🇺🇿Nomoddiy madaniy merosni har tomonlama muhofaza qilish, raqamlashtirish, targ‘ib qilish va saqlash vazifasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi "Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish, ilmiy o‘rganish va targ‘ib qilishni rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-405-sonli Qarorida keltirilgan ustuvor yo‘nalishlarda belgilab qo‘yilgan. Mazkur Qarorga ko‘ra nomoddiy madaniy meros namunalarini yozib olish va keng targ‘ib qilish, jumladan, internet va ijtimoiy tarmoqlarda e'lon qilish uchun 50 ta audiovizual asarlar yaratish vazifasi ham berilgan.
🔸O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti jamoasi yuqoridagi topshiriqlar ijrosini amalga oshirish uchun mas'uliyat ila harakat qilmoqda. Xususan, nomoddiy madaniy meros namunalari aks etgan 50 ta audiovizual materiallar tayyorlanib, ICRICH'ning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida muntazam e'lon qilib borilmoqda: