262 subscribers
48 photos
3 videos
1 file
46 links
O'qi, g'oliblar kabi fikrla, dunyoni o'zgartir
Download Telegram
Yoshligimizdan bizning miyyamizga xato qilishga haqqimiz yo‘qligini singdirishgan

Bolaligimizda ko‘p hollarda xato qilish yaxshi holat emas deb o‘rgatilganmiz. Kimdir urishgan, kimdir hafsalasiz gapirgan. Shu sababli xatolarni yashirish, indamay qo‘yish odat bo‘lib qolgan. Lekin xato qilish aslida tabiiy. Bola shunday yo‘l bilan o‘rganadi.

Aynan xato qilish — bu o‘rganishning ajralmas qismi. Bola biror narsa haqida tushuncha hosil qilish uchun urinishga, sinashga, adashishga va keyin xulosaga kelishga muhtoj. Xato qilish — bu noto‘g‘ri yo‘ldan yurish emas, balki qaysi yo‘l to‘g‘ri ekanini aniqlash vositasi.

Lekin agar bola har bir adashgan qaror uchun tanbeh eshitsa, u sinashdan qo‘rqadi. Uning ichki ovozi jim bo‘ladi. O‘z fikrini bildirish, yangilik qilish, savol berish — bularning bari xavfli tuyula boshlaydi. Shunda biz mukammallikka emas, o‘z orzusini yashirishga majbur bo‘lgan bolani voyaga yetkazamiz.

Shuning uchun ota-onaning vazifasi — farzandiga xato qilishga ruxsat berish, bu ruxsat orqali unga o‘zini izlash, tushunish, va o‘sishga imkon yaratishdir. “Sen noto‘g‘ri qilding” o‘rniga, “Sen sinab ko‘rding — bu yaxshi, endi yana urinib ko‘raylik” degan yondashuv uni ruhlantiradi. Bola xatoni qo‘rquv bilan emas, tajriba bilan bog‘lasa, u mustahkam va ijodkor shaxsga aylanadi.

Agar bola o‘rganayotganda xato qilishdan qo‘rqmasa, u hayotni butun yuragi bilan his qiladigan, dadil va samimiy inson bo‘lib ulg‘ayadi.

📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram 📱 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🙏1
Bola sog‘lom bahs qila olishi uchun ota-ona nima qilishi kerak?

Ayrim ota-onalar farzandining itoatkor, muloyim va murosaga moyil bo‘lishini istaydi. Bu istak tabiiy, lekin ko‘pincha ortiqcha ehtiyotkorlik sababli biz bolalarni har qanday kelishmovchilikdan yiroqlashtirishga harakat qilamiz. Ularni bahsdan, norozilik bildirgan holatlardan, “yo‘q” deyishdan asraymiz. Bu esa bola ongida muhim bir noto‘g‘ri tushuncha paydo qiladi: “Kelishmovchilik — bu xavf. Bahs qilgan kishi yomon odam”

Bola o‘z fikrini bildirganida, ayniqsa u ota-onasiga qarama-qarshi gapirganida, unga bu holatni xavfli deb emas, tabiiy deb his qildirish kerak. Agar biz bolaga har qanday qarama-qarshilikni jazolash yoki ogohlantirish orqali “tushuntirsak”, u fikrini yashirishni, his-tuyg‘ularini bosib qo‘yishni o‘rganadi. Bu esa muloqotsizlik, ichki siqilish va hatto yomon ijtimoiy ko‘nikmalarga olib keladi.

Kichkina yoshdayoq bola shuni tushunishi kerak: men har doim siz bilan rozi bo‘lishim shart emas — lekin men sizni sevishda, sizga ishonishda davom etaman. Ota-onalar bolaga bu signalni har doim, har bahsda, har norozilikda eslatib turishi kerak. Bu muloqot mezonini o‘zgartiradi.

Bahs — bu urush emas. Bu shunchaki ikki fikrning to‘qnashuvi va har bir to‘qnashuv imkoniyatdir: yaxshiroq tushunish, chuqurroq o‘rganish, bir-birimizga yaqinroq bo‘lish imkoniyati. Bola agar mehr bilan o‘rgangan sog’lom kelishmovchilikni boshdan kechira olsa, ulg‘ayganda kuchliroq, sog‘lomroq va ichki muvozanatga ega bo‘lgan shaxsga aylanadi.

