Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati
578 subscribers
5.87K photos
470 videos
8 files
954 links
Download Telegram
#Shaxmat_shashka
#Xiva_1_son_IMI

β™Ÿ Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internatining jonkuyar jismoniy tarbiya fani o'qituvchisi Shixnazarov Muxiddin ustoz boshchiligida shaxmat bo'yicha 5-6-7 sinf o'g'il bolalar o'rtasida Amir Temur tavalludining 689-yllliga bag'ishlab musobaqa o'tkazildi.
Natijalar bilan tanishing:
πŸ₯‡-o'rin Shamoratov Azizbek 6-b sinf
πŸ₯ˆ-o'rin Baxtiyorov Dostonbek6-a sinf
πŸ₯‰-o'rin Allaberganov Muhiddin 6-b sinf


πŸ”° Shashka bo'yicha 5-sinf qizlari o'rtasida xam musobaqa o'tkazildi
Natijalar:
πŸ₯‡-o'rin Bakdurdiyeva Gulzoda
πŸ₯ˆ-o'rin Atanazarova Dilnura
πŸ₯‰-o'rin Baxodirova Xadicha

β€’β”ˆβ”ˆβ€’β”ˆβ”ˆβ€’βŠ°βœΏπŸƒπŸŒΊπŸƒβœΏβŠ±β€’β”ˆβ”ˆβ€’β”ˆβ”ˆβ€’

Kanalga aΚΌzo boΚ»ling!
πŸ‘‡πŸ‘‡πŸ‘‡πŸ‘‡πŸ‘‡πŸ‘‡πŸ‘‡
Xiva shahar 1-son IMI
#Harbiy_estafeta
#Xiva_1_son_IMI

πŸƒβ€β™€ Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internatida A. Temur tavalludining 689-yllligi munosabati bilan, hamda o'quvchilarda vatanparvarlik ruhini oshirish maqsadida, 8-9-sinflar o'rtasida harbiy estafeda bo'lib o'tdi.
Bunda o'quvchilar:
1⃣ . AK-74 avtomatini qismlarga ajratish va yig'ish;
2⃣. Zaxira o'q dorilarni tashish;
3⃣. Yaradorga birinchi tez tibbiy yordam ko'rsatish kabi shartlar asosida kuch sinashishdi.

πŸ’’ Bundan tashqari, Arm Wrestling sport turi bo'yicha ham 8-10 sinflar o'zaro kuch sinashishdi. Uning natijalariga ko'ra:
πŸ₯‡- o'rin Ozodov Humoyun 9-A sinf
πŸ₯ˆ- o'rin Yuldashbeqov Fozilbek
10- A sinf
πŸ₯‰ - o'rin O'tkirov Sirojbek 9-B sinf egallashdi
.

🌐 Telegram 🌐 Instagram
🌐 Facebook
#Zakovat
#Xiva_1_son_IMI

♻️ Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internatida Amir Temur tavalludining 689-ylllik yubileyini nishonlash davom etadi...

✳️ "Temur tuziklari" asari asosida 9-10-11 sinflar o'rtasida "Zakovat" intellektual o'yini o'tkazildi.
#Uchrashuv
#Xiva_1_son_IMI

πŸ”° Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internatida, Oliy taΚΌlim muassasalariga oΚ»quvchilarni jalb qilish maqsadida Toshkent davlat Texnika universitetida Professor Raxmonov Ikrom Usmonovnich va
Dotsent JoΚ»rayev Sanjar Rashidovichlar tashrif buyurib 11-sinf o'quvchilari bilan uchrashuv o'tkazishdi.

❇️ Bunda, o'qish sharoiti, tartibi, talabalar uchun yaratilgan sharoit va imkoniyatlar to'g'risida taqdimot qilib, suhbat olib borishdi. Uchrashuv so'ngida bu sohaga qiziqqan o'quvchilar o'zlari qiziqtirgan savollarni berib, ularga javob olishdi.

🌐 Telegram 🌐 Instagram
🌐 Facebook
#Futbol
#Xiva_1_son_IMI

⚽️ Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internatidagi 5-8 sinf o'g'il bolalari o'rtasidagi futbol to'garagidan foto lavhalar.

