Ko'kaldosh madrasasi
6.22K subscribers
17.9K photos
2.64K videos
670 files
16.7K links
"Ko‘kaldosh" o‘rta maxsus islom bilim yurti telegram kanali

Rasmiy sayt va sahifalar:
🌐 taplink.cc/kukaldoshuz

Murojaat uchun:
📨 @kukaldoshuzbot
Dushanba-shanba. 9.00-16.00 gacha

📍 Manzil: Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi, 46-uy
Download Telegram
#Zakot_farz.

- Bismillahir rohmanir rohiym.

- Zakotni Islomning uchinchi rukni etib, u orqali boylarga moliyaviy ibodatni ado etish va kambag'allarga moddiy yordam olish imkonini yaratib bergan buyuk Robbimiz Alloh taologa beadad hamdu sanolar bo'lsin!
-
Zakot haqida ilohiy ta'limotlarni ummatiga anglatib, uni tadbiq qilish yo'llarini ko'rsatib bergan habib Payg'ambarimiz Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallamga eng pok salovatu durudlar bo'lsin!
-
Zakot xaqidagi ahkomlarni va ularni to'g'ri tadbiq qilishni ummatning kelajak avlodlariga etkazgan Payg'ambarimizning ahli baytlariyu sahobalariga Alloh taoloning roziligi bo'lsin!
-
Zakot haqidagi oyat va hadislarni tatbiq qilishning oson yo'llarini bizga o'rgatib ketgan mujtahid ulamolarimizga Alloh taoloning mag'firati va raxmati bo'lsin!
- Islom dining besh ruknidan uchinchisi bo'lmish
zakot ibodati haqida kerakli ma'lumotlarni o'qib-o'rganish va bilish, ularga amal qilish xar bir musulmon uchun ham farz , ham qarzdir.
- Shuning uchun
zakot haqidagi bilimlarni keng tarqatishga hamisha ehtiyoj bo'lgan va bu borada juda ko'p kitoblar ta'lif qilingan.

(Mo'minning najoti kitobidan)



➡️@Vaqfuzguruhi ➡️@Vaqfuz
#Zakot_farz

-Qur'oni Karimda Zakot haqida!

- Qur'oni Karimda zakotning farzligi va uning fazilatlari haqida bir necha oyati karimalar nozil bo'lgan. Alloh taolo:
"Namozni to'kis ado etinglar,
zakot beringlar va Rasulga itoat qilinglar. Shoyadki, rahm qilinsangiz", degan (Nur surasi 56-oyat).
- Demak,
zakot ham namoz kabi farz ibodatdir.
- Nabiy sollallohu alayhi vasallamga itoat qilish xaqidagi amr qanday kuchga ega bo'lsa,
zakot berish haqidagi amr ham shunday kuchga egadir.
- Namoz o'qishda, Nabiy sollallohu alayhi vasallamga itoat qilishda kamchilikka yo'l qo'ygan odam osiy bo'lganidek, zakotni ado etishda kamchilikka yo'l qo'ygan odam ham osiy bo'ladi.
- Namozni ado etib, Nabiy sollallohu alayhi vasallamga itoatda bo'lgan kishi chin musulmonlik amallarini ado etgan hisoblanganidek, zakotni ado etgan odam ham chin musulmonlik amalini ado etgan hisoblanadi.
- Namozni ado etgan, Nabiy sollallohu alayhi vasallamga itoat etgan odam odam jannatga erishganidek, zakotni ado etgan odam ham jannatga erishadi.

(Mo'minning najoti kitobidan).


➡️@Vaqfuzguruhi ➡️@Vaqfuz