Magnate
325 subscribers
64 photos
13 videos
4 links
2 toifadagi odamlar postlarni tushunmasligi mumkin, biri yoshi 12 dan kichik boʻlganlar, yana biri IQ si ...

Murojaat uchun : @jamw1d_jan
Download Telegram
“FOMO”
Har kuni Instagram, Telegram, TikTokda kimdir sayohatda, kimdir yangi ish boshlagan, yana kimdir ieltsdan 12 olgan( albatta ,yoshiga nomutanosib ravishda) . Bazida oʻqish streesli boʻlgani sabab yaqining bilan hiyobonga borsang, aksiga olib sendan farqli ravishda barchaning foydali ish koeffisenti maximal darajaga koʻtariladi-ku ,kimdir sogʻlom hayot garovi sifatida yugurayotgan boʻlsa yana kimdir noutbookda muhim masalani hal qilayotgan boʻladi va bir vaqtda ekran yarmida kitob ham oʻqiyapti , va yana kimdir yugurib audio kitob eshitayotgan boʻladi , shu vaqt kamaytirishga harakat qilib chiqqan stressing darajasi yanada ortadi , oʻzinggizga boʻlgan ishonchdan farqli ravishda .
Bu holat “FOMO” deb ataladi – Fear of Missing Out – ya’ni biror narsani o‘tkazib yuborishdan, orqada qolib ketishdan qo‘rqish.
Bu zamonaviy psixologiyada eng ko‘p uchraydigan muammolardan biri bo‘lib, insonni bosim ostida yashashga majbur qiladi.
Har 3 oʻsmirdan 1 tasi ijtimoiy tarmoqlar va shaxsiy hayotini oʻzga hayotlarga solishtirish hisobidan kelib chiqadigan baxtsizlik.
Ekrandagi “baxt” – bu faqat sahna ortidagi montaj. Real hayot esa sen yashayotgan daqiqalardir.
🔥8👍2🏆21
Kerakmidi ?
Aristokratik boshqaruv oʻz tabiatiga koʻra demokratiyada mavjud boʻlmagan kuchga ega , Sababi ular demokratiyani faqat oʻzlari ( elita ) oʻrtasida deb biladi  va bu oʻrinda xalq hukmdor poshnasi ostida tengdir . Aslzodalar aristokratiyada shunday tabaqadirki , ular oʻz manfaati uchun xalqni tiyib va bu maqsadda qonunlar joriy etadi . Bu tabaqa uchun xalqni jilovlash qanchalik oson boʻlsa ,oʻzlarini jilovlash shunchalik qiyin . Unda ularni despotdan qanday farqi bor ? Farqi elita bir birini tiyib turadi va ular oʻrrasidagi  tiyilish demokratiyani vujudga keltiradi . 
Yuqoridagi  demokratiya bizga begona emas , ammo asl demokratiyani notanishligi oʻylaymanki mavjudlikni inkor etmaydi shu sabab boshlangʻich goyasiga toʻxtalsak sababi goya bu demokratiyadan ham oldin vujudga kelgan va umuman demokratiya nomi joyiga qarab olindi yani agar misrda paydo boʻlsa nomi " ḥqꜣ rmṯ" boʻb ozgarib ham ketardi ammo gʻoya antarktikada ham savannada ham bir xil tasir kuchiga ega . Gʻoya qanday boʻlgan ,dastlab jamiyatni bir ijtimoiy siyosiy  birlik ostida boshqarishni ikki asosiy  ustuni aniqlanadi bular tabiyati va tamoyili . Tabiyati bu gʻoyani paydo boʻlgan ildizi boʻlsa ,tamoyili jarayon hisoblanadi . Demokratiya bu respublika tuzumidan ajralib chiqqan va bu tuzumga tabiayat sifatida" ovoz kuchi" olindi yani agar demokratiyadan ovoz kuchining olinishi ildizning qurishiga va hokimyatning despotiyaga aylanishiga sabab boʻladi . Tamoyil sifatida "fazilat" tushunchasi qabul qilindi . Fazilat bu - siyosiy erkinlik va vatanga muhabbat . Shu yerda ritorik savol tugʻiladi ? Fazilatni olomon qalbida qanday paydo qilish mumkin? Birinchi ustunhisoblangan  "tabiatni" paydo qilish oson ,yani ovoz kuchiga monarx ham despot ham qiyinchiliksiz erishadi ammo u rejimlarda "fazilat" yoʻq.
Men xalqida "fazilat" paydo qilgan tarixdagi  koʻp leaderlarni bilaman ,ammo keltirmoqchi boʻlgan misolim bu hozirgi zamondoshimiz boʻlishini hohladim .Mayya Sandu 2020-yil 24-dekabrdan beri Moldova Respublikasining prezidenti hisoblanadi. Mamlakatni YAimi jon boshiga 6000 $ va bu yurtimizga solishtirganda karrasiga koʻp . Hoʻp bunday mamlakat prezdentini nechta mashinasi ,xususiy mulki yoki necha km² uyi bor deb oʻylaysiz ?  Hoʻp , Kishinyovadagi oddiy apartment ( kvartira) da yashaydi , oyligi ortacha moldov fuqorolari kabi 600$ ,kamtarona hayot uni koʻp qavatli uyda yashagani tufayli tepasida ham pastida ham qoʻshnilari bor bu degani gaz yoki svet oʻchsa unda ham oʻchadi ,maishiy muommo bilan u ham hamma kabi yuzlashadi . Bunday holatda  demokratik jamiyatda yashayotgan moldov fuqorolari orasida " fazilat " shaklanishi tabiy hol . Ularni hayoliga kelgan har qanday rebelius gʻoyalarni yoʻq qiluvchi  bitta javob doim tayyor "oʻzi ham sezib turibdiku" .
🤔3👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kubrick stare
Dissident nigoh—muzdek, beparvo va sirli qarash. Ekranning qotib qolgan markazida joylashib, ichki zo‘riqishni so‘zsiz jonlantiradi.
Symmetry
Mukammal muvozanat—har ikki qanot barobar, chizgilar g‘oyat aniqlik bilan har ikki tomonni o‘zgarmas go‘zallikka bog‘laydi.
Trunk shot
Bagaj ostidan ko‘rinish-sirni ochish oldidan, noaniq va kuchli hissiyotni uyg‘otadi.
Backshots
Qahramonning orqasidan namoyish—nimani ko‘rayotganini yashirib, sirli atmosfera yaratib tomoshabinni taxminlarga tortadi.
Dimly lit rooms
Qorong‘ulik bilan o‘ralgan xonalar—soya va nurlar orasida xavotir, bezovtalik va noaniqlik .
Staring ending
Muzlab qolgan oxir—qat’iy, uzoqqa cho‘zilgan nigoh bilan tomoshabinni izchil tafakkurga chorlaydi, o‘chmas iz qoldiradi.
Silhouettes
Soya konturlari—faqat siluetda qahramon yoki predmet, detallar susaytirilgan; qorong‘ulikda tuyg‘u va sir namoyon.
Freeze frame
Kadrni to‘xtatish—lahzani muzlatib, u qaytarilmas onni dahshat, hayajon yoki ohangdor dramatizm bilan abadiylashtiradi.
3🗿21👍1
Determinizm vs Erkin Iroda
Determinism, lotincha “determinare” so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, hodisalarning, xususan inson qarorlari va harakatlarining boshdan oxirigacha uzluksiz sabab-oqibat zanjiri bilan belgilanganligini ta’kidlaydi. Boshqacha qilib aytganda, hozirgi holatning kelajak holatiga ko‘chishi tabiiy qonunlar va mavjud shart-sharoitlar ta’sirida oldindan belgilangan; ya’ni, har bir hodisa zanjiri faqat bitta natija bilan yakunlanadi degan fikrni bildiradi. Determinizmni 2 turi mavjud bular nominal va ilmiy .Nominal determinism – kundalik tajribalardan kelib chiqib, tabiiy hodisalar turg‘un sabab-oqibat munosabatlariga bo‘ysunadi, lekin bu hollar orqasida qanday asosiy qonunlar borligi masalasi ochiq.
Ilmiy determinism – fizika va matematika vositasida aniqlangan qonunlarga tayanadi; ya’ni, tabiatdagi har bir zarrachaning yoki obyektning harakati aniq formula, tenglama va differensial tenglamalar orqali qayta tiklanadi va kelajak holati oldindan hisob-kitob qilinadi.
“ koinotning barcha zarrachalari joylashuvi va harakatini to‘liq bilish, kelajakni ham, o‘tnishni ham birdaniga aniq bashorat qilish imkoniyatini beradi.”
– Laplace demonining tasavvuriga oid ifoda.
🏆2🤔1🤯1
Magnate
Determinizm vs Erkin Iroda Determinism, lotincha “determinare” so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, hodisalarning, xususan inson qarorlari va harakatlarining boshdan oxirigacha uzluksiz sabab-oqibat zanjiri bilan belgilanganligini ta’kidlaydi. Boshqacha qilib…
Biokimyoviy va nevroilmiy tadqiqotlar inson qarorlari va ongini ham deterministik nuqtai nazardan izohlashga urinadi. Miya tarkibida neyronlar o‘rtasida sodir bo‘ladigan kompleks elektrik va kimyoviy jarayonlar, G. B. Libetning mashaqqatli tajribalarida o‘tkazilgan eksperimentlar shuni ko‘rsatdiki, bizning ongimiz qaror qilishdan ancha avval miya faoliyati (nazariy ravishda) tayyor bo‘ladi
.
“Tadqiq natijalariga ko‘ra, odam ongli ravishda qaror qilishidan taxminan 300 millisekund oldin, uning ongi buni bilmasdan miya kerakli neyron faolligini boshlaydi.”
– G. B. Libet tajribasi asosida
3👏2