Shuning uchun ota-onalar bahsdan qo‘rqmaslikni o‘zidan boshlashi kerak. Qattiq gapirish emas, tushunishga urinib suhbatlashish; buyurish emas, muloqot qilish; tinglash — bu ta’sirchan tarbiyaning boshlanishidir.

📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram 📱 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1
Farzandingizni boshqa bolalarga solishtirish – ularning o‘ziga xosligini yo‘qotadi

Ota-onalar farzandlarini tarbiyalash jarayonida ko‘pincha ularni boshqa bolalar bilan solishtiradi: “Qara, u qanday yaxshi o‘qiydi”, “U doim kattalar aytganini qiladi, sen-chi?”. Bunday solishtirishda ota-onalar niyati yaxshi bo‘lsa-da, bolaning o‘zini qanday his qilishi ustidan salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Har bir bola – o‘ziga xos. Ularning qobiliyati, xarakteri, qiziqishlari va rivojlanish sur’ati har xil. Boshqa bolalarga qarab baholash bola ongida “men ota onam xohlagan kabi yaxshi bola emasman” degan noto‘g‘ri fikrni shakllantirishi mumkin. Bu esa ishonchsizlik, qiyosga asoslangan o‘zini past baholash, hatto katta bo‘lganda ham ichki norozilik hissini keltirib chiqaradi.

Ota-ona sifatida ko'pchilikning vazifasi – bolani boshqa birovga o‘xshatishga emas, uning asl kuchli tomonlarini ko‘rib, o‘shani rivojlantirishga harakat qilishdir. Har bir bolaning o‘z yo‘li bor. Solishtirish o‘rniga, ularni eshitish, qiziqishlariga e’tibor berish va o‘z yo‘lida qo‘llab-quvvatlash muhimdir.

Shunchaki eslab qolish kerakki: bolaning eng yaxshi versiyasi – bu boshqa birovga emas, o‘ziga aylangan holatidadir.

📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram 📱 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1💯1
O‘zining xatti-harakatlarini boshqarishni o‘rganish bola kelajagiga qanday ta’sir qiladi?

Bola ulg‘aygani sari uning nafaqat bilim va malakalari, balki o‘zini tutish qobiliyati ham shakllanadi. O‘zini tutish — bu bolaning his-tuyg‘ulari, istaklari va harakatlarini nazorat qila olishidir. Bu ko‘nikma bolaning nafaqat bolaligida, balki butun hayoti davomida muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki o‘zini boshqara olgan bola — sinfda, o‘yinda, oilada va jamiyatda barqarorroq, sabrliroq, mojarolardan yiroq va muvozanatli bo‘ladi.

Bola o‘zining xatti-harakatlarini boshqarishni tug‘ma bilmaydi. U buni atrofdagilardan — eng avvalo ota-onasidan o‘rganadi. Farzandingizni boshqarishni emas, o‘zini boshqarishga o‘rgatish kerak. Bu jarayon esa baqiriq yoki jazodan emas, tinch muhit va izchil yondashuvdan boshlanadi. Bola ko‘rgan narsasini o‘rganadi: siz sabr qilsangiz — u ham sabrli bo‘ladi; siz muammo yuzaga kelganda osoyishta yechim izlasangiz — u ham shunday qilishni o‘rganadi.

O‘zini tutishni o‘rgangan bola kelajakda qarorlar qabul qilishda shoshilmasdan fikrlaydi, o‘zini yo‘qotmaydi, jamoadagi munosabatlarda muvozanatni saqlay oladi. Bu esa o‘qish, kasb, oilaviy hayot va do‘stlikda barqaror, ishonchli shaxs sifatida shakllanishiga asos bo‘ladi.

Farzandingizga har qanday holatda o‘zini qanday tutish kerakligini o‘rgatmoqchi bo‘lsangiz, unga birinchi navbatda siz o'zingiz misol ko‘rsating. Tarbiya — bu so‘z emas, kundalik misoldir.

📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram 📱 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Farzandingiz diqqat bilan tinglay oladimi? Bu ko'nikma uning kelajagiga qanday ta’sir qiladi?

Tinglay bilish — bu faqat quloq solish emas, bu aytilayotgan gapni tushunish, ichki mulohaza qilish va unga mos munosabat bildirishdir. Afsuski, bu qobiliyat bola bilan tug‘ilmaydi. Uni o‘rganish kerak.

