Forwarded from Yoshlar ishlari agentligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“O‘quv markazlari” forumi Sirdaryoda
⚡️ Bir-biridan qiziqarli va unutilmas loyihalarni taqdim etayotgan “Yoshlar forumi – 2024” doirasida Sirdaryo viloyatida ham “O‘quv markazlari” forumi tashkil etildi.
Mazkur forum doirasida yoshlarning malakali mutaxassis bo‘lib yetishishlariga ko‘maklashayotgan 40 dan ortiq o‘quv markazlari rahbarlari va yoshlar ishtirok etdi. Tadbir davomida ularning taklif va tashabbuslari tinglandi, faoliyatlaridagi dolzarb muammolar muhokama qilinib, kelgusidagi samarali hamkorlik uchun rejalashtirilgan chora-tadbirlar belgilandi.
#Yoshlarforumi2024
Bizning sahifalarimiz:
🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺 YouTube

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4
Forwarded from Yoshlar ishlari agentligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“O‘zbekiston o‘quv markazlari” forumi
⚡️ Joriy yilning 14-15-dekabr kunlari poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida “Yoshlar forumi – 2024” doirasida “O‘zbekiston o‘quv markazlari” forumi tashkil etilmoqda.
🚀 Mazkur loyiha mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan eng ilg‘or o‘quv markazlari, soha mutaxassislari va xorijiy tillarni o‘rganish hamda zamonaviy kasblarni egallashni maqsad qilgan yoshlarni birlashtirish uchun yagona platforma bo‘lib xizmat qiladi.
🗂 Forumda ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘ting: forum.kelajakkasblari.uz
Yangiliklarni kuzatib borish uchun: @oquvmarkazlarforumi
#Yoshlarforumi2024
Bizning sahifalarimiz:
🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺 YouTube
Yangiliklarni kuzatib borish uchun: @oquvmarkazlarforumi
#Yoshlarforumi2024
Bizning sahifalarimiz:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
Forwarded from Yoshlar ishlari agentligi
#Yoshlarforumi2024
Bizning sahifalarimiz:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥1

⚡️Mamlakatimizdagi o‘quv markazlari soni qariyb 2 baravarga o‘sgan
⚡️ “Yoshlar forumi – 2024” doirasida bo‘lib o‘tayotgan “O‘zbekiston o‘quv markazlari” forumida Agentlik direktori Alisher Sa’dullayev qiziqarli ma’lumotlar ulashdi.
Xususan, 2022-yilda xorijiy tillar va zamonaviy kasblarga o‘qituvchi markazlar soni 12 840 tani tashkil etgan bo‘lsa, sohaga qaratilgan e’tibor natijasida bu ko‘rsatkich ikki yil ichida 1,7 barobarga oshib, 22 297 taga yetdi. Hozirda ushbu markazlarda 353 mingdan ortiq yoshlar ta’lim olmoqda.
🇺🇿 Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan yoshlar uchun chet tillarini o‘rganish yo‘nalishida yaratilgan keng imkoniyatlar va amalga oshirilayotgan tub islohotlar natijasida, ularning kasb egallash imkoniyatlari yildan-yilga oshib bormoqda.
💼 Birgina Yoshlar ishlari agentligining “Kelajak kasblari” loyihasi orqali bugungi kungacha 755 ta o‘quv markazlari bilan hamkorlik olib borilib, 25 mingdan ortiq yoshlarga ta’lim berildi. Ushbu muassasalarning kelgusidagi faoliyatiga omad tilaymiz!
#Yoshlarforumi2024
Bizning sahifalarimiz:
🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺 YouTube
Xususan, 2022-yilda xorijiy tillar va zamonaviy kasblarga o‘qituvchi markazlar soni 12 840 tani tashkil etgan bo‘lsa, sohaga qaratilgan e’tibor natijasida bu ko‘rsatkich ikki yil ichida 1,7 barobarga oshib, 22 297 taga yetdi. Hozirda ushbu markazlarda 353 mingdan ortiq yoshlar ta’lim olmoqda.
#Yoshlarforumi2024
Bizning sahifalarimiz:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9🔥2
Forwarded from Alisher Sadullaev
⚡️Bugungi Prezidentimiz bilan bo'lib o'tgan uchrashuvdan qisqacha taasurotlar!
Bu xabarni har bir yosh eshitishi kerak! Marrani baland olib, oldinga harakatlanishdan to'xtamang aziz yoshlar 🇺🇿

🔥15👍8❤3
Alisher Sadullaev
Voice message
"Kelajak kasblari" loyihasida yangilik!
Ushbu ovozli xabarni do'stlaringizga maksimal ulashing va "2+6" dasturi haqida bilib oling. Tez orada yangiliklarni e'lon qilamiz.
@kelajakkasblari_uz

🔥9👍7
Forwarded from Alisher Sadullaev
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿⚡️Ular bunga qanday erishdi?
Kimlarga havas qildingiz? Kimlarni bu davrada ko'rishni xohlar edingiz?
#prezident #yoshlar #uzbekpower

👍14❤5🔥3
Forwarded from Yoshlar ishlari agentligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yoshlar mamlakatimizning oltin fondi!
“Yuzma-yuz+” mehmoni — Yoshlar ishlari agentligi direktori, senator Alisher Sa’dullayev.
Ko‘rsatuvning ushbu sonida yoshlar siyosati, imkoniyatlar, yechim kutayotgan muammolar va amalga oshayotgan islohotlar haqida so‘z boradi.
📹 To‘liq suhbat YouTube’da
Bizning sahifalarimiz:
🕊 Telegram 📱 Instagram 📺 YouTube 🌍 Veb sayt
“Yuzma-yuz+” mehmoni — Yoshlar ishlari agentligi direktori, senator Alisher Sa’dullayev.
Ko‘rsatuvning ushbu sonida yoshlar siyosati, imkoniyatlar, yechim kutayotgan muammolar va amalga oshayotgan islohotlar haqida so‘z boradi.
Bizning sahifalarimiz:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3👍2
Forwarded from Yoshlar ishlari agentligi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar bilan ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida farmoni (PF-61, 26.03.2025 y.) qabul qilindi.
🔰Farmonga ko‘ra, 2025-yil 1-maydan boshlab 2031-yil 1-yanvargacha bo‘lgan muddatga quyidagi soliq imtiyozlarini joriy etiladi:
kreativ park rezidentlariga ijtimoiy soliqni hamda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini 50 foiz kamaytirilgan stavkada to‘lash;
rezidentlarni tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadi miqdoridan qat’i nazar aylanmadan olinadigan soliq to‘lovchilar toifasiga kiritish. Bunda rezidentlar o‘z istagiga binoan umumbelgilangan soliq solish tartibiga o‘tishlari mumkin.
🔸 xorijiy tillar bo‘yicha kamida C1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatni olganiga ikki yildan oshmagan yoshlarga olis va borish qiyin bo‘lgan hududlarda chet tillariga ixtisoslashgan o‘quv markazlarini ochish uchun Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish davlat maqsadli jamg‘armasi tomonidan olti oylik imtiyozli davr bilan uch yil muddatga bazaviy hisoblash miqdorining 320 baravarigacha miqdorda foizsiz ssuda beriladi.
🔸2025-yildan boshlab mahallalardagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlari xorijning nufuzli top-100 talik ro‘yxatiga kirgan oliygohlarda o‘qish imkoniyatini yaratish maqsadida “El-yurt umidi” jamg‘armasining yangi stipendiya yo‘nalishi sifatida “Yorqin iste’dod” loyihasi joriy etiladi;
🔸“El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali xorijiy mamlakatlarda ta’lim olib qaytgan stipendiatlar milliy kadrlar zaxirasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri kiritiladi hamda ular davlat organlari, tashkilotlari va muassasalariga tanlovsiz ishga olinadi;
🔸2025-yil 1-iyundan:
nufuzli xalqaro reyting tashkilotlarining yuqori 100 talik ro‘yxatiga kiritilgan xorijiy oliy ta’lim muassasalarida ilmiy daraja (PhD va unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy daraja) olgan 35 yoshgacha bo‘lgan mutaxassislarga uy-joy sotib olish uchun uy-joy joylashgan hududdan kelib chiqib, o‘n yil muddatga bazaviy hisoblash miqdorining 2 150 baravarigacha miqdorda foizsiz ssuda ajratiladi;
nufuzli xalqaro fan olimpiadalari g‘olib va sovrindorlariga to‘lanadigan bir martalik pul mukofotining amaldagi miqdorlari 5 baravarga oshiriladi.
✅ 2025/2026 o‘quv yilidan:
O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalarining namunali kursantlari (talabalari) va tinglovchilari uchun “Oliy bosh qo‘mondon” davlat stipendiyasi joriy etiladi.
o‘quvchilar o‘rtasida muhandislik-ixtirochilik yo‘nalishida olimpiadalar o‘tkazish yo‘lga qo‘yiladi va g‘olib bo‘lgan bitiruvchi yoshlar davlat oliy ta’lim muassasalarining olimpiada yo‘nalishiga mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga imtihonlarsiz qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi.
🔹Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga ajratilgan mablag‘lar doirasida yoshlarni ilmga qiziqtiruvchi, tarbiyaviy va umummilliy qadriyatlarni shakllantiruvchi milliy mediakontentlar yaratish hamda eng yaxshi intellektual shoularni tashkil etish uchun 100 million so‘mgacha grantlar ajratiladi;
#qonunchilikdagi_yangiliklar

👍13🔥7❤4
Forwarded from Alisher Sadullaev
⚡️Rivojlanish uchun foydali manbalar
1. Ibrat farzandlari — xorijiy tillarni bepul o‘rganish;
2. Mutolaa — kitoblarni audio va elektron formatda o‘qish;
3. Ustoz AI — zamonaviy kasblarni bepul o‘rganish;
4. Top100 Uni — dunyoning TOP universitetlariga tayyorlash;
5. Yosh kitobxon — bilimdonlar uchun kitobxonlik tanlovi;
6. UzChess — shaxmatni tez va oson o‘rganish;
7. Ibrate Debate — ingliz tilida debat sessiyalari;
8. Qizlar akademiyasi — xotin-qizlar uchun bepul ta’lim platformasi;
9. Qizlar ovozi — faol qizlarning tashabbuslari;
10. President Tech Award — eng yaxshi startaplar tanlovdan biri;
11. Digital Generation — dasturlashni o‘rganing va dunyoni o‘zgartiring;
12. PhD sari qadam — xotin-qizlarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish;
13. WikiStipendiya — jahon internet tarmog‘idagi o‘zbekcha ma’lumotlar;
14. 1000Kitob — eng sara adabiyotlarning o‘zbekcha tarjimasi;
15. iQtidorly — STEM fanlari bo‘yicha iqtidorli yoshlarni aniqlash;
16. Yoshlar ovozi — yoshlar hayotiga bag‘ishlangan gazeta;
17. Bek va Lola — bolajonlar uchun animatsion multserial;
18. Beruniy sarguzashtlari — buyuk ajdodlarimiz tarixi;
19. Yashil makon — ekologiyaga bag‘ishlangan milliy multfilm;
20. Yoshlar ovozi Bo‘zatov — iste’dodlarni kashf etuvchi musiqiy tanlov;
21. Khan Academy Uzbek — bepul onlayn videodarsliklar;
22. Xalqaro imtihon kompensatsiyasi — Xalqaro imtihon xarajatlarini qoplab berish
23. Work and Travel — talabalar uchun xorijda ishlash va sayohat qilish;
24. Yoshtadbirkorlar.uz — Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish va bandligini ta’minlash;
25. Yoshlar Ventures — kichik biznes va startap g‘oyalarni moliyalashtirish
26. Startap Garage — startapingizni barqaror biznesga aylantirish;
27. AloqaVentures — texnologik g‘oyalar va innovatsion kelajak sari yo‘l;
28. Kelajak kasblari — yoshlarni zamonaviy kasblarga o‘qitish;
29. SeeYoUzbekistan — O‘zbekistonning siz bilgan va bilmagan manzillar;
30. Milliy karaoke — Milliy qo‘shiqlarimizni karaokeda kuylang;
31. Yoshlar Akademiyasi — ilmiy-innovatsion g‘oyalar va startaplarni rivojlantirish.
Ushbu loyihalarning qaysi birida ishtirok etgansiz? Yoshlar uchun manfaatli yana qanday loyihalarni bilasiz? Izohlarda fikringizni qoldiring!
@alisher_sadullaev

👍20❤9🔥8
Forwarded from Yoshlar ishlari agentligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kelajak kasblarini egallayotgan yoshlar
Toshkent shahrida joylashgan, “Ma’lumotlar tahlili”, “Power BI” kabi zamonaviy yo‘nalishlarga ixtisoslashgan“MAAB Innovation” o‘quv markazida iqtidorli yoshlarga “Kelajak kasblari”ni o‘rganishlari uchun yangi imkoniyatlar yaratildi.
Ushbu markazda tahsil olayotgan bir guruh yoshlar nafaqat xalqaro fan olimpiadalarida g‘olib bo‘lishga, balki o‘zlarining analitik fikrlash, sun’iy intellekt va axborot texnologiyalari sohasidagi amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlashga ham muvaffaq bo‘lmoqda.
Bizning sahifalarimiz:
🕊 Telegram 📱 Instagram 📺 YouTube 🔹 Linkedin 🌍 Veb sayt
Toshkent shahrida joylashgan, “Ma’lumotlar tahlili”, “Power BI” kabi zamonaviy yo‘nalishlarga ixtisoslashgan
Ushbu markazda tahsil olayotgan bir guruh yoshlar nafaqat xalqaro fan olimpiadalarida g‘olib bo‘lishga, balki o‘zlarining analitik fikrlash, sun’iy intellekt va axborot texnologiyalari sohasidagi amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlashga ham muvaffaq bo‘lmoqda.
Bizning sahifalarimiz:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3❤2🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Spark” avtomobili o‘z egasini topdi!
⚡️Yoshlar ishlari agentligining “Kelajak kasblari” loyihasi doirasida Navoiy viloyatidagi “Saturn Edu” o‘quv markazida tahsil olgan Xurramova Ozoda o‘zining intiluvchanligi, mas’uliyati va bilimga chanqoqligi bilan ajralib turdi.
Loyiha e’lon qilingan zahoti ro‘yxatdan o‘tgan va darslarda muntazam hamda faol ishtirok etgan Ozoda dastlabki bosqichda B2 darajadagi ingliz tili sertifikatini qo‘lga kiritdi. Ustozlarining ko‘magida o‘z ustida doimiy ishlash natijasida yakuniy imtihonda 67 ball to‘plab, C1 darajaga sazovor bo‘ldi.
🚘Ushbu yutuqlari evaziga Xurramova Ozoda “Spark” rusumli avtomobil bilan taqdirlandi. Bu yutuq nafaqat uning shaxsiy g‘alabasi, balki “Kelajak kasblari” loyihasi orqali minglab yoshlar uchun ochilayotgan imkoniyatlarning amaliy tasdig‘idir.

❤11👍5🔥5