini 3 ta shart boʻyicha sinovdan oʻtkazdilar.

🎁 Yakunda Marhamat tuman hokimi, Ma’naviyat va ma’rifat kengashi tuman raisi tomonidan 1-oʻrin egasiga — Dubayga oilaviy sayohat yoʻllanmasi; 2-oʻrin sohibasiga — Buxoro, Samarqand, Xiva va Toshkent shaharlariga oilaviy sayohat yoʻllanmasi; 3-oʻrin sohibasiga — qimmatbaho maishiy texnika buyumlari jamlanmasi, shuningdek, barcha ishtirokchilarga tuman hokimligining esdalik sovgʻalari topshirildi.

Каналга уланиш:👇🏻
https://t.iss.one/joinchat/8yN8lLOOnqw3M2M6
#Online

#Hududlardan_tezkor_xabarlar

#Andijon_viloyati

ILM IZLAGANGA — ESHIKLAR OCHIQ

Bugun Qoʻrgʻontepa tuman xalq ta'limi bo‘limiga qarashli 40-umumiy o'rta ta'lim maktabida kompyuter xonalari, maktab kutubxonasi har kuni bemalol foydalanish maqsadida barcha mahalla aholisi uchun ochib qoyildi.
Bu imkoniyatdan aholi vakillari bilan birgalikda maktab pedagogik jamoasi ham foydalanmoqda.
Bugun pedagoglar jamoasi va ota-onalar o‘rtasida "Zakovat " o‘yinlari va sport musobaqalari tashkil etildi.


Каналга уланиш:👇🏻
https://t.iss.one/joinchat/8yN8lLOOnqw3M2M6
#Online

#Hududlardan_tezkor_xabarlar

#Andijon_viloyati


БИР НУРОНИЙ — ЎН НАФАР ЁШГА МУРАББИЙ

Маънавият ва маърифат кенгаши туман раиси ташаббуси билан Шаҳрихон туманида Президентимизнинг жорий йил 19 январдаги «Маҳаллаларда ёшлар билан ишлаш тизимини тубдан такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида»ги ПҚ-92-сонли Қарори ижросини таъминлаш юзасидан ўқув семинари ўтказилди.
Унда Маҳалла ва оилани қўллаб-қувватлаш вазирлиги масъул ходими Т.Ҳолиқов, вилоят Маҳалла ва оилани қўллаб-қувватлаш бошқармаси бошлиғининг ўринбосари Ў.Охунов, мазкур вазирликнинг туман бўлими мутахассислари, Ёшлар ишлари агентлиги туман бўлими вакиллари, туман “Нуроний” жамоатчилик Кенгаши аъзолари, МФЙлар раислари, имомлар, отинойи, МФЙлар ёшлар етакчилари иштирок этдилар.
Ўқув семинарида қарор мазмун-моҳияти ҳақида батафсил тушунчалар берилиб, мазкур ҳужжатда белгиланган вазифалар ижросини таъминлаш бўйича долзарб вазифалар белгилаб олинди. Тадбир савол-жавоб тарзида ўтказилди.

https://t.iss.one/manaviy_markaz
#Online

#Hududlardan_tezkor_xabarlar

#Andijon_viloyati


Анда жоним қолди маним... — армон ва соғинч манзумаси

Бугун Пахтаобод туманидаги "Гузар" МФЙда жойлашган маданият марказида Республика Маънавият ва маърифат марказининг туман бўлинмаси туман Маданият бўлими билан ҳамкорликда туман халқ таълимига қарашли умумтаълим мактабларидаги ижодий масалалар бўйича тарғиботчилар иштирокида “Анда жоним қолди маним” мавзусида уюшмаган аҳоли ва ёшлар учун Бобурхонлик кечаси ўтказилди. Кечада маданият бўлимининг саҳналаштирилган дастурлари ва тарғиботчилар томонидан ўқилган дилбар ғазаллар ҳамда Бобур ғазаллари билан айтилган дилтортар қўшиқлар йиғилганларга манзур бўлди. Айниқса 31-, 15- ва 39-мактаб тарғиботчилари томонидан куйланган оҳанрабо қўшиқлар барчага кўтаринки руҳ бағишлади.
Тадбирда 150 нафардан ортиқ аоли ва ёшлар иштирок этдилар.

Каналга уланиш:👇🏻
https://t.iss.one/manaviy_markaz
#Online

#Hududlardan_tezkor_xabarlar

#Andijon_viloyati


“Ёш китобхон” Республика танловининг Андижон вилояти босқичи якунланди

Мазкур танловда Қўрғонтепа туманидан 6 нафар билимдон иштирок этишга муяссар бўлган эди. Босқичнинг якуний натижаларига кўра, улардан 2 нафари фахрли ўринларни эгаллашди.