Bolada kuchli tinglash ko‘nikmasi shakllansa, u nafaqat yaxshi suhbatdosh bo‘ladi, balki o‘qish, yozish, tahlil qilish va ijtimoiy aloqalarda ham ustunlikka ega bo‘ladi. Shu bois tinglashni rivojlantirish — ota-onaning eng muhim vazifalaridan biri.

Bolalar ko‘pincha passiv tinglashadi. Ular gapni eshitadi, lekin tushunmaydi yoki ichki javob shakllantirmaydi. Bu esa muloqotda tushunmovchiliklar va e’tiborsizlikka olib keladi.

Farzandingizda bilan suhbatda bo‘lganingizda unga to‘liq e’tibor qarating. Ko‘ziga qarab gapiring, gapini bo‘lmasdan tinglang. Gapini tugatgach, eshitganingizni o‘z so‘zlaringizda qaytarib berishga harakat qiling. Masalan, “Demak, bugun maktabda o‘yin o‘ynadingiz va bu senga yoqdi, to‘g‘rimi?”

Bu oddiy usul bola uchun “meni tushunishyapti, gapim muhim” degan hisni beradi. Aynan shu hissiyot tinglash madaniyatini rivojlantiradi.

Tinglash faqat so‘zlarni eshitish emas, balki tana tili, hissiyot va kontekstni sezish hamdir. Shuning uchun bolangizga “Bu odam qanday gapiryapti?”, “Uning ovozi qanday?” kabi savollar bering. Bu orqali u boshqalarning ichki holatini tinglashga o‘rganadi.

Bugungi shovqinli dunyoda bola diqqatini jamlab, biror kishini chin dildan tinglashi tobora qiyinlashmoqda. Shu sababli bolalarda tinglash madaniyatini shakllantirish nafaqat ular uchun, balki jamiyat uchun ham zarur bo‘lib qolmoqda.

Yaxshi tinglay olgan bola — yaxshi fikr yurita oladi. Yaxshi fikr yurita olgan bola — to‘g‘ri tanlov qila oladi. Farzandingizga bu ko‘nikmani hozirdan o‘rgating.

📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram 📱 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Farzandingiz “bilmayman” deyishga uyaladimi?

Ko‘pchilik bolalar “bilmayman” degan so‘zni aytmaslikka harakat qiladi. Chunki bu ibora ularning o‘zini ojiz yoki noto‘g‘ri ko‘rsatishidan qo‘rqishga sabab bo‘ladi. Aslida esa, bu so‘z o‘rganishga ochiqlik belgisi.

Agar farzandingiz biror narsani tushunmasa-yu, “bilmayman” deyishga jur’at etmasa, u noto‘g‘ri javob berishga majbur bo‘ladi. Bolaga “bilmayman” diyish mumkinligini ko‘rsatish – uning o‘rganish jarayoniga ishonch bilan kirishini ta’minlaydi.

Ota-ona sifatida, farzandingiz bu iborani aytganda uni tanqid qilmang. Aksincha, bunday javobga ochiq va xotirjam munosabat bildiring. “Qani, birgalikda o‘ylab ko‘raylik” kabi yondashuvlar bola uchun bilim izlash tabiiy holat ekanini ko‘rsatadi.

Farzandingizni har doim javob berishga emas, savol berishga, izlanishga va tan olishga o‘rgating. Chunki aynan “bilmayman” degan javobdan chuqurroq tushunish boshlanadi.

📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram 📱 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Bolalarda qat’iyatlilikni qanday rivojlantirish mumkin?

Qat’iyatlilik — bu bola o‘z fikrini aniq va hurmat bilan ifoda eta oladigan darajada o‘ziga ishona boshlaganini anglatadi. Bu agressivlik emas, bu “yo‘q” deyishni bilish, ichki ovozga tayanish va chegaralarni belgilashdir.

Bola qat’iyatli bo‘lishni o‘rganmasa, ko‘p hollarda boshqalar istagiga yon beraveradi. Bu esa unga o‘zini ifoda etish, fikr bildirilganda xafa bo‘lish, va o‘z haqini himoya qilishni qiyinlashtiradi.

Qat’iyatlilikni rivojlantirish uchun ota-onalar bolani tinglashi, his-tuyg‘ularini inkor qilmasligi va muloyim tarzda o‘z fikrini bildirishga undashi kerak.

Agar bola aytgan gap eshitilmasa, vaqt o‘tib u gapirmaslikni afzal ko‘radi. Shuning uchun har bir fikr muhim, har bir his qadrlangan bo‘lishi kerak.

Qat’iyatli bola o‘zini yo‘qotmaydi va o‘z fikrini tushuntirishdan cho‘chimaydi.

📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram 📱 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Nima uchun bolalar emotsiyani boshqarishni o'rganishi muhim?

Emotsiyalarini boshqarish — bu bola o‘z his-tuyg‘ularini anglab, ularga to‘g‘ri munosabat bildirishni o‘rganishi demakdir. Bu uning g‘azab, ranjish, hafsalasi pir bo‘lishi kabi holatlarda o‘zini tuta olishiga yordam beradi.

Agar bola bu ko‘nikmani o‘zlashtirmasa, stress, tortishuvlar yoki bosim ostida to‘g‘ri harakat qilolmaydi. U tez asabiylashadi, o‘zini ifoda eta olmaydi yoki ichki holatini yashirishga majbur bo‘ladi.

Bola emotsiyalarni boshqarishni o‘rganishi uchun ota-ona avvalo uning holatini tan olishi kerak.
Shuningdek, ota-onaning o‘zi qanday muomala qilayotganini bola kuzatadi. O'zini tuta olish, jim turish, xotirjam gapirish — bolaning xatti-harakatlariga bevosita ta’sir qiladi.

Emotsiyalarni boshqarishni o‘rgangan bola, vaziyatga nisbatan ongli va barqaror yondashadi. Bu esa uni zo‘ravonlikdan, haddan oshgan itoatdan yoki ichki siqilishdan himoya qiladi.

📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram 📱 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
Bola siz bilan gaplashmoqchi, u sizni eshitishingizni kutyapti

Ko’pincha ota-ona farzandi bilan bir xonada bo‘ladi, lekin ular aslida yo‘qdek. Ular har doim jim. Telefonlari bilan band, charchagan "Ishqilib, gapirib, asabimni buzishmasa bo‘lgani," deb o‘ylaydi. Ammo bola suhbatni kutayapdi, bir og‘iz so‘z umidida

Ko‘pchiligimiz mehrni faqat quchoqlash, maqtash yoki sovg‘a berish deb o‘ylaymiz. Asl mehr esa, bolaning shunchaki mavjudligiga e’tibor qaratishdir. Uning borligini ko‘rish, tinglash, his qilish va tan olish.

Bola sizning harakatlaringizdan: qarashingiz, suhbatga yondoshuvingiz, vaqtingizni ajratishingizdan o‘z qadrini his qiladi. Siz jim turgan har bir daqiqada, bolangiz “men ota onam uchun muhim emasman” degan xulosaga yaqinlashtiradi.

Shunchaki bolani yonida bo‘lish muhim emas, mehr va e’tibor bilan uning ichki dunyosiga hamroh bo‘lish muhim.

Bola bilan har kuni suhbatlashing, fikrini tinglang, e'tiborli bo‘ling, u bilan suhbatlashmaslik, uni tinglamaslik ko‘pincha bolaning ichki dunyosini so‘ndiradi.

📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram 📱 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
Nima uchun bolalarning ruhiy salomatligi muhim?

Bolalarning ruhiy salomatligi ularning umumiy sog‘ligi, o‘qishi, jamiyatga moslashuvi va kelajakdagi muvaffaqiyati bilan chambarchas bog‘liq. Bu nafaqat qanday o‘ylash va his qilish, balki harakat qilishga ham ta’sir qiladi.

Ko‘plab ota-onalar bolaning faqat jismoniy sog‘ligiga e’tibor qaratadi. Ammo bola o‘zini ich-ichidan yomon his qilsa, bu uning o‘qishga, do‘stlar bilan munosabatga va hayotga bo‘lgan qiziqishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, vazni sababli masxara qilingan bola o‘zini chetga tortadi, jismoniy faollikdan voz kechadi va asta-sekin tushkunlikka tushadi. Bu esa nafaqat ruhiy, balki jismoniy holatni ham yomonlashtiradi.

Ba’zida esa muammo ko‘zga ko‘rinmaydi. Ayrim bolalar oilada bosim yoki zo‘ravonlik muhitida ulg‘ayadi. Ular maktabda tajovuzkor, betartib yoki befarq ko‘rinishi mumkin. Bunday xatti-harakatlar ortida esa e’tibor va tushunishga chanqoqlik yotadi. Afsuski, bu bolalar ko‘pincha “bezorilar” sifatida qabul qilinadi va faqat jazoga tortiladi. Vaqt o‘tib, bu muammo chuqurlashadi: o‘qishdan qiziqish yo'qolishi, o‘zini yolg‘iz his qilish, xavfli odatlarga berilish, ijtimoiy aloqalardan uzilish kabi muammolar yuzaga keladi.

Ota-onalar bu jarayonda eng muhim rolga ega. Farzandining his-tuyg‘ularini inkor qilmasdan eshitish, uni tushunishga harakat qilish — birinchi qadam. Ba’zida bola g‘azablanadi, ba’zida chekinadi — bu beparvolik emas, yordamga chaqiriq. Oddiy, ochiq yondashuv bilan bola o‘zini tushunilgan his qilishi mumkin. Undan muloyimlik bilan so‘rash, sabr bilan tinglash va shoshilmasdan suhbat qurish uning ichki holatini ochishga yordam beradi. Agar muammo chuqurlashsa, mutaxassisga murojaat qilishdan tortinmaslik lozim. Eng muhimi — bola o‘zini yolg‘iz emasligini his qilsin.

Farzandingiz baxtli bo‘lishi uchun faqat tanasi emas, ruhiy holati ham sog‘lom bo‘lishi kerak.

📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram 📱 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1
Maktabgacha yoshdagi bolalarda mustaqillikni qanday rivojlantirish mumkin?

Mustaqillik — bu bolaning o‘ziga ishonch bilan harakat qilishi, qaror qabul qila olishi va o‘z harakatlari uchun javob berishni o‘rganishi demakdir. Bu ko‘nikmani bolalikdan boshlab shakllantirish muhim.

Eng avvalo, bolaga o‘ziga mos, yoshi va qobiliyatiga mos mas’uliyatlarni berish kerak. Masalan, o‘yinchoqlarini yig‘ishtirish, kiyimini tanlash yoki ovqatlanishda ishtirok etish. Bu oddiy topshiriqlar bolaning “o‘zim qila olaman” degan ishonchini mustahkamlaydi.

Kichik muvaffaqiyatlar ustida bolaning harakatini qo'llab quvvatlash foydali, ammo ortiqcha maqtov emas, e’tiborli kuzatuv va samimiy dalda ko‘proq ta’sir qiladi.

Bolaga yordam berish o‘rniga, imkon qadar o‘zi sinab ko‘rishiga ruxsat berish muhim. Har bir urinish — tajriba. Xatoga yo‘l qo‘yish orqali bola saboq oladi va keyingi safar mustaqilroq harakat qiladi.

Shoshilinchda yoki noqulay vaziyatda bolaga o‘rniga ish qilish oson tuyulishi mumkin, ammo bu bola rivojida mustaqillik emas, qaramlikni mustahkamlaydi.

Mustaqil bola — bu o‘z fikrini ayta oladigan, yangi vazifalardan cho‘chimaydigan va harakat qilishdan qo‘rqmaydigan boladir. Bu esa uning keyingi hayoti uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi.

📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram 📱 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2
Ijobiy e’tibor — bolani o‘zgartiradigan eng kuchli vositalardan biri

Farzandingiz bezorilik qilganida yoki gap eshitmaganida darhol e’tibor qaratasiz. Bu tabiiy. Lekin bola yaxshi ish qilganida-chi? Tinch o‘ynab o‘tirganida, birovga yordam berganida, topshiriqlarini bajarganida... E’tibor berganmisiz?

Ko‘p hollarda ota-onalar yaxshi xulqni oddiy holdek qabul qilishadi, yomon xulqni esa “tuzatish” kerak deb o‘ylashadi. Natijada bola salbiy xatti-harakat orqali e’tibor olishni o‘rganadi.

Aslida esa bolalar eng ko‘p nimaga e’tibor qaratilsa, o‘shani ko‘proq takrorlaydi. Bu oddiy, lekin kuchli tamoyil.

Agar bola tinch o‘tirganida yoki ijobiy harakat qilganida siz unga qarab jilmayib qo‘ysangiz, “yaxshi ish qilding” desangiz yoki yoniga borib quvonganingizni bildirgan bo‘lsangiz — u bu holatni yana qaytarishga intiladi.

Ijobiy e’tibor bu sovg‘a yoki maqtov emas. Bu — bolaning yaxshiligini ko‘ra olish, uni tan olish va shu holatda bo‘lishga rag‘batlantirishdir.

Katta o‘zgarishlar kichik e’tibordan boshlanadi.

📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram 📱 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3
🙏2
O‘smirlik davridagi injiqlikning ildizi bolalikda bo‘lishi mumkin

Baʼzi bolalar bir mashg‘ulotdan boshqasiga o‘tishda jiddiy qiyinchilikka duch kelishadi. Bu holat ayniqsa o‘yin yoki qiziqarli mashg‘ulot tugab, zerikarli yoki talabchan ishga o‘tilganda kuchliroq namoyon bo‘ladi. Bunday o‘tkazishlar ularni asabiylashtiradi, norozilik bildiradi yoki qarshilik ko‘rsatishga olib keladi.

Bunday muammo ko‘pincha diqqatni boshqarishdagi qiyinchiliklar, sezgirlik farqlari yoki ichki xavotir bilan bog‘liq bo‘ladi. Masalan, diqqatini jamlab ishlayotgan bola uchun bir ishni to‘xtatish va boshqa ishga o‘tish og‘ir kechadi. Yana boshqalar esa yangi vaziyatdan xavotirlanib, o‘tishni istamaydilar.

Bularning barchasi kattaroq o‘zgarishlar davrida, ayniqsa o‘smirlik yillarida yanada ko‘proq seziladi. O‘smirlik — bu bolaning tanasi, fikrlashi, hissiyotlari va ijtimoiy munosabatlari o‘zgaradigan davr. Bu davrning o‘zi ham bir faoliyatdan boshqasiga o‘tishga o‘xshaydi: bolalikdan kattalikka. Va bu o‘tish ko‘pchilik uchun oson emas.

Shuning uchun o‘zgarishlarga chidamlilikni kichik yoshdanoq o‘rgatish, farzandni o‘z his-tuyg‘ularini anglashga va ifoda etishga undash, uni eshitish va tushunish — kelajakda o‘smirlikdagi murakkab o‘tish davrini ham yengillashtiradi. Bola har safar o‘zgarishga uchraganida, o‘zi yolg‘iz emasligini bilsa, u bu bosqichlardan barqarorroq o‘tadi.

📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram 📱 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Farzandim gapimni eshitmayapti deb o‘ylaysizmi?

Ko‘p ota-onalar shunday vaziyatga duch keladi: “Unga necha marta aytdim, baribir qilmayapti”. Aslida esa baʼzi bolalar buyruqlarni eshitmaydi emas ular bu buyruqlarni qanday qabul qilishni bilmaydi.

Shunchaki “buni qil”, “u yoqqa bor” deyish yetarli emas. Gapning qanday aytilgani, ohang, vaqt va vaziyat ham juda muhim. Quyidagi oddiy usullar orqali siz farzandingizga aytayotgan gaplaringizni yanada tushunarli va samarali qilishingiz mumkin:

1. Bevosita gapiring. Bola nima qilishini aniq tushunishi uchun, masalan, “Endi daftarni ochamiz” yoki “Qani, o‘yinchoqlarni yig‘ishtirib qo‘yaylik” deb ayting.

2.Yoniga borib ayting. Bola boshqa narsaga chalg‘igan paytda uzoqdan gapirish samarasiz bo‘ladi. Yoniga borib, ko‘ziga qarab ayting.

3. Aniq va sodda bo‘ling. “Hammayoqni toza qil” o‘rniga “Stol ustidagi qog‘ozlarni yig‘ishtir” desangiz, tushunish osonroq bo‘ladi.

4.Bitta vazifa — bitta ko‘rsatma. Kichik bolalar birdaniga bir nechta ishni eslab qololmasligi mumkin. Har safar bitta vazifani tushuntiring.

5. Izoh bering. “Derazani yop, chunki shamol tegadi” deyish — bolaning tushunishini va eslab qolishini osonlashtiradi.

6. Sabrlik bo‘ling. Aytgan gapdan so‘ng bolaga bir necha soniya vaqt bering. Har doim darrov javob kutmang.


Gapirishdan oldin bolaning dunyosiga kirishga harakat qiling. Unga biror ishni qilishni aytayotganingizda, bu sizga oddiy tuyulgan bo‘lishi mumkin, lekin bola uchun bu yangilik, o‘zgarish yoki tushunarsiz topshiriq bo‘lishi ehtimoldan holi emas.

Agar bola sizni eshitsa, tushunsa va siz bilan muloqotda o‘zini tinch his qilsa u sizga quloq solishni o‘rganadi. Bu esa har bir ota-ona istagan eng muhim natija.

📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram 📱 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Bolaning ilk yillari — eng muhim poydevor

Bola hayotining dastlabki yillari — uning butun kelajagiga asos bo‘ladi. Aynan shu davrda bola dunyoni qanday qabul qilishni, his qilishni va o‘rganishni boshlaydi.

Bolaning miyasi hayotining ilk uch yilida eng faol rivojlanadi. U tinglaydi, ko‘radi, sezadi, harakat qiladi — har bir tajriba miyadagi yangi bog‘lanishlarni hosil qiladi. Bu esa til o‘rganish, fikrlash, his-tuyg‘ularni boshqarish va munosabatlar qurish kabi ko‘nikmalarga ta’sir qiladi.

Shuning uchun ham bolaga dastlabki yillarda muhabbat, e’tibor va ishonch muhim. U bilan gaplashing, javobini kuting, o‘yinlar orqali bog‘laning. Chunki eng oddiy muloqotlar ham katta ta’sir qiladi.

Bola birinchi yillarda qanday muhitda ulg‘aygan bo‘lsa — u kelajakdagi o‘rganish, ijtimoiy va hissiy rivojlanishida shunday poydevor bo‘lib qoladi

📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram 📱 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#qabul_uzaytirildi

🤩 Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatiga qabul uzaytirildi!

📝 Koʻplab yoshlarning talab va istaklariga binoan “Garvardchilar maktabi” nomi bilan tanilgan Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatiga oʻqishga arizalar qabuli 3-iyul sanasiga qadar uzaytirildi.

📥Oʻqishga arizalar my.gov.uz yoki ariza.piima.uz saytlari orqali amalga oshiriladi.

📎Eslatib oʻtamiz, maktabga shu yil 8-sinfni bitirib, 9-sinfga oʻtgan oʻquvchilar qabul qilinadi.

☎️ Call-markaz: 1206

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ ⚡️⚡️PREZIDENT MAKTABLARINING KIRISH IMTIHONLARI BIRINCHI BOSQICHI 6-IYUL KUNI BOʻLIB OʻTADI‼️

📱Imtihon vaqti va manzili haqidagi ma’lumot talabgor tomonidan my.gov.uz yoki ariza.piima.uz saytlariga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma orqali ma’lum qilinadi.

📝 Prezident maktablariga kirish imtihonlarining birinchi bosqichi Matematika fanidan 30 ta topshiriq  (test shaklida) o‘tkaziladi.

⏱️Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 60 daqiqa vaqt beriladi.

Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (60 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.


📍 Maʼlumot uchun, Toshkent shahri va Toshkent viloyatining imtihonlari Toshkent shahrida boʻlib oʻtadi. Qolgan hududlarning imtihonlari oʻz hududlarida boʻladi.

Prezident maktablarining kirish imtihonlari ikkinchi bosqichining sanasi va vaqti haqida qo‘shimcha ma’lumot beramiz.
(
@piimauz)

👉👉 t.iss.one/pmtests
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
📢 Vakansiya: Tajribali o‘qituvchilar izlanmoqda!

Online maktabimizga Milliy sertifikatga tayyorlovchi o‘qituvchilar kerak!

🔎 Yo‘nalishlar:
– Ingliz tili
– Matematika
– Ona tili va adabiyoti
– Kimyo
– Biologiya
– Rus tili
– Turk tili

Talablar:
– Milliy sertifikatga tayyorlash bo‘yicha tajriba
– Mavzuni oddiy, tushunarli tilda tushuntirish ko‘nikmasi
– Mas’uliyat, natijaga ishlash va o‘z ustida ishlashga tayyorlik

💰 Oylik: 2000$ gacha (ish hajmiga qarab belgilanadi)

📥 Ro‘yxatdan o‘tish: Bu yerga bosing!

📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram 📱 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4
Kasbiy sertifikatlash qo'llanma.pdf
832.5 KB
"Davlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini kasbiy sertifikatlash" xizmati uchun murojaat yuborish boʻyicha qoʻllanma.

📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram 📱 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM