Madaniy meros agentligi
2.02K subscribers
5.94K photos
581 videos
2 files
2.01K links
Download Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoev 31 avgust kuni erta tongda Shahidlar xotirasi xiyoboniga tashrif buyurdi.

2001 yildan buyon 31 avgust “Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni” sifatida nishonlab kelinmoqda. Jadid bobolarimizning ruhlarini shod etish, hayoti va merosini o‘rganishga qaratilgan ishlar davom ettirilmoqda. O‘tgan yili “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi rekonstruksiya qilingan edi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlarda uning filiallari ochildi.

Bu yil muzeyda jadid talabalar Germaniyaga o‘qishga yuborilganining 100 yilligiga bag‘ishlangan ekspozisiya tashkil etildi.

Davlatimiz rahbari muzeyga kirib, mazkur ko‘rgazma bilan tanishdi.

Batafsil

Rus tilida

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Samarqand arxeologiya instituti va Buxoro filiali faoliyati tashkil etiladi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-avgustdagi 485-son qarori bilan Yaxyo G‘ulomov nomidagi Samarqand arxeologiya instituti va uning Buxoro filiali faoliyati tashkil etildi hamda Fanlar akademiyasidan Madaniy meros agentligi tuzilmasiga o‘tkazildi.
Institutning vazifalari:
Qadimgi tosh asridan boshlabrivojlangan o‘rta asrlarni o‘z ichiga olgan Markaziy Osiyoning moddiy va ma’naviy madaniyati tarixini o‘rganish borasida fundamental tadqiqotlar olib boorish;
Tadqiq etiladigan davrlar madaniyatlari xronologiyasini va davrlashtirilishini ishlab chiqish;
O‘zbekiton hududining ibtidoiy odamlar tomonidan o‘zlashtirilishini, sivilizatsiyaning shakllantirilishini, ilk shaharlar davlatchilik, qadimgi jamiyatlar dunyoqarashini, jahon dinlari paydo bo‘lishini va rivojlanishini, savdo-sotiq munosabatlari va “Buyuk ipak yo‘li” tarixini o‘rganish;
Hunarmandchilik, metallurgiya va kon ishi, arxeologik yodgorliklarni aniqlash, arxeologik tadqiqotlar olib borish, xaritaga tushirish va ilmiy muomilaga kiritish;
Respublika hududidagi noyob arxeologik yodgorliklarni ochiq osmon ostidagi muzeylarga aylantirishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish;
Arxeologik topilmalarni ta’mirlash uslubi va qadimiy texnologik usullarni tiklash hamda ushbu yo‘nalishda vakolatli organ tomonidan berilgan tegishli ruxsatnomaga ega bo‘lgan arxeologiya tadqiqotlarini jalb qilish;
Arxeologiya sohasida ilmiy kadrlar tayyorlash, Institutning ilmiy yo‘nalishlaridan kelib chiqib, jahon ilm-fani yutuqlarini o‘rganish, ulardan foydalanishni hamda mahalliy va xalqaro miqyosda qo‘shma tadqiqotlar tashkil etishdan iborat.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Madaniy meros agentligi tomonidan yana bir arxeologiya obyektiga zarar yetkazayotgan shaxslar toʻxtatildi

Samarqand viloyati Madaniy meros boshqarmasi tomonidan oʻrganish ishlari davomida Jomboy tumanida joylashgan “Nomsiztepa” arxeologik yodgorligiga zarar yetkazish holati aniqlandi.

Ushbu yodgorlik – Vazirlar Mahkamasining “Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori bilan davlat himoyasiga olingan. O‘ganish natijasida arxeologik yodgorlikning g’arbiy tomonidan uzunligi 120 metr eniga 1,5 metr va balandligi 1 metr umumiy hajmi 180 metr kub tuproq tekislanib olinganligi aniqlandi. Hududiy boshqarma tomonidan tuproq qazib olish jarayoni toʻxtatildi va javobgarlarga nisbatan ogohlantirish berildi. Arxeologiya obyektiga yetkazilgan zarar miqdori 4.3 mlrd. soʻm etib belgilandi va holatga huquqiy baho berish uchun hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etildi.

