Sirdaryo | Kun.uz
815 subscribers
5.44K photos
694 videos
5.7K links
Kun.uz’ning Sirdaryo viloyatiga oid xabar va yangiliklar rasmiy kanali.

Reklama: +998 78 113 10 10

Video jo‘natish uchun 👉 @kunuzvideo_bot
Download Telegram
#Onlayn

Ayni paytda viloyat hokimi Gʻofurjon Mirzayev Sirdaryo xalqiga murojaat qilmoqda.

➡️ Sirdaryo xabarlari
#Onlayn

Viloyatda joriy yilda bandlikni taʼminlash dasturlari va boshqa tadbirlar asosida 35 542 nafar aholi bandligi taʼminlandi.

Xususan, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi doirasida sanoat, xizmat koʻrsatish va servis hamda qishloq xoʻjaligi yoʻnalishlarida qiymati 4,7 trln soʻmlik 939 ta loyiha amalga oshirilishi natijasida 13 mingga yaqin yangi ish oʻrni yaratildi. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilga nisbatan qariyb 3 barobarga oshgan.

Shuningdek, davlat investitsiya dasturi doirasida viloyat iqtisodiyotiga joriy yil davomida 217 mln dollari miqdorida xorijiy investitsiyalar kiritildi. Shuning oʻzida 2 yarim mingdan ziyod yangi ish oʻrni yaratildi.

➡️ Sirdaryo xabarlari
#Onlayn

Viloyatda jami 235,6 mln dollarlik mahsulotlar eksporti amalga oshirilib, reja 120 foizga bajariladi.

Investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi natijasida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 2,1 trln soʻmga, eksport miqdori esa 57 mln dollarga ortishiga erishildi.

➡️ Sirdaryo xabarlari
#Onlayn

Yil yakuni bilan viloyat yalpi hududiy mahsulot hajmi 14 trln soʻm yoki 114,8 foizni tashkil etishi kutilmoqda.

Aholi jon boshiga yalpi hududiy mahsulot 16,8 mln soʻmni tashkil etib, oʻtgan yilga nisbatan 105 foizga oshadi.

Viloyat byudjetining 2021-yil uchun daromadlar rejasi 856,8 mlrd soʻm boʻlib, amalda 930 mlrd soʻm undiriladi va ortigʻi bilan 73,2 mlrd soʻm tushum tushirilishi taʼminlanadi.

➡️ Sirdaryo xabarlari