MARKAZ XABARLARI
16.7K subscribers
20.5K photos
4K videos
19 files
9.75K links
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rasmiy kanali

Veb-sayt: manaviyat.uz
Facebook: fb.com/manaviyat.uz
Instagram: instagram.com/manaviyat_markaz
Youtube: https://www.youtube.com/@respublikamanaviyatvamarif2968
Download Telegram
#Sirdaryo_viloyati
#Yoshlar_oyligi
#Yangi_Oʻzbekiston_yoshlari_birlashaylik

🔰30-iyun  - “Yoshlar oyligi” munosabati bilan “Yangi O'zbekiston yoshlari birlashaylik!”  shiori ostida "Ma'rifat" targ'ibotchilari ishtirokida Shirin shahrida joylashgan Yoshlar markazida "Yangi O'zbekiston yoshlari birlashaylik" shiori ostida "Ma'rifat  soati" o'tkazildi.

🔹Tadbirda "Ma'rifat" targʻibotchilar jamiyati yetakchi mutaxassisi Nodir Abdumannonov, Oʻzbekiston Kino arboblar ijodiy uyushmasi a'zosi Oygul Abdurahmonova,  xonanda Adolat Ismoilovalar ishtirok etdi.

🔹Tadbir davomida so'zga chiqganlar "Yosh yigit-qizlarimiz uchun yaratilayotgan keng ko‘lamdagi imkoniyat va shart-sharoitlar, ularning qizg‘in faoliyat ko‘rsatishlari uchun qaratilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik dunyo hamjamiyatini ham o‘ziga jalb etayapti" deya o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

🌐 @manaviy_markaz
#Yoshlar_oyligi
#Andijon_viloyati

Xabaringiz bor, O’zbekiston bo’ylab Yoshlar oyligimunosabati bilan “Yangi O’zbekiston yoshlari, birlashaylik” shiori ostida ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda. Mazkur oylik doirasida bir guruh “Ma’rifat” targ’ibotchilari Andijon viloyatiga yetib keldi.

Viloyatda targ’ibotchilarning ilk manzili Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi bo’ldi. Mehmonlar elimiz suygan shoir Muhammad Yusuf haykali poyiga gul qo’yishdi.

Shundan so’ng ma’rifiy tadbirlarga start berildi.

🌐 @manaviy_markaz
#Yoshlar_oyligi
#Andijon_viloyati

Avvalroq, bir guruh “Ma’rifat” targ’ibotchilari Andijon viloyatida bo’lib turgani haqida xabar bergan edik.

“Ma’rifat” targ’ibotchilari jamiyati tomonidan Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida “Kitob karvoni” tashkil etdi.

Unda “Ma’rifat” targ’ibotchilari jamiyati rahbari Baxtiyor Husanov, professor Narzulla Jo’rayev, O'zbekiston Xalq artisti Gavhar Zokirova, Odina Narzullayeva, taniqli shoiralar Zulfiya Mo’minova, Farog’at Xudoyqulova, Shaxlo Ahrorova, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artistlar Gulbahor Erqulova, Turg’un Beknazarov, shuningdek filologiya fanlari nomzodi Munira Qahhorova, jurnalist Oygul Kajanova, yosh va umidli xonanda Rustam Mirminovlar ishtirok etdi.

Tadbirda so’zga chiqqanlar kitobxonlik va uning ahamiyati xususida so’z yuritdi. Shuningdek viloyatning ma'naviy salohiyatiga  yuqori baho berildi.

🌐 @manaviy_markaz
#Yoshlar_oyligi
#Andijon_viloyati

"Yoshlar oyligi" doirasida Jalaquduq tumanidagi Vatanparvar tashkilotida "Yangi O‘zbekiston yoshlari birlashaydik" shiori ostida "Ma'rifat soati" tashkil etildi.

Mazkur tadbirda “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zolari, ziyolilar, olim va professorlar va shoir-yozuvchilar ishtirok etishdi.

Tadbirda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida fikr almashildi.

@manaviy_markaz
#Andijon_viloyati
#Yoshlar_oyligi
#Yangi_Oʻzbekiston_yoshlari_birlashaylik

30-iyun  - “
Yoshlar kuni” munosabati bilan “Yangi O'zbekiston yoshlari birlashaylik!”  shiori ostida Yoshlar oyligi doirasida
Buloqboshi tumanida tashkil etilgan tadbirlar davom etmoqda.

🔹Targ'ibotchilarning keyingi manzili tuman Madaniyat markazi bo'ldi.