πŸ’’ Eslatib o'tishimiz kerakki, iqtidorli, jonkuyar jismoniy tarbiya fani o'qituvchisi Shixnazarov Muxiddin ustoz bu to'garakka boshchilik qilib, o'ziga xos texnika va taktikalarni bolalarga o'rgatib, bolalarni jismoniy jihatdan shug'ullantirib keladi.
Forwarded from Erkinova Ullijon Qahramon qizi
#Ota_onalar_majlisi
#Xiva_1_son_IMI

πŸ”± Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internatida 5-6-7 sinf o'quvchilarining ota onalari ishtirokida ota onalar majlisi o'tkazildi.

❇️ Bunda asosan, III chorak tahlili, undagi xato-kamchiliklar va albatta erishilgan yutuqlar haqida so'zlanib, IV chorak uchun qo'yilgan maqsad, o'quvchilardan kutilayotgan natijalar to'g'risida tushuntirish olib borildi. Majlis so'ngida o'tkan chorakda yuqori natija ko'rsatgan o'quvchilarning ota-onalariga tashakkurnomalar topshirildi.

🌐 Telegram 🌐 Instagram
🌐 Facebook
#Natija
#Tabriklaymiz
#Xiva_1_son_IMI

πŸ‘©β€πŸ« Bizning faxrimiz!

βœ… Har yili Koreya Respublikasida "Xalqaro standardlar olimpiadsi" o'tkaziladi. Bu yil ham o'sha olimpiadaga tayyorgarlik ko'rish maqsadida, 1-bosqich saralash jarayonlari o'tkazilgan edi.

πŸŽ— Ushbu
1-bosqich saralash jarayonlarida Xorazm viloyatidan 2 ta o'quvchi tanlab olingani va uning bittasi Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internatining 10-sinf o'quvchisi Ro'zmatova Nigina G'ayrat qizi ekanligi juda quvonarli.

πŸŽ‰ Ushbu natija bilan o'quvchimizni, uning ota-onasi, yaqinlari va albatta ustozlarini chin dildan tabriklab qolamiz. O'ziga esa keyingi o'qish jarayonida omad tilab, avgust oyida Seulga ham borib yaxshi natija ko'rsatib kelishiga tilakdoshmiz.

⚑️ Ilm yo'lida omad Nigina!

🌐 Telegram 🌐 Instagram
🌐 Facebook
#Davra_suhbati
#Xiva_1_son_IMI

πŸ“š Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internatining kutubxona mudirasi Jumaniyozova Ozoda boshchiligida 6-B sinfiga davra suhbati o'tkazildi.

πŸ“– Bunda atoqli adib Xudoyberdi To'xtaboyevning "Sariq devni minib" asari asosida o'quvchilar fikr-mulohaza yuritib, asardan olgan taassurotlarini so'zlab berishdi. Suhbatning oxirida asar asosidagi filmni ko'rib, asar va filmdagi farqlarni tahlil qilishdi.
#Loyiha_ishi
#Xiva_1_son_IMI

πŸ“„ Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internatining tajribali, oliy toifali ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Safarova Shahnoza boshchiligida, 7-A sinfiga adabiyot fanidan Loyiha ishi topshirig'i bo'lib o'tdi.

πŸ”± Unga ko'ra, o'quvchilar O'lmas Umarbekning "Qiyomat qarz" asari asosida guruhlarda ishlab prezentatsiya tayyorlashdi. Har bir guruh asarni tahlil qilib, o'z fikrlarini bildirib, taqdim qilib berishdi. Bu Loyiha ishi o'qituvchi tomonidan 10 ballik sistemada baholandi.
#Loyiha_ishi
#Xiva_1_son_IMI

πŸ“„ Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internatining tajribali, oliy toifali ingliz tili fani o'qituvchisi Madrimova Fazilat ustoz boshchiligida 7- sinf o'quvchilari "Perfect school" mavzusida Project work - Loyiha ishi tayyorlashdi.

πŸ”° O'quvchilar o'zlari a'lo darajadagi deb hisoblagan maktablari asosida individual ishlagan holda plakat yaratib, bu maktabni ta'svirlab berishdi. Bunda asosan, bu maktabdaki fanlar undagi tartib-qoida, qulaylik va imkoniyatlar aytib o'tildi.