Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati
650 subscribers
6.61K photos
544 videos
8 files
1.13K links
Download Telegram
#Uchrashuv
#Xiva_shahar_1_son_IMI

TATU Urganch fillialida O'zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi tomonifan raqamli iqtisodiyot, IT sohasi, "Al-Xorazimiy vorislari loyihasi" bo'yicha maxsus anjuman bo'lib o'tdi. Unda Xiva 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internat o‘quvchilari ishtirok etishdi.

📲 Unda vazirlik xodimlari O'zbekistonda axborot-texnologiyalari bo'yicha yaratilayotgan imkoniyatlar, dasturlashni o'rganish bo'yicha kurslar haqida ma'lumotlar berishdi, davra suhbatida o'quvchilar o'zlari qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Bundan tashqari, o'quvchilar ushbu oliy ta'lim dargohi va uning faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Xususan, tadbirkorlik va innovatsion g'oyalar koordinatori Ollaberganova Muyassar o'quv binosi, laboratoriya xonasi va undagi jihozlar, universitetdagi yo'nalishlar haqida tanishtirib o'tdi. Ahamiyatlisi, iqtidorli talabalar o'quvchilarga zamonaviy texnikalarni ko'rsatib, ularga sinab ko'rish uchun amaliy tavsiya berishdi.

🌐 Telegram | Facebook
#Uchrashuv
#Davra_suhbati
#Xiva_1_son_IMI

♻️ Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internatida "Jasorat - millat g'ururi va iftixori" shiori ostida "Uch avlod uchrashuvi" bo'lib o'tdi.

🔰 Ushbu uchrashuvda Xiva tuman Mudofa ishlari safarbarlik bo'limi boshliği U.Komolov, Veteran jangchi faxriylar uyushmalar raisi M.Tangriyev, Veteran jangchi uyushmasi a'zosi D.Niyozov ishtirok etdi. Ular so'zga chiqib Afg'on urishidagi xotiralar, Vatanga sadoqat, hurmat va albatta, zamonamizning tinchligi undagi sharoitlar haqida aytib o'tdilar. Ushbu uchrashuv o'quvchilarimizga alohida ilhom bag'ishladi!
#Uchrashuv
#Davra_suhbati
#Xiva_1_son_IMI

🚦Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internatida Xorazm viloyati IIB JXX YHXB hodimi M.Ismoilov bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
🚔 O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-abgust kungi "Yo'l harakati xavfsizligi targ'ibot kunini  o'tkazish va yo'l transport hodisalari profilaktikasining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 701-sonli Qarorni yetkazish va tanishtirish.
Kun tartibidagi masala yuzasidan Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internati direktori R.Raximov so'zga chiqib, Respublikamizda bo'lib o'tayotgan voqealiklar to'g'risda gapirib, masala yuzasidan gapirib o'tdilar.
M.Ismoilov so'zga chiqib, yo'l harakati xavfsizligi qoidalariga kiritilgan yangiliklar to'g'risida o'quvchilar bilan tushuntirish ishlari olib borildi.

https://linktr.ee/khiva.imi
#Uchrashuv
#Zakovot
#Xiva_1_son_IMI

🏆Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internatida bugun Toshkent Davlat Yuridik Universiteti professor ustozi va talabalari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
Ushrashuv juda ham qiziqarli baxs munozaralarga boy bo'lib, "Zakovat" intellektual o'yini ham o'tkazildi.
Ushbu intelektual o'yinda 4 jamoa qatnashdi.
🎗Yakuniy natijalarga ko'ra bugungi "Zakovat" intelektual o'yini g'olib jamoalari aniqlandi.

🥇STAR jamoasi (11 A-sinf)
🥈KAMETA jamoasi (8 B-sinf)
🥉XORAZMIYLAR (9 A-sinf)

🏆G'olib jamoalar diplom va esdalik sovg'alar bilan taqdirlandi.

https://linktr.ee/khiva.imi
#Uchrashuv

Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi bilan hamkorlikda xalqaro nufuzi baland bo'lgan "British management university" vakillari tomonidan ixtisoslashtirilgan maktablarda tahsil oluvchi ingliz tiliga qiziquvchan iqtidorli o'quvchilar bilan uchrashuvlar uyushtirildi.

📍Urganch shahar 1-son IMI va
📍Xiva shahar 1-son IMI larda o‘tkazilgan uchrashuvlarda universitet rektori, britaniyalik Konrad Ozog va hamkorlik aloqalar bo‘limi boshlig‘i Gullola Koraboyevalar o'quvchilarga "British management university" dagi sharoitlar, imtihon jarayonlari, o'qish davomidagi imtiyozlar haqida to'liq ma'lumot berdilar.

🗯 Uchrashuvlar faqat ingliz tilida tashkil qilinib, qizg‘in suhbatlar uyushtirildi. Jarayonda faol bo'lgan o'quvchilarga esdalik sovg'alari berildi.

🌐 Telegram | Facebook
#Uchrashuv
#Xiva_1_son_IMI

🔰 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internatiga 92002 harbiy qism komondirining Ma'naviy-marifiy ishlar bo'yicha o'rinbosari serjant Xudayberganov Sarvar boshchiligida 14-yanvar Vatanparvarlik oyligi munosabati bilan, bir guruh ishchi xodimlar 7-8 sinf o'quvchilari bilan uchrashuv o'tkazdi.

Uchrashuv davomida ularning asosiy faoliyati va vatanparvarlik, uni qo'riqlash haqida so'z borib, turli xil avtomat qurollardan qanday foydalanishni, harbiy safarbarlikda o'zini qanday tutish, qanday qurollanish kerakligini tushuntirib o'tdilar. O'quvchilarimiz ularga qiziqqan holda tinglashdi, va zarur xulosalar chiqarishdi.
#ChYOT_faoliyatidan
#Uchrashuv
#Xiva_1_son_IMI

🔱 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internatining ChYOT rahbari Ulliyev Xursandbek boshchiligida, Xorazm viloyati Milliy gvardiyasi qo'riqlash bo'limi tashabbusi bilan, kapitan Xudaybergan Dilshod boshchiligida "Vatanparvarlik oyligi" asosida "Ichan qal'a davlat muzey qo'riqxonasi" da o'tkazilayotgan maxsus tadbirga bizning 11-A sinf o'quvchilarimiz ham qatnashishdi.

🎯 Bunda "Ichanqa'la muzey qo'riqxonasiga sayyohlarni jalb qilish" tadbiri ham o'tkazildi. O'quvchilarimiz ma'ruzani eshtib, tahlil asosida zarur xulosalarni chiqarishdi. Eng asosiysi, kamondan o'q otish mashqlari ham olib borildi.


•┈┈•┈┈•⊰✿🍃🌺🍃✿⊱•┈┈•┈┈•

Kanalga aʼzo boʻling!
👇👇👇👇👇👇👇
Xiva shahar 1-son IMI
#Uchrashuv
#Xiva_1_son_IMI

🔰 Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internatida, Oliy taʼlim muassasalariga oʻquvchilarni jalb qilish maqsadida Toshkent davlat Texnika universitetida Professor Raxmonov Ikrom Usmonovnich va
Dotsent Joʻrayev Sanjar Rashidovichlar tashrif buyurib 11-sinf o'quvchilari bilan
uchrashuv o'tkazishdi.

❇️ Bunda, o'qish sharoiti, tartibi, talabalar uchun yaratilgan sharoit va imkoniyatlar to'g'risida taqdimot qilib, suhbat olib borishdi. Uchrashuv so'ngida bu sohaga qiziqqan o'quvchilar o'zlari qiziqtirgan savollarni berib, ularga javob olishdi.

🌐 Telegram 🌐 Instagram
🌐 Facebook
#Uchrashuv
#Xiva_1_son_IMI

❇️ Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internati va Xiva shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabining bir guruh 8-9-10-11 sinflari bilan birgalikda, Toshkent xalqaro Formatsevtika texnik universitetining xodimlari, Nortoyloqov Sultonqul va Hojiyev Humoyun boshchiligida uchrashuv o'tkazildi.

🏢 Bunda maxsus xodim mehmonlar universitetning qabul shartlari, undagi imkoniyat, sharoitlar va albatta universitetining zamonaviy hayotimizdagi o'rni, roli xususan bu oliygoh xalqaro top universitetlar Sunderland, De Monfort asosida tashkil etilgani haqida tushuntirish ishlari olib borishdi. Suhbat ochiq muloqot tarzida o'tkazilgan bo'lib, bozori chaqqon, talab kuchayayotgan sohalar, companiyalar haqida so'z yuritib, ularning daromadi haqida tushuncha berishdi. O'quvchilar bilan bevosita bog'lanib,
uchrashuv so'ngida ularga prezentatsiya orqali savol berishdi. Yaxshi qatnashib javob bergan o'quvchilarga esdalik sovg'alar topshirildi.

🌐 Telegram 🌐 Instagram
🌐 Facebook
#Uchrashuv
#Farmasevtika_texnika_universiteti

Joriy hafta davomida Xorazm viloyatidagi

Shovot tumani IMI,
Yangiariq tumani IM,
Bog'ot tumani IM,
Hazorasp tumani IM,
Xiva shahar 1-son IMI,
Xiva shahar 2-son IM,
Yangibozor tumani IMI larning o'quvchilari uchun Toshkent shahridagi FTU - Farmasevtika texnika universiteti vakillari bilan uchrashuvlar tashkil qilindi.

Uchrashuvlar davomida universiteti vakilillari - Humoyun Hojiyev va Sultonqul Nortoyqulov universitet haqida o'quvchilarga batafsil ma'lumot berib o'tishdi. Xususan:
— Hamkor xorijiy universitetlar,
— universitetning yo'nalishlari,
— grant yutish tartibi,
— universitetda yaratilgan shart-sharoitlar haqida aytib o'tildi.
— Universitet haqida videoroliklar namoyish qilindi.
— O'quvchilar o'zlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob olishdi.

📋 Ushbu maktablar va FTU oʻrtasida memorandum tuzib hamkorlik qilishga kelishib olindi.

🌐 Telegram | Facebook
#Uchrashuv
#Xiva_1_son_IMI

⭐️Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati o'quvchilari bilan bugungi kunda ta'lim sohasida bemminat iz qoldirgan ta'lim fidoiylari va yetuk mutaxassislar ishtirokida tarixiy uchrashuv bo'lib o'tdi...

Tadbirimiz mehmonlari:
✔️ Mirfozil Mirzaahmedov- O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan o'qituvchi, taniqli matematik olim, ko'plab darsliklar muallifi;
✔️Iroda Soibova- Xalqaro darajadagi trener, Pedagogik mahorat va xalqaro amaliy markazi direktor o'rinbosari, pedagogika sohasidagi mutaxassis;
✔️ Yulduz Polvona- Xorazm viloyati Pedagogik mahorat markazi direktor o'rinbosari.


⚡️Taniqli matematik olim, mohir pedagog, ilm- fan fidoiysi, ustozimiz Mirfozil Mirzaahmedov o'quvchilarimiz bilan uchrashib haqiqiy bir hayotiy motivatsiyalarni berdilar desak adashmaymiz. Ustozimiz o'quvchilarimiz bilan o'zaro suhbatlashib, ularning qiziqtirgan savollariga javob berdilar va uchrashuv yakunida o'quvchilarimizni xohishlarini inobatga olib, o'quvchilarimizni kitoblariga ustoz o'z dasxatlarini qo'yib berib, o'quvchilarimizni juda xursand qildilar...
•┈┈•┈┈•⊰✿🍃🌺🍃✿⊱•┈┈•┈┈•

Kanalga aʼzo boʻling!
👇👇👇👇👇👇👇
Xiva shahar 1-son IMI
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Uchrashuv
#Xiva_1_son_IMI

Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida ta'lim fidoiylari va yetuk mutaxassislar ishtirokida tarixiy uchrashuv bo'lib o'tdi.

⚡️Taniqli matematik olim, mohir pedagog, ilm-fan fidoiysi, ustoz Mirfozil Mirzaahmedov o'quvchilar bilan uchrashib, ularni qiziqtirgan savollarga javob berib, hayotiy tajribalari asosida unutilmas motivatsiyalar berdilar.

🌐 Telegram | Facebook
#Uchrashuv

🔹Xabaringiz bor, yaqinda Prezident Qarori bilan Xorazm viloyatida Al-Xorazmiy universiteti tashkil etilishi haqida xabar berilgan edi. Bugun Urganch shahridagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internati binosida mazkur universitet faoliyatiga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🔹Tadbirda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev, Al-Xorazmiy universitetining tashkiliy guruhi rahbari Islam El-Xadari, Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmai boshlig‘i Xamro Bektemirov hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatimizdagi ta’lim muassasalarining xorijiy sertifikat egalari bo‘lgan o‘quvchi yoshlari ishtirok qildilar.

🔹Uchrashuv davomida tashkil etiladigan universitetda yaratiladigan sharoitlar, imtihon jarayonlari, o‘qish davomidagi imtiyozlar haqida to'liq ma'lumot berildi.

🔹Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga mas’ullardan javob oldilar.

Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt‌‌