Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati
547 subscribers
4.54K photos
355 videos
8 files
710 links
Download Telegram
#Farmon_ijrosi
#Fakultativ_togarak
#Xiva_1_son_IMI

Xalq ta'lim vazirligi farmoni bilan ixtisoslashtirilgan maktab va ixtisoslashtirilgan maktab, maktab internatlarida "Shaxmat" sport turi bo'yicha maxsus to'garaklar ochish, o'quvchi-yoshlarni bunga o'rgatib, targ'ib qilish yo'lga qo'yilgan. Xususan bizning Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internatida "Shaxmat" bo'yicha fakultativ to'garak yo'lga qo'yilgan bo'lib, unga iqtidorli ustozimiz Shixnazarov Muxiddin boshchilik qiladi. Shu kungacha o'quvchilarga shaxmat sirlarini o'rgatib kelmoqda.

Foto-lavhalarda 6-9-10 sinf o'quvchilaridan ba'zilari bor.
#Memorandum
#Farmon_ijrosi
#Xiva_1_son_IMI

📂 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021 yil 1-iyuldagi PQ–5188-son qaroriga hamda “Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish to‘g‘risida” 2022 yil 14-apreldagi PF-106 – son Farmonida belgilangan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 10-11-sinf o‘quvchilariga yaqin hududlalarda joylashgan Ta’lim, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalarida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish tartibini joriy etish maqsadida : Bir tarafdan , “Mamun Universiteti” nodavlat ta’lim muassasasi nomidan ustav asosida ish yurituvchi Ma’mun universiteti rektori v. b. Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. Sharifzoda Sardorbek O‘razboy tabib o‘g‘li bundan buyon – “Ta’lim tashkiloti”; Ikkinchi tarafdan, Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati nomidan ustav asosida ish yurituvchi maktab-internat direktori Raximov Rasulbek Bakdurdiyech, bundan buyon – “Ta’lim tashkiloti”; kelgusida birgalikda “Taraflar”deb ataluvchi ushbu mazkur Memorandumni imzoladilar.

Ushbu memorandumdan kutilgan natijalar katta bo'lib, xususan u o'quvchi-yoshlarimizni oldilariga ulkan maqsadlar qo'yib, ular tomon intilishiga yordam beradi.