Ilmiy determinism hamisha “erkin iroda” (free will) konsepsiyasiga qarshi qo‘yiladi. Erkin iroda - inson ongli ravishda, sabablardan mustaqil tanlov qilishi . Hard Determinism tarafdorlari fikricha, agar har bir voqea sabablarga bo‘ysunadigan bo‘lsa, inson qarori ham cheklangan bo‘lib, toza erkinlik mavjud boʻlmaydi degan xulosaga kelishgan .
Compatibilism tarafdorlari esa deterministik dunyoda ham ma’naviy va axloqiy mas’uliyat saqlanadi, chunki inson sub’ektiv tajribaga ega va “erkin iroda” qilish qobiliyati ichki sabablarga (masalan, qaror qabul qilish jarayoni) bog‘liq ekanini ta’kidlaydi. Bizni qarorlarimiz ichki “motivatsiya” va “hirs” sabab shakllanadi, lekin bu ichki sabablar ham deterministik bo‘lib qoladi.
Erkin iroda nazariyasi tarafdori Robert Kane kabi zamonaviy faylasuflar esa, kvant determinizmida bo‘lgani kabi, ba’zi tasodifiy elementlar inson ongi va irodasida ishtirok etishini aytadi. Unga ko‘ra, agar qaror qabul qilish jarayonida kvant o‘zgarishlari ta’siri bo‘lsa, unda har bir qaror to‘liq tashqi sabablar zanjirida boʻlgani takidlanadi .
(Xullas bahs ketebdi qaysidir olim inson oʻzi erkin qaror chiqaradi desa unga qarshi argument sifatida boshqa olimlar yoʻq inson qiladigan har bir harakat tashqi muhit tasirida roʻy beradi demoqchi , va bu bahsda etiborimizni tortadigan bir jihat bor ,hoʻp agar bizdagi qaror tashqi muhit tasirida boʻlsa va bunga inson hukmini aloqasi yoʻq boʻlsa , qilingan yaxshi va yomon amallarga hukm qanday boʻladi . Mana bu ritorik savol )
🔥7👍1🏆1🗿1
Magnate
Ilmiy determinism hamisha “erkin iroda” (free will) konsepsiyasiga qarshi qo‘yiladi. Erkin iroda - inson ongli ravishda, sabablardan mustaqil tanlov qilishi . Hard Determinism tarafdorlari fikricha, agar har bir voqea sabablarga bo‘ysunadigan bo‘lsa, inson…
Al-Gʻazzoliyning taqdir, erkin iroda va ilohiy iroda haqidagi qarashlari chuqur falsafiy va diniy tafakkur mahsuli bo‘lib, insoniyat tafakkuri tarixida noyob muvozanat namunasi sifatida e’tirof etiladi. U nafaqat musulmon olimlari, balki g‘arbiy falsafada ham erkin iroda va determinizm masalasida izlanayotgan muammoga qat’iy va murakkab, ammo barqaror yechim taklif qiladi.
Gʻazzoliyga ko‘ra, Allohning ilmi mutlaqdir, u barcha narsani biladi, barcha hodisalarni yaratadi. Lekin bu – inson faqat bir qo‘g‘irchoq degani emas. Inson tanlaydi, ixtiyor qiladi, niyat qiladi – va ana shu ixtiyor Allohning qudrati bilan voqelikka aylanadi. Shunday ekan, inson o‘z amali uchun mas’uldir, chunki ixtiyor unga berilgan, lekin bu ixtiyor doirasidagi harakatni ro‘yobga chiqaruvchi kuch Allohning yaratishidir.
Bu tafsir orqali Gʻazzoliy bizga shuni anglatadi: taqdirga ishonish – loqaydlik emas, balki mas’uliyatli yashashdir. Inson harakat qiladi, Alloh esa unga hayot sahnasida imkon beradi. Bu nuqtai nazar bir vaqtning o‘zida ilohiy adolatni ham, insoniy javobgarlikni ham o‘zida mujassam etadi.
Shunday qilib, Gʻazzoliyning qarashlari erkin iroda va determinizm o‘rtasidagi ziddiyatni emas, balki ularning qanday uyg‘unlashishini ko‘rsatadi. Bu esa nafaqat aqliy, balki ruhiy tinchlik uchun ham eng chuqur yechimdir. Bu nuqtada savollar emas, balki iymon, tafakkur va amal uchun yo‘l ochiladi.
👏732🔥1🏆1
🤣15😁2
1.3 mln $ ( toʻgʻrisi, bu pul soʻmda ham koʻp )
Oʻylab koʻring bu pulga nima qilsa boʻladi ,tasavvur qilishingiz uchun bu pulga 2 ta space x dan suniy yoʻldosh sotib olib kosmosga uchurish mumkun , aniqroq tushunishingiz uchun bu pulga 120ta " gentra " olish mumkun ,ammo bizlar materialist emasmiz , bilamiz bular shunchaki bir arzimagan narsa , xullas Moliya vazirligi bu pulga rossiyadagi bitta mchj dan "maslahat" sotib olibdi . Toʻgʻri eshitding Karl , 1.3 mln dollarga MASLAHAT .