Rus tilida

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Bugundan e'tiboran "Muzeylar haftaligi" tadbiri boshlanadi. Unga ko‘ra, kelgusi yetti kun mobaynida hamyurtlarimiz uchun ushbu ro‘yxatda keltirilgan muzeylarga kirish bepul bo‘ladi.

Vazirlar Mahkamasining 2010-yil, 12-aprelda chiqargan 68-son qarorining 8-ilovasidagi nizomga ko‘ra "Muzeylar haftaligi" tadbiri har yili 2-8 sentabr kunlari o‘tkazilishi belgilab qo‘yilgan. Hamyurtlarimiz bir hafta davomida muzeylarga tashrif buyurib, milliy muzey fondiga kiritilgan ashyolar va kolleksiyalar bilan tanishib olishlari mumkin.

Batafsil

Rus tilida

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Amir Temur maqbarasi madaniy meros obyektida restavratsiya ishlari olib borilmoqda

Tegishli tashkilotlar tomonidan ushbu yodgorlikda restavratsiya ishlarini bajarish maqsadida ilmiy asoslangan xulosalar yordamida loyiha takliflari ishlab chiqilgan hamda Madaniy meros Agentligi huzuridagi Ilmiy-ekspert kengashida maʼqullangan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 10.03.2022 yildagi “2022-yilda turizm va madaniy meros obyektlari infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 110-son qaroriga asosan Samarqand shahrida joylashgan “Amir Temur” majmuasida gumbaz va devor old qismi, galereyaning pol qismlari va peshtoq mukarnaslarini qayta ta’mirlash uchun 3 mlrd. so‘m mablag‘ ajratilgan.

Hozirda jarayonlar yakuniy bosqichda.

Eslatib o‘tamiz Amir Temur maqbarasini restavratsiya qilish ishlari bundan yarim asrdan ziyod vaqt oldin, ya’ni 1941-yilda amalga oshirilgan bo‘lib, 1996-yilda esa qisman ta’mirlash ishlari olib borilgan.

Batafsil

Rus tilida

Telegram | Facebook | Instagram |
O‘zbekiston amaliy sanʼat va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyida "Mustaqillik davrida tiklangan hunarlar" nomli muzeylar haftaligiga start berildi. Ushbu tadbir doirasida Milliy matolar bo‘yicha mahorat darslari bo‘lib o‘tdi.

Ushbu mahorat darslari Farg‘onadan maxsus tashrif buyurgan usta-hunarmand Toshtemirov Abdunabi tomonidan olib borildi. Eslatib otamiz muzeylar haftaligi 8 sentyabrga qadar davom etadi. Unga ko‘ra 4-sentyabr kuni kulolchilik, 6- sentyabrda esa yog‘och naqqoshligi bo‘yicha mahorat darslari bo‘lib o‘tadi.

Rus tilida

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Ichan Qal’a”ga borsangiz nafaqat buyuk tarixiy arxitekturamizni tomosha qilasiz balki yosh iste’dotlarning ijodlaridan bahramand boʻlish imkoniyatiga ega boʻlasiz!
—————
Если вы отправитесь в «Ичан-Калу», вы не только увидите нашу великую историческую архитектуру, но и получите возможность насладиться творениями молодых талантов!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
‼️BARCHANI QOVUN SAYLIGA TAKLIF QILAMIZ!

Bugun Xiva shahri "Ichan Qal'a" davlat muzey-qo'riqxonasida "Gurvak-Xorazm qovunchilik ramzi" savdo ko'rgazmasi tadbirlari bo'lib o'tadi.

Tadbirda:
✔️Qishloq xo'jaligi mahsulotlari ko'rgazmalari
✔️Folklor jamoalari chiqishlari
✔️Konsert dasturlari va boshqa ma'naviy-madaniy tadbirlar bo'lib o'tadi.

‼️
ПРИГЛАШАЕМ ВСЕХ НА ПРАЗДНИК ДО ВСТРЕЧИ В "ИЧАН - КАЛЕ"

Сегодня на территории государственного музея заповедника "Ичан - кала" будут проводится мероприятия по организации торговой ярмарки под названием " Гурвак - символ Хорезмского дыневодства".

На этом мероприятии будут организованы:
✔️Выставки сельско- хозяйственной продукции.
✔️Выступления фольклорных групп.
✔️Концертные программы и другие культурно- развлекательные мероприятия.