QDPI rasmiy sahifasi
5.23K subscribers
19.1K photos
1.99K videos
233 files
10.5K links
Muqimiy nomidagi Qoʻqon davlat pedagogika institutining rasmiy kanali.

Matbuot kotibi bilan bog‘lanish:
Tel: +998900561283
Telegram: @liberalissimus1001
Download Telegram
Forwarded from Manaviyat.edu.uz
#tanlov

⚡️Hurmatli doktorant, magistr hamda ilmga chanqoq talabalar, 1-oktabr – “Ustoz va murabbiylar” kuni bayrami munosabati bilan OAK roʻyxatidagi "Ilmiy tadqiqot va innovatsiya" ilmiy jurnal tahririyati onlayn tanlovini e'lon qiladi.

🔸Kanalımız orqali e'lon qilinadigan 30 ta onlayn test savollariga javob berasiz va g'oliblikni qo'lga kiritasiz. Jumladan, birinchi savollarga eng tez, eng ko'p javob bergan 3 kishining maqolasi jurnalda bepul nashr etiladi.

🔸Test savollari 26-sentabr kuni soat 20:00 da kanalımızda e'lon qilinadi.

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Forwarded from Manaviyat.edu.uz
#tanlov

⚡️Hurmatli doktorant, magistr hamda ilmga chanqoq talabalar, 1-oktabr – “Ustoz va murabbiylar” kuni bayrami munosabati bilan OAK roʻyxatidagi "Ilmiy tadqiqot va innovatsiya" ilmiy jurnal tahririyati tomonidan onlayn tanlovi boshlandi.

⚡️havolaga kiring

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Forwarded from Manaviyat.edu.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tanlov

⚡️Respublika oliy ta’lim muassasalarida nogironligi bo’lgan talabalari o’rtasida “Eng yaxshi talaba” tanlovi o'tkaziladi.

📃Batafsil ma'lumot

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Forwarded from Kokand State Pedagogical Institute (official)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tanlov #QDPI

“Yashil makon” tanlovi g‘oliblari bilan tanishing!

🏛Xabaringiz bor, joriy yilning sentyabr oyida Qo‘qon davlat pedagogika instituti barcha fakultet talabalari o‘rtasida "Yashil makon" tanlovini e’lon qilingan edi.

Gʻoliblar bilan tanishing:

Mohinabonu Madiyeva
– Tabiiy fanlar fakulteti;
Azizaxon Arabova – Fizika-matematika fakuteti;
Nozanin Ikromova – Rus tili va adabiyoti fakulteti;
Sardor Qurbonov – Boshlang‘ich ta’lim fakulteti;
Komiljon Shahobiddinov – Xorijiy tillar fakulteti;
Shahzoda Abduqahhorova – O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti;
Asadbek Tillaboyev – Milliy hunarmandchilik va amaliy san’at fakulteti;
Sharifjon Abdug‘aniyev – Tarix fakulteti;
Ismoiljon Ne’matov – Maktabgacha ta’lim fakulteti;
Shaxnozaxon Abdulazizova – Pedagogika va psixologiya fakulteti;
Muhammadjon Ahmedov – Jismoniy madaniyat fakulteti.

Yuqorida nomlari zikr etilgan tanlov g‘oliblarini Mo‘ynoq tumaniga ekosayohat yo‘llanmasini qo‘lga kiritgani bilan tabriklaymiz.

Web|Telegram|Facebook|Insta|You Tube
🙏#QDPI #tanlov

🌦Kuz – mamlakatimizdagi eng manzarali yil fasli. Tabiat yorqin va to‘q ranglarga burkanadi. Ayni faslda Milliy hunarmandchilik va amaliy san’at fakultetida talabalar o‘rtasida "Fakultetimda kuz" tanlovi e’lon qilindi.

🖌Tanlov davomida Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi yo‘nalishining iqtidorli talabalari kuz manzaralarining betakror ranglarini aks ettirishga astoydil bel bog‘ladilar.

👑Nihoyat, hakamlar hay’ati tomonidan g‘olib nomi maʼlum qilindi. Yakunda Gulmira Xoliqova chizgan rasm tanlov g‘olibi deb topildi.

Bugun Gulmira Xoliqova fakultet dekani B. Umrzaqov tomonidan esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

➡️Milliy hunarmandchilik va amaliy san’at fakultetida kuz manzaralari bu yerda.

•┄┄┄┄┄┄┄༻❅༺┄┄┄┄┄┄┄•
👍👍👍👍👍🌍kspi.uz Telegram

💬Facebook 📸Instagram 📹You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
#Tanlov

Shaxmat bo‘yicha “Eng yaxshi o‘quv-metodik qo‘llanma” tanloviga hujjatlar qabuli davom etmoqda

📖 Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi oliy ta’lim muassasalari pedagog xodimlari o‘rtasida shaxmat bo‘yicha “Eng yaxshi o‘quv-metodik qo‘llanma” tanlovida ishtirok etishga taklif etadi.

📚 Tanlovning umumiy talablari va unda ishtirok etish bo‘yicha shartlar bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin 👉 Batafsil ko‘rish

🔚 Ishtirok etish uchun tayyorlangan takliflar joriy yilning 18-dekabr kuniga qadar Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish markaziga adabiyot.edu.uz elektron platformasi orqali taqdim etiladi.

☎️ Qoʻshimcha maʼlumot uchun: 71-207-03-43 (108)

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#e’lon
#tanlov

⚡️Talabalar va o‘quvchilar diqqatiga!

“MIRZO ULUGʻBEK VORISLARI” tanlovida qatnashing va o‘z iste’dodingizni ro‘yobga chiqaring!

🗣Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda tegishli vazirlik va idoralar hamkorligida yurtimizdagi iqtidorli yoshlarni kashf qilish maqsadida “MIRZO ULUGʻBEK VORISLARI” respublika tanlovi e’lon qilinadi.

Tanlov 16-25 yoshgacha bo‘lgan talaba-o‘quvchi yoshlar o‘rtasida 3 bosqichda tashkil etilib, har bir bosqich g‘oliblari tegishli miqdorda bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar.

Tanlovda ishtirok etishni istagan yoshlar mazkur sayt yoki telegram-bot (@vorislar_tanlovi_bot) orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

☎️ Qo‘shimcha ma’lumotlar:
+998 97 411 93 54 | +99890 806 63 60

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
#Eʼlon
#Tanlov

⚡️Ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar bo‘yicha “Eng yaxshi darslik” tanlovi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi oliy ta’lim muassasalari pedagog xodimlari o‘rtasida ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar bo‘yicha “Eng yaxshi darslik” tanlovida ishtirok etishga taklif etadi.

Tanlov o‘tkaziladigan fanlar ro‘yxati ushbu havolada keltirilgan.

Tanlovning umumiy talablari va unda ishtirok etish bo‘yicha shartlar bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin 👉 Batafsil ko‘rish

Tanlovda yuqorida keltirilgan fanlar bo‘yicha tayyorlangan darsliklar talab etilgan hujjatlar birgalikda yig‘ma jildli papkada joriy yilning 10-avgust kuniga qadar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markaziga taqdim etiladi.

☎️ Qoʻshimcha maʼlumot uchun: 71-207-03-43 (108)

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
#tanlov #ixtirochilik #ratsionalizatorlik

“Ixtirochilik va ratsionalizatorlik” tanlovida ishtirok eting!

Siz ixtirochimisiz? Yoki sizda jamiyatga foyda keltira oladigan ratsionalizatorlik taklifi bormi?

Unda sizni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Innovatsiyalar Milliy ofisi tomonidan tashkil etilgan “Ixtirochilik va ratsionalizatorlik” tanlovida qatnashishga taklif etamiz.

Loyihalar quyidagi mezonlarga ko‘ra saralab olinadi:
✔️ energiya va resurslarni tejash, zamonaviy texnologiyalar va yangi materiallar yaratishga doirligi;
✔️ atrof-muhitni himoyalash bo‘yicha muammolarni hal qilishga qaratilganligi;
✔️ ijtimoiy ahamiyati va jamiyatga keltira oladigan foydasi;
✔️ foydalanishga tayyorligi;
✔️ eksportga mo‘ljallanganligi va import o‘rnini bosishi.

Tanlovda qatnashish uchun ishtirokchilarga qo‘yiladigan talablar:
✔️16 yoshdan 40 yoshgacha bo‘lishi;
✔️O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi;
✔️aniq bir ixtiro, foydali model va ratsionalizatorlik taklifiga ega bo‘lishi;
✔️tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan loyihaning prototipi mavjud bo‘lishi kerak.

Tanlovning 1-, 2- va 3-o‘rin sohiblari tegishlicha BHMning 300, 250 va 200 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti va sertifikat bilan taqdirlanadi.

Arizalar joriy yilning 6-oktabriga qadar qabul qilinadi.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola:👉 https://t.iss.one/IR_Registratsiya_Bot

Murojaat uchun tel.: +998 97 333 93 43

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Forwarded from Edu.uz
#tanlov #ixtirochilik #ratsionalizatorlik

“Ixtirochilik va ratsionalizatorlik” tanlovida ishtirok eting!

Siz ixtirochimisiz? Yoki sizda jamiyatga foyda keltira oladigan ratsionalizatorlik taklifi bormi?

Unda sizni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Innovatsiyalar Milliy ofisi tomonidan tashkil etilgan “Ixtirochilik va ratsionalizatorlik” tanlovida qatnashishga taklif etamiz.

Loyihalar quyidagi mezonlarga ko‘ra saralab olinadi:
✔️ energiya va resurslarni tejash, zamonaviy texnologiyalar va yangi materiallar yaratishga doirligi;
✔️ atrof-muhitni himoyalash bo‘yicha muammolarni hal qilishga qaratilganligi;
✔️ ijtimoiy ahamiyati va jamiyatga keltira oladigan foydasi;
✔️ foydalanishga tayyorligi;
✔️ eksportga mo‘ljallanganligi va import o‘rnini bosishi.

Tanlovda qatnashish uchun ishtirokchilarga qo‘yiladigan talablar:
✔️16 yoshdan 40 yoshgacha bo‘lishi;
✔️O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi;
✔️aniq bir ixtiro, foydali model va ratsionalizatorlik taklifiga ega bo‘lishi;
✔️tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan loyihaning prototipi mavjud bo‘lishi kerak.

Tanlovning 1-, 2- va 3-o‘rin sohiblari tegishlicha BHMning 300, 250 va 200 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti va sertifikat bilan taqdirlanadi.

Arizalar joriy yilning 6-oktabriga qadar qabul qilinadi.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola:👉 https://t.iss.one/IR_Registratsiya_Bot

Murojaat uchun tel.: +998 97 333 93 43

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Forwarded from Edu.uz
#e’lon #tanlov

⚡️⚡️“O‘zbekistonda oliy ta’lim” jurnali maqolalar tanlovini e’lon qiladi!

Eng yaxshi deb topilgan maqola mualliflariga tashkilotchilar tomonidan pul mukofoti va g‘oliblik sertifikati taqdim etiladi.

Tanlov mukofot jamg‘armasi 10 million so‘m:
1-o‘rin
— 5 000 000 (besh million) so‘m;
2-o‘rin — 3 000 000 (uch million) so‘m;
3-o‘rin — 2 000 000 (ikki million) so‘m.

⚠️ Maqolalar telegram messenjeridagi @EduJournalBot orqali 2023-yilning 20-noyabriga qadar qabul qilinadi.

📡 Tanlov jarayoni va natijalari haqidagi ma’lumotlar Markazning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari (www.edujournal.uz, www.devedu.uz)da e’lon qilib boriladi.

➡️ Maqolalarga qo‘yiladigan umumiy talablar bilan jurnal saytida batafsil tanishing ⬅️

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tanlov
#stipendiya

⚡️ “El-yurt umidi” jamg‘armasi granti uchun 2-stipendiya tanlovi boshlandi

Stipendiya tanloviga nomzodlar hujjatlarini 10-oktabrdan 10-noyabrgacha https://admission.eyuf.uz/ platformasi orqali onlayn yuborishlari mumkin.

2-tanlovda xorijiy davlatlar nufuzli universitetlari va ilmiy markazlarida ta’lim olish uchun 345 ta:

✔️ bakalavriat ta’lim dasturi uchun 22 ta;
✔️ magistratura ta’lim dasturi uchun 193 ta;
✔️ doktorantura ta’lim dasturi uchun 130 ta o‘rin ajratiladi.

❗️ Eslatma: nomzodlar tomonidan tizimga yuklanadigan xorijiy ta’lim muassasasiga o‘qishga qabul qilinganligi yoki shartli qabul qilinganligi to‘g‘risidagi taklifnoma-xat (Lyettyer of accyeptancye yoki Lyettyer of conditional accyeptancye) yoki ma’lumotnomalarda ta’lim olishni boshlash davri va ta’lim oladigan mutaxassislik nomi aniq ko‘rsatilishi lozim.

Qo‘shimcha savollarga quyidagi manzillar orqali javob olish mumkin:
Telefon:
71 203 14 41, 71 203 00 47, 71 203 00 48, 71 203 00 53
Telegram-bot: https://t.iss.one/EYUF_Admission_2023bot
E-pochta: [email protected]

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Forwarded from Edu.uz
#Tanlov_stipendiya

Ayni vaqtda Oliy taʼlim, fan va innovatsuyalar vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalariga talabgor magistrlar uchun tanlovning yakuniy suhbat bosqichi boʻlib oʻtmoqda.

Unda vazirning birinchi o‘rinbosari Komiljon Karimov boshchiligida tuzilgan yetakchi olim va mutaxassislardan iborat maxsus komissiya aʼzolari tomonidan talabgorlarning bilim hamda ko‘nikmasi sinovdan o‘tkazilmoqda.

Batafsil: https://edu.uz/uz/news/view/6244

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM