Madaniyat.uz I Rasmiy kanal
10.7K subscribers
32.3K photos
6.38K videos
78 files
13.1K links
📢 Madaniyat vazirligi rasmiy sahifasi

📍 Manzil: Toshkent, Amir Temur ko‘chasi, 107b

🌐 Veb-sayt: https://gov.uz/madaniyat

📞 Telefon: (55) 502 33 75

📨 Email: [email protected]

📲 instagram.com/madaniyatvazirligi

📲 facebook.com/madaniyatvazir
Download Telegram
#Xizmat_safari
#Andijon

⚡️ Kuni kecha madaniyat vazirining birinchi o’rinbosari Avazxon Tadjixanov xizmat safari bilan Andijon viloyatidagi madaniyat muassasalarini o'rganayotganligi haqida xabar berilgan edi.

Xizmat safari davomidagi o'rganish yakunlari bo'yicha Avazxon Tadjixanov rahbarligida yig'ilish o'tkazilib, aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mutasaddi rahbarlarga topshiriq va ko'rsatmalar berdi.

Ma'lumot uchun, viloyatda madaniyat va san'at sohasi yo'nalishida 123 ta madaniyat muassasalari faoliyat ko'rsatadi, shundan, 3 ta teatr, 1 ta ixtisoslashtirilgan san’at maktabi, 1 ta musiqaga ixtisoslashtirilgan maktab-internati, 29 ta bolalar musiqa va san’at maktabi, 71 ta madaniyat markazlari, 1 ta O'zbekiston davlat filarmoniyasi viloyat bo'limi, 1 ta namunali “Maqom” ansambli, 1 ta “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi viloyat bo‘limi, 1 ta viloyat Ko‘zi ojizlar maxsus kutubxonasi va uning 14 ta shahar va tuman filiallari faoliyat yuritib kelmoqda. Madaniyat markazlarida esa jami 22 ta “Xalq havaskorlik jamoasi” va “Namunali bolalar jamoasi” havaskorlik jamoalari hamda folklor-etnografik, ashula va raqs ansambllari faoliyat ko‘rsatadi.

™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari:
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️O'zbek milliy maqom san’ati markazi direktori Avazbek Shomurodov xizmat safari bilan Samarqand, Namangan, Farg‘ona, Jizzax, Qashqadaryo viloyatlarida bo'ldi.

Markaz direktori xizmat safari davomida O'zbek milliy maqom san’ati markazining hududiy bo‘limlari tomonidan maqom san’atini yanada rivojlantirish borasida olib borilayotgan ijodiy va amaliy ishlar holatini tanqidiy o'rgandi.

Avazbek Shomurodov hududlarga tashrifi davomida, o‘zbek milliy maqom san’atini yanada rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan har bir hududda yigʻilish oʻtkazib, Maqom markazi hududiy bo‘limlarining xonanda va sozandalari bilan uchrashdi.

Shuningdek, har bir xodim bilan birma-bir suhbat olib borib, ish jarayonini ko‘zdan kechirdi, kadrlar masalasi, prezident qarorlari asosida tashkil qilinayotgan mahalliy gastrol safarlarining tashkil etilayotganligi, o‘rganilgan va o‘rganish uchun rejaga qo‘yilgan asarlar to‘g‘risida badiiy rahbarlarning hisobotlarini tingladi.

Har bir o'rganish yakunida yig'ilish o'tkazilib, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas'ullarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.

 ™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari:
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kun_hikmati

™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari:
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇰🇬 Qirgʻiz kinosi kunlari doirasida bir qator filmlarning namoyishi bo‘lib o‘tadi

⚡️Bugun, 20-iyul kuni Oʻzbekiston Milliy kino sanʼati saroyida "Qirgʻiz kinosi kunlari" doirasida "Sarvqomat dilbarim" milliy filmining maxsus namoyishi, "Belek" hamda "Tenirberdi" ("Дитя небес") filmlarining namoyishi bo‘lib o‘tadi.

Namoyish vaqtlari quyidagicha:

☑️"Sarvqomat dilbarim" milliy filmining maxsus namoyishi: 15:00

☑️ "Belek": 17:00

☑️ “Tenirberdi” ("Дитя небес"): 19:00

Barcha yurtdoshlarimizni ushbu namoyishlarga taklif etamiz.

Qo’shimcha ma’lumotlar uchun:
📞 77 287-88-88
📞 77 297-88-88

📌Manzil: Navoiy ko‘chasi,15-uy

™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari:
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇰🇬 18-22 iyul kunlari O'zbekistonda “Qirg'iz madaniyati kunlari” tadbirlari bo'lib o'tmoqda.

⚡️ Bugun, 20-iyul kuni:

17.00-18.30 - O'zbekiston davlat konservatoriyasida Qirg'iz Respublikasi xalq artisti, kompozitor M.Begaliyevning konserti;

19.00-20.30 - Muqumiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatrida “Somonchining yo‘li” nomli spektakl namoyishi;

21.00-23.00 - “Moviy gumbazlar” xiyobonida “Qirg‘iz ovuli” nomli ko‘rgazma va konsert dasturi namoyish etiladi.

Hurmatli OAV va blogerlar barchangizni “Qirg'iz madaniyati kunlari” doirasidagi tadbirlarni tomosha qilishga hamda yoritishga taklif etamiz.

™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari:
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM