Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati
544 subscribers
4.63K photos
370 videos
8 files
725 links
Download Telegram
🙋🏻 Hurmatli o'quvchilar!!!
👨‍🏫 2024-2025 o'quv yil uchun matematika fani bo‘yicha Abu Rayhon Beruniy nomidagi sirtqi olimpiadaga start berildi.
Ushbu https://olimp.urdu.uz/register linki orqali ro'yhatdan o'tib o'zingizni sinab ko'rishingiz mumkin.

Har hafta qiziqarli masalalar berib boriladi.

🎰 Barcha qatnashchilarga omad tilaymiz!!!

@T_Nurmetov
#Hafta_xabarlari

1⃣ Xiva Prezident maktabida ertalabki saflanish vaqtida “Mening rejalarim” mavzusida psixolog M.Urazmetova tomonidan motivatsion tilaklar bildirildi.

2⃣ Ogahiy ijod maktabida O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi aʼzosi Boltaboy Bekmatov tomonidan "Badiiy asar, adabiy badiiy asar, adabiy asar" mavzusida mahorat darsi o'tkazildi.

3⃣ Bog'ot tuman IM 9-sinf oʻquvchilari tumandagi Davlat xizmatlari markaziga borib, u yerdagi xodimlar faoliyati bilan tanishdilar.                                                    
4⃣ Xonqa tuman IMIda voleybol bo‘yicha shanba kuni 9-10-sinf o‘g‘il bolalar jamoalari o‘rtasida musobaqa tashkil qilindi.

5⃣ Tuproqqalʼa tuman IMning 10-sinf oʻquvchilari bilan "Men va mening boʻlajak kasbim" mavzusida psixologik trening mashgʻuloti oʻtkazildi.

6⃣ Xiva shahar 1-son IMIda ma'naviyat soatlari O'zbekiston Respublikasi madhiyasini kuylash bilan boshlandi.

7⃣ Yangibozor tuman IMIda Mirzo Ulug'bek tavalludining 630 yilligiga bag‘ishlab "Zakovat" turniri o‘tkazildi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Robo_Coding
#Olimpiada

⚙️ 25-yanvar kuni  bo‘lib o‘tgan “Robo-Coding” olimpiadasining (9-11-sinf o‘quvchilari) Xorazm viloyati hududiy bosqichi videolavhalarda.

🌐 Telegram | Facebook
#Xushxabar
#CEFR_sertifikat
#Xiva_1_son_IMI

👩‍🏫 Bizning shunday
o'quvchilarimiz bor!


🔖 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internatining bir deganda 2 ta o'quvchisi ingliz tili bilish darajasini aniqlash bo'yicha CEFR Multilevel imtixonida qatnashib, sertifikatga ega bo'ldi. Ular bilan tanishing:
1⃣. 10-sinf o'quvchisi Ro'zmatova Nigina G'ayrat qizi - 63 ball bilan B2 daraja
2⃣. 11-sinf o'quvchisi Zarifboyeva Zumradoy Sherzod qizi - 60 ball bilan B2 daraja


🏆 O'quvchilarimizni, ularning ota-onalasi, yaqinlari va albatta ingliz tili fani ustozlarini ushbu yutuq bilan chin dildan mubarokbod etib, kelgusidagi o'qish faoliyatlariga omad tilab, talabalik baxtiga erishishlarini tilab qolamiz.
#Dars_jarayoni
#Labaratoriya_ishi
#Xiva_1_son_IMI

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internatining iqtidorli kimyo fani o'qituvchisi Sobirov Nodirbekning 8-A sinfiga "Laboratoriya ishi" bo'lib o'tdi.

🔰 Laboratoriya jarayonining mavzusi "Ifloslangan suvni tozalash" bo'lib, bunda ustozning bergan nazariy ma'lumotlari asosida, o'quvchilar tabiiy usul - tosh, qum, aktivlangan ko'mir va paxta yordamida filtr yasashdi va ichib ko'rib sinov o'tkazishdi. Bu bilan chuchuk suv tanqis hududlarda iflos suvning qanday toza suvga aylantirishni bilib olishdi. Dars jarayoni qiziqarli tarzda bo'lib o'tdi.

🌐 Telegram 🌐 Instagram