Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati
546 subscribers
4.56K photos
359 videos
8 files
713 links
Download Telegram
#Sayohat

Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarimizda o'quvchi-yoshlarning bo'sh vaqtini unumli o'tkazish uchun ekskursiya jarayonlari davom etmoqda.

Hazorasp tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 10-11-sinf o'quvchilari Xiva shahar "Ichan qal'a muzey qo'riqxonasi" ga sayohat qildilar.

Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining bir guruh qizlari tarbiyachi ustoz L.Jeparova boshchiligida "Ichan qal'a muzey qo'riqxonasi" ga sayohat qilib, madaniy hordiq chiqarishdi. Shuningdek, maktab-internatining 8-b sinf o'quvchilari sinf rahbari S.Atajanov bilan birgalikda Xiva shahar "Xotira maydoni" ga sayohat uyushtirishdi.

Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 8-03 sinf , 8-01 sinf va 5-01 sinf o'quvchilari ustozlari boshchiligida "Ichan qal'a muzey qo'riqxonasi" bo‘ylab sayohatga chiqdilar.

🕌 Sayohatlar davomida o'quvchilar me'moriy obidalarni tomosha qilgan holda, ular haqida bir qancha ma'lumotlarga ega bo'lishdi.

🌐 Telegram | Facebook
#Sayohat
#Xiva_shahar_1_son_IMI

🔰 Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 8-sinf o‘quvchilari tariximizda o'chmas iz qoldirgan ulug' shoir Ogahiy tavalludining 215-yilligi munosabati bilan Ogahiy uy-muzeyiga sayohat qilishdi.

Ularga tarbiyachi Ulliyeva Hayitjon va kutubxona mudirasi Jumaniyozova Ozoda boshchilik qildi.

🌐 Telegram | Facebook