Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati
549 subscribers
4.67K photos
372 videos
8 files
736 links
Download Telegram
#qabul_2024
#ishchi_guruh

YANGI
OʻQUV YILIGA TAYYORGARLIK ISHLARI JOYLARGA BORIB OʻRGANILMOQDA

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev boshchiligidagi ishchi guruh tizimdagi maktablar shart-sharoitlari bilan yaqindan tanishish, ularda aniqlangan kamchilik va muammolarni izchil bartaraf etish, xususan joylarda yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik ishlarini haqqoniy oʻrganish maqsadida hududlarda bo‘lmoqda.

Navbatdagi o‘rganishda Agentlikning Buxoro viloyati Jondor, Qorakoʻl va Olot tumanlaridagi ixtisoslashtirilgan maktablari shart-sharoitlari ko‘zdan kechirildi. Sohaga oid qonunchilik hujjatlari ijrosi doirasida yangi oʻquv yilidan STEM fanlarini ingliz tilida oʻqitishni tashkil etish boʻyicha ixtisoslashtirilgan maktablarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.

Shuningdek, taʼlim maskanlarida tashkil etilgan 2024/2025-oʻquv yili uchun hujjatlarni ONLAYN topshirishga koʻmaklashuvchi ishchi guruhlar faoliyati, kirish imtihonlari jarayonlari oʻtkazilishi belgilangan binolarning tayyorgarlik holati oʻrganildi.

Oʻrganish davomida Buxoro 2-son ixtisoslashtirilgan maktabining qurilish jarayonlari ham koʻzdan kechirildi.

Agentlik direktori oʻrganishlar natijasida aniqlangan kamchiliklarni tezkor bartaraf etish yuzasidan zarur topshiriq va koʻrsatmalar berdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#Qabul_2024
#Xiva_1son_IMI

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi
Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga 2024-2025-o'quv yili uchun qabul jarayonlari davom etmoqda.

📝 Hujjatlar 20-iyunga qadar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali qabul qilinadi.

 🏢  Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati jamoasida tashkil qilingan ishchi guruh orqali ota-onalarga qabul jarayoni to'g'risida konsultatsiya berish hamda hujjatlarni ariza.piima.uz portali orqali yuborishda amaliy yordam berilmoqda.

☎️ Call-markaz: 1206

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda

https://linktr.ee/khiva.imi
#qabul_2024
#1_iyun_20_iyun

Agentlik tizimidagi maktablarga ariza.piima.uz sayti orqali arizalar kelib tushmoqda.

📊 Ushbu arizalarning 7-iyun soat 11:00 holatidagi statistikasi bilan yuqoridagi infografikada tanishishingiz mumkin.

📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma.

☎️ Call-markaz: 1206

🕊Telegram |🕊X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2024
#Xiva_1son_IMI

𝙌𝙖𝙗𝙪𝙡 𝙟𝙖𝙧𝙖𝙮𝙤𝙣𝙡𝙖𝙧𝙞 𝙙𝙖𝙫𝙤𝙢 𝙚𝙩𝙢𝙤𝙦𝙙𝙖!

Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internatida tashkil qilingan ishchi guruh orqali ota-onalarga qabul jarayoni to'g'risida konsultatsiya hamda hujjat topshirishda amaliy yordam berilmoqda.

❗️Hujjatlar qabuli ariza.piima.uz sayti orqali faqat ONLAYN tarzda amalga oshiriladi.

☎️ Call-markaz: 1206


👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda!!!

https://linktr.ee/khiva.imi
#Foydali
#qabul_2024

Bugungi kunda Xorazm viloyatida Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli Xiva shahridagi Prezident maktabi, Ogahiy nomidagi ijod maktabi va 11 ta ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari mavjud bo'lib, ushbu muassasalarga qabul jarayonlari boshlangan.

2024-2025 o'quv yili uchun ajratilgan kvotalar soni va bo'sh o'rinlar bo'yicha ma'lumotlar bilan tanishing:

🔘 XIVA SHAHRIDAGI PREZIDENT MAKTABI

👉 5-sinfga qabul - 24 nafar

Bo'sh o'rin:

▪️10- sinfga - 1 nafar


🔘 OGAHIY NOMIDAGI IJOD MAKTABI

👉7-sinfga qabul - 40 nafar

Bo'sh o'rinlar
:

▪️9- sinfga - 5 nafar
▪️10-sinfga - 3 nafar


🔲 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari:

1. URGANCH SHAHAR 1-SON IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB-INTERNATI - (aniq fanlar va tabiiy fanlar yo‘nalishlari mavjud)

👉 5-SINF Aniq fanlar yo'nalishiga - 48 nafar;
7-SINF Tabiiy fanlar yo'nalishiga - 24 nafar;

Bo'sh o'rinlar
:
Aniq fanlar yo'nalishiga:
▪️8-sinfga 4 nafar
▪️10-sinfga 2 nafar
Tabiiy fanlar yo'nalishiga:
▪️10-sinfga 3 nafar


2.
SHOVOT TUMANI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB-INTERNATI - (aniq fanlar yo‘nalishi mavjud)

👉 5-SINF Aniq fanlar yo'nalishiga - 48 nafar;
Bo'sh o'rinlar:
Aniq fanlar yo'nalishiga:
▪️10-sinfga 2 nafar


3. YANGIBOZOR TUMANI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB-INTERNATI - (aniq fanlar va tabiiy fanlar yo‘nalishlari mavjud)

👉 5-SINF Aniq fanlar yo'nalishiga - 24 nafar;
7-SINF Tabiiy fanlar yo'nalishiga - 24 nafar;

Bo'sh o'rinlar:
Tabiiy fanlar yo'nalishiga:
▪️9-sinfga 2 nafar
▪️10-sinfga 2 nafar


4.
XIVA SHAHAR 1-SON IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB-INTERNATI - (aniq fanlar yo‘nalishi mavjud)

👉 5-SINF Aniq fanlar yo'nalishiga - 24 nafar;

Bo'sh o'rinlar
:

Aniq fanlar yo'nalishiga:
▪️9-sinfga 2 nafar
▪️10-sinfga 3 nafar


5. XIVA SHAHAR 2-SON IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI - (aniq fanlar yo‘nalishi mavjud)

👉 5-SINF Aniq fanlar yo'nalishiga - 24 nafar;

Bo'sh o'rinlar
:

Aniq fanlar yo'nalishiga:
▪️6-sinfga 8 nafar
▪️8-sinfga 2 nafar
▪️10-sinfga 7 nafar


6.
YANGIARIQ TUMANI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI - (aniq fanlar yo‘nalishi mavjud)

👉 5-SINF Aniq fanlar yo'nalishiga - 48 nafar;
Bo'sh o'rinlar:
Aniq fanlar yo'nalishiga:
▪️6-sinfga 2 nafar
▪️10-sinfga 3 nafar


7. HAZORASP TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI - (aniq fanlar va tabiiy fanlar yo‘nalishlari mavjud)

👉 5-SINF Aniq fanlar yo'nalishiga - 24 nafar;
7-SINF Tabiiy fanlar yo'nalishiga - 24 nafar;

Bo'sh o'rinlar:
Aniq fanlar yo'nalishiga:
▪️6-sinfga 4 nafar
▪️7-sinfga 3 nafar
▪️8-sinfga 3 nafar
Tabiiy  fanlar yo'nalishiga:
▪️10-sinfga 4 nafar


8. TUPROQQAL'A TUMANI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI - (aniq fanlar yo‘nalishi mavjud)

👉 5-SINF Aniq fanlar yo'nalishiga - 24 nafar;

Bo'sh o'rinlar
:

Aniq fanlar yo'nalishiga:
▪️6-sinfga 5 nafar
▪️7-sinfga 8 nafar
▪️8-sinfga 3 nafar
▪️9-sinfga 4 nafar
▪️10 sinfga 3 nafar
Tabiiy fanlar yo'nalishiga:
▪️9-sinfga 7 nafar
▪️10-sinfga 3 nafar


9. XONQA TUMANI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI - (aniq fanlar va tabiiy fanlar yo‘nalishlari mavjud)

👉 5-SINF Aniq fanlar yo'nalishiga - 48 nafar;
7-SINF Tabiiy fanlar yo'nalishiga - 24 nafar;

Bo'sh o'rinlar:
Aniq fanlar yo'nalishiga:
▪️ 6-sinfga 5 nafar
▪️ 9-sinfga 3 nafar
▪️10-sinfga 5 nafar
Tabiiy fanlar yo'nalishiga:
▪️9-sinfga 4 nafar
▪️10-sinfga 2 nafar


10. QO'SHKO'PIR TUMANI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI - (aniq fanlar va tabiiy fanlar yo‘nalishlari mavjud)

👉 5-SINF Aniq fanlar yo'nalishiga - 24 nafar;
7-SINF Tabiiy fanlar yo'nalishiga - 24 nafar;

Bo'sh o'rinlar:

Aniq fanlar yo'nalishiga:
▪️7-sinfga 2 nafar
Tabiiy fanlar yo'nalishiga:
▪️9-sinfga 4 nafar


11. BOG'OT TUMANI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI - (aniq fanlar va tabiiy fanlar yo‘nalishlari mavjud)

👉
5-SINF Aniq fanlar yo'nalishiga - 48 nafar;
7-SINF Tabiiy fanlar yo'nalishiga - 24 nafar;

Bo'sh o'rinlar
:

Aniq fanlar yo'nalishiga:
▪️10-sinfga - 3 nafar
Tabiiy fanlar yo'nalishiga:
▪️9-sinfga -2 nafar
▪️10-sinfga - 2 nafar
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2024
#Xiva_1son_IMI

𝙌𝙖𝙗𝙪𝙡 𝙟𝙖𝙧𝙖𝙮𝙤𝙣𝙡𝙖𝙧𝙞 𝙙𝙖𝙫𝙤𝙢 𝙚𝙩𝙢𝙤𝙦𝙙𝙖!

Qurbon hayiti munosabati bilan yurtimizda 2024-yil 16-17-18-iyun kunlari dam olish kuni deb belgilangan.

Shu munosabat bilan:

🏢Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internatida tashkil qilingan ishchi guruh a'zolari orqali ota-onalarga yanada qulayroq sharoit yaratish maqsadida qabul jarayoni to'g'risida konsultatsiya hamda hujjat topshirishda dam olish kunlarida ham amaliy yordam ko'rsatiladi...
                                                  
❗️ SHOSHILING, O‘RINLAR SONI CHEGARALANGAN.

Hujjatlar joriy yilning 1-20-iyun kunlari ariza.piima.uz
sahifasi orqali onlayn
qabul qilinadi.

Bizni kuzatishda davom eting!

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

https://linktr.ee/khiva.imi
#qabul_2024
#1_iyun_20_iyun

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi
Prezident maktablariga,
Ijod maktablariga,
Ixtisoslashtirilgan maktablariga 2024/2025-o‘quv yili uchun hujjat topshirish muddati tugashiga 2 kun qoldi.

📶 ariza.piima.uz sayti arizalar qabul qilishni 20-iyun kuni soat 00:00da tugatadi.

📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma.

☎️ Call-markaz: 1206

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2024
#sport_maktablari

📣📣📣📣📣

🔔 HURMATLI, OTA-ONALAR VA OʻQUVCHILAR!

⚡️Agentlik tizimidagi Bahodir Jalolov va Oksana Chusovitina nomidagi ixtisoslashtirilgan sport maktablariga 2024/2025-oʻquv yili uchun hujjatlar qabuli boshlandi:

📍Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga 5–6 hamda 9–10-sinflar uchun hujjatlar qabuli amalga oshiriladi;

📍Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga 2-,3-,4-,5-,6-,7-,8-sinflar uchun hujjatlar qabuli amalga oshiriladi.

🪪 Oʻquvchilarning hujjatlari Agentlikning ariza.piima.uz sayti orqali faqat onlayn shaklda qabul qilinadi.

📝 Talab etiladigan hujjatlar:

oʻquvchining oxirgi 2 oy davomida tushgan fotosurati;
oʻquvchining tugʻilganlik haqida guvohnomasi (mavjud boʻlsa fuqarolik pasporti) va ularning ota-onasi (qonuniy vakili) fuqarolik pasporti maʼlumotlari, bogʻlanish uchun telefon raqamlari;
086-U shakldagi tibbiy maʼlumotnoma.

🗣Maʼlumot oʻrnida, sport maktablariga oʻquvchilar ikki bosqich (kasbiy (ijodiy) imtihonlari va test sinovlari) asosida har bir sinfda oʻquvchilar soni 12 nafardan kam boʻlmagan hamda 24 nafardan oshmagan holda qabul qilinadi.

📆 Hujjatlar qabuli joriy yilning 7-avgustidan 25-avgustigacha davom etadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#qabul_2024
#7_avgust_25_avgust

Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga qanday tartibda imtihon topshiriladi?

Mazkur sport maktabiga o‘quvchilar ikki bosqichli imtihon (jismoniy tayyorgarlik va test sinovlari) asosida qabul qilinadi.

Birinchi bosqich:
umumiy jismoniy tayyorgarlik – 6 ta yo‘nalish bo‘yicha (jami topshiriqlar uchun 30 ball beriladi);
maxsus jismoniy tayyorgarlik – 3 ta yo‘nalish bo‘yicha (jami topshiriqlar uchun 70 ball beriladi).

Umumiy jismoniy tayyorgarlik mashqlari:
60 m. masofaga yugurish;
1000 m. masofaga yugurish;
turnikda tortilish;
past turnikda 90° tortilish;
turgan joyidan uzunlikka sakrash;
oldinga egilish.

Maxsus jismoniy tayyorgarlik mashqlari:
soya bilan jang;
qoplar bilan ishlash;
sparing tushish.

Ikkinchi bosqich (test sinovlari):
5–6 hamda 9–10 sinflar uchun psixologik test 15 ta, intellektual qobiliyat darajasini aniqlash boʻyicha 20 ta test shaklidagi topshiriq (jami 35 ta test topshiriqlari uchun 50 ball beriladi)

📆 Eslatma, hujjatlar qabuli joriy yilning 7-avgustidan 25-avgustigacha davom etadi.

☎️ Call-markaz: 1206

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal