Laziz Hamidov
10.5K subscribers
1.19K photos
292 videos
4 files
657 links
Men Laziz Hamidov ta’lim bo‘yicha jurnalistman, shuningdek, “Tasnif” agentligi rahbariman. Bu yerda shaxsiy qarashlarim, mulohazalarim va atrofdagi yangiliklarga bo‘lgan munosabatim haqida yozib boraman.

Taklif va mulohazalar uchun: @hamidovaloqa_bot
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xitoyda futbolkalarning ulgurji narxi atigi 0,5 dollardan (6500 so‘mdan) sotiladi ekan.

@lazizhamidov
Kunchiqar mamlakatga faqat bilim orqali bepul borish imkoniyati

Yurtdoshlarimiz xorijda ishlash uchun ko‘pincha vositachilar orqali ketayotgani, haq to‘lab, kafolatsiz tizimlarga ishonayotgani hech kimga sir emas. Migratsiya agentligi bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan OUR akademiyasi esa davlat va xususiy sektor hamkorligida ishlab chiqilgan, to‘liq rasmiy va bepul dasturni taklif qilyapti.

🔸 Ta’lim 6 oy davom etadi;
🔸 Yo‘nalishlar – oziq-ovqat va ijtimoiy xizmat sohalari;
🔸 O‘qish, yotoqxona, imtihon xarajatlari akademiya zimmasida;
🔸 Kursni tugatgandan so‘ng Yaponiyada rasmiy mehnat shartnomasi asosida ishga joylashasiz;
🔸 Oylik 1000$ dan boshlanadi.


O‘ziga va bilimiga ishonganlar uchun bu samarali yo‘l. Og‘ir mehnat va noqonuniy shartlarda emas, balki kasbiy mahorat, til va puxta tayyorgarlik bilan ishlashga nima yetsin.

👉 Ro‘yxatdan o‘tish: https://forms.gle/TYsFGpAaMUhJu8sh9
📞 +998 71 202 33 55 (545, 502)

@lazizhamidov
Hozir Tinchlik metro oldidan o‘tdim, mana bu yangi qo‘yilgan to‘siqlarni 4-5 joyini yirtib, o‘tish joyi qilib qo‘yishibdi.

Ochig‘i, bu to‘siqlar nima uchun butun shahar bo‘ylab qo‘yib chiqilayotganini umuman tushunmadim. Yaqin tarixda necha marta shunday to‘siqlar qo‘yilib, necha marta olingan. Hokimiyat milliardlab pul ajratyapti shunga. Agar shu yo‘l bilan avtohalokatlarni oldini olishmoqchi bo‘lishayotgan bo‘lsa, bu “uje” ishlamayapti.

@lazizhamidov
Toshkentda Chilonzor, Yakkasaroy, Mirobod va Yashnobod tumanlarida elektr ta’minotiga majburiy cheklovlar joriy etilibdi. \

Cheklovlar quyidagi podstansiyalarga taalluqli bo‘ldi:

— “Chilonzor” podstansiyasi — 4 MVt. Iste’molchilar: Chilonzor va Yakkasaroy tumanlari;
— “Qo‘qon” podstansiyasi — 4 MVt. Iste’molchilar: Mirobod va Yakkasaroy tumanlari;
— “MJK” podstansiyasi — 4 MVt. Iste’molchilar: Mirobod va Yashnobod tumanlari;
— “Risovaya” podstansiyasi — 4 MVt. Iste’molchilar: Mirobod va Yashnobod tumanlari.

Elektr ta’minotidagi uzilishlar taxminan 2−3 soat davom etishi mumkin.

Bundan bir yil avval ham Toshkentda taxminan shu davrda yuqori harorat fonida rekord darajadagi iste’mol tufayli elektr ta’minotiga cheklovlar joriy etilgandi.

@lazizhamidov
Turkiyada agar dengiz bo‘yida o‘rmon yonsa “Ha, bu yerda yaqin orada mehmonxona qular ekan-da” degan gap yuradi xalq orasida. Lekin eng qizig‘i o‘sha yongan yerlarni o‘rniga chindan ham vaqt o‘tib luks mehmonxonalar quriladi ekan.

Kecha o‘zimizning kichik dengizimiz hisoblangan hudud atrofida yong‘in sodir bo‘ldi.

Umid qilamiz-ki ba’zi narsalarni o‘rnak oladigan Turkiyadan bu yomon xislatini o‘rnak olmaymiz.

@lazizhamidov
Kecha bir videoselektorda davlat xodimlarining nojo‘ya holati ijtimoiy tarmoqlarda tarqab ketgan edi.

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tizimida ishlaydigan xodimlar ekan. Vazirlik ushbu xodimlar bilan mehnat shartnomasini bekor qilibdi.

@lazizhamidov
Yaqin tarixda O'zbekistonda rasmiy ravishda ro‘y bergan eng qimmat kompaniya savdolari bo'yicha ro'yxat:

1) Ochiq ma’lumotlarga tayansak, “Ipoteka bank” so‘nggi yillardagi eng yirik sotuv bo‘lib turibdi. Bankdagi davlat ulushi 324 mln dollarga sotilgandi.

2) Coca-Cola Uzbekistan kompaniyasining 57,1 foizi Turkiyaning Coca-Cola İçecek A.Ş. kompaniyasiga 252 mln dollarga sotilgan.

3) Click fintex kompaniyasining 49 foiz ulushi 176,4 mln dollarga sotildi. Xaridor Qozog‘istonning Halyk Banki hisoblanadi.

4) “Farg‘onaazot”ning 99,01 foizi uchun Singapurning Indorama kompaniyasiga 140 mln dollar to‘lagandi. Bunda yana 100 mln dollar sarmoya kiritish majburiyati ham bor.

5) Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasi Abu Dhabi Uzbek Investment fondiga 87 mln dollarga (12 mln dollar sarmoya kiritish sharti bilan) sotilgan.

6) TBC Bank ikki yil avval Payme’ning 49 foizini 55,7 mln dollarga sotib olgan. O‘shanda Payme’ning bozor qiymati 113,6 mln dollarga baholangan.

7) Yaqinda Paynet kompaniyasi Humo‘ning 100 foiz ulushini 65 mln dollarga sotib olgan.

8) 2022-yili UzAuto Trailer Rossiya kompaniyasiga 49 mln dollarga sotilgan edi.

@lazizhamidov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
2025-yil iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda aholining 81,5 foizi ichimlik suvi bilan ta’minlangan ekan.

Eng yaxshi ko‘rsatkich Toshkent shahri (98,4%), Andijon (92%) va Xorazmda (91,6%). Eng past daraja esa Qashqadaryo (61,2%) va Surxondaryoda (66,5%).

Qo‘shni davlatlar bilan solishtirganda, O‘zbekistonning holati Tojikiston (65–68%) va Qirg‘izistonga (75–77%) nisbatan yaxshiroq ekan ammo Qozog‘istondan (93–94%) orqadamiz.

@lazizhamidov
Samarqand shahrining yoshi 3000-yil deb qayta baholanadi ekan.

O‘zi dastlab shahar bundan 1500-yil oldin, keyinchalik 2000 ming yil, 1970-yilda 2500-yil oldin shakllanganligi borasida xulosalarga kelingan edi. 2000-yillarda esa O‘zbekiston — Fransiya qo‘shma ekspeditsiyasi ma’lumotlariga asoslanib Samarqand yoshi 2750-yil deb tasdiqlangan.

@lazizhamidov
Toshkentda hujjatlari to‘liq bo‘lmagan yoki umuman ruxsatsiz qurilayotgan 59 ta uy-joy obyektining qurilishi to‘xtatilibdi. Hokimlik bu chorani fuqarolarni firibgar kompaniyalardan himoya qilish va qurilishdagi tartibni saqlash uchun deb aytgan.

Ko‘p odamlar hali bitmagan, hujjatsiz uylar uchun pul to‘lab, na uyga, na pulga ega bo‘layapti. Ayniqsa, Olmazor, Chilonzor, Mirobod, Mirzo Ulug‘bek, Yangihayot tumanlarida bunday holatlar ko‘p uchrayapti.

Shu bois, uy tanlashda faqat reklama yoki arzon narxga emas, hujjatlar va ruxsatnomalarga qarang. Ishonchli kompaniyani tanlang, shartnomani yaxshilab o‘qing.

@lazizhamidov
Fevral oyida Jinoyat kodeksining 7 ta moddasida aybdor deb topilib, 7 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilingan “Toshshahartransxizmat”ning sobiq rahbari Anvar Jo‘rayev 5 oy o'tib qamoqdan chiqibdi.

@lazizhamidov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Andijon viloyati Buloqboshi tumanidagi kanalga neft aralashgan suv oqib ketgani aytilmoqda.

E’tiborlisi, atigi uch kun oldin ham ayni shu Buloqboshi tumanidagi aynan shu kanal zaharli ko‘piklar bilan to‘lib oqayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.

@lazizhamidov
O‘zbekistonga 2017-2024-yillarda 188 milliard dollar investitsiya kiritilibdi.

@lazizhamidov