Madaniy meros agentligi
2.02K subscribers
5.94K photos
581 videos
2 files
2.01K links
Download Telegram
Moddiy madaniy meros obyektlariga nisbatan hurmatsizlik bilan munosabatda bo‘lganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda

26-avgust kuni Senatning Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni ta'minlash masalalari qo‘mitasining majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Senatning navbatdagi yalpi majlisi doirasida ko‘rib chiqiladigan qonunlar dastlabki tarzda muhokama qilindi.

Jumladan, Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 64¹-modda bilan to‘ldirilib, moddiy madaniy meros obyektlariga nisbatan hurmatsizlik bilan munosabatda bo‘lish, ya'ni moddiy madaniy meros obyektlariga yozuvlar yozish, rasmlar chizish yo‘li bilan tahqirlash yoki shikast yetkazish, moddiy madaniy meros obyektlarini, ularning tarixiy, ilmiy, badiiy yoxud o‘zgacha madaniy qimmatiga dog‘ tushiruvchi yoki ularni masxara qiluvchi harakatlarni sodir etish, xuddi shuningdek moddiy madaniy meros obyektlariga nisbatan jamoat tartibini buzuvchi harakatlarni sodir etish ma'muriy huquqbuzarlik sifatida qayd etilib, javobgarlik belgilanmoqda.

Rus tilida
"Milliy merosga mening hissam!" aksiyasi doirasida aholi tomonidan jami 90 ga yaqin ashyolar topshirildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil, 27-maydagi "Muzeylarda xizmatlar sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-261 son qarori 7-bandida aholidagi madaniy boyliklarni davlat muzeylari tomonidan qabul qilib olishni rag‘batlantirish va ommalashtirishga qaratilgan "Milliy merosga mening hissam!" umumxalq aksiyasini o‘tkazish belgilangan edi.

Shuningdek, aksiya doirasida fuqarolarda bo‘lgan madaniy boyliklarni beg‘araz maqsadda topshirish ishlari O‘zbekiston zamonaviy san'at muzeyida ham tashkillashtirilgan bo‘lib, joriy yilning 1-iyulidan shu kunga qadar jami 63 ta asar qabul qilib olingan.

Rus tilida

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Chirchiq shahar tarixi muzeyida XVIII asrga tegishli muxr saqlanmoqda. Ushbu eksponat misdan yasalgan bo‘lib, Niyozbek ovulidan topilgan.

O’tmishda muxrning sopol, mis, po’lat, bronza, kumush, oltindan qilingan turlari ham mavjud bo’lgan. Har bir hukmdor yoki podsho farmonlarini tasdiqlash uchun o'z muxriga ega bo’lgan.

Chirchiq shahridagi muzeyda saqlanayotgan eksponatda "la ilaha illallahu, Muhammadun rosululloh" kalimasi va uchinchi hamda to‘rtinchi xalqadagi yozuvlarda Oyat ul kursi ifodalangan.

Rus tilida

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
"Milliy merosga mening xissam!" aksiyasi doirasida qiziqarli tadbir o‘tkazildi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil, 27 maydagi “Muzeylarda xizmatlar soxasini rivojlantirish to'g'risida”gi PQ- 261 son qarori 7- bandida aholidagi madaniy boyliklarni davlat muzeylari tomonidan qabul qilib olishni rag’batlantirish va ommalashtirishga qaratilgan "Milliy merosga mening xissam!" deb nomlangan umumxalq aksiyasini o’tkazish belgilangan edi.

Mazkur qarorga asosan belgilangan sanadan boshlab aksiya tashkil etildi va doimiy ravishda o’tkazish asosiy vazifalardan qilib belgilandi. Aksiya doirasida bugun O'zbekiston davlat san'at muzeyiga Gulnora Djumagarining "Kimanodagi onam" deb nomlangan rangtasvir asari hamda ijodiga bag'ishlangan katalogi taqdim etildi. Rangtasvir asari hamda katalogi muzey fondiga qabul qilib olindi.

Rus tilida

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tezkor #Mobile_Rakurs
"Buyuk allomalarning ilmiy va madaniy merosi hamda ajdodlar kuni" mavzusida ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tmoqda

https://t.iss.one/Fargona_trk

https://t.iss.one/Mobile_Rakurs
Бугун Президент Шавкат Мирзиёев Урганч шаҳрида буюк саркарда ва давлат арбоби Жалолиддин Мангуберди
ҳайкалининг тантанали очилиш маросимида иштирок этади.

Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев примет участие в церемонии торжественного открытия памятника великому полководцу и государственному деятелю Джалолиддину Мангуберды в городе Ургенче.

Facebook|Instagram|Twitter
“Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga qabul davom etmoqda!

2022/2023-oʻquv yilida “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga hujjatlarni qabul qilish davom etmoqda.

Ta'kidlash kerakki, universitetga ingliz tili bo‘yicha xalqaro va milliy sertifikatlarga ega bo‘lgan abituriyentlarning hujjatlari qabul qilinadi. Hujjatlar 2022-yilning 10-sentabriga qadar qabul qilinadi.

