Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati
546 subscribers
4.53K photos
352 videos
8 files
707 links
Download Telegram
#xalqaro_hamkorlik

IXTISOSLASHTIRILGAN TAʼLIM MUASSASALARI AGENTLIGI HAMDA COGNIA XALQARO TAʼLIM TASHKILOTI OʻRTASIDA MEMORANDUM IMZOLANDI

Amerika Qo‘shma Shtatlarining Cognia xalqaro ta’lim tashkiloti hozirda 80 ga yaqin mamlakatda 25 milliondan oshiq o‘quvchi va 1 milliondan ortiq o‘qituvchilarni qamrab olgan bo‘lib, 36 000 dan ortiq ta’lim muassasalariga xizmat ko‘rsatadi.

Xususan, ushbu tashkilot maktablarni akkreditatsiyadan o‘tkazish, sertifikatlashtirish, baholash, tadqiqotlar olib borish, taʼlim sifatini oshirish, sifatli ta’lim resurslari bilan ta’minlash, o‘qituvchilar uchun onlayn platforma hamda offlayn tarzda kasbiy mahoratlari va malakalarini oshirish bo‘yicha yuqori sifatli professional xizmatlar taqdim etib kelmoqda.

Mazkur Xalqaro taʼlim tashkiloti bilan Agentlik o‘rtasida imzolangan memorandum doirasida Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari faoliyatini o‘rganish va takomillashtirishda, maktablarda ta’lim sifatini yanada yuqori bosqichga olib chiqishda hamkorlik yo‘lga qoʻyiladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#xalqaro_hamkorlik
#Cambridge

KEMBRIJ XALQARO TA’LIM TASHKILOTI BILAN HAMKORLIKDAGI ILMIY-AMALIY TRENINGLAR HAFTALIGI YAKUNLANDI

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan Prezident maktablarining ijrochi va akademik direktorlari hamda STEM fanlari bo‘yicha xorijiy va mahalliy o‘qituvchilari uchun Kembrij xalqaro ta’lim tashkilotining 2025-2027-o‘quv yillari uchun ishlab chiqilgan yangi dasturlarining taqdimoti, o‘qitish metodikasi, laboratoriya ishlari bilan tanishtirish maqsadida tashkil etilgan ilmiy-amaliy treninglar haftaligi nihoyasiga yetdi.

Agentlik tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab mezbonlik qilgan ushbu tadbir ishtirokchilari uchun ta’limning eng so‘ngi metodlarini o‘qitish, amaliy mashg‘ulotlar o‘tish, zamonaviy ta’limning yangi usullari bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazish maqsadida Kembrij xalqaro ta’lim tashkilotidan 12 nafar professor jalb etildi.

Kembrij xalqaro ta’lim tashkiloti bilan hamkorlikdagi ilmiy-amaliy treninglar haftaligining yopilish marosimida ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Xalqaro_hamkorlik

“Yangi O’zbekiston” universiteti talabalari endi dunyoning birinchi raqamli institutida amaliyot o’tashadi!

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan o’z yo’nalishida dunyoning 1-raqamli oliygohi - Massachusetts texnologiya instituti (MIT) jamoasi ishtirokida mahorat darslariga start berildi.

Tadbirni vazir Hilola Umarova ochib berdi hamda ikki tomonlama samarali hamkorlik aloqalari, amalga oshirilib kelinayotgan ishlar haqida fikr bildirdi.

✔️Shundan so’ng MIT vitse-prezidenti katta maslahatchisi Vijay Kumar so’zga chiqdi. U “Yangi O’zbekiston” universitetini MIT J-WELning Markaziy Osiyodagi eng yaqin strategik hamkori sifatida e’tirof etdi.

Ma’lumot o’rnida, ushbu mahorat darslariga Respublika bo’ylab 250 nafar soha vakillari qamrab olingan.

Shundan so’ng, tomonlar rahbariyati o’rtasida hamkorlikni kengaytirish boʻyicha MIT J-WEL bilan kelishuv imzolandi.

Ushbu kelishuvga ko’ra, endi “Yangi O‘zbekiston” universiteti talabalari dunyoning 1-raqamli oliygohida amaliyot o‘tash va malaka oshirish imkoniga ega bo‘lishadi.

Shuningdek, “Yangi O‘zbekiston” universiteti professor-o‘qituvchilari almashinuv dasturi bo‘yicha MITda tajriba oshirishadi.

Eslatib o’tamiz, mahorat darslari 2-mayga qadar davom etadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik
#London

Vazirlik delegatsiyasi Butunjahon ta'lim forumida ishtirok etmoqda

🔴 Ayni damda Londonda bo‘lib o‘tayotgan Butunjahon ta’lim forumida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etmoqda.

Tadbir Buyuk Britaniya ta’lim davlat kotibi va vaziri Djillian Kigan tomonidan ochib berildi hamda nufuzli spikerlar tomonidan ma'ruzalar tashkil etildi.

Forumning birinchi kunida bo'lib o'tgan yalpi majlisda:

ta'limga yangi metodikalarni joriy etish,
sun’iy intellektdan foydalanish,
ta'lim madaniyatini yaratish kabi masalalar muhokama qilindi.

❗️Ma'lumot o'rnida: ushbu nufuzli tadbirda jahonning 100 dan ortiq mamlakatlari va 70 dan ziyod Ta'lim vazirlari qatnashishmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#xalqaro_hamkorlik
#tabiiy_fanlar_taʼlimi_festivali

🤩 "TABIIY FANLAR TAʼLIMI" FESTIVALI BOSHLANDI

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi va Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi huzuridagi Koreya ta’lim markazi bilan hamkorlikda “Tabiiy fanlar ta’limi” festivali oʻtkazilmoqda.

Mazkur festival tabiiy va aniq fanlarga asoslangan amaliy mashg‘ulotlar tashkil etish orqali yoshlarni zamonaviy kasblarga yo‘naltirgan holda ularning ixtisoslashgan xalqaro dasturlar, loyihalar va tanlovlarda ishtirok etishini taʼminlash, yaratuvchanlik qobiliyatini shakllantirishni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda tizimda faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilar orasida yaratuvchanlik g‘oyalarini shakllantirish va ularni amaliyot bilan bog‘lagan holda o‘quvchilarga yoritib berish ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadlarini oʻz ichiga olgan.

Agentlik tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi mezbonlik qilayotgan ushbu festivalning ochilish marosimida Agentlik rahbariyati, mas’ul xodimlari, Koreya Respublikasidan tashrif buyurgan mehmonlar, Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi huzuridagi Koreya ta’lim markazi vakillari hamda o‘qituvchi va o‘quvchilar ishtirok etdi.

Ochilish marosimda ta’kidlanganidek, keyingi yillarda mamlakatlarimiz o‘rtasida ta’lim sohasida aloqalar kuchayib, hamkorlikda turli loyihalar, dasturlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, joriy yilning may-iyun oylarida Agentlik va Koreya ta’lim markazi tomonidan “Incheon ta’lim festivali” o‘tkazilgan edi. Hamkorlikdagi navbatdagi loyiha – “Tabiiy fanlar ta’limi” festivali ham yuqoridagi vazifalarning mantiqiy davomidir.

Festivalda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar hamda umumta’lim maktablarining jami 1600 nafar 6-9-sinf o‘quvchilari qatnashmoqda. Amaliy mashg‘ulotlar va topshiriqlar o‘zbek tiliga tarjima qilingan holda  2 smenada olib boriladi. Har bir smenada 400 nafar o‘quvchi 21 ta guruhga bo‘lingan holda ishtirok etadi. Bundan tashqari, Agentlik tizimida faoliyat yuritayotgan 30 nafar aniq va tabiiy fan o‘qituvchilari uchun seminar-trening tashkil etiladi.

“Tabiiy fanlar ta’limi” festivali ertaga, 14-avgust kuni oʻz ishini yakunlaydi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#Xalqaro_hamkorlik

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda "Ta’limda rahbarlik ko‘nikmalarini rivojlantirish dasturi (ELDP)"ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda Respublikamizning barcha hududlaridan 30 nafardan ortiq direktor hamda direktor o‘rinbosarlari ishtirok etishmoqda.

Ochilish marosimida vazir o‘rinbosari Sardor Rajabov qatnashib, ta'limda liderlikning ahamiyati haqida so‘z yuritdi va seminar ishida omad tiladi.

📍 Mahorat darslarida tajribali mutaxassislar tomonidan:

maktab rahbariyatining muloqot va yordam berish qobiliyatlarini rivojlantirish,
tanqidiy fikrlash va muammolarga yechimlar topish,
jamoada yangi bilimlarni egallashga bo‘lgan ishtiyoqni oshirish kabi mavzularda so‘z bormoqda.

Trening jarayonlari 27-sentabrga qadar davom etadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_hamkorlik_tashabbuslar_haftaligi
#live

🔴
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarovaning “Yangi Oʻzbekistonda taʼlim tizimini transformatsiya qilish va taʼlim sifatini oshirish” mavzusidagi panel sessiyasidagi nutqidan:

"Barchamizga yaxshi ma’lum, taraqqiyotning tamal toshi ham, mamlakatni qudratli, millatni buyuk qiladigan kuch ham, bu ilm-fan, ta’lim va tarbiyadir.

Shu ma’noda “Yangi O‘zbekistonning 2030-yilgacha taraqqiyot strategiyasi”da ta’limni rivojlantirish birinchi o‘rindagi ustuvor yo‘nalish sifatida belgilangan. O‘zbekistonning yangi Konstitutsiyasiga ta’lim olish huquqi va pedagog maqomi yuzasidan alohida normalar kiritildi.

O‘zbekiston zamini ikki buyuk uyg‘onish davri – Renessansga beshik bo‘lganligini alohida ta’kidlab, Al-Farg‘oniy, Al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Al-Buxoriy, At-Termiziy, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Kamoliddin Behzod kabi buyuk daholar yetishib chiqqanligini aytib o‘tmoqchiman.

Ta’limni rivojlantirish aholisining 60 foizdan ortig‘i yoshlardan, 11 millioni bolalar va o‘smirlardan iborat bo‘lgan O‘zbekiston uchun shubhasiz, strategik masaladir. Albatta, bu demografik dividend bir tomondan mamlakat uchun katta chaqiriq bo‘lsa, ikkinchi jihatdan katta imkoniyatdir.

Shu jihatdan Uchinchi Renessans poydevorini yaratish, Vatanimizning taqdiri va kelajagi bo‘lgan, zamon bilan hamnafas yangi avlodni tarbiyalashni maqsad qilganmiz. Bu borada belgilangan vazifalarni amalga oshirishda sizlar bilan samarali hamkorlikni davom ettiramiz, degan umiddaman."

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik
#Kasbiy_rivojlanish

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda vazirlik tizimidagi Pedagogik mahorat va
xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi mutaxassislari Buyuk Britaniyada malaka oshirishayotgani haqida xabar bergan edik.

📍Delegatsiya vakillari dastur davomida Cambridge Assessment International Education tashkiloti imtihonlarini ishlab chiqish bilan shug'ullаnuvchi Cambridge University and Assessment DC10 tashkilotida bo'lishdi.

👉
Unda tashkilot tomonidan dunyoning ko’plab mamlakatlarida tashkil etiladigan xalqaro imtihonlarning:

✔️tashkil etilish jarayonlari,
✔️imtihon materiallarining chop etilishi, saqlanishi,
✔️mazkur imtihon materiallarining xorijiy mamlakatlarga yetkazilishi jarayonlari bilan tanishishdi.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐
Youtube 🌐 Instagram
🔎
Veb-sayt 😄 Linkedin
#xalqaro_hamkorlik

XITOY XALQARO MAKTABI VAKILLARI BILAN UCHRASHUV

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligida Xitoyda faoliyat ko‘rsatib kelayotgan "Yinghua Academy Tianjin" xalqaro maktabi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv avvalida mamlakatlarimiz o‘rtasida ko‘plab sohalar qatori ta’lim yo‘nalishida ham o‘zaro hamkorlik aloqalari rivojlanayotgani alohida ta’kidlandi.

Muloqot doirasida Agentlik mas’ul xodimlari mehmonlarni tizimdagi maktablar, oliy ta’lim muassasalari, tuzilmalar faoliyati bilan yaqindan tanishtirib, joriy yilda erishilgan natijalar, istiqboldagi rejalar borasida ma’lumot berdi.

O‘z navbatida "Yinghua Academy Tianjin" xalqaro maktabi vakili Yan Zhou ham o‘z ta’lim muassasasi haqida taqdimot o‘tkazdi.

Qayd etilganidek, mazkur Xalqaro maktab 2000-yilda tashkil etilgan bo‘lib, unda bir vaqtning o‘zida Kembrij xalqaro ta’lim tashkiloti va Xitoy milliy dasturlaridan foydalangan holda dars berib kelinmoqda. Ta’lim muassasasi xorijlik yoshlar uchun ham o‘quv dasturlari, kurslar taklif qiladi.

Uchrashuv davomida ta’lim sohasida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, o‘quvchilar almashinuvi dasturi, o‘qituvchilar tajriba almashinuvi, xitoy tili mutaxassislarini jalb qilish borasida takliflar ilgari surildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#xalqaro_hamkorlik

Agentlik rahbariyati va Rossiya federatsiyasining Letovo
xalqaro maktabi direktori Mixail Mokrinskiy boshchiligidagi delegatsiya oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda Agentlik direktori Alisher Ubbiyev mehmonlarni mamlakatimizda davlatimiz rahbari boshchiligida taʼlim sohasida olib borilayotgan izchil islohotlar, xususan ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari yoʻnalishida erishilayotgan yuqori natijalar mazmun-mohiyati bilan tanishtirib oʻtdi.

Shundan soʻng delegatsiya aʼzolari Agentlik tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi, Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi hamda "Yangi Oʻzbekiston" universiteti faoliyati bilan yaqindan tashishdi.

Maʼlumot oʻrnida, Agentlik va Letovo xalqaro maktabi oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolangan edi. Unga koʻra, qoʻshma seminarlar, davra suhbatlari, uchrashuvlar, shuningdek olimpiadalar, tanlovlar va koʻrgazmalar tashkil etish kabi qator loyihalar amalga oshirish rejalashtirilgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube