Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati
547 subscribers
4.51K photos
350 videos
8 files
704 links
Download Telegram
#Hafta_xabarlari

1️⃣. Ogahiy ijod maktabi va viloyat Milliy gvardiya Qo'riqlash boshqarmasi bilan hamkorlikda chavandozlik bo'yicha navbatdagi mashg'ulot bo'lib o'tdi.

2️⃣. Xiva Prezident maktabi 11-sinf o'quvchilari "Khorezmtex" MCHJ, “UrTex carpets” korxonalariga sayohat qilishdi.

3️⃣. Xiva shahar 1-son IMIda 5-8-sinf o'quvchilar bilan "Vatan yagona", "Buyuk sarkardalarimiz merosi" mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi.

4⃣. Shovot tuman IMIda psixolog H.Yusupova va maslahatchi D.Iskandarovalar tomonidan 9-sinf o'quvchilaridan"Kasbiy  qiziqishlarini aniqlash" so'rovnomasi o'tkazildi.

5️⃣. Xiva shahar 2-son IMda valeybol bo'yicha o'g'il bolalar o'rtasida o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tdi.

6️⃣. Urganch shahar 1-son IMIda shaxmat bo’yicha maktab ochiq chempionatiga start berildi.

7️⃣. Qo'shko'pir tuman IMda "Inson" ijtimoiy xizmatlar Qo'shko'pir tuman markazi direktori, deputat O.Raximova va Qo'shko'pir Avtosavdo MChJ rahbari J.Qurbonboyevlar bilan uchrashuv tashkil qilindi.

🌐Telegram | Facebook
#Hafta_xabarlari

1️⃣ Xiva shahridagi Prezident maktabida voleybol sport musobaqasi o'tkazildi.

2️⃣Ogahiy ijod maktabiga “O'quvchilar almashish dasturi” doirasida tashrif buyurgan Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari va ustozlar uchun ochiq osmon ostida joylashgan shahar-muzeyga sayohat uyushtirildi.

3️⃣Urganch shahar 1-son IMIda 9-10-11-sinf qizlariga maktab hamshirasi, psixologi va ustozlar mas’ulligida “Qizlarning shaxsiy gigiyenasi” mavzusida suhbat tashkil qilindi.

4️⃣ 5-7-sinflar o'rtasida "Maktablar futbol ligasi" Xiva shahar bosqichi musobaqasida Xiva shahar 1-son IMI o'quvchilari 3-o'rinni egallashdi.

5️⃣ Shovot tuman IMIda 6-"A" va 6-"B" o'quvchilari o'rtasida "Yettiga yetti" bellashuvi bo'lib o'tdi.                                             

6️⃣ Bog'ot tuman IMda "Yoshlar korrupsiyaga yo'q deymiz" mavzusida trening tashkil etildi.

7️⃣ Tuproqqalʼa tuman IMda hafta davomida 6-7-8-sinf o'quvchilarining ota-onalari uchun yigʻilishi o'tkazildi.

🌐 Telegram | Facebook
#Hafta_xabarlari

1⃣ Xiva Prezident maktabida ertalabki saflanish vaqtida “Mening rejalarim” mavzusida psixolog M.Urazmetova tomonidan motivatsion tilaklar bildirildi.

2⃣ Ogahiy ijod maktabida O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi aʼzosi Boltaboy Bekmatov tomonidan "Badiiy asar, adabiy badiiy asar, adabiy asar" mavzusida mahorat darsi o'tkazildi.

3⃣ Bog'ot tuman IM 9-sinf oʻquvchilari tumandagi Davlat xizmatlari markaziga borib, u yerdagi xodimlar faoliyati bilan tanishdilar.                                                    
4⃣ Xonqa tuman IMIda voleybol bo‘yicha shanba kuni 9-10-sinf o‘g‘il bolalar jamoalari o‘rtasida musobaqa tashkil qilindi.

5⃣ Tuproqqalʼa tuman IMning 10-sinf oʻquvchilari bilan "Men va mening boʻlajak kasbim" mavzusida psixologik trening mashgʻuloti oʻtkazildi.

6⃣ Xiva shahar 1-son IMIda ma'naviyat soatlari O'zbekiston Respublikasi madhiyasini kuylash bilan boshlandi.

7⃣ Yangibozor tuman IMIda Mirzo Ulug'bek tavalludining 630 yilligiga bag‘ishlab "Zakovat" turniri o‘tkazildi.