Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati
549 subscribers
4.47K photos
345 videos
8 files
699 links
Download Telegram
#live
#Xiva_shahar
#ochiq_muloqot

OʻQUCHI YOSHLAR BILAN OCHIQ MULOQOT

Xiva shahar 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktab internati oʻquvchilari bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtmoqda.
#Live

Asosiy olimpiadaning IV (respublika) bosqichiga start berildi

🔴 Bugun butun yurtimiz bo'ylab olimpiada jarayonlari bo'lib o'tmoqda:

📍
Qoraqalpog‘iston Respublikasida matematika, o‘zbek tili, qoraqalpoq tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, qozoq tili, fanlaridan,
📍 Surxondaryo viloyatida tarix, informatika va axborot texnologiyalari, geografiya, tojik tili fanlaridan,
📍 Toshkent shahrida ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi maxsus maktab-internatlari o‘quvchilari o‘rtasida ona tili va adabiyot, matematika, tarix, rus tili va adabiyoti fanlaridan Asosiy olimpiadaning IV (respublika) bosqichi tashkil etilmoqda.

Olimpiada natijalariga ko'ra g‘oliblikni qo’lga kiritgan o'quvchilar Vazirlar Mahkamasining 562-son qaroriga muvofiq g‘oliblikni qo'lga kiritgan fanidan OTMlarga kirish imtihonlarida maksimal bal beriladigan imtiyozga ega bo‘ladilar.


✔️Shuningdek, g'olib o‘quvchilar va ularning ustozlari belgilangan tartibda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz!

olympiad.uzedu.uz
🚀 Telegram | 🎬Youtube | 🔵Facebook | 📷Instagram
#xalqaro_hamkorlik_tashabbuslar_haftaligi
#live

🔴
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarovaning “Yangi Oʻzbekistonda taʼlim tizimini transformatsiya qilish va taʼlim sifatini oshirish” mavzusidagi panel sessiyasidagi nutqidan:

"Barchamizga yaxshi ma’lum, taraqqiyotning tamal toshi ham, mamlakatni qudratli, millatni buyuk qiladigan kuch ham, bu ilm-fan, ta’lim va tarbiyadir.

Shu ma’noda “Yangi O‘zbekistonning 2030-yilgacha taraqqiyot strategiyasi”da ta’limni rivojlantirish birinchi o‘rindagi ustuvor yo‘nalish sifatida belgilangan. O‘zbekistonning yangi Konstitutsiyasiga ta’lim olish huquqi va pedagog maqomi yuzasidan alohida normalar kiritildi.

O‘zbekiston zamini ikki buyuk uyg‘onish davri – Renessansga beshik bo‘lganligini alohida ta’kidlab, Al-Farg‘oniy, Al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Al-Buxoriy, At-Termiziy, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Kamoliddin Behzod kabi buyuk daholar yetishib chiqqanligini aytib o‘tmoqchiman.

Ta’limni rivojlantirish aholisining 60 foizdan ortig‘i yoshlardan, 11 millioni bolalar va o‘smirlardan iborat bo‘lgan O‘zbekiston uchun shubhasiz, strategik masaladir. Albatta, bu demografik dividend bir tomondan mamlakat uchun katta chaqiriq bo‘lsa, ikkinchi jihatdan katta imkoniyatdir.

Shu jihatdan Uchinchi Renessans poydevorini yaratish, Vatanimizning taqdiri va kelajagi bo‘lgan, zamon bilan hamnafas yangi avlodni tarbiyalashni maqsad qilganmiz. Bu borada belgilangan vazifalarni amalga oshirishda sizlar bilan samarali hamkorlikni davom ettiramiz, degan umiddaman."

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM