Sirdaryo | Kun.uz
839 subscribers
5.44K photos
694 videos
5.7K links
Kun.uz’ning Sirdaryo viloyatiga oid xabar va yangiliklar rasmiy kanali.

Reklama: +998 78 113 10 10

Video jo‘natish uchun 👉 @kunuzvideo_bot
Download Telegram
♻️ Hududlardan qisqa xabarlar

▪️#Shirin_shahri «Kuz-qish» mavsumiga jiddiy tayyorgarlik ko‘rish hamda gaz tarmog‘ida profilaktik ta'mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan 2021-yil 8-oktabr kuni soat 14:00 dan 17:30 ga qadar Shirin shahrida tabiiy gaz ta'minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

▪️#Mirzaobod_tumanida jami 9 300 ga yer maydoniga paxta ekilgan. Belgilangan reja 31 700 tonnani tashkil etadi. Paxta yigʼim-terimiga 6000 nafarga yaqin tuman aholisi hamda 1400 nafardan ziyod Surxondaryo va Fargʼona viloyatlaridan xasharchilar jalb qilingan.

▪️#Yangiyer_shahri 2021 yil davomida Yangiyer shahar xalq qabulxonasiga fuqarolardan 535 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, undagi masalalar soni 565 tani tashkil etadi. Ulardan 561 tasi qanoatlantirildi, 4 tasi yuzasidan huquqiy tushuntirish berildi.

➡️ Sirdaryo xabarlari
♻️ Hududlardan qisqa xabarlar

▪️#Shirin_shahri: 12-18 yoshgacha bo‘lgan bolalardan 104 nafari Pfizer/BioNTech vaksinasining 1-dozasini qabul qildi. Emlanganlar orasida emlashdan so‘nggi nojo‘ya holatlar kuzatilmagan.

▪️#Oqoltin_tumani hamda Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasida mosh eksporti bo‘yicha kelishuvga erishildi. Joriy yilda tumanda takroriy ekin sifatida g‘alladan bo‘shagan 6 ming gektardan ziyod maydonda mosh yetishtirildi.

▪️#Sirdaryo_viloyati «Sirdaryo HETK» AJ da tashkil qilingan «Temir beton tayanchlar ishlab chiqarish sexi»da kuniga 54 dona SV 0.4 kV li SV 9,55х2,0 va 10 kV li SV 110х3,5 markali temir beton tayanchlar ishlab chiqarilmoqda.

➡️ Sirdaryo xabarlari
♻️ Hududlardan qisqa xabarlar

▪️#Shirin_shahri: Joriy yilning 10 oyi davomida korrupsiyaga oid jinoyatlar soni ham ochiqlandi. Unga ko’ra, 18 nafar shaxsga nisbatan 13 ta jinoyat ishi ko‘rib chiqilgan. Shundan 1 nafariga jarima jazosi, 5 nafariga axloq tuzatish ishlari jazosi, 9 nafariga ozodlikni cheklash jazosi, 1 nafariga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanganligini, 1 nafar shaxsga nisbatan 1 ta jinoyat ishi tugatilgan.

▪️#Sirdaryo_tumani: «Qolgansir o‘rmon ov xo‘jaligi»ning 7 gektar yer maydonida qoratol, eman, pavlovniya, gledichiya va boshqa turdagi tez o‘suvchi manzarali ko‘chatlarni intensiv usulda yetishtirish uchun maxsus ko‘chatxonalar tashkil etiladi.

▪️#Sirdaryo_viloyati: DTM viloyat bo‘limi tomonidan umumta’lim fanlarni bilish darajasini aniqlash bo‘yicha test topshiriqlari aprobatsiyadan o‘tkazildi. Unda viloyatdagi ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktablaridan 90 nafar tegishli fan o‘qituvchilari hamda 90 nafar o‘quvchi ishtirok etdi.

➡️ Sirdaryo xabarlari
♻️ Hududlardan qisqa xabarlar

▪️#Shirin_shahri: Joriy yilning 2-dekabr kuni Shirin shahar IIB JQBva YHX bo’linmasi bilan hamkorlikda o’tkazilgan tadbirda “Neksiya” avtomashinasi to’xtatilganda Yangiyer shahrida yashovchi Y.U 14 blok miqdordagi pirotexnika vositasini olib ketayotganligi aniqlandi. Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilib, fuqaroga nisbatan hujjatlar rasmiylashtirildi.

▪️#Guliston_tumani: Mudofaa vazirining buyrug‘iga asosan tuman mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i lavozimiga mayor Iskandar Qodirov tayinlandi. I.Qodirov tayinlovga qadar Toshkent harbiy okrugi Toshkent garnizoni harbiy komendaturasi patrullar vzvodi komandiri lavozimida faoliyat yuritgan.

▪️#Yangiyer_shahri: Tinchlik ko‘chasidan Ma'rifat mahallasiga yo'naltirilgan gaz quvuridagi nosozliklarni bartataf etish maqsadida 3 dekabr kuni soat 17:00ga qadar "Davlatobod", "Shodiyona", "Ma’rifat", "Shukrona", "Fazilat" hamda "Yuksalish" MFY hududida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

➡️ Sirdaryo xabarlari
♻️ Hududlardan qisqa xabarlar

▪️#Oqoltin_tumani: Termiz-Toshkent, Nukus-Toshkent yo‘nalishi bo‘ylab, M-39 katta magistral yo‘lda harakatlanayotgan, avtotransport vositalari haydovchilari va yo‘lovchilariga shoshilinch tez tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida Oqoltin tuman tibbiyot birlashmasida tumanlararo qo‘shma shikastlanish markazi ish boshladi.

▪️#Shirin_shahri: magistral suv tarmog‘ida avariya holati yuzaga kelganligi sababli hozirda ta'mirlash ishlari olib borilmoqda. Shu sababli, Do'stlik, Amir Temur, Bunyodkor hamda Boyovut tumani Shirin mahallasida 2021-yil 7-dekabr kuni soat 20:00 ga qadar ichimlik suvi ta'minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

▪️#Guliston_tumani: «Yoshlar daftari» jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 16 nafar talaba yoshlarning 71 mln 100 ming so‘m kontrakt to‘lovi to‘lab berilgan. Hozirda «Talabaga madad» loyihasi doirasida murojaat qilgan 46 nafar talabaning arizasi o‘rganib chiqilmoqda.

➡️ Sirdaryo xabarlari
♻️ Hududlardan qisqa xabarlar

▪️#Yangiyer_shahri: «Fazilat» MFY hududida joylashgan "Obod-yurt" madaniyat uyiga radiouzel jamlanmasi o‘rnatilib, foydalanishga topshirildi.

▪️#Guliston_shahri: Joriy yilning 8-dekabr kuni o‘tkazilgan reyd tadbiri davomida «Obodyurt» MFY hududida fuqaro X.N tomonidan hech qanday ruxsatnomasiz noqonuniy ravishda 11 tup terak daraxti kesib tashlanganligi aniqlandi. Holat yuzasidan fuqaroga nisbatan MJtKning 79-modda 1-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi hamda tabiatga yetkazilgan zarar 14 million 40 ming so‘m hisoblandi.

▪️#Shirin_shahri: magistral suv tarmog‘ida avariya holati yuzaga kelganligi sababli hozirda ta'mirlash ishlari olib borilmoqda. Shu sababli, Do'stlik, Amir Temur, Bunyodkor hamda Boyovut tumanining Shirin mahallasida 2021-yil 10-dekabr kuni soat 21:00 ga qadar ichimlik suvi ta'minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

➡️ Sirdaryo xabarlari
♻️ Hududlardan qisqa xabarlar

▪️#Sirdaryo_viloyati: «Sayxun» yoshlar festivali doirasida oʻtkazilayotgan «Doʻstlik» forumi mehmonlari – qozogʻistonlik bir guruh yoshlar Guliston shahriga yetib kelishdi. Mehmonlar «Qabullar uyi»da viloyat hokimi Gʻofurjon Mirzayev bilan uchrashdi.

▪️#Shirin_shahri: Hozirgi kunga qadar fuqarolarning noqonuniy yashab kelishi bilan bog’liq jami 14 ta qonunbuzilish holatli qayd etilgan bo’lib, ularning bachasiga MJtKning 225-moddasi 1-qismi bilan javobgarlik belgilangan.

▪️#Sirdaryo_tumani: M-34 va M-39 avtomagistral yo‘llari oralig‘idagi yer maydonida umumiy loyiha qiymati 5 mlrd. so‘m bo‘lgan hunarmandchilik, savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish, umumiy ovqatlanish va avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish shoxobchasi hamda mehmonxona binolari kompleksi - «Karvonsaroy» barpo etiladi.

➡️ Sirdaryo xabarlari