🔹Dastlab targ'ibotchilar "Milliy qadriyatlar" haftaligi bilan yaqindan tanishdilar. Ko'rgazmalar ma'naviy-marifiy tadbirga ulanib ketdi.

🔹Shundan so'ng "Mehr-sahovat loyihasi" doirasida xonadonlarga tashrif uyushtirildi.

🌐 @manaviy_markaz
#Yoshlar_oyligi
#Andijon_viloyati

Mamlakatimizda yoshlar masalasi har doim davlat siyosati  darajasidagi muhim masala bo'lib kelgan.

Xususan "Yangi O‘zbekiston yoshlari birlashaylik" shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Andijon viloyati Marhamat tumanida ham xuddi shunday tadbir tashkil etildi. Tadbirda "Ma'rifat" targ‘ibotchilari jamiyati a'zolari ishtirok etdilar.

Dastlab tadbir tumandagi "Kelajak nuri" kutubxonasida o‘tkazildi.

Bugungi tadbir chinakam qo‘shaloq bayramga aylanib ketdi, sababi ushbu ma'naviy-ma'rifiy tadbirda umumta'lim maktablarini oltin va kumush medallarga tamomlagan yoshlar hamda tuman AKM xodimlari ishtirok etdi.

Unda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Gulbahor Erqulova tomonidan ijro etilgan dilbar taronalar barchani raqsga chorladi.

🌐 @manaviy_markaz
#Yoshlar_oyligi
Farg‘ona viloyati

Xabaringiz bor, O’zbekiston bo’ylab “Yoshlar oyligi” munosabati bilan “Yangi O’zbekiston yoshlari, birlashaylik” shiori ostida yoshlar sayllari, ma'naviy-ma’rifiy tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur oylik doirasida poytaxtdan kelgan bir guruh “Ma’rifat” targ’ibotchilari, taniqli san'atkorlar, ijodkorlar Marg‘ilon temiryo'l vokzalida karnay-surnay sadolari ostida tantanali kutib olindi.

Bizni kuzatishda davom eting!

🌐
@manaviy_markaz
#Namangan_viloyati
#Yoshlar_oyligi
#Yangi_Oʻzbekiston_yoshlari_birlashaylik

"YOSHLAR OYLIGI" DOIRASIDA TARG‘IBOT TADBIRLARI NAMANGANDA DAVOM ETADI

Avval xabar berganimizdek, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi va boshqa bir qator tashkilotlar hamkorligida mamlakatimiz bo‘ylab 30-iyun  - “Yoshlar kuni” munosabati bilan “Yangi O'zbekiston yoshlari birlashaylik!”  shiori ostida “Yoshlar oyligi” o‘tkazilmoqda.

Bugun oylik doirasida tashkil etiladigan ma'naviy-ma'rifiy targ'ibot  loyihalarni o'tkazish uchun olimlar, ziyolilar, shoir va yozuvchilar,  san'atkorlar "Ma'rifat" targ'ibotchilari jamiyati a'zolari Namagan shahriga yetib kelishdi.

Yoshlar oyligi doirasida Namangan viloyatida “Mening farzandim – O‘zbekiston faxri”, “Milliy qadriyatlar haftaligi”, “Inson qadri va mehr-saxovat”, “Kitob karvoni”, “Maʻrifat soati” kabi ma'naviy-ma’rifiy loyihalar o‘tkaziladi.

🌐 @manaviy_markaz
#Namangan_viloyati
#Yoshlar_oyligi
Mamlakatimiz bo‘ylab 30-iyun - “Yoshlar kuni” munosabati bilan “Yoshlar oyligi” o‘tkazilmoqda.

Bugun m'anaviy tadbirlar To‘raqo‘rg‘on tumanida ham boshlandi. Toshkentdan kelgan ziyolilar dastlab tuman obodonlashtirish bo‘limi xotin-qizlari bilan uchrashdilar.
Dildan suhbat nihoyatda samimiy kechdi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, taniqli shoir Dilshod Rajabovning dilbar she’rlari, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Yodgora Ziyomuhammedova, Farida Umarovalarning hazilga yo‘g‘rilgan dialoglari, maqom ijrochisi Ozoda Yorovaning xalq yo‘lidagi terma ashulalari soha xodimlari kayfiyatiga kayfiyat qo‘shdi.

So‘ngra mehmonlar 9-musiqa va san’at maktabidagi tadbirga tashrif buyurdilar. Tuman hokimining o‘rinbosari Ikromjon Parpiyev, tuman ma’naviyat bo‘limi rahbari M. Begmatovalar mamlakatimizda yoshlar uchun yaratilayotgan qulayliklar haqida gapirdilar.

🌐 @manaviy_markaz