Khumoyun Codes
4.21K subscribers
368 photos
50 videos
12 files
362 links
Dasturlash va dasturchi hayotiga oid maqola va media kontentlar.

Muallif: Khumoyun Inoyatov
| Boshqa tarmoqlarga linklar:https://linktr.ee/ikhumoyun
| Tanlangan maqolalar:https://bit.ly/3PBHPOM
Download Telegram
Forwarded from GDG Tashkent (Asilbek 🐢)
DevFest Tashkent ’25 IS COMING 🔥

📌 Last year, DevFest brought together thousands of participants, top speakers, global experts, and vibrant community energy.

📍 This year will be even bigger — meet Googlers, GDEs, experts from Yandex, TikTok, Bank of America, and leading tech professionals sharing fresh ideas and best practices.

🎟 Get your FREE ticket now: link
Whether you're a pro or just starting your tech journey, DevFest is the place to learn, connect, and grow.

Subscribe to our channels to stay informed about all the latest information regarding one of the biggest events in Central Asia!

Telegram | Instagram | LinkedIn
4🔥3
Forwarded from Far·hod·jon
Menimcha, veb interfeys qurish bo’yicha eng foydali qo'llanmani topdim. Ishingizning ozgina qismi ham interfeys qurishga bog’liq bo’lsa, bu qo’llanma juda foydali bo’ladi. Ayniqsa, frontend/veb dasturchilar va dizaynerlar uchun.

Web Interface Guidelines

Vercel o’zi alohida ajralib turadigan kompaniyalardan biri. Yaxshi kontent va mahsulotlar qiladi.
🔥7
Khumoyun Writes
Xullas kalom, bizning officemizda 2 ta shogirdimiz bor, hozir yana 2 ta shogird olishni reja qildik. Bizning talab va takliflarimiz bilan quyida tanishing va savollaringiz bo'lsa izohda qoldiring.
Yana bir shogirdimiz ishga joylashib, "uchirma" bo'ldi, ofisimiz asta sekin "huvillab" qolmoqda. Shunga yana shogirdlar olish, yoki "co-working" dan joy berishga qaror qildik. Talabgorlar bo'lsa @EpicLabAdmin ga yozing, yoki izohda "+" qoldiring.

Agar shunday odam(lar)ni tanisangiz, ulashib qo'ysangiz ham juda xursand bo'lamiz 😊

@khumoyun_codes
🔥18👍3😡2🤔1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qoraqalpog‘istonda 1 000 dan ortiq yoshlarni “Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi doirasida bepul ITʼga oʻqitishyapti ekan

Hozircha Nukus, Ellikqalʼa, Amudaryo, Chimboy, Taxiatosh, Taxtako‘pir va Sho‘manoy tumanlarida darslar boshlanibdi. Loyihaning keyingi bosqichida darslar Qoraqalpog‘istonning qolgan tumanlarida ham yo‘lga qo‘yilar ekan.

Ya’ni kelgusi yildan Qoraqalpog‘istonning har bir tumanidagi oʻquvchi yoshlarda IT’ni bepul o‘rganish imkoniyati paydo bo‘ladi. Menimcha bu yoshlar uchun juda katta imkoniyat.
👍203
O‘zbekistonlik ikki yigit yana bir bor mintaqada kuchli muhandislar yetarli ekanini esga soldi.

👏 Nazarbek Boltaboyev (frontend) va Akobir Abdug‘aniyev (backend) Yandex Cup 2025 finaliga chiqishdi va Istanbulda O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi. Finalda 21 mamlakatdan eng kuchli dasturchilar to‘planadi. Bu formatda “talant” emas, balki tezkor fikrlash, tajriba va bosim ostida konsentratsiya ahamiyatli.

🧑‍💻 Yigitlar tasodifiy qahramon emas. Nazarbek olimpiadalar va Pythondan to yirik musobaqalargacha bosqichma-bosqich kelgan, Codeforces va Coderunda yillar davomida uzluksiz mashg‘ulot qiladi. Akobir esa bank sohasidagi high-load tizimlar muhandisi, ITga birinchi noutbuki bilan kirib kelgan va hozirda ishni AI/AR startapi bilan uyg‘unlashtirmoqda.

💪 Shunday tarixlar ko‘paysa yaxshi bo‘lardi — raqobat bo‘lgan, jamoa va muhit shakllangan tizimda.

🙏 Finalchilarga omad!
1👍79🔥1914
Muhammadjavohir aka bilan test sifatida "Tech gurung" qilib ko'rdik. Bu o'zi video olish qo'limizdan keladimi yo'qmi va offline interviewlar o'tkaza olamizmi degan savolga javob berish uchun edi. Menimcha uddasidan chiqdik, montajini ham eplagancha qildik. Shuning uchun, vaqt bo'lganda backgroundda yoqib qo'yib, eshitsa ham bo'ladi. Asosiysi YouTube kanalga obuna bo'lib, like va commentlarni ayamasangiz bo'ldi, shundagina bu formatda videolar davom etadi.

P.S. O'zingizni kanallaringizda ulashib qo'ysangiz yanayam xursand bo'lamiz. Sharing is caring 😉

@khumoyun_codes

https://youtu.be/D2oeAb3zot0
1🏆18🔥732
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Saidolim aka bilan ham interviewni tugatib oldik, qiziqmi?

200 olov 🔥 yig'sak shu hafta chiqadi, bo'lmasa keyingisida 🙃

P.S. Boshqa qiziq postlarni qo'shimcha kanalda kuzating 👉 @khumoyun_writes

@khumoyun_codes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🔥2154👍4😁2😡1
Xullas kalom, SkillUp ni bir oz yangiladik, asosiy yangiligimiz hamjamiyat bo'ldi, kurslar, postlar, videolar kabi "exclusive" contentlarni ulashib borish uchun. Maqsadlar, yo'nalishlar o'zgardi, kurs sotuvlari bilan cheklanib qolmasdan, mualliflar uchun qulayliklar yaratib, ularni o'zlarini qadrli kontentlarini ashaddiy muxlislariga ulashishni osonlashtirishga harakat qildik.

Ammo hozircha, men bilan Jahongir akani hamjamiyatlari bor holos, asta sekinlik barcha hohlovchilar uchun platformaga kontent yuklashni ochamiz, hozir buni ustida ishlamoqdamiz. Agar siz ham muallif sifatida shortlistga yozilmoqchi bo'lsangiz [email protected] emailiga yozib qoldirishingiz mumkin. Keyinchalik bularning barchasi bir platformada bo'ladi.

Tug'ilgan kunim munosabati bilan (ha shunday eslatib ketmasam bo'lmasdi 😁), meni hamjamiyatim ham bugunchalik tekin, ertadan pullik qilib qo'yaman. Ulgurib qoling 🏃‍♂️ Hozirchalik faqatgina bitta post, keyinchalik ko'paytiramiz.


Hamjamiyatga link:
su.uz/communities/khumoyun-inoyatov

P.S. Sezgan bo'lsangiz domain nomini qisqasini ham tayyor qildik, chunki rejalar katta, stay tuned.

P.S. SkillUp bo'yicha yangiliklarni @skillup_channel kanalida yozishga qaytamiz

@khumoyun_codes
👍9🔥21
28

Kecha 28 ga ham kirib oldik, Hudoga shukur, Alloh barchamizni umrimizni barokatli qilsin. 27ga kirganimda bir sovuq hamkasbim, "27 club" ga qo'shilmagin degandi, kallavaram 🤦‍♂️. Lekin Alhamdulillah sog'-salomatmiz, shu sabab 28 ga to'lganimga 29-maslahatni bersam.

29. Kelajakda bizness qilaman, o'z ishimni boshlayman degan inson bo'lsangiz, vaqtliroq harakat qilishni boshlang, 18 da, 20 da, farqi yo'q, qancha vaqtli bo'lsa shuncha yaxshi. Qanchalik vaqtli boshlashasangiz, shunchalik vaqtli muvaffaqiyatga erishasiz, tezroq xato qilasiz, bu xatolar sabab shunchalik vaqtliroq nima va qanday qilish kerakligini tushunasiz. 20 da boshlasangiz balki, 28 erisharsiz, 28 da boshlasangiz 36 da. Xato qilishdan qo'rqmang, xatolar orqali bizni xarakterimiz, tabiyatimiz va irodamiz shakllanadi. Hoziroq boshlang!

Birinchi 20ta maslahat:
https://t.iss.one/khumoyun_codes/329

Keyingi 6ta maslahat:
https://t.iss.one/khumoyun_codes/498

Keyingi 2ta maslahat:
https://t.iss.one/khumoyun_codes/784

Bu yil siz nimani o'rgandingiz? Qanday maslahat bera olasiz? Izohlarda yozib qoldiring 👇

@khumoyun_codes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
114🎉8👍4😢32🔥1🤩1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Va’da qilingan suhbatimizga trailer 🎞️🎙️

200 🔥 yig’ishga yig’dikku lekin texnik muammo bo’lshini hisobga olmagan ekanmiz, umumiy plan olgan kameramizda ovoz yozilmagan va o’chib qolavergan. Shunga sync qilishda muammo bor. Tog’rlab chiqib bo’ldik deyarli, o’xshasa bugun o’xshamasa ertaga chiqadi.

@khumoyun_codes
🔥716💯4👍1
📣 Suhbat yuklandi 📣

Saidolimaka bilan bo'lgan suhbatimiz YouTube ga yuklandi. Suhbat davomida juda ham ko'p qiziqarli va foydali ma'lumotlar berildi. Asosiy "Dasturchi butun umr kod yozadimi?" savolimizga ham javob oldik. Tushlikdan keyin backgroundda eshtishlik chiqipti o'ziyam. Albatta tomosha qiling 😊

Qo'llab quvvatlash uchun, kanalga obuna, videoni ulashib, izoh qoldirish va like bosishingizni iltimos qilamiz.

P.S. Keyingi suhbatlarda kimni ko'rishni hohlashingizni post izohlariga yozib qoldiring 👇

@khumoyun_codes

https://youtu.be/VnWxsQYw7vg
3🔥176👍2
Hozir HAAD kanalida juda yaxshi yangilikni o'qib qoldim, pentesterlar orasida juda mashhur platformalardan biri "Hack The Box"ga HAAD o'quvchilariga maxsus 50% lik "talabalar chegirmasi" berilarkan. 2 oycha oldin Saud aka bilan shu narsa haqida gaplashgandik, qilish kerak deb, mana uddasidan chiqishbdi, qoyil qoldim 👏 Bu oldin universitet talabalari uchun bor edi, endi markaz o'quvchilari uchun ham bor.

INHAda o'qiyotgan paytimizda ham, INHA talabalari uchun juda ko'p platformalarda chegirmalar bor edi, JetBrainsni barcha IDElarini tekinga olardik, GitHub ham PRO edi. Ba'zi universitetlar hali ham bunday imkoniyatlarni talabalarga berishga shoshilmaydi, iloji boricha bunday chegirmalarni talabalarga berish kerak, balki bu chegirmalar ortidan ertaga kuchli mutaxasislar, startupchi biznesmanlarni soni yana ko'payar.

P.S. Reklama emas :)

@khumoyun_codes
👍115
Juda ajoyib texnologiya haqidagi yangilikga ko'zim tushdi. Californiyadagi universitetlarning birida, taktil displey deb nomlanayotgan relyefli displey ustida ishlashoytgan ekan, videodagi prototiplarni ko'rsangiz ular hali hom, lekin bir kun kelib bu texnologiya keng ommaga taqdim etilib, kundalik qurilmalarimizda ishlatilsa UI/UX yangi davri boshlansa kerak. Agar tog'ri qo'llanilsa, ko'zi ojiz odamlar ham qurilmalardan nafaqat "voiceover" orqali, balki ushbu texnologiya yordamida osonlikcha foydalanishi mumkindir.

Eng yaxshi ishlatilinishi mumkin bo'lgan sohlardan biri bu albatta avtomobil sanoatida, oxirgi paytda urfga kirgan faqat ekranlar bilan jihozlanib, jismoniy knopkalardan voz kechilayotgan bir paytda bu ayni zo'r yechim bo'larmidi.

Frontendchi sifatida bizda nima o'zgaradi desak, tactile screen bilan ishlagani yangi APImiz bo'ladi va biz nafaqat tugmacha ranglarini balki balandligini ham o'zgartiramiz 😂️️️️️️

Nimalarda kerak bo'lshi mumkinligini o'zingiz o'ylab izohlarda qoldiring :)

@khumoyun_codes
💯8👍32🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugalgi mehmonimizni taniydiganlar bormi? Balki ularni kurslarini ko'rgandirsiz?

200 🔥 va suhbat hafta o'rtasida chiqadi, bo'lmasa yakshanbaga qoladi. OLOVlarni bosamiz 😅

Suhbatdoshimiz: Qudrat Abdurahimov a.k.a. Ustozlarning ustozi

@khumoyun_codes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥144👍2
O‘zbekistonlik dasturchilar Yandex Cup 2025 finalida g‘olib bo‘ldi

🏆 Istanbul shahrida bo‘lib o‘tgan Yandex Cup 2025 xalqaro chempionati finalida backend va frontend yo‘nalishlari bo‘yicha g‘oliblikni o‘zbekistonlik dasturchilar — Nazarbek Boltaboyev va Akobir Abdug’aniyev qo‘lga kiritdi.

🌐 Final bosqichida 21 davlatdan 196 nafar dasturchi ishtirok etdi, tanlovda qatnashish uchun esa jami 21 mingdan ortiq ariza topshirilgan.

🧑‍💻 Topshiriqlar real dasturiy ishlanmalarga maksimal darajada yaqin bo‘lib, servislar arxitekturasi, navbatlar (queues), algoritmlar, vaqt va yuklama bilan ishlash kabi masalalarni qamrab oldi. Format — 5 soat ichida 6 ta vazifa — nafaqat bilim, balki muhandislik fikrlashini ham sinovdan o‘tkazdi.

Bu natija tizimli mashq va real vazifalar xalqaro darajadagi muvaffaqiyatga olib kelishining yaqqol namunasidir.

👉 Batafsil ma’lumot va g‘oliblarning fikrlarini bu yerdan o‘qishingiz mumkin

@khumoyun_codes
👍31🔥126
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Ustozlarning ustozi” Qudrat aka bilan suhbatimizdan lavhalar 🎙️🎞️

Montaj ham tugay deb qoldi, lekin 200 🔥 dan darak yo’q 🤔

@khumoyun_codes
1🔥135👏65
Qudrat aka bilan bo'lgan suhbatimiz Youtube ga yuklandi. Ularning dasturlashga kirib kelishlari, hayotlari va boshqaruvga o'tishlari haqidagi qissa haqida gaplashdik. Dasturlash va o'qituvchilik tajribasi biznes bilan shug'illanishda ularga qanday ta'sir qilganini o'rgandik. Suhbat sizlarga foydali bo'ladi degan umiddamiz.

Qo'llab quvvatlash uchun, kanalga obuna, videoni ulashib, izoh qoldirish va like bosishingizni iltimos qilamiz.

P.S. Talablarga binoan bu safar suhbatga taym kodlarni ham qo'shdik, bu o'zingizga kerakli ma'lumotlarni eshitish yanada qulay bo'ladi degan niyatdamiz.

@khumoyun_codes

https://youtu.be/Ul29Gya4ga4
2🔥152💯2