Sirdaryo | Kun.uz
839 subscribers
5.44K photos
694 videos
5.7K links
Kun.uz’ning Sirdaryo viloyatiga oid xabar va yangiliklar rasmiy kanali.

Reklama: +998 78 113 10 10

Video jo‘natish uchun 👉 @kunuzvideo_bot
Download Telegram
♻️ Hududlardan qisqa xabarlar

▪️#Guliston_tumani: Joriy yilning yanvar-sentabr oylarida hududiy investitsiya loyihalari doirasida qiymati 166 mlrd soʼm boʼlgan 30 ta loyiha ishga tushirilib, 500 dan ortiq yangi ish oʼrinlari yaratilgan.

▪️#Xovos_tumani: 28-sentabrigacha «Yoshlar daftari» bo‘yicha 795 nafar yoshlarning doimiy bandligi ta’minlandi. 174 nafari 1+1 dasturi doirasida tadbirkor va hunarmandlarga biriktirildi. 111 nafariga asbob-uskunalar va mehnat qurollari harid qilish uchun 419 mln so‘m mablag‘ ajratildi.

▪️#Sirdaryo_viloyati: 22 ta mahalla va qishloqlarda 8 km gaz tarmoqlari taʼmirlandi va boʻyoqlandi va 49 ta gaz taqsimlash qurilmalariga texnik xizmat koʻrsatildi. Bundan tashqari, 7,5 km gaz tarmoqlari taʼmirlanib, 44 dona gaz taqsimlash qurilmasiga texnik xizmat koʻrsatildi.

➡️ Sirdaryo xabarlari
♻️ Hududlardan qisqa xabarlar

▪️#Sirdaryo_viloyati hokimi Gʻofurjon Mirzayev «Zakovat» breyn-ring turnirida ishtirok etgan Sirdaryo viloyati yoshlari bilan uchrashib, ilm olishga qiziqishini oshirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga qo‘shgan hissasi uchun jamoa a’zolariga samimiy minnatdorchilik bildirib, qimmatbaho sovg‘alar topshirdi.

▪️#Xovos_tumani hududida jami dudburonlar soni 14 659 dona boʻlib, shundan davlat tasarrufida 154 dona, shaxsiy xonadonlarda esa 14 659 donani tashkil etadi. Hozirda barcha dudburonlar nazoratdan oʻtkazilib kuz-qish mavsumiga shay holga kеltirildi.

▪️#Sirdaryo_tumani «Ulugʼbek» MFY hududida 18 yoshdan 30 yoshgacha boʼlgan, oʼzlarining tadbirkorlikka oid tashabbuslari, startap-loyihalari va amaliy tadqiqotlarini amalga oshirish maqsadida «Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasi» tashkil etildi.

➡️ Sirdaryo xabarlari
♻️ Hududlardan qisqa xabarlar

▪️
#Guliston_shahri: «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida «Do‘stlik» kanali bo‘yidagi bo‘sh yer maydonida 40 mingdan ziyod kashtan, yapon saforasi, chinor, pavlovniya, zarang, qoratol, eman va katalpa kabi manzarali daraxt ko‘chatlari ekiladi.

▪️#Oqoltin_tumanida suyultirilgan gaz bilan taʼminlanadigan istеʼmolchilar soni mavjud 6 457 tani tashkil qiladi. Hozirgi kunga qadar tumanga ajratilgan fond miqdori 887,17 tonnani tashkil etdi.

▪️#Sirdaryo_viloyati: Joriy yilda 40 dona «Volkswagen Caddy» tez tibbiy yordam avtomashinalari keltiriladi. Ushbu tez tibbiy yordam mashinalari defibrillyator, sun’iy nafas apparati, elektrokardiograf, aspirator, laringoskop bilan jihozlangan.

▪️#Xovos_tumani hududida avtomobil yo‘llari yoqalariga 21 ming tup daraxt ko‘chatlari ekilishi rejalashtirilgan. Hozirda 4700 tup manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.

➡️ Sirdaryo xabarlari
♻️ Hududlardan qisqa xabarlar

▪️#Xovos_tumani: Sirdaryo viloyati sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasining Xovos tumanida shinam hamda barcha sharoitlarga ega yangi binosi foydalanish uchun topshirildi. Bu haqda viloyat SEOvaJSB Kun.uz’ga ma’lum qildi.

▪️#Sirdaryo_tumani: Oliy Majlis Senati tomonidan tashkil etilgan «Mahalla – besh tashabbus beshigi» respublika ko‘rik-tanlovida «Uchinchi tashabbus bo‘yicha eng faol mahalla» nominatsiyasi bo‘yicha Sirdaryo tumani «Istiqbol» MFY g‘olib deb topildi. Mahalla noutbuk, planshet va maxsus naushnik, IT yo‘nalishi o‘quv kursi uchun 1 ta sertifikat (5 kishilik) bilan taqdirlandi.

▪️#Sirdaryo_viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida tashkil etilgan Covid-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashga mo‘ljallangan maxsus shifoxonada koronavirus infeksiyasi bilan davolanayotgan Xovos tumanida istiqomat qiluvchi 30 yoshli S.X. ona bo’ldi. Bu haqda viloyat SSB Kun.uz’ga ma’lum qildi.

➡️ Sirdaryo xabarlari
♻️ Hududlardan qisqa xabarlar

▪️#Guliston_shahri: Joriy yilning 17-25-dekabr «Inson qadri uchun» g‘oyasini o‘zida mujassam etgan Sirdaryo yoshlarining «Sayxun» ma’naviyat va madaniyat festivali bo‘lib o‘tadi.

▪️#Sirdaryo_viloyati: 2021-yil 10-dеkabrga qadar aholi va ijtimoiy soha ob'yеktlariga jami 12 432,9 tonna suyultirilgan gaz еtkazib bеrish rеjalashtirilgan bo'lib, amalda 13 195,66 tonna (106 foiz) suyultirilgan gaz berildi. - «Hududgaz Sirdaryo»

▪️#Xovos_tumani aholisi orasida kasalliklarni barvaqt aniqlash va tashxis qo‘yish, o‘z vaqtida davolash maqsadida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etildi. Unda 324 nafar fuqaroning salomatlik ko‘rsatkichi o‘rganib chiqildi. Sog‘lig‘ida muammosi bor, davolanishga muhtoj bo‘lganlar uchun tibbiy muassasalarga yo‘llanma berildi.

➡️ Sirdaryo xabarlari
♻️ Hududlardan qisqa xabarlar

▪️#Xovos_tumani IIB probatsiya guruhi hisobida turib, mehnatga halol munosabatda bo‘lgan va jazo o‘tashning tartib-qoidalariga rioya etib, tuzalish yo‘liga o‘tgan 6 nafar shaxs Jinoyat Kodeksining 73-moddasiga asosan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilindi. Bu haqda viloyat sudi Kun.uz‘ga maʼlum qildi.

▪️#Boyovut_tumani doimiy aholisi soni 132,5 ming kishini tashkil etadi. Shundan 54,4 ming nafari ish bilan band bo‘lsa, 6,2 ming nafari ishsiz. Ishsizlik ko‘rsatkichi umumiy aholining 10,8 foizini tashkil qiladi. Xorijga ketganlar soni 4,7 ming nafar.

▪️#Sirdaryo_viloyati: 2021-yil noyabr oyida 2 021 nafar chaqaloq dunyoga kelgan. Shundan, 1 046 nafar o‘g‘il va 975 nafari qiz bolalarni tashkil etadi.

▪️#Mirzaobod_tumani: Maktabgacha ta'lim vazirining tegishli buyrug'iga asosan tuman maktabgacha ta'lim bo'limi mudiri lavozimiga Eldor Uralov tayinlandi.

➡️ Sirdaryo xabarlari
#Xovos_tumani: Ro’yxatdan o’tmasdan yashab kelayotgan fuqarolar javobgarlikka tortildi

Xovos tumanida noqonuniy yashayotgan, uzoq muddatga ketgan, uzoq muddatga ketib qaytib kelgan, jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etishga moyil hamda shubhali shaxslar yig‘iladigan, yashaydigan joylarni aniqlash maqsadida profilaktik tadbir o‘tkazildi. Bu haqda tuman hokimligi Kun.uz’ga ma’lum qildi.

Tadbir davomida tuman hududida vaqtincha ro’yxatsiz yashab yurgan 8 nafar xorijiy davlat fuqarolari, 3 nafar O‘zbekiston fuqarolari (xonadon egalari) aniqlanib, MJTKning 225-moddasi (O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish qoidalarini buzish) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

❗️Bunday qonunbuzilish holati uchun BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

➡️ Sirdaryo xabarlari