Хусусан, танловнинг 20 ёшдан - 30 ёшгача бўлган тоифасида Қўрғонтепа туманидаги 1-умумтаълим мактабининг она тили ва адабиёти фани ўқитувчиси Ҳуршида Комилова 1-ўринни эгаллади ва Республика босқичига йўлланмани қўлга киритди.

15-19 ёш тоифаси бўйича мазкур тумандаги 11-умумтаълим мактабининг 11-синф ўқувчиси ва “Иқтидорлилар” пресс клуби сардори Дилнавоз Ҳайитаҳматова 2-ўринни эгаллашга эришди.

Ғолиб ва совриндорларга туман Ёшлар ишлари агентлиги томонидан эсдалик совғалар, бошқа иштирокчиларга тегишли сертификатлар топширилди.

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/manaviy_markaz
#Andijon_viloyati
#xalq_konstitutsiyasi_bilan_xalqchil_davlat_sari

🔰 Andijon shahri Baliqchi tumanidagi 19-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabida "Xalq konstitutsiyasi bilan xalqchil davlat sari" shiori ostida targʻibot-tashviqot tadbiri oʻtkazildi.

🔹 Tadbirda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari, shoir Minhojiddin Mirzo, falsafa fanlari doktori, professor Jamila Shermuhammedovalar ishtirok etib, refendumga befarq boʻlmasligimiz kerakligi, ijtimoiy hayotimizda konstitutsiyaning oʻrni haqida aytib oʻtishdi.

🔹 Bundan tashqari, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Bahodir Nishonov, Dilfuza Rahimova, "Nihol" mukofoti sovrindori Adolat Ismoilovalar tadbirga oʻzgacha kayfiyat ulashishdi.

🔹 Tadbir soʻngida tumandagi nuroniylardan, jumladan, Hoji aya Xoliqova Karima ham soʻzga chiqib, yurtimiz tinch-totuvligi, farovonligini tilab duo qildilar.

🌐 @manaviy_markaz
#Andijon_viloyati
#mehr_sahovat

🔰Ramazon xayr-sahovat oyi. Andijon viloyati Baliqchi tumanida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi hamda Maʼrifat targʻibotchilari jamiyati va hakor tashkilotlar bilan birgalikda o‘tkazilayotgan "Maʼnaviyat festivali" doirasida "Mehr-sahovat" loyihasi ham tashkil qilinmoqda.

🔹Mazkur loyiha doirasida Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi rahbari Minhojiddin Mirzo, Falsafa fanlari doktori Jamila Shermuhammedova, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Bahodir Nishonov, shuningdek, hududdagi faollar bilan birgalikda Yangi O‘zbekiston MFY Yettiqashqa ko‘chasida istiqomad qiluvchi
Omonova Shahnoza hamda Ro‘ziboyeva Gulchehraning xonadonidan xabar olishdi.

🌐@manaviy_markaz
#Andijon_viloyati
#Ziyorat

🔰Targʻibot guruhi aʼzolari Marhamat tumaniga yetib kelishdi.

🔹Andijon viloyati Marhamat tumanida Respublika Maʼnaviyat va Maʼrifat markazi "Maʼrifat" targʻibotchilar jamiyati a'zolari va bir guruh ziyolilar Oʻzbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf qabrini ziyorat qilishdi va shoir xonadonida tashkil qilingan uy muzeyiga sayohat qilishdi.

Jarayondan fotolavhalar

🌐 @manaviy_markaz
#Yoshlar_oyligi
#Andijon_viloyati

Xabaringiz bor, O’zbekiston bo’ylab “Yoshlar oyligi” munosabati bilan “Yangi O’zbekiston yoshlari, birlashaylik” shiori ostida ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda. Mazkur oylik doirasida bir guruh “Ma’rifat” targ’ibotchilari Andijon viloyatiga yetib keldi.

Viloyatda targ’ibotchilarning ilk manzili Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi bo’ldi. Mehmonlar elimiz suygan shoir Muhammad Yusuf haykali poyiga gul qo’yishdi.

Shundan so’ng ma’rifiy tadbirlarga start berildi.

🌐 @manaviy_markaz
#Yoshlar_oyligi
#Andijon_viloyati

Avvalroq, bir guruh “Ma’rifat” targ’ibotchilari Andijon viloyatida bo’lib turgani haqida xabar bergan edik.

