Onam yo‘qolgach...
Hayotda shunday haqiqatlar borki, ularni faqat kech bo‘lgach tushunamiz. Shin Kyung-sookning “Onamni asra” (“Please Look After Mom”) asari — onalik haqida sukutdagi nolalar, ichimizni titratadigan so‘zsiz faryoddir.
Biz ko‘p hollarda onamiz borligini o‘z-o‘zidan deb qabul qilamiz. Uning tinimsiz harakatlari, sukutdagi mehribonligi, yelkadek tayanchi — bular bizga oddiydek tuyuladi. Ammo u kutilmaganda yo‘qolsa, yuragimizdagi bo‘shliqni hech narsa to‘ldira olmaydi.
Ona — avval farzandini o‘ylaydigan yagona mavjudot. Uning tanlovi doimo biz uchun. O‘zini orqaga surib, bizni oldinga chiqaradigan yurak. Biz esa buni faqat orqaga qaraganimizda tushunamiz.
Hayot shunday g‘alati: o‘z vaqtida aytilmagan so‘zlar eng og‘ir armonlarga aylanadi. Yuzlab, minglab “rahmat”lar, “meni kechir”lar — endi jimlikka botgan uyning devorlariga urilib qaytadi, xolos.
Onaning borligi — hayotimizdagi iliqlik manbai. U bor paytda yomg‘ir ham issiqlik olib keladi. U ketganida esa tabiat ham g‘amgin tuyuladi.

“Onang yo‘qolgachgina sen uning borligini his qila boshlading...”
Biz ko‘p hollarda onamiz borligini o‘z-o‘zidan deb qabul qilamiz. Uning tinimsiz harakatlari, sukutdagi mehribonligi, yelkadek tayanchi — bular bizga oddiydek tuyuladi. Ammo u kutilmaganda yo‘qolsa, yuragimizdagi bo‘shliqni hech narsa to‘ldira olmaydi.
“U bir qoshiq guruchni olganida, avval bolalarning to‘la qozonini ko‘rishini xohlardi.”
Ona — avval farzandini o‘ylaydigan yagona mavjudot. Uning tanlovi doimo biz uchun. O‘zini orqaga surib, bizni oldinga chiqaradigan yurak. Biz esa buni faqat orqaga qaraganimizda tushunamiz.
“Sen undan so‘rashni istagan narsalarni hech qachon so‘ramading. Endi esa — u yo‘q bo‘lganida — har so‘zni aytmoqchi bo‘lasan.”
Hayot shunday g‘alati: o‘z vaqtida aytilmagan so‘zlar eng og‘ir armonlarga aylanadi. Yuzlab, minglab “rahmat”lar, “meni kechir”lar — endi jimlikka botgan uyning devorlariga urilib qaytadi, xolos.
“Har safar yomg‘ir yog‘sa, sen onangning uydan issiq ko‘rpa olib kelishini kutarding. Endi esa yomg‘ir — faqat yomg‘ir.”
Onaning borligi — hayotimizdagi iliqlik manbai. U bor paytda yomg‘ir ham issiqlik olib keladi. U ketganida esa tabiat ham g‘amgin tuyuladi.
Bu iqtiboslar — roman emas, hayotning o‘zidan kesib olingan og‘riqli parchalar. Har bir satr yuragingizda bir alamli tirqish ochadi. Agar onangiz hali hayotingizda bo‘lsa — unga qarang. Oddiy emas, chin yurakdan. Ayting — “Rahmat, ona.” So‘zingiz kech qolmasin.
❤2
Эҳсоннинг миқдори билинса-да, ризқнинг миқдори номаълум. Барака айни мана шудир...
Садақани бугун улашинг, чунки эртага кийила-диган кафаннинг садақа солиб кетадиган чўнтаги йўқ!

Қачон бир дунёвий дард сизни изтиробга солса, Раббингизга юзланиб: "Менинг буюк дардим бор!" деманг, аксинча, дардингизга қараб: “Менинг буюк Раббим бор!" денг.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Қўлсиз, оёқсиз бир инсонни тасаввур қила ола-ман. Лекин онгсиз одамни тасаввур қилолмайман".
Паскал
Паскал
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Тўғри йўлни топиш, яхшиликка эришиш, учун “Ё Аллоҳ” деймиз.
Шайтондан қочиб, Аллоҳдан паноҳ истаганда "Аъузу биллаҳ” деймиз.
Ҳар ишни "Бисмиллаҳ” дея Унинг номи билан бошлаймиз.
Неъматга муносиб кўрса, шукр қиламиз. Берга-нида ҳам, олганида ҳам “Алҳамдулиллаҳ” деймиз.
Ҳайратланганимизда, “Машааллоҳ” деймиз.
Пушаймон бўлганимизда, "Астағфируллоҳ” деймиз.
Севинганимизда, “Аллоҳу акбар" деймиз.
Хафа бўлганимизда, "Инна лиллаҳ..." деймиз.
Юрагимиз сиқилганида “Субҳаналлоҳ" деймиз.
Ғалаба қилганимизда “Насрумминаллоҳ” деймиз.
Ризқ топганимизда, "Ар-ризқу лиллаҳ” деймиз.
Орзу қилганимизда, "Иншааллоҳ” деймиз.
Бир ишни бажарганимизда, “Биизниллаҳ” деймиз.
Машаққат олдида “Ла ҳавла ва ла қуввата илла биллаҳ” деймиз.
Ваъда берганимизда, "Валлоҳи ва биллаҳ” деймиз.

Кимки билганига амал қилса, Аллоҳ унга билмаганини билдиради...