Sirdaryo | Kun.uz
818 subscribers
5.44K photos
694 videos
5.7K links
Kun.uz’ning Sirdaryo viloyatiga oid xabar va yangiliklar rasmiy kanali.

Reklama: +998 78 113 10 10

Video jo‘natish uchun 👉 @kunuzvideo_bot
Download Telegram
Gulistonda qarzdor iste’molchi elektr energiyasidan noqonuniy ravishda foydalanib kelgani aniqlandi

Guliston shahrida qarzdorligi sabab avtomatik tarzda elektr energiyasidan uzilgan iste’molchi o‘zboshimchalik bilan noqonuniy tarmoqqa ulanib foydalanayotgani aniqlandi. Bu haqda «Sirdaryo HETK» Kun.uz’ga ma’lum qildi.

👉 https://kun.uz/uz/62752156

➡️ Sirdaryo xabarlari
🌤 #Оb_havo

18-dekabr kuni kutilayotgan ob-havo to‘g‘risida ma’lumot

Gidrometeorologiya xizmati markaziga ko‘ra, ertaga — 18-dekabr kuni Sirdaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.

Harorat kechasi 0...+5 daraja iliq, kunduzi +10...+15 daraja iliq bo‘ladi.

➡️ Sirdaryo xabarlari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔹 #Kun_videodayjesti
📆 17.12.2021

Favqulodda holat to‘g‘risidagi qonun, maktab o‘quvchilari uchun qishki ta’til, 50 ming so‘mlikdagi xato, sarroflik uchun ruxsat
— kunning eng muhim xabarlari 60 soniyada

👉 @kunuzofficial
👉 @kunuz
Sirdaryoda 18 yoshdan katta aholining 78 foizi emlandi

Joriy yilning 1-aprelidan hozirgi kunga qadar Sirdaryo viloyatida 415 ming nafar aholi to‘liq emlangan. Bu haqda viloyat SEOvaJSB Immunoprofilaktika bo‘limi mudiri G‘anisher Ochilov maʼlum qildi.

Shuningdek, 12-18 yoshli bolalarning 15 ming nafardan ortig‘i Pfizer vaksinasi bilan emlandi. Emlanganlar orasida noxush holatlar kuzatilmagan.

❗️Maʼlumot uchun, Sirdaryo viloyatida Sinovac, Moderna, ZF-UZ-VAC2001, Sputnik, Astra Zeneca va Pfizer vaksinalari bilan emlash ishlari olib borilmoqda.

➡️ Sirdaryo xabarlari
Yangi 50 ming so‘mlik dizaynida xatolik aniqlandi. MB xato tuzatilishini ma’lum qildi

Yangi qogʻoz pulda aks etgan yodgorlik majmuasi aslida Hakim Termiziy maqbarasi surati boʻlib, banknotdagi matnda Abu Iso Termiziy maqbarasi deb yozilgan. Markaziy Bank xato tuzatilishini maʼlum qildi.

👉 https://kun.uz/uz/87185431

➡️ Sirdaryo xabarlari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Beshbarmoq yoxud shilpildoq — Markaziy Osiyoning super baquvvat taomi

Chumchuq so‘ysa ham qassob so‘ysin! “Mazza” ijodkorlari bu safar O‘zbekistonning eng mashhur oshpazi Bahriddin Chustiy bilan mazali beshbarmoq tayyorladi. Tomosha qiling va zavqlaning!
♻️ Hududlardan qisqa xabarlar

▪️#Oqoltin_tumanida o‘tkazilgan reyd tadbirida «Bo‘ston» MFY hududida fuqaro M.N., tomonidan uyidan chiqqan har xil turdagi chiqindilarni belgilanmagan joyga tashlaganligi holati aniqlandi. Fuqaroga nisbatan MJtKning 91-1-moddasi 1-qismi bilan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirildi hamda 270 000 so‘m jarima belgilandi.

▪️#Guliston_shahrida jami 10 nafar «Bolalar shaharchasi» bitiruvchilarini uy-joy bilan ta’minlash rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kunga qadar 7 nafar bitiruvchiga xonadonlar kalitlari topshirildi.

▪️#Mirzaobod_tumani: 2021-yilda 147 ta nikoh qayd etilgan bo‘lib, ulardan 87 tasi ajrim yoqasida turibdi. Joriy yilning dekabr holatiga ko‘ra esa 13 nafar oila ajrim uchun ariza bergan.

▪️#Guliston_shahri: Xalq taʼlimi vaziri yangi barpo etilayotgan viloyat «Barkamol avlod» bolalar markazi hamda «Bolalar shaharchasi»dagi sharoitlar bilan tanishdi.

➡️ Sirdaryo xabarlari
Tadbirkorlarga valuta ayirboshlash xizmatlarini ko‘rsatishga ruxsat beriladi

Prezidentning «Raqobat muhitiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan to‘siqlarni bartaraf etish va tadbirkorlik faoliyati yo‘nalishlarini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

👉 https://kun.uz/uz/36565089

➡️ Sirdaryo xabarlari
Sirdaryoda kam ta’minlangan oilalar soni 3575tani tashkil qiladi

Sirdaryo viloyati aholisi 864 100 nafarni tashkil etib, jami aholining 49,7 foizi ayollar, 23,3 foizi (18-30 yosh) yoshlar hissasiga to‘g‘ri keladi. Bu haqda viloyat mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi Kun.uz’ga ma’lum qildi.

👉 https://kun.uz/uz/37162663

➡️ Sirdaryo xabarlari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
«Twitter bloklangan yurtda senat raisi har kuni tvit yozadi» - Ijtimoiy tarmoqlar bloklanishi bo‘yicha senatdan izoh so‘raldi

«O‘rganib, yana qo‘shimcha axborot beramiz. Bu yerda xorijiy delegatsiya, parlamentlar bilan ishlash uchun imkoniyat masalasi ham bo‘lishi mumkin», – deya Tanzila Norboyevaning Twitter bloklangan O‘zbekistonda qanday qilib shu tarmoqdan foydalanayotganiga izoh berdi senator Farhod Boqiyev.

👉 https://kun.uz/uz/36158602

➡️ Sirdaryo xabarlari
🌤 #Оb_havo

19-dekabr kuni kutilayotgan ob-havo to‘g‘risida ma’lumot

Gidrometeorologiya xizmati markaziga ko‘ra, ertaga — 19-dekabr kuni Sirdaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi.

Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Harorat kechasi 0...+5 daraja iliq, kunduzi +8...+13 daraja iliq bo‘ladi.

➡️ Sirdaryo xabarlari
🍇 #Narx_navo

Guliston shahar markaziy dehqon (oziq-ovqat) bozoridagi narxlar

🗓 19-dekabr holatiga

🥩 Mol go'shti (1 kg) 68.000 – 70.000 so'm
🌻 O'simlik moyi (1 l) 18.000 – 20.000 so'm
🍚 Guruch (1 kg) 5.000 – 13.000 so'm
🍚 Shakar (1 kg) 9.500 – 10.000 so'm
🍚 Un (1 kg) 5.500 – 7.000 so'm
🥚 Tuxum (1 dona) 800 – 1.100 so'm
🍅 Pomidor (1 kg) 8.000 – 15.000 so'm
🥒 Bodring (1 kg) 8.000 – 12.000 so'm
🥔 Картошка (1 kg) 4.000 – 5.500 so'm
🧅 Piyoz (1 kg) 2.000 – 2.500 so'm
🥕 Sabzi (1 kg) 2.000 – 2.500 so'm

➡️ Sirdaryo xabarlari
Kollej va texnikumlarga kontrakt pulini to‘lash muddati uzaytirildi

2021/2022 o‘quv yilida o‘qish uchun belgilangan to‘lovlarning kamida 50 foiz miqdorini to‘lash muddati 2022-yilning 20-yanvarigacha (shu kuni ham) etib belgilandi.

👉 https://kun.uz/uz/66677096

➡️ Sirdaryo xabarlari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Televideniye jurnalisti bilan ochiqcha suhbat — SUBYEKTIV

12 yoshidayoq teleradiokompaniyada shovqin ko‘targan bolakay, bugun ekranlardan har bir xonadonda «mehmon» bo‘lmoqda.

U SUBYEKTIVning navbatdagi sonining ham mehmoni. Suhbat mavzusi mashhur tok-shou, portaldan kelgan g‘alati murojaat va televideniyedagi taqiqlar haqida bo‘ldi.
“Baxtingdan ochaymi yo...” - folbinlar firibgarligiga isbotlar

Kun.uz muxbiri mashhur folbinlarga “mijoz” bo‘lib, ularning ishi boshdan oyoq firibgarlikdan iboratligini fosh qildi.

👉 Maqolani o'qish

📹 Videoni ko‘rish
🌤 #Оb_havo

20-dekabr kuni kutilayotgan ob-havo to‘g‘risida ma’lumot

Gidrometeorologiya xizmati markaziga ko‘ra, ertaga — 20-dekabr kuni Sirdaryo viloyatida havo o‘zgarib kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘ishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.

Harorat kechasi +2...+7 daraja iliq, kunduzi +10...+15 daraja iliq bo‘ladi.

➡️ Sirdaryo xabarlari
Fuqarolardan ortiqcha soliq undirgani uchun 96 nafar rahbar jazolangani aytildi

Ortiqcha soliqlar yig‘ilishi ortidan soliq organlaridagi 29 nafar rahbarning lavozimi pasaytirilgan, tizimdagi 6 nafar amaldor egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.

👉 https://kun.uz/uz/65522520

➡️ Sirdaryo xabarlari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 Gulistonda avtomashinani jarima maydonchasidan chiqarib berish evaziga 500 dollar pora bergan haydovchi qo’lga olindi

Guliston shahrida o’tkazilgan tezkor tadbir davomida D.J. (ismi sharifi o’zgartirilgan) ismli haydovchi avtomashinasini jarima maydonchasidan chiqarib berish evaziga Guliston shahar IIB YHXB boshlig’iga 500 AQSh dollari miqdorida pora berayotgan vaqtida qo’lga olindi.

➡️ Sirdaryo xabarlari
O‘zgarayotgan pullar, o‘zgarmayotgan tizim va 3 054 180 — X-News

Muomaladagi pullarning turlari 6 oyda 2 barobarga oshyapti, qanday qilib? “Valyutchik”larga ruxsat berish: Antimonopoliya VS Markaziy bank? Hokim fermernimas, fermer hokimni so‘kkanida nima bo‘lardi? Xpress haftaligida shu va boshqa mavzularda so‘z boradi.
Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tadi

Bugun, soat 11:00 da viloyat hokimligining katta majlislar zalida xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi yigirma to'qqizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tadi.

Sessiyada viloyat hokimi G'ofurjon Mirzayev Sirdaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha 2021-yil yakunlari va 2022-yilgi rejalar bo‘yicha murojaatnomani taqdim etadi.

➡️ Sirdaryo xabarlari
#Onlayn

Ayni paytda viloyat hokimi Gʻofurjon Mirzayev Sirdaryo xalqiga murojaat qilmoqda.

➡️ Sirdaryo xabarlari