Ko'kaldosh madrasasi
6.57K subscribers
18.1K photos
2.68K videos
670 files
16.8K links
"Ko‘kaldosh" o‘rta maxsus islom bilim yurti telegram kanali

Rasmiy sayt va sahifalar:
🌐 taplink.cc/kukaldoshuz

Murojaat uchun:
📨 @kukaldoshuzbot
Dushanba-shanba. 9.00-16.00 gacha

📍 Manzil: Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi, 46-uy
Download Telegram
Forwarded from ‎ AHNAFUZ | HANAFIYLAR
#Raddiya
#Hadis_sharhi
Joriya hadisi

Nabiyimiz sollallohu alayhi va sallam bizga Alloh taolo makon, osmonlarni va Arshni yaratganini va makonsiz mavjud ekanini, osmonni O‘ziga maskan qilmasligini va Arshga o‘tirmasligini, ta’lim berdilar. Sayyidimiz Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Alloh uchun makon haqida biron bir kishidan so‘raganlaridan Alloh asrasin. Bu narsani u zotdan sodir bo‘lishligi mumkin emas. Balki nabiy sollallohu alayhi vasallam joriyadan uning Allohni ulug‘lashi haqida so‘radilar. Va Alloh qayerda, deb sening Alloh haqida e’tiqoding qanday degan savolni berdilar. Shunda joriya osmonda, ya’ni, Uning martabasi oliy, deb javob berdi. Bu buyuk islom ulamolari unda bo‘lgan yo‘ldir.
Shulardan birlari Imom Navaviy rohimahulloh, u zot o‘zlarining Sahihi Muslimga qilgan sharhlarida: “Nabiy sollallohu alayhi va sallamning joriya haqidagi hadislarini Alloh taoloning sifatlari haqida ekanini va bu mavzu “Imon kitobi”da bir necha marotaba zikr qilinganligi va unda ikki mazhab mavjudligini aytib o‘tganlar:
1- Birinchi mazhab: Alloh taolo biron bir narsaga o‘hshamasligi va maxluqotlarning sifatlaridan munazzah (pok) ekaniga e’tiqod qilib, hadisning ma’nosiga chuqur kirmaslik bilan birga unga imon keltirish.

2- Ikkinchi mazhab: Alloh taologa loyiq tarzda uni ta’vil qilishdir. Bu mazhab sohiblarining so‘zlari quyidagicha: “Joriyaga bunday savol berishdan murod Allohni yagona ekanligiga e’tiqodini hamda Alloh taolo Xoliq (Yaratuvchi), Mudabbir (barcha maxluqotlarning ishlarini oldindan tadbir qilib turuvchi), barcha ishlarni amalga oshiruvchi yagona Zot ekanligini iqror qiluvchimi yo‘qmi imtihon qilish bo‘lgan. Duo qiluvchi agar Alloh taologa duo qilsa xuddi namozxon Ka’baga yuzlangandek osmonga yuzlanadi. Chunki Alloh taolo Ka’bada bo‘lmaganidek osmonga chegaralanib qolmagan va Ka’batulloh namozxonlarning qiblasi bo‘lgani kabi osmon duo qiluvchilarning qiblasi hisoblanadi.”

Rustam Oxunjonov tarjimasi
📢 Do‘stlaringizga ham ulashing:
🌐 t.iss.one/AHNAFUZ

Ijtimoiy tarmoqlarda ham bizni kuzatishingiz mumkin!
https://taplink.cc/ahnafuz
Forwarded from ‎ AHNAFUZ | HANAFIYLAR
#Raddiya
#Hadis_sharhi
Joriya hadisi

Nabiyimiz sollallohu alayhi va sallam bizga Alloh taolo makon, osmonlarni va Arshni yaratganini va makonsiz mavjud ekanini, osmonni O‘ziga maskan qilmasligini va Arshga o‘tirmasligini, ta’lim berdilar. Sayyidimiz Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Alloh uchun makon haqida biron bir kishidan so‘raganlaridan Alloh asrasin. Bu narsani u zotdan sodir bo‘lishligi mumkin emas. Balki nabiy sollallohu alayhi vasallam joriyadan uning Allohni ulug‘lashi haqida so‘radilar. Va Alloh qayerda, deb sening Alloh haqida e’tiqoding qanday degan savolni berdilar. Shunda joriya osmonda, ya’ni, Uning martabasi oliy, deb javob berdi. Bu buyuk islom ulamolari unda bo‘lgan yo‘ldir.
Shulardan birlari Imom Navaviy rohimahulloh, u zot o‘zlarining Sahihi Muslimga qilgan sharhlarida: “Nabiy sollallohu alayhi va sallamning joriya haqidagi hadislarini Alloh taoloning sifatlari haqida ekanini va bu mavzu “Imon kitobi”da bir necha marotaba zikr qilinganligi va unda ikki mazhab mavjudligini aytib o‘tganlar:
1- Birinchi mazhab: Alloh taolo biron bir narsaga o‘хshamasligi va maxluqotlarning sifatlaridan munazzah (pok) ekaniga e’tiqod qilib, hadisning ma’nosiga chuqur kirmaslik bilan birga unga imon keltirish.