- bizga yordamiz kerak

- qanday yordam

- foydali maslahat kerak

-1.3 mln 💲boʻladi

- marhamat 💵💵💵

- foyda koʻrmoqchi boʻlsang ,boshqa bizdan maslahat olma 🗿
🤯10😢5🤣3🌚2
Magnate
Video
Achchiq haqiqat

Multfilmda tasvirlangan holat siz u bizga begona boʻlmagan "poyga " effectini koʻtargan . Bu qiz yevropada tugʻilgan va maktabdan chiqish holati berilgan ,dugonalariga xayr dedi va aytdiki " xayr gʻayratli  , ertaga boshlanadigan maktabga kirish uchun  bugundan navbatda turib olgan osiyoliklar"  degan . Soʻngida oʻzini harakiri qilgan yigit boʻlsa , "yoʻlingdan qolma " degan vaqti ortida turgan tengdoshi yonidan ildamlab oldinga oʻtib aytdiki , " yutqazding va men sendan oʻtib ketdim ,sababi sen qizga gapirib etiboringni yoʻqotib qoʻyding " keyin boʻlsa ....

Aynan osiyo mafkurasida tarbiyalanganlar uchun tanish holat , universitetda oʻtgan bir yillik kuzatishlarim natijasida shuni sezdim . Meni kursdoshlarim va tanishlarim testni maksimal (189 ball )ishlashgan ,lekin shunday holatda ham doim harakatda va bu jarayon bamisoli poygaga aylanib qolgan , talabalik oltin davr degan tushuncha biz uchun faqat essay mavzusi , va aynan shu paytda bizga qaraganda sezilarli past ball toʻplagan rus patokda ahvol juda koʻngildagidek ,ular hayotdan lazzatlanish hissini bilishadi va juda active( biz ham activemiz ,faqat oʻqishda ) kayfiyatlarini depressiya va  stress soʻzlariga antonym qilib ishlatsa boʻladi , menimcha bunga sabab , tashqi tomondan yaqinlarning bosimi va ularning kutuvi ,bizga "haloskor" koʻzi bilan boqishlar , bu albatta ,masulyatni meyoridan ortiq oshishiga hamda keraksiz havotir tuygʻusi shaklanishiga olib keladi , shu sabab ong ostida doiniy havotir  agressiyaga aylanadi , "самотценка" tushib ketadi  , va oʻzingizga nisbatan kam ishonch bilan har qanday sharoitli , adolat meyorlariga amal qilinmaydigan mehnat sharoitlarida ham ishlashga tayyor boʻlasiz , hayotda gʻolib boʻlganda tushunasizki siz magʻlubsiz , sababi oʻlib ketganizda kimdir harakat qildi va sizdan oʻzib ketdi..
6💯3😢2
Fasl oʻzgarsa kerak🗿
🤣19😁14
# demak
Yurtimizning shimoliy-gʻarbiy hududlaridagi yoqilgʻi muommosiga yechim topilibdi .

Releted : orol dengizda mendeleyev jadvalidagi barcha minerallarni uchratasiz , hattoki bazida suv ham topishiz mumkun .
😁8🏆8🌚2
🤔7🤣4🤯3
🗿
5🔥2🗿2🌚1
Magnate
🗿
🤣9😁2
🤣7🤯6👏2🌚2💯1🗿1
😢7👍4🌚2
American psycho with Christian Bale
😁11🤔2🌚2🗿1