Ko'kaldosh madrasasi
6.54K subscribers
18.1K photos
2.71K videos
670 files
16.9K links
"Ko‘kaldosh" o‘rta maxsus islom bilim yurti telegram kanali

Rasmiy sayt va sahifalar:
🌐 taplink.cc/kukaldoshuz

Murojaat uchun:
📨 @kukaldoshuzbot
Dushanba-shanba. 9.00-16.00 gacha

📍 Manzil: Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi, 46-uy
Download Telegram
#maqolalar #gazeta

HAMJIHATLIK, BAGʻRIKЕNGLIK VA SHUKRONALIK AYYOMI

Bismillahir Rohmanir Rohim.

Butun islom olami, xususan, yurtimizga hamjihatlik, bagʻrikenglik, xayr-saxovat, shukronalik va quvonch ayyomi — Qurbon hayiti kirib kelmoqda. Haq taolo islom dini ila bandalarini siylab, mukarram etar ekan, ular uchun eng ulugʻ boʻlgan kunlarni bayram qilib berdi. Moʻtabar manbalarda ushbu saodatli onlarda xursandchilik qilish haqida koʻp tavsiyalar kelgan. Imom Abu Dovud rivoyat qilgan hadisi sharifda Hazrati Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam: “Qurbonlik kunini bayram qilishga amr qilindim. Uni Alloh bu ummat uchun xos bayram qilib berdi”, dedilar.

Prezidentimizning 2023 yil 19 iyundagi qaroriga muvofiq mamlakatimizda ushbu shukuhli bayramni koʻtarinki ruhda nishonlash uchun qator chora-tadbirlar koʻrildi. Mutasaddi tashkilotlar tomonidan Qurbon hayitini xalqimizning milliy anʼana va qadriyatlariga mos ravishda, tinch-osoyishta oʻtkazish uchun koʻplab ishlar qilindi. Bayram kunlarida moʻtabar ziyoratgohlar, tarixiy qadamjolarga ziyoratlarni tashkil etish maqsadida qulay sharoit va imkoniyatlar yaratildi...

Batafsil: https://kukaldosh.uz/27/06/2023/11035

🌐 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Kukaldosh.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM