🇺🇿🇰🇬 Xabaringiz bor ayni kunlarda yurtimizda
“Qirg'iz madaniyati kunlari” tadbirlari bo'lib o'tmoqda.
⚡️ 19-iyul kuni O'zbekiston yozuvchilar uyushmasida
“O'zbek-qirg'iz” ziyolilari ishtirokida davra suhbati, O'zbekiston Milliy kino sanʼati saroyida
“Qirg'iz kino kunlari”ning rasmiy ochilishi,
"Qirg'iziston kinosi kunlari" doirasida
“Darak iri” ("The song of the tree") filmining namoyishi, “Moviy gumbazlar” xiyobonida
“Qirg'iz ovuli” nomli ko'rgazma va konsert dasturi namoyish etildi.
✅Poytaxtning
“Moviy gumbazlar” xiyobonida
“Qirg'iz ovuli” nomli ko'rgazma va konsert dasturini O'zbekiston madaniyat vazirining birinchi oʻrinbosari
Avazxon Tadjixanov hamda Qirg'iziston madaniyat, axborot, sport va yoshlar siyosati vazirining birinchi o'rinbosari
Timurlan Ajimaliyev ochib berishdi va ikki davlat o'rtasidagi madaniy aloqalar haqida nutq so'zlashdi.
✅ So'ng,
“Qirg'iz ovuli” nomli konsert dasturi namoyish etildi. Unda, "Bo'z Ingen", "Sog'indim", "Janubiy qo'shiq", "Eritish", "Do'stlik raqsi", "Turkiston qayriklari" va shu kabi qirg'iz qo'shiqlari va raqslari namoyish etildi.
✅Eslatib o'tamiz, yurtimizda
“Qirg'iz madaniyati kunlari” tadbirlari davom etmoqda. O'zbekistonda
“Qirg'iz madaniyati kunlari” tadbirlari dasturi bilan -
bu yerda - tanishing.
™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari:🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt