O‘zbekistonlik ikki yigit yana bir bor mintaqada kuchli muhandislar yetarli ekanini esga soldi.
👏 Nazarbek Boltaboyev (frontend) va Akobir Abdug‘aniyev (backend) Yandex Cup 2025 finaliga chiqishdi va Istanbulda O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi. Finalda 21 mamlakatdan eng kuchli dasturchilar to‘planadi. Bu formatda “talant” emas, balki tezkor fikrlash, tajriba va bosim ostida konsentratsiya ahamiyatli.
🧑💻 Yigitlar tasodifiy qahramon emas. Nazarbek olimpiadalar va Pythondan to yirik musobaqalargacha bosqichma-bosqich kelgan, Codeforces va Coderunda yillar davomida uzluksiz mashg‘ulot qiladi. Akobir esa bank sohasidagi high-load tizimlar muhandisi, ITga birinchi noutbuki bilan kirib kelgan va hozirda ishni AI/AR startapi bilan uyg‘unlashtirmoqda.
💪 Shunday tarixlar ko‘paysa yaxshi bo‘lardi — raqobat bo‘lgan, jamoa va muhit shakllangan tizimda.
🙏 Finalchilarga omad!

1👍79🔥19❤14
Muhammadjavohir aka bilan test sifatida "Tech gurung" qilib ko'rdik. Bu o'zi video olish qo'limizdan keladimi yo'qmi va offline interviewlar o'tkaza olamizmi degan savolga javob berish uchun edi. Menimcha uddasidan chiqdik, montajini ham eplagancha qildik. Shuning uchun, vaqt bo'lganda backgroundda yoqib qo'yib, eshitsa ham bo'ladi. Asosiysi YouTube kanalga obuna bo'lib, like va commentlarni ayamasangiz bo'ldi, shundagina bu formatda videolar davom etadi.
P.S. O'zingizni kanallaringizda ulashib qo'ysangiz yanayam xursand bo'lamiz. Sharing is caring 😉
@khumoyun_codes
https://youtu.be/D2oeAb3zot0

YouTube
NoCode dasturlashni o'rnini bosa olmadimi? Muhammadjavohir Sur'atov | Tech Gurung. PILOT
"Tech Gurung" seriyasining Pilot soniga xush kelibsiz! Bu galgi mehmonimiz – tajribali mutaxassis Muhammadjavohir Sur'atov. Suhbatimiz Muhammadjavohir akaning hozirgi hayoti, professional karyerasi, AppSheet va NoCode texnologiyalariga oid fikrlari haqida…
1🏆18🔥7⚡3❤2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Saidolim aka bilan ham interviewni tugatib oldik, qiziqmi?
200 olov🔥 yig'sak shu hafta chiqadi, bo'lmasa keyingisida 🙃
P.S. Boshqa qiziq postlarni qo'shimcha kanalda kuzating 👉 @khumoyun_writes
@khumoyun_codes
200 olov

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🔥215❤4👍4😁2😡1
Xullas kalom, SkillUp ni bir oz yangiladik, asosiy yangiligimiz hamjamiyat bo'ldi, kurslar, postlar, videolar kabi "exclusive" contentlarni ulashib borish uchun. Maqsadlar, yo'nalishlar o'zgardi, kurs sotuvlari bilan cheklanib qolmasdan, mualliflar uchun qulayliklar yaratib, ularni o'zlarini qadrli kontentlarini ashaddiy muxlislariga ulashishni osonlashtirishga harakat qildik.
Ammo hozircha, men bilan Jahongir akani hamjamiyatlari bor holos, asta sekinlik barcha hohlovchilar uchun platformaga kontent yuklashni ochamiz, hozir buni ustida ishlamoqdamiz. Agar siz ham muallif sifatida shortlistga yozilmoqchi bo'lsangiz [email protected] emailiga yozib qoldirishingiz mumkin. Keyinchalik bularning barchasi bir platformada bo'ladi.
Tug'ilgan kunim munosabati bilan (ha shunday eslatib ketmasam bo'lmasdi 😁), meni hamjamiyatim ham bugunchalik tekin, ertadan pullik qilib qo'yaman. Ulgurib qoling 🏃♂️ Hozirchalik faqatgina bitta post, keyinchalik ko'paytiramiz.
Hamjamiyatga link:
su.uz/communities/khumoyun-inoyatov
P.S. Sezgan bo'lsangiz domain nomini qisqasini ham tayyor qildik, chunki rejalar katta, stay tuned.
P.S. SkillUp bo'yicha yangiliklarni @skillup_channel kanalida yozishga qaytamiz

www.skillup.uz
Khumoyun Inoyatov
Salom do'stlar 👋🏻 Men hozirda EPAM Systems kompaniyasida Senior Software Engineer lavozimida faoliyat yuritaman. Uzoq bo'lmagan 7 yillik dasturlash va mentoring bo'yicha tajribamga asoslangan, maqola va kurslarni ushbu hamjamiyatda sizlar bilan ulashib boraman.…
👍9❤2🔥2
28
Kecha 28 ga ham kirib oldik, Hudoga shukur, Alloh barchamizni umrimizni barokatli qilsin. 27ga kirganimda bir sovuq hamkasbim, "27 club" ga qo'shilmagin degandi, kallavaram 🤦♂️. Lekin Alhamdulillah sog'-salomatmiz, shu sabab 28 ga to'lganimga 29-maslahatni bersam.
29. Kelajakda bizness qilaman, o'z ishimni boshlayman degan inson bo'lsangiz, vaqtliroq harakat qilishni boshlang, 18 da, 20 da, farqi yo'q, qancha vaqtli bo'lsa shuncha yaxshi. Qanchalik vaqtli boshlashasangiz, shunchalik vaqtli muvaffaqiyatga erishasiz, tezroq xato qilasiz, bu xatolar sabab shunchalik vaqtliroq nima va qanday qilish kerakligini tushunasiz. 20 da boshlasangiz balki, 28 erisharsiz, 28 da boshlasangiz 36 da. Xato qilishdan qo'rqmang, xatolar orqali bizni xarakterimiz, tabiyatimiz va irodamiz shakllanadi. Hoziroq boshlang!
Birinchi 20ta maslahat:
https://t.iss.one/khumoyun_codes/329
Keyingi 6ta maslahat:
https://t.iss.one/khumoyun_codes/498
Keyingi 2ta maslahat:
https://t.iss.one/khumoyun_codes/784
Bu yil siz nimani o'rgandingiz? Qanday maslahat bera olasiz? Izohlarda yozib qoldiring👇

Bu yil siz nimani o'rgandingiz? Qanday maslahat bera olasiz? Izohlarda yozib qoldiring
@khumoyun_codes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Telegram
Khumoyun Codes
25
Kecha mana 25-yoshni ham qarshi oldik (Chorak asr 🥲). Shu sababli 15-25 yoshliklarga o’zimni kichik tajribamdan kelib chiqib quyidagi maslahat va fikrlar haqida o’ylab ko’rishni tavsiya qilaman.
1. Iymoningizni but qiling, ibodatda bo’lishni o’rganing.…

1❤14🎉8👍4😢3⚡2🔥1🤩1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Va’da qilingan suhbatimizga trailer 🎞️🎙️
200 🔥 yig’ishga yig’dikku lekin texnik muammo bo’lshini hisobga olmagan ekanmiz, umumiy plan olgan kameramizda ovoz yozilmagan va o’chib qolavergan. Shunga sync qilishda muammo bor. Tog’rlab chiqib bo’ldik deyarli, o’xshasa bugun o’xshamasa ertaga chiqadi.

🔥71❤6💯4👍1
📣 Suhbat yuklandi 📣
Saidolimaka bilan bo'lgan suhbatimiz YouTube ga yuklandi. Suhbat davomida juda ham ko'p qiziqarli va foydali ma'lumotlar berildi. Asosiy "Dasturchi butun umr kod yozadimi?" savolimizga ham javob oldik. Tushlikdan keyin backgroundda eshtishlik chiqipti o'ziyam. Albatta tomosha qiling 😊
Qo'llab quvvatlash uchun, kanalga obuna, videoni ulashib, izoh qoldirish va like bosishingizni iltimos qilamiz.
P.S. Keyingi suhbatlarda kimni ko'rishni hohlashingizni post izohlariga yozib qoldiring 👇
@khumoyun_codes
https://youtu.be/VnWxsQYw7vg

Dasturchi butun umr kod yozadimi? Saidolim Djuraev | Tech Gurung
Salom dasturchilar 👋🏻 Ushbu podcast/interviewimizda "Dasturchi butun umr kod yozadimi?" mavzusida Moneff kompaniyasida IT Manager Saidolim Djuraev suhbatlashdik. Suhbat bo'yicha fikr mulohazalaringizni izohlarda yozib qoldiring va obuna bo'ling.
3🔥18❤6👍2
Hozir HAAD kanalida juda yaxshi yangilikni o'qib qoldim, pentesterlar orasida juda mashhur platformalardan biri "Hack The Box"ga HAAD o'quvchilariga maxsus 50% lik "talabalar chegirmasi" berilarkan. 2 oycha oldin Saud aka bilan shu narsa haqida gaplashgandik, qilish kerak deb, mana uddasidan chiqishbdi, qoyil qoldim 👏 Bu oldin universitet talabalari uchun bor edi, endi markaz o'quvchilari uchun ham bor.
INHAda o'qiyotgan paytimizda ham, INHA talabalari uchun juda ko'p platformalarda chegirmalar bor edi, JetBrainsni barcha IDElarini tekinga olardik, GitHub ham PRO edi. Ba'zi universitetlar hali ham bunday imkoniyatlarni talabalarga berishga shoshilmaydi, iloji boricha bunday chegirmalarni talabalarga berish kerak, balki bu chegirmalar ortidan ertaga kuchli mutaxasislar, startupchi biznesmanlarni soni yana ko'payar.
P.S. Reklama emas :)

Haad Training Center
🔥 Hack The Box'da talaba obunasi olish – endi oson!
💸 Atigi $8 evaziga premium modullar va lablarga kirish.
📖 Oliygoh talabasi bo'lmasangiz ham – Haad TC yordam beradi!
🚨 9:00 & 15:00 & 19:00 vaqtlari uchun offlayn kurslarimizga qabul ochiq!
👍 Batafsil:…

👍11❤5🔥1
Juda ajoyib texnologiya haqidagi yangilikga ko'zim tushdi. Californiyadagi universitetlarning birida, taktil displey deb nomlanayotgan relyefli displey ustida ishlashoytgan ekan, videodagi prototiplarni ko'rsangiz ular hali hom, lekin bir kun kelib bu texnologiya keng ommaga taqdim etilib, kundalik qurilmalarimizda ishlatilsa UI/UX yangi davri boshlansa kerak. Agar tog'ri qo'llanilsa, ko'zi ojiz odamlar ham qurilmalardan nafaqat "voiceover" orqali, balki ushbu texnologiya yordamida osonlikcha foydalanishi mumkindir.
Eng yaxshi ishlatilinishi mumkin bo'lgan sohlardan biri bu albatta avtomobil sanoatida, oxirgi paytda urfga kirgan faqat ekranlar bilan jihozlanib, jismoniy knopkalardan voz kechilayotgan bir paytda bu ayni zo'r yechim bo'larmidi.
Frontendchi sifatida bizda nima o'zgaradi desak, tactile screen bilan ishlagani yangi APImiz bo'ladi va biz nafaqat tugmacha ranglarini balki balandligini ham o'zgartiramiz 😂️️️️️️
Nimalarda kerak bo'lshi mumkinligini o'zingiz o'ylab izohlarda qoldiring :)

💯8👍3❤2🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugalgi mehmonimizni taniydiganlar bormi? Balki ularni kurslarini ko'rgandirsiz?
200🔥 va suhbat hafta o'rtasida chiqadi, bo'lmasa yakshanbaga qoladi. OLOVlarni bosamiz 😅
Suhbatdoshimiz: Qudrat Abdurahimov a.k.a. Ustozlarning ustozi
@khumoyun_codes
200
@khumoyun_codes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥148👍2
O‘zbekistonlik dasturchilar Yandex Cup 2025 finalida g‘olib bo‘ldi
🏆 Istanbul shahrida bo‘lib o‘tgan Yandex Cup 2025 xalqaro chempionati finalida backend va frontend yo‘nalishlari bo‘yicha g‘oliblikni o‘zbekistonlik dasturchilar — Nazarbek Boltaboyev va Akobir Abdug’aniyev qo‘lga kiritdi.
🌐 Final bosqichida 21 davlatdan 196 nafar dasturchi ishtirok etdi, tanlovda qatnashish uchun esa jami 21 mingdan ortiq ariza topshirilgan.
🧑💻 Topshiriqlar real dasturiy ishlanmalarga maksimal darajada yaqin bo‘lib, servislar arxitekturasi, navbatlar (queues), algoritmlar, vaqt va yuklama bilan ishlash kabi masalalarni qamrab oldi. Format — 5 soat ichida 6 ta vazifa — nafaqat bilim, balki muhandislik fikrlashini ham sinovdan o‘tkazdi.
Bu natija tizimli mashq va real vazifalar xalqaro darajadagi muvaffaqiyatga olib kelishining yaqqol namunasidir.
👉 Batafsil ma’lumot va g‘oliblarning fikrlarini bu yerdan o‘qishingiz mumkin

👍33🔥13❤6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Ustozlarning ustozi” Qudrat aka bilan suhbatimizdan lavhalar 🎙️🎞️
Montaj ham tugay deb qoldi, lekin 200 🔥 dan darak yo’q 🤔
@khumoyun_codes
Montaj ham tugay deb qoldi, lekin 200 🔥 dan darak yo’q 🤔
@khumoyun_codes
1🔥159👏6❤5
Qudrat aka bilan bo'lgan suhbatimiz Youtube ga yuklandi. Ularning dasturlashga kirib kelishlari, hayotlari va boshqaruvga o'tishlari haqidagi qissa haqida gaplashdik. Dasturlash va o'qituvchilik tajribasi biznes bilan shug'illanishda ularga qanday ta'sir qilganini o'rgandik. Suhbat sizlarga foydali bo'ladi degan umiddamiz.
Qo'llab quvvatlash uchun, kanalga obuna, videoni ulashib, izoh qoldirish va like bosishingizni iltimos qilamiz.
P.S. Talablarga binoan bu safar suhbatga taym kodlarni ham qo'shdik, bu o'zingizga kerakli ma'lumotlarni eshitish yanada qulay bo'ladi degan niyatdamiz.
@khumoyun_codes
https://youtu.be/Ul29Gya4ga4

Nega dasturchi tadbirkor bo'lolmaydi? Qudrat Abdurahimov | TechGurung
Salom dasturchilar 👋🏻
Bugalgi mehmonimiz ustozlarning ustozi Qudrat Abdurahimov. Ularning dasturlashga kirib kelishlari, hayotlari va boshqaruvga o'tishlari haqidagi qissani birga eshitamiz. Suhbat bo'yicha fikr mulohazalaringizni izohlarda yozib qoldiring…

2🔥34💯4❤3
Khumoyun Codes
O‘zbekistonlik dasturchilar Yandex Cup 2025 finalida g‘olib bo‘ldi 🏆 Istanbul shahrida bo‘lib o‘tgan Yandex Cup 2025 xalqaro chempionati finalida backend va frontend yo‘nalishlari bo‘yicha g‘oliblikni o‘zbekistonlik dasturchilar — Nazarbek Boltaboyev va Akobir…
Yandex Cup 2025 yutgan do'stimiz Akobir Abdug'aniev ning kanallari bor ekan, ularni ham kuzatishni tavsiya qilaman. Balki bunaqa natijalarga erishishni sirlarini bizga ham ocharlar 😅
👇 👇 👇
@akobirabduganiev
@akobirabduganiev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10🎉2😁1
Forwarded from Dr. Algorithm
Dasturchining odatlari
Shu gapni eshitganmisiz? Bu gapni o‘zimizdan emas, chet davlatida turgan va dasturchi yollamoqchi bo‘lgan korxonalar aytadi. O‘ylab qarasam, rostdan ham bizda dasturchilar qimmatga aylanar ekan.
1. Daraja.
O‘quv kursini tamomlagan odam o‘zini Junior dasturchi deb biladi. 2-3 yil ishlagan dasturchi esa Middle bo‘ldim deydi. 5 yilda Senior bo‘lgan odamlarni ko‘p uchratasiz.
Albatta, yo‘q. Chunki u o‘zining ustida ishlamagan bo‘lsa, 10 yildan keyin ham Junior bo‘lib qolaveradi.
Sabablaridan biri o‘zini boshqa odamga qimmatroqqa sotish. Sizni sotish bilan shug‘ullanadigan korxonalar ham shuni maqsad qilgan. Sizni kichik darajada sotib olib, katta darajada sotsa, foyda ko‘proq bo‘ladi. Siz rostdan ham Juniordan Middlega chiqdingizmi, unisi keyingi masala bo‘lib qoladi.
2. Soft skill
Bilamiz-ki, dasturchining biror texnologiyani bilishi Hard skill deyiladi. Buni bizning o‘quv kurslarimiz sochib tashlashmoqda. Bitiruvchilar rostdan ham texnologiyalarni zo‘r bilib chiqishmoqda. Ammo...
1. Vazifaga mas’uliyat bilan yondashish.
2. Tushunmasa savol berish.
3. Majlis (call)ga vaqtida kirish.
4. Vazifaning holatini izohlarida yozish.
5. Xabarlarni shaxsiydan emas, guruhda yozish.
6. Hujjat yozish (documentation)
7. Email ishlatish.
8. O‘ron (parol)ni Password managerda saqlash. Qog‘ozda emas.
9. Vazifalarini qilib bo‘lgan bo‘lsa, backlogdan vazifa izlash.
bu ro‘yxatni hali ko‘p davom ettirsak bo‘ladi.
3. Jamoada ishlash.
Ko‘p dasturchilarimiz "yolg‘iz bo‘ri" holatidan chiqa olishmaydi. O‘rmonda bir o‘zi ov qilishda qolib ketishadi. Korxonalarda esa, hatto kichik korxona bo‘lsa ham, jamoada ishlay oladigan odam kerak.
Buni o‘rganish uchun bizda choyxonalar bo‘lar edi. Agar Abdulla Qodiriy davridagi choyxonani olsangiz, odamlar osh ustida yig‘ilganida kitob tahlil qilishgan, biror kishi muammosini hal qilish ustida bosh qotirishgan, mahallaga biror yordam kerak bo‘lsa, qanday tashkil qilishni gaplashishgan.
Bu madaniyatimizda bo‘lgan. Bu jamoa bo‘lishga va jamiyat shakllanishiga yordam bergan usul. Hozirgi nomlari:
- Networking
- Small talk
- Volunteering
- Donation
deb ataymiz.
Vaholanki aynan shu narsalar bor:
+ Tanishish (tanish bilish orttirish)
+ Holidan xabar olish
+ Hashar
+ Ehson
Bu narsalar mahallada, choyxonada o‘rganilgan. Hozir choyxonalarimiz ovqat yeyish va telefonda o‘yin o‘ynashdan iborat.
~~~
Bunga sababim bor. Chunki, agar darajamizni o‘zimiz tanlab olsak, intizom ustida ishlamasak va jamoada ishlashni o‘rganmagan bo‘lsak, bu chet el korxonasi uchun qimmatga tushadi degani.
Tasavvur qiling, man $3,000 ga dasturchi ishga olmoqchiman. Sharqiy yevropadan xodim olganim yaxshimi yoki O‘zbekistondan?
bu ro‘yxatning qaysi tomoni biznes egasi uchun foydali. Chap tomoni unumlimi, yoki o‘ng tomon?
Aynan shu kabi tahlillarni qilgan chet ellik korxonalar bizdan kamroq dasturchi olishmoqda.
Yechim
Biz unutib qo‘ygan amallarimizni tiklashimiz kerak. Hozir uyqudamiz.
+ Intizom - intizomni tiklashimiz kerak. Har bir kishi ishni o‘z vaqtida qilishni boshlashimiz kerak.
+ Mas’uliyat - yolg‘onni yo‘qotsak, va’dani ustidan chiqsak, buni ham eplaymiz.
+ Jamoa - biz jamoa bo‘lib yashaydigan millatmiz. Birga rivojlanishimiz kerak. Qo‘limizdan keladi.
#dasturlash #odatlar
30.12.2025 London
@DrAlgorithm
O‘zbekiston dasturchilari juda qimmat!
Shu gapni eshitganmisiz? Bu gapni o‘zimizdan emas, chet davlatida turgan va dasturchi yollamoqchi bo‘lgan korxonalar aytadi. O‘ylab qarasam, rostdan ham bizda dasturchilar qimmatga aylanar ekan.
Keling shuni o‘ylab ko‘ramiz, nima uchun bizda qimmat?
1. Daraja.
O‘quv kursini tamomlagan odam o‘zini Junior dasturchi deb biladi. 2-3 yil ishlagan dasturchi esa Middle bo‘ldim deydi. 5 yilda Senior bo‘lgan odamlarni ko‘p uchratasiz.
Daraja vaqt bilan o‘lchanadimi?
Albatta, yo‘q. Chunki u o‘zining ustida ishlamagan bo‘lsa, 10 yildan keyin ham Junior bo‘lib qolaveradi.
Unda nima uchun odamlar o‘ziga daraja beradi?
Sabablaridan biri o‘zini boshqa odamga qimmatroqqa sotish. Sizni sotish bilan shug‘ullanadigan korxonalar ham shuni maqsad qilgan. Sizni kichik darajada sotib olib, katta darajada sotsa, foyda ko‘proq bo‘ladi. Siz rostdan ham Juniordan Middlega chiqdingizmi, unisi keyingi masala bo‘lib qoladi.
2. Soft skill
Bilamiz-ki, dasturchining biror texnologiyani bilishi Hard skill deyiladi. Buni bizning o‘quv kurslarimiz sochib tashlashmoqda. Bitiruvchilar rostdan ham texnologiyalarni zo‘r bilib chiqishmoqda. Ammo...
Shu intizom kabi soft skill’larni hamma joyda ham o‘rgatishmaydi.
1. Vazifaga mas’uliyat bilan yondashish.
2. Tushunmasa savol berish.
3. Majlis (call)ga vaqtida kirish.
4. Vazifaning holatini izohlarida yozish.
5. Xabarlarni shaxsiydan emas, guruhda yozish.
6. Hujjat yozish (documentation)
7. Email ishlatish.
8. O‘ron (parol)ni Password managerda saqlash. Qog‘ozda emas.
9. Vazifalarini qilib bo‘lgan bo‘lsa, backlogdan vazifa izlash.
bu ro‘yxatni hali ko‘p davom ettirsak bo‘ladi.
3. Jamoada ishlash.
Ko‘p dasturchilarimiz "yolg‘iz bo‘ri" holatidan chiqa olishmaydi. O‘rmonda bir o‘zi ov qilishda qolib ketishadi. Korxonalarda esa, hatto kichik korxona bo‘lsa ham, jamoada ishlay oladigan odam kerak.
Buni o‘rganish uchun bizda choyxonalar bo‘lar edi. Agar Abdulla Qodiriy davridagi choyxonani olsangiz, odamlar osh ustida yig‘ilganida kitob tahlil qilishgan, biror kishi muammosini hal qilish ustida bosh qotirishgan, mahallaga biror yordam kerak bo‘lsa, qanday tashkil qilishni gaplashishgan.
"Menga nima?" - deyishmagan ekan-a?
Bu madaniyatimizda bo‘lgan. Bu jamoa bo‘lishga va jamiyat shakllanishiga yordam bergan usul. Hozirgi nomlari:
- Networking
- Small talk
- Volunteering
- Donation
deb ataymiz.
Vaholanki aynan shu narsalar bor:
+ Tanishish (tanish bilish orttirish)
+ Holidan xabar olish
+ Hashar
+ Ehson
Manimcha, biz nimanidir xato qildik.
Bu narsalar mahallada, choyxonada o‘rganilgan. Hozir choyxonalarimiz ovqat yeyish va telefonda o‘yin o‘ynashdan iborat.
~~~
Agar oylik maosh chet ellik dasturchilarniki bilan bir xil bo‘lsa, nima uchun bizning dasturchilar qimmat dedingiz?
Bunga sababim bor. Chunki, agar darajamizni o‘zimiz tanlab olsak, intizom ustida ishlamasak va jamoada ishlashni o‘rganmagan bo‘lsak, bu chet el korxonasi uchun qimmatga tushadi degani.
Tasavvur qiling, man $3,000 ga dasturchi ishga olmoqchiman. Sharqiy yevropadan xodim olganim yaxshimi yoki O‘zbekistondan?
+ Bizning dasturchi kuniga 8 soat ishlamaydi, 10-12 soat ishlaydi. Yevropalik 8 soat bo‘lishi bilan ishni to‘xtatadi.
+ Biznikilar dam olish kunlari ham ishga chiqa oladi. Ular esa dam olishi kerak.
+ Biznikilar texnologiyani zo‘r biladi. Ular muammoni qanday yechishni.
+ Biznikilar bitta o‘zi tez kod yoza oladi. Ular jamoada yaxshi ishlaydi.
bu ro‘yxatning qaysi tomoni biznes egasi uchun foydali. Chap tomoni unumlimi, yoki o‘ng tomon?
Aynan shu kabi tahlillarni qilgan chet ellik korxonalar bizdan kamroq dasturchi olishmoqda.
Yechim
Biz unutib qo‘ygan amallarimizni tiklashimiz kerak. Hozir uyqudamiz.
+ Intizom - intizomni tiklashimiz kerak. Har bir kishi ishni o‘z vaqtida qilishni boshlashimiz kerak.
+ Mas’uliyat - yolg‘onni yo‘qotsak, va’dani ustidan chiqsak, buni ham eplaymiz.
+ Jamoa - biz jamoa bo‘lib yashaydigan millatmiz. Birga rivojlanishimiz kerak. Qo‘limizdan keladi.
#dasturlash #odatlar
30.12.2025 London
@DrAlgorithm
🔥28👍10💯1
Khumoyun Codes
2024-yil sarhisobi 🗓 Oxirgi 4 yildan beri yil sarhisobini kanalda qo'yib boraman. Bu yilgi sarhisobni ham qarshi oling 😊 Bu yil nimalar bo'ldi, nimalar qildim: - O'zim va hamfikr insonlar uchun yangi ish studiyasi ochdim, jihozladim, to'liq barcha tehnikasi…
2025-yil sarhisobi 🗓
Oxirgi 5 yildan beri yil sarhisobini kanalda qo'yib boraman. Bu yil ham an'analarga sodiq qoldim, lekin qisman 🤏
- 3 ta yangi shogird oldim, qo'ldan kelgancha bilimlarimni ulashdim, ishli ham bo'lib ulgurshdi
- Kiberxavfsizlik kursini o'qib tugatdim, ko'pgina CTF musobaqalarida qatnashdim
- 2 martta sayohat qildim, davlatlar sonini 2 taga ko'paytirib, 15 taga yetkazdik
- Onamlar bilan Umra safariga bordim (Bu meni eng katta orzularimdan biri edi, Hudoga shukur yetishdim)
- SkillUp da yangiliklar qildik, yangi versiyasi ishga tushdi
- Kontent yil oxirida bo'lsa ham qaytdim
- Networkimni kengaytirdim, yangi tanish bilishlar orttirdim 😄
Shuni o'zimi? Ha, shuni o'zi! Reja qilgan ishlarimni ba'zilarini qildim, ba'zilarini qilolmadim, asosiysi o'zimda va oilamda barcha sog'-salomat, doimiy ishim bor, bosh omon bo'lsa kirib kelayotgan 2026-yilda balki natijalar bundan ko'proq va yaxshiroq bo'lar, bilmadim. Ba'zi rejalarni tuzib qo'ydim. Lekin buyil odatdagidek to'liq ro'yhat qilib yozgim yo'q, 2027-yil kirib kelayotganda nimalar bo'lganini albatta aytaman. Ayta oladiganim faqat, buyil consistensy bilan ishlash, shaxsiy brandga e'tibor berish va kiberxavfsizlik bo'yicha sertifikatlarni qo'lga kiritsh. Nasib qilsa ro'yhatimiz bu keyingi safar uzunroq bo'lar 😊
P.S. Siz ham kanallaringiz bo'lmasa ham, qayergadir bu yil nimalar qilganingiz va keyingi yilga nimalar qilmoqchi bo'lganligingizni yozib qo'ying. Vaqti-vaqti bilan uni tekshiring, bu shunchaki reja/maqsadlarni unitib qo'ymasdan harakat qilishga yordam beradi.

👍14🔥9❤4💯1