"Kelajak kasblari" loyihasi
1.53K subscribers
229 photos
72 videos
2 files
150 links
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga zamonaviy kasblarni egallashi, axborot texnologiyalarini o‘rganishi va ularni xorijiy tillarga o'qish xarajatlari subsidiya orqali qoplanadi.

Rasmiy Telegram bot: @kelajakkasblari_bot
Download Telegram
To‘raqo‘rg‘on tuman yoshlari bilan "Kelajak kasblari" loyihasi bo‘yicha uchrashuv tashkil etildi

Yoshlar ishlari agentligi Namangan viloyati boshqarmasi boshlig'i Baxtiyor Mirzatov tomonidan "Kelajak kasblari" loyihasi doirasida o'quv kurslarida bepul chet tillari hamda IT bo'yicha dasturlash sirlarini o'rganayotgan bir guruh to'raqo'rg'onlik yoshlar bilan muloqot o'tkazildi.

Muloqot davomida har bir yoshning mashg'ulot jarayonlari, ularni olib boruvchi o'qituvchilarning bilim saviyasi, o'quv markazlaridagi shart-sharoitlar borasida fikrlari tinglandi. Kelgusidagi maqsadlari bilan tanishildi.

Bizning sahifalarimiz
Telegram | ◾️ Instagram | ◾️ Facebook |◾️ YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yig‘ilishda “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘larini ishlatish tizimi ham o‘zgarishi ma’lum qilindi.

Bu jamg‘arma yoshlarni ko‘proq kasbga, tadbirkorlikka o‘rgatib, bandligini ta’minlashga xizmat qilishi kerak bo‘lsa-da, hokimlar atigi 10 foiz mablag‘ni bandlikka yo‘naltirgan, “Yoshlar daftari” orqali ko‘rsatiladigan 25 ta yordamning 5 tasidan foydalanmoqda. Shu sababli:

- endi yoshlarga kasbga o‘qish, mehnat quroli, urug‘-ko‘chatga subsidiya kabi turdosh xizmatlardan bir vaqtning o‘zida foydalanish imkoniyati yaratiladi;

- urug‘ va ko‘chat uchun 2,5 million so‘m o‘sha hududdagi urug‘-ko‘chat xo‘jaliklaridan sotib olish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri beriladi;

- “Yoshlar daftari” bilan ishlashda yoshlarni animasiya, dizayn, logistika operatori, gid kabi zamonaviy kasblarga o‘qitishga ham alohida e’tibor qaratiladi. Bu tizim bilan maktablarning 10-11-sinf o‘quvchilari ham qamrab olinadi;

- bundan buyon “Yoshlar daftari” jamg‘armalari mablag‘ining kamida 40 foizi aynan kasb-hunarga o‘qitishga yo‘naltiriladi;

- joriy yilda zamonaviy kasblarga o‘qitish uchun 100 milliard so‘m ajratiladi va kamida 25 ming nafar yoshlar o‘qitiladi. Ehtiyojga qarab, bunga yana mablag‘ ajratiladi.

Bizning sahifalarimiz
Telegram | ◾️ Instagram | ◾️ Facebook |◾️ YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Yoshlar daftari” bilan ishlashda yoshlarni animatsiya, dizayn, logistika operatori, gid kabi zamonaviy kasblarga o‘qitishga ham alohida e’tibor qaratiladi. Bu tizim bilan maktablarning 10-11-sinf o‘quvchilari ham qamrab olinadi;

- bundan buyon “Yoshlar daftari” jamg‘armalari mablag‘ining kamida 40 foizi aynan kasb-hunarga o‘qitishga yo‘naltiriladi";

- joriy yilda zamonaviy kasblarga o‘qitish uchun 100 milliard so‘m ajratiladi va kamida 25 ming nafar yoshlar o‘qitiladi. Ehtiyojga qarab, bunga yana mablag‘ ajratiladi"-dedilar davlatimiz rahbari.

Bizning sahifalarimiz
◾️Telegram | ◾️ Instagram | ◾️ Facebook |◾️ YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kelajak kasblari loyihasi

Jizzaxlik singlimiz Shafina Jo'rabekova yoshligidan chet tillarini o'rganishga juda qiziqadi. Hozirgi kunda "Kelajak kasblari" loyihasi doirasida chet tillarini o'rganishi uchun o'qish xarajatlari Yoshlar ishlari agentligi tomonidan qoplab berilmoqda.

Batafsil videoda tomosha qiling!

#yoshlaruchunimkoniyat

Bizning sahifalarimiz:
🕊@yoshlaragentligi 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Kelajak kasblari" loyihasida taʼlim olib daromad topayotgan yoshlar

"Yoshlar daftari"
imtiyozi hisoblangan "Kelajak kasblari" loyihasi doirasida Xorazmlik Abdulloh Bo‘riyev hamda Mirzobek Shomurodovlar "IT park"ning Xorazm filialidagi o‘quv kurslarini tamomlab, daromad olishmoqda.

Loyiha orqali hayotda o‘z o‘rinlarini topayotgan yoshlar haqida batafsil videoda tomosha qiling!

#yoshlaruchunimkoniyat

Bizning sahifalarimiz:
🕊@yoshlaragentligi 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Келажак касблари”лойиҳасида кимлар иштирок этади?

Шафина Жўрабекова Жиззах шаҳар Сангзор маҳалласида яшайди. У ёшлигидан чет тилларига жуда қизиқади. Ҳозирги кунда унинг чет тилларини ўрганиши учун ўқиш харажатлари “Келажак касблари” лойиҳаси доирасида Ёшлар ишлари агентлиги томонидан қоплаб берилмоқда.

📍https://uza.uz/posts/479444

🔻Ўзбекистоннинг ягона расмий ахборот агентлиги

Тelegram | Facebook | Instagram | You Tubе
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Buxorolik yoshlar ham "Kelajak kasblari"da muvaffaqqiyatga erishmoqda

Azamat va Amirxon Ashurovlar-fikri teran, maqsadlari aniq aka-ukalarning samimiy rishtalari bugun bevosita hamkorlik aloqalari bilan yanada mustahkamlangan.

Yoshlar ishlari agentligining "Kelajak kasblari" loyihasi doirasida 6 oy davomida IT texnologiyasi bo'yicha bepul tahsil olgan qahramonlarimiz hozirda "Inform engineering" korxonasida o'rgangan bilimlarini amalda qo'llab kelishyapti.

Yosh bo'lishlariga qaramasdan bir oyda  3 mln. atrofida daromad qilayotgan aka-ukalarning kelajakdagi maqsadlari ham dadil.

Bizning sahifalarimiz
◾️Telegram | ◾️ Instagram | ◾️ Facebook |◾️ YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Kelajak kasblari" loyihasidan kamol topayotgan Namanganlik yosh

Namangan viloyati Yangiqo'rg'on tumanida
istiqomat qiluvchi singlimiz Odina Sobirjonova yoshligidan chet tillarini o'rganishga juda qiziqadi. Odina "Kelajak kasblari" loyihasi doirasida Ingliz (IELTS, CEFR) kurslarini tamomlagan.

Uning o'qish xarajatlari Yoshlar ishlari agentligi tomonidan qoplab berilgan. Ta'lim olib, xorijiy til sertifikatini ham qo'lga kiritdi. Hozirda singlimiz maktabda o'quvchilarga ta'lim berib, daromad topmoqda.

Batafsil videoda tomosha qiling!

#yoshlaruchunimkoniyat

Bizning sahifalarimiz
◾️Telegram | ◾️ Instagram | ◾️ Facebook |◾️ YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"Kelajak kasblari" loyihasi "Lochin" oromgohida taqdimot qilindi

"Kamalak" bolalar tashkilotining XXII anjumani doirasida mamlakatimizdagi eng faol Sardorlar uchun "Kelajak kasblari" loyihasining taqdimoti oʻtkazildi.

Sardorlar Kengashi aʼzolariga loyiha yutuq va kamchiliklari, yangi rejalar, erishilayotgan natijalar yuzasidan maʼlumotlar berildi.

⚡️Shaxrisabz tumani mezbonlik qilgan Anjumanda loyiha yuzasidan Sardorlarning fikr va takliflari tinglandi. Loyihada muvaffaqiyatga erishayotgan yoshlar hayotini hikoya qiluvchi roliklar namoyish qilindi.

#anjuman #kelajakkasblari

Bizning sahifalarimiz
◾️Telegram | ◾️Instagram | ◾️ Facebook |◾️ YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"Kelajak kasblari" loyihasi "Qizlar ovozi" klubi koordinatorlari uchun taqdimot qilib berildi

Prezident huzuridagi davlat boshqaruvi akademiyasida Yoshlar ishlari agentligining "Qizlar ovozi" klubi koordinatorlari uchun loyiha yuzasidan taqdimot o‘tkazildi. Respublikamizning barcha hududidan tashrif buyurgan koordinatorlarga taqdimot o‘tkazishdan asosiy maqsad, loyihaning keyingi mavsumida xotin-qizlar ishtirokini ko‘paytirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar o‘rtasida loyiha targ'ibotini olib borishda klub koordinatorlari bilan hamkorlik o'rnatishdir.

⚡️Zamonaviy kasblarni o'rganmoqchi bo'lgan ayol-qizlarimizni loyiha doirasida yanada qo'llab-quvvatlash uchun taklif va tashabbuslar tinglandi, muhokama qilindi. Koordinatorlar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

#kelajakkasblari #qizlarovozi #ayollarorni

Bizning sahifalarimiz
◾️Telegram | ◾️Instagram | ◾️ Facebook |◾️ YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Alisher Sadullaev
⚡️“Kelajak kasblari” loyihasining 2-mavsumiga e’lon beramiz.

Birinchi mavsum davomida orttirilgan tajribalardan kelib chiqib, ikkinchi mavsumda o’quv markazlarini bilan sifat darajasini yanada oshirish ustida ishlamoqchimiz. Shu sababli, biz o’quv markazlarning soniga emas, sifatiga e’tibor berishga qaror qildik. Bunda:

1. Axborot texnologiyalari, zamonaviy kasblar va xorijiy tillar yoʻnalishida markazda yetarli sharoitlar boʻlishi;

2. Markazda oʻquvchilarga bilimli va tajribali ustozlar dars berishi;

3. Daromad topish yoki xalqaro sertifikatlarni qo’lga kiritishga yo’naltirishi;

4. Sharoit va oʻqituvchilar malakasi yetarli boʻlgan oʻquv markazlari loyiha doirasida Yoshlar ishlari agentligi bilan shartnoma imzolashi;

5. Tasdiqlangan markaz bino hududida davomat tizimini joriy qilishi;

6. Yoshlar ishlari agentligi jamoatchilik kengashi aʼzolariga loyiha doirasida oʻquv markazining amalga oshiradigan ishlari, markaz imkoniyatlari va loyihalari yuzasidan taqdimot oʻtkazishi;

7. "Yoshlar daftari" elektron platformasida oʻquv markazlari uchun yaratiladigan kabinetga ulanishi va belgilangan muddatda kabinet maʼlumotlarini yangilab borishi talab etiladi.

👨‍🎓Shu talablarga javob beradigan o’quv markazlari “Kelajak kasblari” loyihasining 2-mavsumiga qabul qilinadi.

Ariza topshirish uchun havola:
https://yoshlardaftari.uz/edu-center/create

@alisher_sadullaev
⚡️"Kelajak kasblari" loyihasida o'quv markazlarning saralanishi yuzasidan dastlabki natijalarni e'lon qilamiz

Loyiha doirasida Respublika bo'yicha hududlardagi eng yaxshi 167 ta markazlardan arizalar kelib tushgan bo‘lib, 106 ta markaz saralashning dastlabki bosqichlaridan o'ta olmadi. Markaz sharoitlari, o'qituvchilar bilim va ko'nikmasi, rasmiy hujjatlar bir hafta davomida o'rganildi.

O'rganish natijalariga ko'ra tasdiqlanishi kutilayotgan 27 ta o‘quv markazi, 1-mavsumda namunali ishtirok etgan, saralashning ushbu bosqichlaridan o'tgan 9 ta o'quv markazlari, jami 36 ta ta'lim tashkilotlariga elektron davomat tizimi o'rnatilish ishlari boshlandi.

Yangi ariza topshirgan, qayta o'rganilayotgan jami 25 ta o'quv markazi yuzasidan ham xulosalar tez orada ko'rib chiqiladi.

⚡️Yoshlar eng sifatli ta'lim maskanlarida zamonaviy kasblar, xorijiy tillarni o'rganish uchun barcha imkoniyatlar ishga solinmoqda. Tasdiqlanishi kutilayotgan markazlarda tizimlar tayyor bo'lishi bilan, tez orada yoshlar ariza topshirishi uchun loyihaga start beriladi.

Bizning sahifalarimiz
◾️Telegram | ◾️Instagram | ◾️ Facebook |◾️ YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM