Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati
546 subscribers
4.63K photos
370 videos
8 files
725 links
Download Telegram
#Olimpiada
#Natija
#Xiva_1_son_IMI

🏆 Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internatida o'quvchilar yutuqlari davom etadi..

🎯 Yuqorida ta'kidlab o'tganimizdek, Hazorazp tumanida joylashgan To'lqin FM xususiy maktabida tashkillashtirilgan matematika olimpiadasida, internatimizning bir-qancha o'quvchilari g'olib bo'ldi. Xusasan:
🥇- Sobirov Foziljon (7a-sinf)
🥈- Jumaniyozov Alibek (5a-sinf)
🥉- Avazyozov Lochinbek (5a-sinf)lar faxrli o'rinlarni egallab, medal va maxsus sovg'alarga ega bo'lishdi.

🔱 O'quvchilarimizni, ularning ota-onalarini ushbu yutuq bilan tabriklaymiz. Va shu o'rinda ularning muvaffaqiyatiga katta hissa qo'shgan Atajonov Sanjarbek va Abdullayeva Qamarjon ustozlarga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz
.
#Olimpiada
#Natija
#Xiva_1_son_IMI

🎗 2024-yilning 7-may sanasida Urganch davlat universitetida Umumta'lim maktablari o'quvchilari o'rtasida Matematika fanidan xotira turniri tashkillashtirilgan bo'lib, ushbu turnirda Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internatining bir-qancha o'quvchilari g'oliblikni qo'lga kiritdi. Jumladan:

B-guruhda qatnashgan 8-a sinf o'quvchisi Ozodov Humoyon faxrli 🥇-o'rinni qo'lga kiritdi.

Bundan tashqari, A- guruhga ishtirok etgan 5-a sinf o'quvchisi G'ofurjonova Nafisa 🥉-o'rin sohibasi bo'lgan bo'lsa, Sapabayev Madiyor faxri yorliq bilan taqdirlandi.

⚡️Ushbu yutuqlarda internatimiz ustozlarining hissasi katta. Shu munosibat bilan matematika fani ustozlari Atajanov Sanjar, Abdullayeva Qamarjon, Yaxshimurotova Dilfuza va Sobirov Ixtiyorlarni ushbu yutuq bilan chin dildan tabriklaymiz va zahmatli kasblarida omadlar tilab qolamiz.

🏆🏆🏆🏆🏆🏆🏆
#Olimpiada
#Natija
#Xiva_1_son_IMI

🎯 Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internatida
olimpiada natijalari davom etadi!

🎗 TIFT universiteti, KHISO
olimpiada maktabi va Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi hamkorligida tashkil etilgan olimpiadalar marafonida internatimiz o'quvchilari matematika va ingliz tili fanidan faol ishtirok etishdi. Xususan, ingliz tili bo'yicha:

1. Komilov Shohjahon - 100 ball (5-a)
2. Shomuratov Azizbek - 100 ball (5-b)
3. Ruzibayev Akmal - 100 ball (5-b)
4. O'ktamboyev Samandar - 100 ball (6-b)
5. Qo'ziboyeva Gulmira - 100 ball (8-a)
6. Reyimberganov Mirziyo - 90 ball (9-a) larni olib, maxsus sertifikatlar bilan taqdirlanishdi.

🏆 8-a sinf o'quvchisi Qo'ziboyeva Gulmira matematika fanidan ham qatnashgan bo'lib, 90 ballni qo'lga kiritdi va bu orqali Respublikada 🥇-o'rinni egallab, maxsus kitob sohibasi bo'ldi.

6- b sinf o'quvchisi O'ktamboyev Samandar esa, ingliz tilidan ko'rsatgan natijasi bilan Respublikada 🥉- o'rinni egalladi. 🥳🥳🥳🥳🥳
#olimpiada_2024
#kutib_olish

⚡️TOSHKENTDA PARIJ-2024 SOVRINDORLARI VA ISHTIROKCHILARINI TANTANALI KUTIB OLISH MAROSIMI BOʻLIB OʻTDI

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi rahbariyati va xodimlari, Agentlik tizimidagi poytaxtda joylashgan maktablar o’qituvchilari, jumladan, Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabining murabbiy va oʻquvchilari qahramonlarimizni kutib olish maqsadida Toshkent xalqaro aeroportida boʻlishdi.

Maʼlumot uchun, Vatanimiz sharafini himoya qilgan qahramonlarimiz yakunda 8 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza, jami 13 ta medalni qo‘lga kiritib, tarixiy rekord natija qayd etishdi hamda umumjamoa hisobida ham 13-o‘rinni egallashdi.

Agentlik tizimida nomiga boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabi ochilgan Bahodir Jalolov oltin medalni qo’lga kiritib, ikki karra Olimpiada chempioni bo’ldi.

Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Natija
#Olimpiada
#Xiva_1_son_IMI

🧮 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internatining 6 - A sinf o'quvchisi Ravshanbekov Timurbek Xushnudbek o'g'li Al - Xorazmiy xalqaro maktabi hamda Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi hamkorligida tashkil etilgan olimpiadada, matematika fanidan qatnashib, faxrli o'ringa ega bo'ldi va tashakkornoma, esdalik sovg'alar bilan taqdirlandi.

🔖 Shuni ta'kidlash kerakki, o'quvchimizning yutug'iga katta hissa qo'shgan tajribali matematikachi ustozi Yaxshimurotova Dilfuza Otamurotovna ham maxsus tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

🎗 O'quvchimiz, ota-onasi, yaqinlari va albatta ustozimizni ushbu yutuq bilan muborakbod etamiz. Kelasi o'qishlarida omad tilab, bundan ham yuqori natijalarni kutip qolamiz!
#Natija
#Olimpiada
#Xiva_1_son_IMI

🏆 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internatining 6-A sinf o'quvchisi Baxtiyorov Dastonbek Al-Xorazimiy xalqaro maktabi hamda Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati hamkorligida o'tkazilgan matematika olimpiadasida muvaffaqiyatli ishtirok etib tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

📝 Bundan tashqari, uning tajribali, oliy toifali matematikachi ustozi Saidnazarova Dilfuza ham tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

🎊 Ushbu yutuq bilan o'quvchimizni, ota-onasi, yaqinlari va albatta, ustozimiz Dilfuzani chin dildan tabriklab qolamiz. Kelajakdagi o'qishlariga omad tilab qolamiz.
#Olimpiada
#Xiva_1_son_IMI

📚 Bugun 17.09.2024 dan boshlab, 9-10-11 ya'ni yuqori sinf o'quvchilariga birinchi bosqich maktab tur fan olimpiadasiga START berildi. Eng loyiq deb topilgan o'quvchilar, keyingi bosqichlarda (viloyat, Respublika) da fanlar kesimida bellashishadi. Shuni aytip o'tish kerakki, ushbu olimpiadaning mutlaq shaffofligi ta'minlangan.

🖊 Rasmda 9-sinf o'quvchilarining matematika fanidan olimpiada jarayonlari aks etgan.
#Olimpiada
#Jarayon
#Xiva_1_son_IMI

♻️ Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internatida "Qizlar olimpiadasi" ga START berildi.

Aytib o'tish kerakki, ushbu olimpiadaning shaffofligi ta'minlangan bo'lib, eng munosib o'quvchilar qatnashyabdi va ularning ichida eng kuchlisi tanlab olinadi. ( Foto-lavhalarda 5-6 sinf qizlari)

🌐 Telegram 🌐 Instagram
🌐 YouTube 🌐Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Robo_Coding
#Olimpiada

⚙️ 25-yanvar kuni  bo‘lib o‘tgan “Robo-Coding” olimpiadasining (9-11-sinf o‘quvchilari) Xorazm viloyati hududiy bosqichi videolavhalarda.

🌐 Telegram | Facebook