⚡️⚡️ 1-iyuldan elektr va gaz bo‘yicha tabaqalashtirilgan tariflarga o‘tiladi
📃 Elektr va gaz tariflarini oshirish bo‘yicha qaror loyihasi muhokamaga qo‘yildi. Kutilganidek, oylik bazaviy normani kiritish orqali tariflar tabaqalashtiriladi.
💡 Elektr energiyasi uchun taklif etilayotgan yangi narxlar:
➖ Bazaviy norma doirasida, ya’ni oyiga 250 kVt soatgacha – 325 so‘m (hozir 295 so‘m);
➖ Bazaviy normadan tashqari, ya’ni oyiga 250 kVt soatdan oshgan har 1 kVt soat uchun – 650 so‘m.
🔥 Tabiiy gaz uchun taklif etilayotgan yangi narxlar:
❄️ Isitish mavsumi – oktyabr-mart oylarida:
➖ oyiga 700 kub metrgacha – 410 so‘m (hozir 380 so‘m);
➖ 700 kub metrdan yuqori har 1 kub metr uchun – 1200 so‘m.
☀️ Isitilmaydigan mavsum – aprel-sentabr oylarida:
➖ oyiga 200 kub metrgacha – 410 so‘m (hozir 380 so‘m);
➖ 200 kub metrdan yuqori har 1 kub metr uchun – 1200 so‘m.
❗️Ma'lum qilinishicha, agar loyihadagi yangi tariflar tasdiqlansa, aksariyat oilalarda oshgan narxlardagi qo‘shimcha to‘lov miqdori bir oyga:
➖ elektr uchun 7,5 ming so‘mgacha,
➖ tabiiy gaz uchun issiq oylarda 6 ming so‘mgacha,
➖ isitish mavsumida 21 ming so‘mgacha bo‘ladi.
☝️ Tariflarni tabaqalashtirish natijasida, ancha ko‘proq energiya sarflaydigan o‘ziga to‘q xonadonlarning xarajatlari subsidiya shaklida barchaning yelkasiga sochib yuborilishi kamayadi.
Batafsil ma'lumot:
👉 https://kun.uz/52592776
👉 @kunonline

🔻 Dollar kursi yana tushdi
Markaziy bank 1-iyundan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi
🇺🇸 USD 10 985,79 so‘m (-25,09)
🇷🇺 RUB 179,43 so‘m (+4,17)
🇪🇺 EUR 11 780,06 so‘m (-74,25)

2023 yil 1 yanvarga qadar:
▪️ 22 ta turdagi iste’mol va oziq-ovqat mahsulotlari (go‘sht, baliq, sut mahsulotlari, meva, o‘simlik yog‘i) bojxona bojlaridan ozod etiladi;
▪️ oziq-ovqatni import qilishda bojlarni oshirilgan stavkada qo‘llash to‘xtatib turiladi;
▪️ davlat xaridlarida oziq-ovqat mahsulotlarini import qilish bo‘yicha cheklovlar vaqtincha bekor qilinadi.

Elektr va gaz: Yangi tariflar bo‘yicha hisob-kitoblar
💡 Bugun muhokamaga qo‘yilgan narxlar tasdiqlansa, 1-iyuldan boshlab aksariyat oilalarda “svet” uchun xarajatlar oyiga 7,5 ming so‘mgacha oshishi mumkin.
🔥 Yangi tariflardan kelib chiqadigan qo‘shimcha to‘lov miqdori aksariyat xonadonlarda isitilmaydigan oylarda 6 ming so‘mdan, isitish mavsumida esa 21 ming so‘mdan oshmasligi hisoblab chiqilgan.

🟡 Ukrainadagi urushning 97-kuni. So‘nggi ma’lumotlar:
🔹Lugansk oblasti ma’muriyati rahbari Sergey Gayday Severodonetskning bir qismi rossiyalik harbiylar nazoratiga o‘tgani, shaharda shiddatli to‘qnashuvlar davom etayotganini ma’lum qildi. Gayday ukrain kuchlari qo‘shni Lisichansk shahriga chekinishi mumkinligini istisno qilmagan.
🔹Rossiyaliklarning Slavyanskka yo‘llagan raketa zarbasi oqibatida kamida uch kishi halok bo‘lib, olti kishi yaralangan. «Maktab va kamida yettita ko‘p qavatli turar joy binosi shikastlangan», deya yozdi feysbukdagi sahifasida Donetsk oblasti harbiy ma’muriyati rahbari Pavel Kirilenko.
🔹Mariupol portidan Rostovga qarab rossiyaliklarning metall yuklangan ilk kemasi suzib ketdi. «DXR» rahbari Denis Pushilinning so‘zlariga ko‘ra, endi uning «respublikasi»da Mariupoldagi prichallarda turgan kemalardan iborat savdo floti yuzaga kelgan. Kiyev avvalroq Rossiyaning Mariupoldan metall olib ketishini talonchilik va o‘g‘rilik akti deb atagandi.
🔹Rossiyaning «Gazprom» korporasiyasi Niderlandiyaning GasTerra treyderiga gaz yetkazib berish to‘xtatilganini ma’lum qildi, bunga niderlandlar gaz uchun rublda to‘lov qilishdan bosh tortgani sabab bo‘ldi. Buning o‘rnini qoplash uchun Niderlandiyaning Gasunie kompaniyasi zudlik bilan Emshaven portida siqilgan gazni qayta ishlash terminali qurishga kirishdi.
🔹Ukraina bosh prokurori Irina Venediktovaning so‘zlariga ko‘ra, tergov organlari harbiy jinoyatlar sodir etishda gumonlanayotgan 600 nafardan ortiq rossiyalik shaxsini aniqlagan va ularning 80 nafardan ortig‘iga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchilar ro‘yxatida yuqori martabali harbiylar, siyosatchilar va rossiyalik propagandachilar bor.

Oʻzbekistonda oʻsimlik yogʻini xorijga eksport qilish vaqtincha taqiqlandi
Prezidentning “Isteʼmol bozorlarida narxlar barqarorligini taʼminlashga va monopoliyaga qarshi choralarning taʼsirchanligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoni qabul qilindi.
Quyidagilarni 1-iyundan boshlab Oʻzbekiston bojxona hududidan tashqariga olib chiqish (eksport qilish) vaqtinchalik taqiqlandi:
oʻsimlik yogʻi, shu jumladan paxta, kungaboqar yogʻi, bundan amaldagi kontraktlar (shartnomalar) doirasida 1-iyunga qadar oldindan toʻlovlar amalga oshirilgan holatlar, shuningdek, Oʻzbekiston “bojxona hududida qayta ishlash” bojxona rejimida qayta ishlanganlari mustasno;
kungaboqar urugʻlari hamda boshqa yogʻ oʻsimliklarining urugʻlari va mevalari, bundan qonunchilikda belgilangan holatlar mustasno.

Toshkentda non narxi oshdi
Toshkentda kecha buxanka 1600 so‘m bo‘lgan bo‘lsa, bugun uning narxi 2800 so‘mgacha ko‘tarildi. Shu bilan birga, ayrim joylarda yopgan non narxi ham ko‘tarila boshlagan.
1-iyundan hukumat g'allani fermerlardan bozor narxida sotib olishga o'tmoqda.

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Energiya narxi oshishi hech kimga yoqmaydi, lekin bu – achchiq dori” - Umid Obidxo‘jayev
“Birorta insonga elektr energiya narxining oshishi yoqmaydi. Bu – energetika tizimini sog‘lomlashtirish uchun kerak bo‘ladigan achchiq bir dori. Shu narsadan o‘tishimiz kerak. Yakunda ta’minot hozirgi holatga nisbatan yaxshilanadi”, – deya energetika islohotiga izoh berdi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti direktori Umid Obidxo‘jayev. U badavlat insonlar ham davlatdan yordam olishi adolatdan emasligini ta’kidladi.

🟡 Ukrainadagi urushning 98-kuni. So‘nggi ma’lumotlar:
🔹Rossiyalik harbiylar Severodonetskni shturm qilishda davom etmoqda va alohida bo‘linmalar shahar markazini egallashgan. Lugansk oblasti harbiy ma’muriyati ma’lumotiga ko‘ra, shaharning 70 foiz hududi rossiyaliklar nazoratiga o‘tgan, Lisichansk ukrainlar nazoratida qolmoqda.
🔹Prezident Jo Bayden AQSH Ukrainaga rossiyaliklarnikidan uzoqroq masofaga otuvchi artilleriya qurilmalari yetkazib berishi haqida yozdi. Prezident ma’muriyatidagi manba gap 70-80 km masofaga zarba beruvchi HIMARS baravar o‘t ochish tizimlari haqida ketayotganini aytdi.
🔹Bayden o‘z kolonkasida AQSH Rossiya va NATO o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri mojaro kelib chiqishini istamasligi va Rossiyada Putin rejimi ag‘darilishiga qaratilgan qadamlar tashlamasligini aytgan. AQSH prezidenti, shuningdek ochiq muzokaralarda ham, yopiq muzokaralarda ham Ukraina rahbarlariga Rossiyaga hududiy yon berish borasida ta’sir qilish niyatida emasligini ta’kidlagan.
🔹Rossiya Donetsk oblastida yurishlarini davom ettirmoqda, artilleriya va minomyotlardan intensiv tarzda o‘t ochilmoqda. Ukraina qurolli kuchlari ma’lumotiga ko‘ra, Baxmut yo‘nalishida rossiyalik harbiylar ukrain harbiylarini Belogorovka va Vrubovkadagi pozitsiyalaridan surib chiqarishga intilmoqda.
🔹Gretsiya Ukrainaga sovetlar davriga mansub jangovar piyodalar mashinalarini beradi, buning evaziga Germaniyadan zamonaviy Marder zirhli mashinalarini oladi. Bir necha hafta oldin nemis ishlab chiqaruvchilari va mudofaa vazirligi bunday harbiy mashinalar Ukrainaga yetkazib berilishini ma’lum qilgandi.

Markaziy bank 2-iyundan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi
🇺🇸 USD 10 980,02 so‘m (-5,77)
🇷🇺 RUB 179,34 so‘m (-0,09)
🇪🇺 EUR 11 778,27 so‘m (-1,79)

Turkiya prezidenti Suriyada aksilterror amaliyot boshlanganini e’lon qildi
Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning so‘zlariga ko‘ra, amaliyotning maqsadi — Suriya shimolida 30 kilometrlik «xavfsizlik hududi» tashkil etish hisoblanadi.
«Biz Tell-Rifat va Manbijni terrorchilardan tozalaymiz va keyin bu ishni navbatma-navbat boshqa regionlarda ham amalga oshiramiz. Ko‘ramiz, bizning qonuniy qadamlarimizni kim qo‘llab-quvvatlaydi va kim to‘sqinlik qilar ekan», — degan Turkiya prezidenti.
Anadolu agentligi yozishicha, Erdo‘g‘an bunday maxsus amaliyot zarurligini «AQSH va Rossiya chegaradosh hududlarda shunday xavfsizlik hududi tashkil etilishi bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarmayotgani» bilan izohlagan.
Turkiya 2016 yildan buyon Suriya shimolida to‘rt bor harbiy amaliyot o‘tkazgan.

🟡 Urushning 98-kuni. So‘nggi ma’lumotlar
🔹Rossiyalik deputatlar Ukraina hududlari Rossiya tarkibiga qo‘shib olinishi ehtimoli borasida bir necha bayonot berishdi. Xususan, LDPR yetakchisi Leonid Slutskiy Donbassdagi «respublika»lar ayni vaqtda rossiyalik harbiylar nazoratida bo‘lgan Xerson iyul oyidayoq Rossiyaga qo‘shilishi mumkinligini aytdi.
🔹Rossiyalik harbiylar Sverodonetskning 70 foizini nazorat qila boshladi, ammo, Lugansk oblasti ma’muriyati rahbari Sergey Gaydayning ma’lumot berishicha, Lisichansk Ukraina nazoratida qolmoqda.
🔹Germaniya Ukrainaga eng zamonaviy havo hujumidan mudofaa tizimi bo‘lmish IRIS-T SL majmuasini yetkazib berishini ma’lum qildi.
🔹«Gazprom» gaz uchun rubldan bosh tortilgani tufayli Daniya va Germaniyaga gaz yetkazib berishni to‘xtatdi.

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“O‘zdonmahsulot” AK boshqarma boshlig‘i Sherali Donayev: “Bugungi kunda kompaniya tarkibidagi korxonalarda tegirmon quvvatlari to‘liq ishlab turibdi, don va un zaxiralari yetarli miqdorda mavjud. Hech qanday mish-mishlarga ishonishga va vahimaga o‘rin yo‘q”.
👉 @kunonline
👉 @kunonline
🟡 Ukrainadagi urushning 99-kuni. So‘nggi ma’lumotlar
🔹 Ukrainlarning Xerson atrofidagi qarshi hujumlari to‘xtab qolgan. Vashingtondagi Urushlarni tadqiq qilish institutiga ko‘ra, ukrain kuchlari Xerson oblasti shimolidagi hududlarda joylashgan rossiyalik harbiylar ta’minoti uchun foydalaniladigan asosiy yo‘llardan birining atrofidagi pozitsiyalarni egallashgan.
🔹 Severodonetskda janglar davom etmoqda. Ukraina qurolli kuchlari Bosh shtabining ertalabki axborotida rossiyalik harbiylar shaharda «shturm harakatlari»ni davom ettirayotgani aytilgan.
🔹 Jo Bayden ma’muriyati ukrain harbiylariga MQ-1 Predator droni modifikasiyasi bo‘lgan MQ-1C Gray Eagle uchuvchisiz uchish qurilmalaridan to‘rt donasini yetkazib berishi mumkin. Bu rasmiy bayonot emas, ammo bu to‘g‘ri bo‘lib chiqsa, Ukraina armiyasi xususiyatlariga ko‘ra «Bayraktar»lardan ham afzalroq bo‘lgan to‘rtta dronga ega bo‘ladi.
🔹 Ukraina Bosh shtabiga ko‘ra, barcha yo‘nalishlarda katta miqdorda uchuvchisiz uchish apparatlari yo‘qotilgani tufayli Rossiya jang maydonida hatto FVVga tegishli dronlarni ham qo‘llashga majbur bo‘lmoqda.
🔹 Lugansk oblasti ustidan nazoratni mustahkamlash va harbiy harakatlarni Donesk oblastiga ko‘chirish uchun Rossiya armiyasi tabiiy to‘siq bo‘lgan Shimoliy Don daryosini kechib o‘tish zarur hisoblanadi. Daryodagi asosiy kechuv joylari Severodonetsk va Lisichansk shahri o‘rtasida hamda yaqinda egallab olingan Limanda joylashgan. Ammo ukrainlar armiyasi daryo sohillarini nazorat qilishda va ko‘priklarni portlatishda davom etmoqda.

🔵Ukraina uchun yangi qurollar
▪️ AQSHning Ukraina uchun navbatdagi harbiy yordam paketi 4 dona Mi-17 vertolyotlari va to‘rtta HIMARS baravar o‘t ochish tizimlarini o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, Ukrainaga mingta Javelin, boshqa turdagi 6 mingta tankka qarshi qurollar, 155 mm kalibrli 15 ming dona snaryadlar yetkazib beriladi.
▪️ AQSH hukumati Ukrainaga to‘rt dona MQ-1C Gray Eagle dronlari ham beradi. Gray Eagle ko‘pchilikka tanish bo‘lgan Predator dronlari modifikatsiyasidir. U 30 soatdan oshiq vaqt mobaynida havoda tura olishi va razvedka maqsadlari uchun ko‘proq ma’lumot yig‘ishi bilan ajralib turadi. Gray Eagle 8 dona Hellfire raketalari bilan jihozlanishi mumkin.
▪️ Buyuk Britaniya Ukrainaga amerikaliklarning M270 MLRS raketa tizimlarini yetkazib berishi mumkin, bu avvalroq Vashington Kiyevga taqdim etishi ma’lum bo‘lgan HIMARS tizimiga o‘xshab keadi. M270 80 km masofadagi nishonga zarba berishga qodir.
▪️ Slovakiya 155 mm kalibrli SAU Zuzana 2 artilleriya tizimlari yetkazib beradi.