“Ma’rifat” targ’ibotchilari jamiyati tomonidan Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida “Kitob karvoni” tashkil etdi.

Unda “Ma’rifat” targ’ibotchilari jamiyati rahbari Baxtiyor Husanov, professor Narzulla Jo’rayev, O'zbekiston Xalq artisti Gavhar Zokirova, Odina Narzullayeva, taniqli shoiralar Zulfiya Mo’minova, Farog’at Xudoyqulova, Shaxlo Ahrorova, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artistlar Gulbahor Erqulova, Turg’un Beknazarov, shuningdek filologiya fanlari nomzodi Munira Qahhorova, jurnalist Oygul Kajanova, yosh va umidli xonanda Rustam Mirminovlar ishtirok etdi.

Tadbirda so’zga chiqqanlar kitobxonlik va uning ahamiyati xususida so’z yuritdi. Shuningdek viloyatning ma'naviy salohiyatiga  yuqori baho berildi.

🌐 @manaviy_markaz
#Yoshlar_oyligi
#Andijon_viloyati

"Yoshlar oyligi" doirasida Jalaquduq tumanidagi Vatanparvar tashkilotida "Yangi O‘zbekiston yoshlari birlashaydik" shiori ostida "Ma'rifat soati" tashkil etildi.

Mazkur tadbirda “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zolari, ziyolilar, olim va professorlar va shoir-yozuvchilar ishtirok etishdi.

Tadbirda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida fikr almashildi.

@manaviy_markaz
#Andijon_viloyati
#Yoshlar_oyligi
#Yangi_Oʻzbekiston_yoshlari_birlashaylik

30-iyun  - “Yoshlar kuni”
munosabati bilan “Yangi O'zbekiston yoshlari birlashaylik!”  shiori ostida “Yoshlar oyligi” doirasida
Buloqboshi tumanida tashkil etilgan tadbirlar davom etmoqda.

🔹Targ'ibotchilarning keyingi manzili tuman Madaniyat markazi bo'ldi.

🔹Dastlab targ'ibotchilar "Milliy qadriyatlar" haftaligi bilan yaqindan tanishdilar. Ko'rgazmalar ma'naviy-marifiy tadbirga ulanib ketdi.

🔹Shundan so'ng "Mehr-sahovat loyihasi" doirasida xonadonlarga tashrif uyushtirildi.

🌐 @manaviy_markaz
#Yoshlar_oyligi
#Andijon_viloyati

Mamlakatimizda yoshlar masalasi har doim davlat siyosati  darajasidagi muhim masala bo'lib kelgan.

Xususan "Yangi O‘zbekiston yoshlari birlashaylik" shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Andijon viloyati Marhamat tumanida ham xuddi shunday tadbir tashkil etildi. Tadbirda "Ma'rifat" targ‘ibotchilari jamiyati a'zolari ishtirok etdilar.

Dastlab tadbir tumandagi "Kelajak nuri" kutubxonasida o‘tkazildi.

Bugungi tadbir chinakam qo‘shaloq bayramga aylanib ketdi, sababi ushbu ma'naviy-ma'rifiy tadbirda umumta'lim maktablarini oltin va kumush medallarga tamomlagan yoshlar hamda tuman AKM xodimlari ishtirok etdi.

Unda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Gulbahor Erqulova tomonidan ijro etilgan dilbar taronalar barchani raqsga chorladi.

🌐 @manaviy_markaz
#Yoshlar_oyligi
#Andijon_viloyati

"Ma'rifat" targ'ibotchilari tomonidan Qo'rg'ontepa tumanida ham ma'rifiy tadbirlar davom etmoqda.

Targ'ibotchilar "Mehr va saxovat" loyihasi doirasida "Temir daftar" va "Yoshlar daftari"ga kiritilgan oila farzandlari holidan xabar olishdi.

O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Gulbahor Erqulova, taniqli shoira Farog'at Xudoyqulova hamda Ijtimoiy-ma'naviy tadqiqotlar instituti direktor o'rinbosari Munira Qahhorova yoshlarga esdalik sovg'alarini topshirar ekan, ularga bildirilayotgan ishonch xususida so'z yuritishdi.

🌐 @manaviy_markaz
#Kitob_ulash
#Andijon_viloyati

#Kitob_ulash aksiyasi doirasida mehnatkash quruvchilarga hamda Ijtimoiy himoya agentligining viloyat boshqarmasi xodimlariga kitoblar ulashildi.

Jarayondan fotolavhalar

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | YouTube| Instagram