Madaniyat.uz I Rasmiy kanal
10.4K subscribers
31.7K photos
6.23K videos
78 files
12.7K links
📢 Madaniyat vazirligi rasmiy sahifasi

📍 Manzil: Toshkent, Amir Temur ko‘chasi, 107b

🌐 Veb-sayt: https://gov.uz/madaniyat

📞 Telefon: (55) 502 33 75

📨 Email: [email protected]

📲 instagram.com/madaniyatvazirligi

📲 facebook.com/madaniyatvazir
Download Telegram
Madaniyat va san’at sohasidagi tanlovlarni tashkil etish xususiy sektorga topshiriladi

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi iste’dodli yosh ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash ko‘lamini kengaytirish hamda sohaga xususiy sektorni keng jalb etish, madaniyat va san’at sohasidagi tanlovlarning keng jamoatchilik ishtirokida hamda shaffof tarzda o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida, ro‘yxatda ko‘rsatilgan ko‘rik tanlovlarni tashkil etish va o‘tkazish uchun xususiy sektor vakillarini hamkorlikda ishlashga taklif etadi.

Eng yaxshi taklif egalari bilan doimiy hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi. Takliflar joriy yilning 25-fevraliga qadar vazirlik tomonidan qabul qilinadi. Quyida keltirilgan tanlovlar muddatlariga xususiy sektor vakillari tomonidan o‘zgartirish kiritilishi mumkin.
Murojaat uchun telefonlar: (+99899 856-90-59)

Nogironligi bo‘lgan shaxslar o‘rtasida “Eng yaxshi kitobxon” respublika tanlovi
2024-yildan boshlab har yili may oyida

“Marhabo talantlar” respublika ko‘rik-tanlovi
2024-yildan boshlab har yili may - oktyabr oylarida

“Ona zamin ohanglari” respublika ko‘rik-tanlovi
2025-yildan boshlab har ikki yilda bir marta - iyun oylarida

➡️ На русском

🕊Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣 Diqqat e'lon!!!

🔔 Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy tadqiqot instituti olimlarni konferensiyaga chorlaydi!

💬 Ilmiy to‘plam uchun maqolalar qabul qilish boshlandi!

📆 Dedlayn 2024-yilning 1-mart kuniga qadar!

E'lon bilan batafsil tanishing: Axborot xati

#ilmiykonferensiya
#nomoddiymadaniymeros

🕊Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Madaniyat vaziri o‘rinbosari Murodjon Majidov boshchiligidagi ishchi guruh Toshkent viloyatidagi madaniy obyektlar holatini o'rgandi. Unda Ohangaron tuman hokimi Erkinjon Muhiddinov hamrohlik qildi.

Xususan, Ohangaron tumanidagi 31-sonli musiqa va san’at maktabining o'quv binosini ko'zdan kechirdi.

O'rganish natijalari bo'yicha hududiy tizim tashkiloti rahbarlariga kuzatilgan kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

🕊Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев Андижон вилояти Марҳамат туманидаги шахмат мактаби ва кутубхонада бўлди.

Президент посетил шахматную школу и библиотеку в Мархаматском районе Андижанской области.

#Mirziyoyev #safar #Andijon #yoshlar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇦🇪 Xabaringiz bor, 13-15-fevral kunlari Abu-Dabida YUNESKOning madaniyat va san'at ta'limi bo'yicha Butunjahon konferensiyasi bo'lib o'tdi.

💬 Ushbu Butunjahon konferensiyada butun dunyodan madaniyat va san'at sohasi bo'yicha ekspertlar, madaniyat xodimlari, butun dunyo madaniyat vazirliklari va departament rahbarlari o‘z nutqlari bilan ishtirok etishdi, jumladan O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Avazxon Tadjixanov ham o‘z nutqi bilan qatnashdi.

Nutqning to'liq matni bilan quyida tanishing:

🇺🇿 O'zbek tilida
🇬🇧 Ingliz tilida
🇷🇺 Rus tilida

🕊Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎭 Toshkent shahridagi teatrlarning 16-fevral, juma kungi repertuari:

O‘zbek milliy akademik drama teatri
Nomi: “Iymon”
Vaqti:
18:00

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri
Nomi: “Тоска”
Vaqti:
18:00

O‘zbekiston davlat akademik rus drama teatri
Nomi: “Волки и овси”
Vaqti:
18:30

Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatri
Nomi: “Baxshi”
Vaqti:
18:00

O‘zbekiston davlat satira teatri
Nomi: “Qo’sh arava yoki”
Vaqti:
16:00

O‘zbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatri
Nomi: “Game over”
Vaqti:
11:00

#repertuar #anons

🕊Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎭 Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi teatrlarning 16-fevral, juma kungi repertuari:

Qoraqalpoq davlat yosh tomoshabinlar teatri
Nomi: “Qo‘pol qo‘chqor”
Vaqti:
11:00

Qoraqalpoq davlat qo‘g‘irchoq teatri
Nomi: “Qushlarni kutgan bolalar”
Vaqti:
15:00

Andijon viloyati musiqali drama teatri
Nomi: “Bobur.Sog‘inch”
Vaqti:
15:00

Andijon viloyati yoshlar teatri
Nomi: “Erkatoyning erkaligi”
Vaqti:
11:00

Andijon viloyati qo‘g‘irchoq teatri
Nomi: “Do‘ppi”
Vaqti:
11:00

Buxoro viloyati musiqali drama teatri
Nomi: “Abdurauf Fitrat”
Vaqti:
14:00

Jizzax viloyat musiqali drama teatri
Nomi: “Hayrat ul-abror”
Vaqti:
16:00

Jizzax viloyat qo‘g‘irchoq teatri
Nomi: “Saboq”
Vaqti:
10:00

Sirdaryo viloyati musiqali drama teatri
Nomi: “Quticha yoxud jinni bo‘lish hech gapmas”
Vaqti:
17:00

Samarqand viloyati musiqali drama teatri
Nomi: “O’jar qaynona”
Vaqti:
15:00/18:00

Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri
Nomi: “Qaltis qadam”
Vaqti:
14:00

Farg‘ona viloyati musiqali drama teatri
Nomi: “Zebuniso”
Vaqti:
11:00

Qo‘qon shahar musiqali drama teatri
Nomi: “Baxtsiz oshiqlar”
Vaqti:
14:00

Marg‘ilon shahar musiqali maqom teatri
Nomi: “Marg‘ilon darg‘alari”
Vaqti:
14:00

Namangan viloyati musiqali drama teatri
Nomi: “Skaenning nayranglari”
Vaqti:
16:00

Qashqadaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatri
Nomi: “Alp o‘g‘lon”
Vaqti:
11:00/15:00

Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri
Nomi: “Uch baxtsizlik”
Vaqti:
11:00


Xorazm viloyati musiqali drama teatri
Nomi: “Abu Rayhon Beruniy”
Vaqti:
16:00

Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri
Nomi: “Sayyor teatr tomoshalari”
Vaqti: 11:00


#repertuar #anons

🕊Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bobur_tavalludi
#bu_qiziq

📣 Adliya vazirligi Bobur ismi bo‘yicha so‘nggi 5 yillikda FHDYO statistikasidagi ma'lumotlarni ochiqladi.

🟢 Bobur ismi qo‘yilishi:

🔘 2019 - yilda 2 461 ta
🔘 2020 - yilda 2 110 ta
🔘 2021 - yilda 1 789 ta
🔘 2022 - yilda 1 408 ta
🔘 2023 - yilda 1 114 ta

🟢 14 - fevralda tug‘ilgan chaqaloqlarga Bobur ismi qo‘yilishi:

🔘 2019 - yil 14 - fevral kuni 101 ta
🔘 2020 - yil 14 - fevral kuni 74 ta
🔘 2021 - yil 14 - fevral kuni 50 ta
🔘 2022 - yil 14 - fevral kuni 64 ta
🔘 2023 - yil 14 - fevral kuni 49 ta

🔔 So‘nggi 5 yil davomida Bobur ismi eng ko‘p qo‘yilgan hududlar:

1. Samarqand viloyatida 1 441 ta
2. Qashqadaryo viloyatida 1 111 ta
3. Surxondaryo viloyatida 924 ta

Ushbu ma’lumotlar faqat “Bobur” ismi bo‘yicha berildi.

🕊Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Fransiyalik tomoshabin o‘zbek rejissyoriga "Rahmat" aytdi

🏅 Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan rejissyor Shokir Xoliqov tomonidan suratga olingan «Yakshanba» filmi Fransiyada o‘tkazilgan Xalqaro Osiyo kinofestivalida 2 ta mukofotni qo‘lga kiritgan edi.

📺 "O‘zbekiston 24" telekanalining "Fakt 24" informatsion dasturi orqali berilgan reportajda fransiyalik tomoshabinlarning film haqidagi iliq fikrlari keltirilgan.

🕊Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ta’ziya

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti dotsenti, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi Zuhra Olimjonova vafot etdi.

Zuhra Olimjonova qoraqalpoq, qirg‘iz, rus va o‘zbek guruhlarida va musiqali teatr yo‘nalishi bo‘yicha “Sahna nutqi”dan saboq berdi, ushbu fan rivojiga katta hissa qo‘shgan ustozdir.

Madaniyat vazirligi marhumaning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi.

🕊Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM