Sirdaryo | Kun.uz
822 subscribers
5.44K photos
694 videos
5.7K links
Kun.uz’ning Sirdaryo viloyatiga oid xabar va yangiliklar rasmiy kanali.

Reklama: +998 78 113 10 10

Video jo‘natish uchun 👉 @kunuzvideo_bot
Download Telegram
♻️ Hududlardan qisqa xabarlar

▪️#Mirzaobod_tumanidagi 36 ta umumtaʼlim maktablarining 23 tasi tabiiy gaz bilan, 13 tasi ko‘mir bilan isitishga ixtisoslashgan. Bugungi kunda ushbu maktablarni isitish uchun 505 tonna ko‘mir yetkazib berilgan.

▪️#Sayxunobod_tumani: «Nurobod» mahallasi hududiga transformator punktlari yukini yengillatish maqsadida 3 dona yangi turli quvvatdagi transformator o’rnatildi. Shuningdek, 3,8 km masofada elektr uzatish tarmoqlari qurildi.

▪️#Oqoltin_tumani Sahovat MFY Oyqor va Ziyokor kòchasidan o‘tgan D-200 mmli ichimlik suvi quvuridagi nosozlik bartaraf qilindi va 150 ga yaqin xonadon toza ichimlik suvi bilan ta'minlandi.

▪️#Sirdaryo_viloyatida 2022-yil hosili uchun paxtachilik yo‘nalishdagi 9 ta klaster va 1522 ta fermer xo‘jaliklaridagi 97,6 ming gektar yer maydonida kuzgi shudgorlash ishlari amalga oshiriladi.

➡️ Sirdaryo xabarlari
♻️ Hududlardan qisqa xabarlar

▪️#Sirdaryo_viloyatida 2025 yil yakuniga borib umumiy quvvati 3 294 MVt bo‘lgan 3 ta yangi va zamonaviy issiqlik elektr stansiyasi ishga tushiriladi - Energetika vazirligi

▪️#Guliston_tumani: Joriy yilning II yarim yilligida «Ayollar daftari»ga 1133 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj ayol kiritilgan. 22-noyabrga qadar 997 nafar xotin-qiz daftardan chiqarildi.

▪️#Sirdaryo_viloyati: Joriy yil yakuniga qadar tuman (shahar) ko‘p tarmoqli poliklinikalaridagi onko nazorat xonalari mutaxassis-onko ginekologlar bilan to‘liq taʼminlanib, bemorlarga ko‘rsatilayotgan xizmat turi yuz foizga yetkaziladi.

▪️#Guliston_shahri: «Markaziy Osiyo uyushmasi» jamiyati, uning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, fuqarolik jamiyati faollari va jurnalistlar bilan suhbat o‘tkazildi. Unda so‘nggi yillarda demokratik islohotlar natijasida inson va bola huquqlariga amal qilish borasida sezilarli o’zgarishlar ro‘y bergani e'tirof etildi.

➡️ Sirdaryo xabarlari
♻️ Hududlardan qisqa xabarlar

▪️
#Yangiyer_shahri: Ma’rifat va Shodlik mahallalariga 410 dona yangi temir beton ustunlar о‘rnatilib, 30 km 700 metr masofaga zamonaviy elektr tarmoqlari qurildi. Shuningdek bu mahallalarga jami 6 dona yangi transformator o’rnatildi.

▪️#Sirdaryo_viloyatida yetim bolalar va ota-onalar qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni uy-joylar bilan ta’minlash bilan bog’liq xarajatlar uchun mahalliy budjet daromadlarining III chorakda rejadan oshirib bajarilgan qismidan 666 mln so‘m mablag‘ yo'naltiriladi

▪️#Sirdaryo_viloyati MIB organlari tomonidan joriy yilning 10 oyida 5266 ta murojaat ko‘rib chiqilgan bo‘lib, ularning 3177 tasi (60,3 foiz) aliment undiruvi bilan bog‘liq. Aliment to‘lashdan bo‘yin tovlagan 222 nafar shaxs maʼmuriy javobgarlikka tortilgan bo‘lsa, 43 nafar shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

➡️ Sirdaryo xabarlari
♻️ Hududlardan qisqa xabarlar

▪️
#Sirdaryo_viloyatida noqonuniy yer sotish bilan bog‘liq 20 ta holatda jami 24 nafar shaxslar tomonidan jinoyat sodir etilganligi aniqlangan. Jami 150 gektar yer maydonini noqonuniy ravishda sotilishining oldi olingan.

▪️#Guliston_tumanida istiqomat qiluvchi 40 nafar yoshlarga haydovchilik kurslarida o‘qitish harajatlari uchun 56 mln 300 ming so‘m to‘lab berildi. Bundan tashqari, 31 nafar yoshlarga safarbarlik chaqiruv rezervi tarkibida xarbiy hizmat o‘tashi harajatlari uchun 159 mln 600 ming so‘m to‘landi.

▪️#Boyovut_tumani: Milliy gvardiya viloyat boshqarmasi Boyovut tumani qoʻriqlash boʻlimi uchun yangi zamonaviy bino foydalanishga topshirildi.

➡️ Sirdaryo xabarlari
♻️ Hududlardan qisqa xabarlar

▪️#Sirdaryo_viloyatida 15 ta maydonga archalar yasatilishiga ruxsat berilgan. Hududlarda 29 nafar sanitariya xizmat xodimlaridan tashkil topgan navbatchilik guruhi tashkil etilgan. Yangi yil bayrami tashkil etilgan savdo yarmarkalarida muntazam ravishda dezinfeksiya tadbirlari olib borilmoqda. – viloyat SEOvaJSB

▪️#Boyovut_tumani: 2022-yilda qiymati 798,2 mlrd soʻm boʻlgan 93 ta loyiha ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Buning natijasida 1933 ta yangi ish oʻrni yaratiladi.

▪️#Mirzaobod_tumani: Davlat ximatlari markazning yangi binosi qurib, foydalanishga topshirildi. Yangi binoda fuqarolarga 160 dan ortiq davlat xizmatlari koʻrsatiladi. Xodimlar bir vaqtning oʻzida 8 nafar, bir kunda 250 nafar fuqaroga xizmat koʻrsatish imkoniyatiga ega.

➡️ Sirdaryo xabarlari