#Jarayon #Xalqaro_konferensiya
#16_noyabr_Xalqaro_bagrikenglik_kuni
#Bagrikenglik_haftaligi
"Ko'kaldosh" o'rta maxsus islom bilim yurti o'qituvchi va talabalari xalqaro konferensiyada
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi hamkorligida "16-noyabr - Xalqaro bag‘rikenglik kuni"ga bag‘ishlangan "Millatlararo va dinlararo bag‘rikenglik - samarali hamkorlikning muhim omili" mavzusidagi xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.
"Ko'kaldosh" o'rta maxsus islom bilim yurti o'qituvchi va talabalari ham bag‘rikenglik haftaligi munosabati bilan "Hyatt regency" mehmonxonasida o'tkazilgan konferensiyada ishtirok etdi.
A. G'ANIYEV
"Ko'kaldosh" O'MIBY Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig'i
🌐 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Kukaldosh.uz

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Muslim.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_konferensiya #Taqdimot
Akademiyada Turkiyaning “Dorul Maxtutot” markazi bosh direktorining o‘zbek tilidagi kitobi taqdimoti o‘tkazildi
Avval xabar berganimizdek, bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Turkiyaning Istanbul shahridagi qoʻlyozmalarni oʻrganishga ixtisoslashgan “Dorul Maxtutot” markazi bosh direktori Mahmud Misriy hamda Akademiya vakillari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda olimning Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan nashr etilgan “Qoʻlyozmalarni tadqiq qilishning nazariy asoslari” nomli kitobining o‘zbek tilidagi taqdimoti o‘tkazildi.
Taqdimot davomida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamda “Dorul Maxtutot” markazi o‘rtasida hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, “Dorul Maxtutot” markazida tashkil etilgan seminar-treninglarda qo‘lyozmalarni o‘rganish, tadqiq etish, yosh olimlarga onlayn va oflayn shaklda ma’ruzalar o‘tkazish kabi masalalar muhokama etildi.
Batafsil: https://kukaldosh.uz/14/10/2024/13679
@kukaldoshuz – diniy-ma'rifiy kanal!
Kukaldosh.uz | YouTube | Facebook | Instagram | Mundarija | Murojaat

#Xalqaro_konferensiya
#So‘z_ishtirokchilarga
– Oʻzbekiston Prezidentining ezgu tashabbusi doirasida boʻlib oʻtayotgan “Islom – ezgulik va tinchlik dini” mavzusidagi nufuzli xalqaro anjuman, Moturidiy taʼlimotining rivoji va bu taʼlimotning dunyodagi tinchlik jarayonlarida tutgan oʻrni va roli haqida oʻta muhim maʼlumotlar taqdim etishi bilan ahamiyatlidir.
Jahon ahli, Oʻzbekistonda boʻlib oʻtayotgan ushubu anjuman sabab, Moturudiylik aqidasining zabardast olimlarining ochilmagan qirralaridan voqif boʻladi. Shu maʼnoda Oʻzbekiston Prezidentining ezgu tashabbusini qutlab qolamiz.
Doktor Muhammad Abdulaziz Muhammad Mishʼal,
Al-Azhar universiteti Din asoslari kafedrasi oʻqituvchisi

– O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev janobi oliylarining tashabbuslari bilan oʻtkazilayotgan bu anjuman, islom tinchlik va rahmat dini ekanidan darak beradi.
Bu yurtdan dunyo tan olgan Imom Buxoriy, Imom Termiziy kabi ko‘plab islom ulamolari yetishib chiqqan. Men ushbu anjumandagi ishtirokimdan faxrlanaman va umid qilamanki, bu konferensiya yer yuzida, ayniqsa, notinchlik hukm surayotgan davlatlarda barqaror hayot uchun dasturilamal bo‘lib xizmat qiladi.
Islom rahm-shafqat va xayrli ishlarda hamkorlik qilishga buyuruvchi dindir. Alloh taoloning Kalomi bo‘lmish Qurʼoni karimda: “Yaxshilik va taqvo yo‘lida hamkorlik qiling, lekin gunoh va tajovuzda hamkorlik qilmang, Islom tinchlik va rahim shavqat dinidir” deb buyurgan. Bugungi konferensiyada ham shu mavzuda so‘z bormoqda.
Doktor Ahmad Abdulaziz Haddod,
Saudiya Arabitoni Islom fiqhi akademiyasi aʼzosi

– Tinchlik bor joyda taraqqiyot, rivojlanish va albatta, yuksalish bo‘ladi. Movarounnahr diyori Birinchi va Ikkinchi Renessans davrining juda ko‘p allomalarini yetishtirgan zamin sanaladi. Buning asosiy sabablaridan biri shuki, bu zaminda musulmonlar bilan birga boshqa din vakillarining emin-erkin istiqomat qilgani, bag‘rikenglik muhiti shakklanganidir.
Keyingi yillarda Oʻzbekistonda mazkur insonparvarlik tamoyili yanada rivojlanib bormoqda. Mana shu rivojlanish bardavom boʻlsa, Uchinchi Renessans davriga poydevor qoʻyilishi shubhasiz.
Fursatdan foydalanib, anjuman ishiga chin yurakdan muvaffaqiyat tilayman.
Chingiz To‘mar,
Islom hamkorlik tashkilotining Islom tarixi, san’ati va madaniyatini tadqiq etish markazi direktori o‘rinbosari, professor (Turkiya)

– 15-16-oktabr kunlari O‘zbekistonning go‘zal va qadimiy Toshkent va Xiva shaharlarida “Islom – tinchlik va ezgulik dini” nomli xalqaro konferensiya oʻtkazilmoqda. Mazkur nufuzli anjumanda ishtirok etayotganimdan benihoya shodman.
Konferensiya doirasida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida muassasa vakillari bilan muloqot olib bordik. Bu yerda “Qo‘lyozmalarni tadqiq qilishning nazariy asoslari” nomli kitobimning oʻzbek tilidagi taqdimoti ham o‘tkazilganidan juda quvondim. Akademiya va “Dorul Maxtutot” markazi oʻrtasidagi hamkorlik aloqalarini muhokama qildik, tajriba almashdik.
O‘zbek xalqi shu yurtda tug‘ilib voyaga yetgan, o‘zining nihoyatda serqirra ilmiy-ijodiy faoliyati bilan dunyo ahlini lol qoldirgan, dunyo tamadduni rivojiga beadoq hissa qo‘shgan ajdodlari bilan faxrlansa arziydi.
Mahmud Misriy,
Turkiyaning Istanbul shahridagi qoʻlyozmalarni oʻrganishga ixtisoslashgan “Dorul Maxtutot” markazi bosh direktori

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_konferensiya
#Videolar
🎞“Islom – tinchlik va ezgulik dini” mavzusidagi xalqaro konferensiya

– Bu yurtda necha asrlardan beri Islom dini ravnaqiga hissa qoʻshgan buyuk allomalar Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Dorimiy, Abu Mansur Moturidiy kabi zotlar yetishib chiqqan. Ular Islom olamida yorqin iz qoldirgan siymolardir. Ular qoldirgan meros islom haqiqatini ifodalagan.
Mazkur konferensiyaning ulamolar yurtida oʻtkazilishida ham chuqur maʼno bor. Islom dinining tinchlik va osoyishtalikni targʻib qilishi, bagʻrikenglikni taʼkidlashida ushbu yetuk ulamolarning alohida oʻrni bor.
Nazir Muhammad Ayyad,
Misr Arab Respublikasi muftiysi