Tel: +998 93 348 33 80, +998 90 224 14 42 (24/7)

Batafsil

Rus tilida

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Президент Шавкат Мирзиёев Урганч шаҳрида буюк саркарда Жалолиддин Мангуберди ҳайкалини очиб берди.

https://uztv.tv/channels/uzbekiston-tarix

Telegram | Instagram | Facebook | You Tube
#RASMIY_MUNOSABAT

Ommaviy axborot vositalarida Samarqand tumani Motrud MFY hududida joylashgan IV - V asrlarga oid "Qunduz so'fi" obyekti buzib yuborilayotganligi haqida xabar tarqaldi. Yaxyo G‘ulomov nomidagi Samarqand arxeologiya institutining xulosalariga tayangan holda Madaniy meros agentligi tomonidan quyidagilar ma'lum qilinadi.

Murojaatda belgilangan qurilish olib borilayotgan joy o‘rganilganda u Zarafshon daryosining chap qirg‘og'i terassasining birinchi qatlami va geologik tuproq yotqiziqlaridan iborat hudud ekanligi aniqlandi. Qurilish maydonida va unga tutash hududda arxeologik qatlam izlari qayd etilmadi.

Qurilish olib borilayotgan joy "Qunduz so'fi" arxeologiya obyektining muhofaza zonasidan 70 - 100 metr uzoqlikda joylashgan.

‼️Shu o‘rinda jamoatchilik vakillari, blogerlar va ommaviy axborot vositalaridan o‘rganilmagan, asossiz ma'lumotlar bilan aholini chalg‘itmasliklarini so‘rab qolamiz, zero, aholi o‘rtasida yolg‘on axborot tarqatganlik uchun javobgarlik mavjud.

Rus tilida
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
31 avgust - "Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni" munosabati bilan "Qatag‘on qurbonlari - Vatan fidoyilari" mavzusidagi rolik.

Maʼruzachi: Qarshi davlat universiteti tuzilmasidagi "Qatag‘on qurbonlari xotirasi" muzeyi direktori, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Dilnavoz Raxmatova.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Rossiya etnografik muzeyida an'anaviy o'zbek kashtasi va matolari ko'rgazmasi ochildi

31-dekabrga qadar Sankt-Peterburgdagi Rossiya etnografik muzeyida “O‘zbekiston ipaklari: an’anaviy kashtalar va matolar” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

Ko'rgazma ilk bor muzeyning boy "o'zbek" kollektsiyasining muhim qismini namoyish etadi, uning eksponatlari XIX asrning so'nggi uchdan XX– asr boshlariga to'g'ri keladi. Tashrif buyuruvchilar o'zbek oilalarida to'y va boshqa bayramlarga tayyorlangan an'anaviy kashtado'zlik buyumlarini ko'rishlari mumkin: yangi turmush qurganlarning to'shagidagi choyshablar, devor tokchalari uchun pardalar, ko‘rpa-to‘shaklar va bolalar beshigi, to'y sochiqlar, joy namozlar.

Rus tilida

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Turkiy davlatlarning eng mashhur fotoijodkorlari Qo‘qonga taklif etiladi

Qo‘qon shahriga turkiy davlatlardan nomdor fotograflar taklif etiladi va “Qo‘qon turkiy fotosuratchilar obyektivida” rukni ostida ko‘rgazma va yosh fotograflar uchun mahorat darslari tashkil etiladi.

Ushbu tashabbus Qo‘qon shahri “Turkiy dunyoning turizm poytaxti” maqomini olganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-iyuldagi “Turkiy davlatlar bilan turizm sohasidagi hamkorlikni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-338-sonli qaroriga ko‘ra amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston bo‘ylab ijodiy safarda qatnashish uchun Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar (Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya, O‘zbekiston) va kuzatuvchi davlatlardan (Vengriya, Turkmaniston) ikki nafardan taniqli ijodkorlar yurtimizga taklif etiladi. Ushbu qiziqarli press-tur 2022-yil, oktabr oyining birinchi dekadasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Rus tilida

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Turkiyaning Аnqara shahridan yurtimizga tashrif buyurgan olim va tadbirkorlarga Turk hoqonligi davriga tegishli Oʼrxun yozuvi namoyish etildi.

Fargʼona viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi fondida saqlanayotgan qadimgi Quva shahrining Chust va Elaton madaniyatiga oid sopol buyumlar va Turk hoqonligi davriga oid sopoldagi Oʼrxun yozuvlari mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.
—————
Ученым и предпринимателям, посетившим нашу страну из Турции города Анкара, была продемонстрирована Урхунская надпись, относящаяся к периоду Тюркского каганата.

Большое впечатление на посетителей произвели керамические изделия Чустской и Элатонской культуры древнего города Кувы, хранящиеся в фондах Государственного музея истории и культуры Ферганской области, а также Урхунские надписи на керамике, относящиеся к периоду Тюркского каганата.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Turizm va madaniy meros vazirligi mutaxassisi Shahlo Solieva "Sevimli" telekanalining "Sevimli kun" dasturi mehmoni bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan ichki turizmni rivojlantirish uchun amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma'lumot berdi.

Batafsil

Rus tilida

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube