Kun.uz | Online
69.5K subscribers
8.92K photos
5.15K videos
9 files
2.49K links
Kun.uz’ning tezkor yangiliklar uchun kanali

Rasmiy kanal (Kirill): @kunuzofficial
Rasmiy kanal (Lotin): @kunuz
Rus tilidagi xabarlar: @kunuzru
Ingliz tilidagi xabarlar: @kunuzen
Rasmiy bot: @Kunuz_News_Bot
Murojaat uchun: [email protected]

Reklama:
+998 78 1
Download Telegram
Maksim Shatskix Toshkentning «Paxtakor» futbol klubi murabbiylar shtabida ish boshlashi mumkin. U ertaga O‘zbekistonga uchib kelishi kutilmoqda.

👉 @kunonline
🟡 Ukrainadagi urush. So‘nggi ma’lumotlar

🔹Severodonestk ostonasida qaqshatqich janglar davom etmoqda, Lugansk oblasti harbiy ma’muriyati rahbari Sergey Gayday shahar hamon Ukraina nazoratida qolayotgani, rossiyalik harbiylar shahar tashqarisidagi «Mir» mehmonxonasi hududidan oldinga o‘ta olmayotgani va jiddiy yo‘qotishlarga uchragani haqida ma’lum qilgan;

🔹Ukraina Donetsk oblastidagi Liman shahri Rossiya harbiylari tomonidan egallangani to‘g‘risidagi xabarlarni rad etgan va shahar uchun janglar davom etayotganini bildirgan;

🔹Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Germaniya kansleri Olaf Shols rossiyaliklar prezidenti bilan qariyb bir yarim soat davom etgan telefon muloqotida Vladimir Putindan Mariupoldagi «Azovstal» zavodida asirga tushgan 2500 nafar ukrain harbiysini ozod etishni talab qildi. Shuningdek, ular Putinni «ukrainlar prezidenti bilan jiddiy muzokaralar boshlash hamda mojaroni hal qilishning diplomatik yechimini topish»ga chaqirishdi;

🔹Putin harbiy xizmat o‘tash haqidagi dastlabki shartnomani tuzish uchun yosh chegarasini bekor qilish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi; endi qonun kuchga kirib, 40 yoshdan katta bo‘lganlarni ham urushga yollash mumkin bo‘ladi. Bu qaror Rossiya armiyasi shaxsiy tarkibda o‘tkir yetishmovchilikka uchrayotganining navbatdagi belgisi bo‘ldi;

🔹Ukraina ombudsmeni Lyudmila Denisova asirlikdan qaytgan ukrain harbiylari joylashtirilgan shifoxonada bo‘lgach, ular asirlikda qiynoqlar va kamsitishlarga duchor bo‘lishgani haqida aytdi. Denisovaning so‘zlariga ko‘ra, ayniqsa Ukraina armiyasi zobitlari va «Azov» jangchilariga nisbatan o‘ta beshafqatlik bilan munosabatda bo‘lishgan;

🔹Ukraina kemalarga qarshi Harpoon raketalarini qabul qilib oldi. Odessa oblasti harbiy ma’muriyati rahbari Sergey Bratchuk telegram-kanalida shunday yozdi: «Bizga shuncha «garpun»ni Rossiya Qora dengiz flotini to‘liq cho‘ktirib yuborishimiz uchun yuborishdi. Nega ham bunday bo‘lmasin?»

👉 @kunonline
Kiyev yaqinidagi Irpen shahrining qush parvozi balandligidan ko‘rinishi

👉 @kunonline
🔵 Urushning 95-kuni. So‘nggi ma’lumotlar:

🔸 Severodonetsk atrofida qaqshatqich janglar boshlandi.

🔸 Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy armiyaning Xarkov oblastidagi pozitsiyalariga tashrif buyurdi. Bu uning urush boshlanganidan buyon ilk bor Kiyev oblasti tashqarisiga chiqishi bo‘ldi.

🔸 Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an dushanba kuni Putin va Zelenskiy bilan telefon orqali muloqot o‘tkazishini anons qildi.

🔸 Xersonning rossiyaparast ma’muriyati vakili regionning Rossiyaga qo‘shilishi masalasi janglar davom etayotgani tufayli qishdan oldin hal bo‘lmasligini ma’lum qildi.

👉 @kunonline
Volodimir Zelenskiyning Xarkovga tashrifidan fotosuratlar e’lon qilindi

Ukraina prezidenti shahardagi vayrongarchiliklarni ko‘zdan kechirdi, region rahbariyati bilan majlis o‘tkazdi, armiyaning oldingi pozitsiyasida bo‘ldi hamda harbiylarga janglardagi ishtiroki uchun mukofotlar topshirdi.

👉 @kunonline
Oʻzbekiston qahramoni, Oltiariq tumanidagi “Nurli obod” fermer xoʻjaligi rahbari Lola Murotova 64 yoshida vafot etdi

👉 @kunonline
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Pensiya jamg‘armasi direktori Abdulaziz Haydarov ijtimoiy tarmoqlarda barcha fuqarolarga 200 ming so‘mdan pul tarqatilayotgani haqida tarqalgan yolg‘on xabarlarga ishonmaslikka chaqirdi

👉 @kunonline
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Mona Liza kartinasiga tort chaplashga urinishdi

Parijdagi Luvr muzeyida boshiga parik taqib, nogironlik aravachasida harakatlangan va o‘zini g‘alati tutgan yigit Leonardo da Vinchi qalamiga mansub mashhur «Jokonda» kartinasiga hujum qildi va unga qarata tort otdi. Mona Liza oyna bilan himoyalangandi.

Uning bu harakatiga nima sabab bo‘lgani ma’lum emas. Muzey qo‘riqchilari qoidabuzarni qo‘lga olishgan.

👉 @kunonline
🟡 Ukrainadagi urush. So‘nggi ma’lumotlar

🔹Urushning 95-kunida Severodonetsk uchun janglar shiddatli tus oldi. Lugansk oblasti ma’muriyati rahbari Sergey Gaydayning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, shahar ko‘chalarida rossiyalik harbiylar bilan janglar boshlanib ketgan. Bu vaqtda Rossiyadagi ayrim manbalar Severodonetsk egallangani haqida xabar tarqatmoqda.

🔹Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Xarkov oblastida amaldorlar va harbiylar bilan uchrashdi. Tashrifdan keyingi videomurojaatida prezident Ukraina xavfsizlik xizmatining Xarkov oblasti bo‘yicha boshqarmasi rahbari Roman Dudinni ishdan olganini ma’lum qildi, Dudin endi tergov qilinadi.

🔹Yevroittifoq vakillari hamon Rossiya neftiga embargo qo‘yish masalasida kelisha olmayapti, Rossiyaga qarshi sanksiyalarning oltinchi paketi shunga bog‘liq. Ular 30 may kuni, Yevroittifoqning navbatdagi sammiti arafasida yana shu masalani muhokama qilishadi.

🔹Ukrainalik chegarachilar Sumi va Chernigov oblastlari hududi Rossiyadan turib o‘qqa tutilgani haqida xabar berishgan. Yakshanba kuni Nikolayev oblastida berilgan zarbalar oqibatida kamida bir kishi, Donesk oblastida - uch kishi halok bo‘lgan. Rossiya harbiylari Krivoy Rogga ham raketa yo‘llagan.

🔹 AQSH Ukrainaga M777 gaubisalarining navbatdagi partiyasini, Polsha esa 18 ta KRAB rusumli o‘ziyurar gaubisalarni jo‘natdi.

👉 @kunonline
❗️1 iyundan boshlab:

▪️Chek bermaganlik to‘g‘risida “Soliq” mobil ilovasi orqali birinchi marta kelib tushgan murojaat bo‘yicha tadbirkordan jarima undirilmaydi, u bilan profilaktik suhbat o‘tkazilib, rasman ogohlantiriladi.

▪️murojaat bo‘yicha sayyor soliq tekshiruvi o‘tkazilayotgan yoki tekshiruv natijasi bo‘yicha qaror qabul qilinayotgan paytda ayni subyekt ustidan takroriy tushgan murojaatlar ko‘rib chiqilmaydi.

▪️ bir fuqaro tomonidan 24 soat ichida 2 tadan ortiq hamda 30 kalendar kuni davomida 1 ta shoxobcha bo‘yicha 1 martadan ko‘p murojaat yuborilishiga cheklov o‘rnatiladi.

👉 @kunonline
🔻 Dollar kursi yana tushdi

Markaziy bank 31-maydan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi

🇺🇸 USD 11 010,88 so‘m (-23,27)
🇷🇺 RUB 175,26 so‘m (+10,39)
🇪🇺 EUR 11 854,31 so‘m (+30,11)

👉 @kunonline
❗️ Nigeriyada maymun chechagidan ilk o‘lim holati qayd etildi

Xabarlarga ko‘ra, yondosh kasalliklari bo‘lgan 40 yoshli bemor o‘lim topgan.

👉 @kunonline
🟡 Ukrainadagi urush. So‘nggi ma’lumotlar

🔹Ukrainada urushning 96-kunida rossiyalik harbiylar Severodonetskka ikki tomondan kira boshladi, bu haqda rayon ma’muriyati rahbari Roman Vlasenko ma’lum qildi;

🔹Rossiya harbiylari Lugansk oblastida evakuatsiya avtomobilini o‘qqa tutdi, natijada fransuz jurnalisti halok bo‘ldi;

🔹Fransiyaning yangi tashqi ishlar vaziri Katrin Kolonna rasmiy tashrif bilan Kiyevga keldi va Buchada bo‘ldi;

🔹Yevroittifoq elchilari Bryusselda yana Rossiya neftiga embargo qo‘yish masalasida kelisha olmadi;

🔹Dushanba tongida Melitopol markazida portlash sodir bo‘ldi, shaharning rossiyaparast rasmiylari uni terakt sifatida baholagan. Xabarlarga ko‘ra, Zaporojye oblastining okkupatsiyadagi rahbarining uyiga hujum qilingan;

🔹Rossiya mudofaa vazirligi Kursk oblastiga qo‘shimcha kuchlar va qurollar tashladi, oblastning Ukraina bilan chegaradosh rayonlari doimiy ravishda o‘qqa tutib kelinmoqda.

👉 @kunonline
Sport sharhlovchilarining ustozi, murabbiy Axbor Imomxo‘jayev 86 yoshida olamdan o‘tdi.

👉 @kunonline
2022-yil 1-oktabrdan ko‘p kvartirali uy-joylar zilzilabardoshlik bo‘yicha xatlovdan o‘tkaziladi

Prezident farmoniga ko‘ra, seysmik zaif va avariya alomatlari aniqlangan uylar o‘rnida yangisini qurish bo‘yicha hokimiyatga takliflar kiritiladi.

👉 @kunonline
‼️Yevroittifoq Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 6-paketi bo‘yicha kelishuvga erishdi

Sanksiyalar paketi quyidagi cheklovlarni o‘z ichiga oladi:

▪️ Rossiyadan neft importining 2/3 qismini cheklash;

▪️ Rossiyaning yirik banki «Sberbank»ni SWIFT’dan uzish;

▪️ Rossiya davlat telekanallari translyatsiyasini Yevroittifoq hududida bloklash;

▪️ Ukrainadagi harbiy jinoyatlar uchun javobgar bo‘lgani uchun sanksiyaga tushgan rossiyalik jismoniy shaxslar ro‘yxatini kengaytirish.

Sanksiyalarning yangi paketi bilan Yevroittifoq yil yakuniga qadar Rossiyadan neft importining 90 foizidan voz kechishni rejalashtirgan.

👉 @kunonline
🇹🇯 Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon 2–3-iyun kunlari ikki kunlik rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi.

👉 @kunonline