Khiva Official
6.37K subscribers
42.8K photos
3K videos
63 files
9.84K links
— Xiva shahar hokimligining matbuot xizmati
— Пресс-служба хокимията города Хива
— Press Service of the City of Khiva

Instagram: instagram.com/khiva.city.press
Download Telegram
“Tozabog‘” mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi

Xiva shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan “Tozabog‘” mahalla fuqarolar yig‘ini binosida fuqarolar bilan sayyor qabul tashkil etildi.

Qabul davomida aholining bolalarga nafaqa tayinlash, ijtimoiy imtiyozlardan foydalanish kabi murojaatlari ko‘rib chiqilib, ularning aksariyatiga joyida yechim topildi. Qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan masalalar nazoratga olindi.

#SayyorQabul #IjtimoiyHimoya

Pressa Khiva
2👍1🔥1
“Mening mahallam – mening faxrim” shiori ostida yoshlar uchun sport tadbirlari tashkil etilmoqda

Xiva shahrida yoshlarni bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va sportga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida “Mening mahallam – mening faxrim” shiori ostida mahallalarda turli sport tadbirlarini tashkil etish yo‘lga qo‘yildi.

Ushbu tashabbus doirasida uyushmagan yoshlar ishtirokida futbol, voleybol, shaxmat, stol tennisi va boshqa sport turlari bo‘yicha mahalliy musobaqalar o‘tkazilmoqda. Bu esa o'z o'rnida yoshlar orasida sog‘lom raqobat va jamoaviylik ruhini shakllantirishga xizmat qilmoqda.

Mazkur sport tadbirlari nafaqat yoshlarning jismoniy faolligini oshirish, balki ularni ijtimoiy hayotga keng jalb qilishda ham muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

#YoshlarSportda #MeningMahallamMeningFaxrim

Pressa Khiva
🔥3
Xiva shahrida xotin-qizlar va bolalar salomatligiga bag‘ishlangan tibbiy ko‘riklar o‘tkazildi

Xiva shahridagi barcha mahallalarda xotin-qizlar va bolalar salomatligini mustahkamlash maqsadida keng ko‘lamli sog‘lomlashtirish tadbirlari tashkil etildi.

Oilaviy poliklinikalar huzuridagi tibbiy brigadalar tomonidan uyma-uy yurib, homilador ayollar, chaqaloqlar va bolalar chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Jarayon davomida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, kasalliklarni erta aniqlash va oldini olish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

Salomatligida muammo aniqlangan fuqarolar mutaxassislar nazoratiga olinib, keyingi bosqichlarda davolanishi ta'minlanmoqda.

Mazkur tadbirlar aholining sog‘lig‘ini asrash va tibbiy xizmatlar sifati va qamrovini oshirishga qaratilgan.

#soglomAholi #TibbiyKorik

Pressa Khiva
4👍3🔥3
Khiva Official
🇺🇿🤼🇬🇷 U17 Jahon chempionati: Xivalik sportchi jahon arenasi sari! UWW tomonidan 28-iyuldan 3-avgustgacha Gretsiyaning Afina shahrida bo‘lib o‘tadigan U17 Jahon chempionatida ishtirok etadigan sportchilar ro‘yxati e’lon qilindi. 🇺🇿 O‘zbekiston terma jamoasi…
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🤼‍♀️🇺🇿Xivalik sportchidan yirik g‘alaba!

Afinadagi U17 Jahon chempionati doirasida 40 kg vazn toifasidagi 1/4 final bahsida Shohista Shonazarova Germaniyalik raqibi Finja Viviane Strauchni ishonchli tarzda – 10:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi!

🏆 Xivalik sportchimiz yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Yo‘l davom etadi – Shonazarovagа omad tilaymiz!

#ShohistaShonazarova #XivaSporti #TeamUzbekistan #U17JahonChempionati #Afina2025 #SportYangiliklari

Pressa Khiva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13🔥85🤩1
📍 Xiva, Xorazm

⛅️ Ob‑havo: +31 °C
🌬 Shamol: 6 m/s
💧 Namlik: 34 %

💱 Kurslar (UZS):
🇺🇸• USD — 12 692,42
🇪🇺• EUR — 14 511,24
🇷🇺• RUB — 158,44

🗓 1-avgust, 2025

#obhavo #valyuta #Хiva

Pressa Khiva
👍6
Respublikamiz boylab har juma kuni — Milliy liboslar kuni sifatida nishonlanmoqda

Xiva shahrida ham milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, yoshlar va keng jamoatchilik o‘rtasida milliy urf-odatlarimizni keng targ‘ib qilish maqsadida har haftaning juma kuni "Milliy liboslar kuni" sifatida nishonlanmoqda.

Tashabbus doirasida shahar bo‘ylab ta’lim, madaniyat va boshqa tashkilot xodimlari, shuningdek, maktab o‘quvchilari va kollej-talabalar milliy liboslarda ishga va darsga kelishmoqda.

Mazkur tashabbus Xiva shahrining milliy an’analarga bo'lgan hurmati va zamonaviylik uyg‘unligidagi yondashuvini yaqqol namoyon qilmoqda.

#MilliyLiboslarKuni #XivaQadriyatlari

Pressa Khiva
6👎3👍2
Khiva Official
⚡️Finaaaal! Shokhista SHONAZAROVA U17 JAXON CHEMPIONATINING FINALIDA. WW - 40 kg | 1/2 Final 🇺🇸Maisie Anna Claire ELLIOTT Vs. 🇺🇿Shokhista SHONAZAROVA 0:9 #ShohistaShonazarova #XivaSporti #TeamUzbekistan #U17JahonChempionati #Afina2025 #SportYangiliklari…
🥇Tarixiy gʻalaba! Xivalik sportchi dunyo chempioni! 🇺🇿🤼‍♀️

Ayollar kurashi boʻyicha Xivalik sportchi Shohista Shonazarova ilk bor U17 Jaxon chempionatida Oltin medalni qoʻlga kiritdi!

Final bahsida u yaponiyalik 🇯🇵 An Nakanishini 0:11
hisobida dog'da qoldirdi va jahon chempioni unvoniga sazovor boʻldi. Bu natija – nafaqat Shohista, balki butun Xiva va Oʻzbekiston sporti uchun faxrli tarixiy voqeadir!

📍U17 Jahon chempionati, Afina – 2025
🏅Vazn toifasi: 40 kg
🇺🇿 SHONAZAROVA – shohsupaning eng yuqori pog'onasida!

#ShohistaShonazarova #XivaSporti #U17JahonChempionati #AyollarKurashi #TeamUzbekistan #SportYangiliklari #Afina2025

Pressa Khiva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21🔥76🤩1