"Kelajak kasblari" loyihasi
1.55K subscribers
229 photos
72 videos
2 files
150 links
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga zamonaviy kasblarni egallashi, axborot texnologiyalarini o‘rganishi va ularni xorijiy tillarga o'qish xarajatlari subsidiya orqali qoplanadi.

Rasmiy Telegram bot: @kelajakkasblari_bot
Download Telegram
"Kelajak kasblari" loyihasining Telegram Bot'idan yangilik!

Loyihaning 2-mavsumi doirasida tasdiqlangan, "Yoshlar daftari" elektron tizimida mavjud bo‘lgan barcha o‘quv markaz ma'lumotlarini ko‘rishingiz, mavjud imkoniyatlari bilan tanishishingiz va ushbu markazlarga murojaat qilishingiz mumkin.

🕊Buning uchun telegramdagi @kelajakkasblari_bot orqali "Tasdiqlangan o‘quv markazlari" bo‘limiga o‘tishingiz kerak bo'ladi. "Yoshlar daftari"ga kiritilayotgan yoshlarga ta'lim beruvchi dargohlar bilan tanishish imkoniyati endi barchada mavjud.

Loyihaning bot faoliyatida hali ko'plab yangiliklar yaratiladi.

Bizning sahifalarimiz
◾️Telegram | ◾️Instagram | ◾️ Facebook |◾️ YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Kelajak kasblari” loyihasi yuzasidan statistik ko‘rsatkichlar

Loyihaga yoshlardan 4 769 ta ariza kelib tushgan bo‘lib, 2 058 tasi tasdiqlangan, 1 503 tasi rad qilingan hamda 1 208 tasi ko’rib chiqilmoqda.

O’quv markazlardan 363 ta ariza qabul qilingan bo’lsa, shundan 68 tasi tasdiqlanib, 65 ta o’quv markazga davomat tizimi o’rnatilgan va 3 tasida o’rnatilmoqda. 33 ta ariza ko’rib chiqilmoqda hamda 262 ta ariza rad qilingan.

Telegramdagi @kelajakkasblari_bot dan bugungi kunda 6 280 nafar yoshlar foydalanmoqda.

Ariza topshirish uchun havola: https://yoshlardaftari.uz/applications/create/center?service_id=8

Bizning sahifalarimiz
◾️Telegram | ◾️Instagram | ◾️ Facebook |◾️ YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Alisher Sadullaev
⚡️ “Kelajak kasblari” ning 2-mavsumi yuzasidan statistik ko'rsatkichlar!

Bugungi kunga qadar, yoshlardan 5 232 ta ariza kelib tushgan bo’lsa shundan, 2 361 tasi tasdiqlangan, 1 899 tasi rad qilingan hamda 972 tasi ko’rib chiqilmoqda.

O’quv markazlardan 367 ta ariza qabul qilingan bo’lsa, shundan 68 tasi tasdiqlanib, 65 ta o’quv markazga davomat tizimi o’rnatilgan va 3 tasida o’rnatilmoqda. 28 ta ariza ko’rib chiqilmoqda hamda 271 ta ariza rad qilingan.

Shuningdek, @kelajakkasblari_bot dan bugungi kunda 6 388 nafar yoshlar foydalanmoqda. Bot orqali endilikda tasdiqlangan markazlar imkoniyatlari bilan ham tanishish mumkin.

Ariza topshirish uchun havola: https://yoshlardaftari.uz/applications/create/center?service_id=8

@alisher_sadullaev
"Kelajak kasblari" loyihasining jamoasi kengaymoqda

"Kelajak kasblari" loyihasining menejeri va grafik dizayneri boʻlish imkoni har bir yoshda mavjud.

Buning uchun Siz oʻz ishining ustasi boʻlgan kreativ grafik dizayner yoki tahlil qilish, maʼlumotlar ustida ishlash kabi qobiliyatlarga ega, koʻplab loyihalarda faoliyat yuritgan faol yosh boʻlishingiz lozim.

Yoshlar ishlari agentligi yoshlarni ushbu jamoaga chorlaydi. Ariza topshirib, "Kelajak kasblari" jamoasining aʼzosiga aylaning.

👉🏻 Ariza topshirish

Bizning sahifalarimiz:
◾️Telegram | ◾️Instagram | ◾️ Facebook |◾️ YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ “Kelajak kasblari”ning 2-mavsumi yuzasidan statistik ko'rsatkichlar!

Bugungi kunga qadar, yoshlardan 7 036 ta ariza kelib tushgan bo’lsa shundan, 3 462 tasi tasdiqlangan, 2 958 tasi rad qilingan hamda 616 tasi ko’rib chiqilmoqda.

O’quv markazlardan 393 ta ariza qabul qilingan bo’lsa, shundan 77 tasi tasdiqlanib, 71 ta o’quv markazga davomat tizimi o’rnatilgan va 6 tasida o’rnatilmoqda. 53 ta ariza ko’rib chiqilmoqda hamda 263 ta ariza rad qilingan.

Shuningdek, @kelajakkasblari_bot dan bugungi kunda 7 955 nafar yoshlar foydalanmoqda.

Ariza topshirish uchun havola: https://yoshlardaftari.uz/applications/create/center?service_id=8

Bizning sahifalarimiz:
◾️Telegram | ◾️Instagram | ◾️ Facebook |◾️ YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️"Kelajak kasblari" loyihasida o’quvchilar davomati kuzatib borilmoqda

Bugungi kunga qadar 8 732 nafar yoshlardan loyiha uchun ariza topshirilgan bo‘lib, 4 661 nafar yosh loyihaning 2-mavsumi uchun tasdiqlangan. 76 ta o‘quv markazning 130 dan ortiq filliallarida elektron davomat tizimi yo‘lga qo'yildi.

Loyiha doirasida tasdiqlangan o‘quv markazlari uchun "Yoshlar daftari" elektron platformasida "Kelajak kasblari" onlayn kabineti tashkil etildi. Markaz ma'muriyati tomonidan belgilangan vaqtda face-id tizimi yoshlarni davomatini amalga oshirmoqda. Ma'lumotlar almashinuvi, davomat tahlili va darsga kelmagan o'quvchilarga sms xabarnoma yuborish tizimi ishlab chiqilgan.

Yoshlardan "Kelajak kasblari"ni puxta egallashlarini so'raymiz.

Ariza topshirish uchun havola: https://yoshlardaftari.uz/applications/create/center?service_id=8

Bizning sahifalarimiz:
◾️Telegram | ◾️Instagram | ◾️ Facebook |◾️ YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Alisher Sadullaev
Shu yilning 25-sentabr – 1-oktabr kunlari “WeekieHogwarts” oromgohi tashkil etiladi.

Yoshlar ishlari agentligi tomonidan o‘tkazilayotgan “WikiStipendiya” loyihasining “WeekieHogwarts” oromgohida qatnashish orqali siz bir qator imkoniyatlarni qo‘lga kiritishingiz mumkin.

Jumladan:
✓ zamonaviy kasblar va xorijiy tillarni
bepul o‘rganish imkoni;
✓ hech qanday
to‘lovlarsiz IELTS imtihonini topshirish;
✓ OTMlar uchun to‘lov summasini
davlat tomonidan qoplab berilishi kabilar. Bundan tashqari, loyiha g‘oliblari qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanishadi.

Ishtirok etishni xohlovchilar batafsil ma’lumotni shu yerdan olishlari mumkin.

@alisher_sadullaev
⚡️ “Kelajak kasblari”ning 2-mavsumida arizalar soni 10 mingdan oshdi!

Bugungi kunga qadar, yoshlardan 10 180 ta ariza kelib tushgan bo’lsa shundan, 5 731 tasi (41.5 % ayol-qizlar) tasdiqlangan, 4 017 tasi rad qilingan hamda 432 tasi ko’rib chiqilmoqda.

O’quv markazlardan 423 ta ariza qabul qilingan bo’lsa, shundan 85 tasi tasdiqlanib, 8 ta ariza ko’rib chiqilmoqda hamda 330 ta ariza rad qilingan.

Arizasi tasdiqlangan yopshlarning 1 966 nafari ayni vaqtda kurslarda o'qimoqda. 1 056 nafari esa o'quv kurslarini hali boshlamagan. O'quv kurslarini boshlagan yoshlarning davomati onlayn tizim orqali kuzatib borilmoqda.

Shuningdek, @kelajakkasblari_bot dan bugungi kunda 8 348 nafar yoshlar foydalanmoqda.

Ariza topshirish uchun havola: https://yoshlardaftari.uz/applications/create/center?service_id=8

Bizning sahifalarimiz:
◾️Telegram | ◾️Instagram | ◾️ Facebook |◾️ YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Xushnudbek.uz
Mushtariydan savol: eshitishimcha, "Yoshlar daftari"da turadigan yoshlar o‘quv markazlarida o‘qisa, uning pulini davlat qoplab berar ekan. Shu rostmi? Agar rost bo‘lsa, qaysi yo‘nalishlarda o‘qish kerak? O‘quv markazlari ro‘yxatini qayerdan topsa bo‘ladi?

JAVOB: Ha, rost. Amaldagi tartibga ko‘ra, "Yoshlar daftari"da ro‘yxatda turadigan 14-30 yoshdagi yoshlar «Kelajak kasblari» loyihasi doirasida zamonaviy kasblar, IT va xorijiy tillar yo‘nalishlarida ta‘lim olsa, ularning 6 oygacha kurs xarajatlari davlat tomonidan qoplab beriladi.

Tizimga ulangan o‘quv markazlari ro‘yxatini mana bu yerdan ko‘rish mumkin:

https://yoshlardaftari.uz/approved-list

Dizayn va dasturlashning turli yo‘nalishlari, xorijiy tillar, zamonaviy arxitektura, animatsiya va ko‘plab sohalarini o‘rganishni niyat qilgan yoshlarga quyidagi havola orqal ariza topshirishni tavsiya qilamiz:

https://yoshlardaftari.uz/applications/create/center?service_id=8

Ayniqsa, mabodo siz o‘qishdan yiqilgan bo‘lsangiz, unda kasb yoki til o‘rganishning ayni payti!

Ma‘lumot uchun: bugungacha 12 mingga yaqin yoshlarning 700 ga yaqin o‘quv markazlarida olgan ta‘limlari moliyalashtirilgan.


👉 @xushnudbek 👈
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚫️Ёшлар замонавий касбларни эгаллаши учун давлат шароит яратмоқда

Мамлакатимизда, хусусан, Хоразм вилоятида иқтидорли ва истеъдодли ёшларни ҳар томонлама қўллаб-қувватлаш борасида самарали ишлар қилинмоқда.

Урганч шаҳридаги IT-Park'да 400 дан ортиқ ёшлар таълим олмоқда. Уларнинг 140 нафари «Ёшлар дафтари»га киритилган бўлиб, уларни замонавий касбларга ўргатиш учун Ёшлар ишлари агентлиги томонидан 235 млн сўм маблағ тўлаб берилган.

📹 Батафсил: видеода

@uza_uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️"Kelajak kasblari" loyihasida davomat tizimi yuzasidan video qo'llanma

Bugungi kunda loyihamizga 13 686 nafar yoshdan ariza topshirilgan bo‘lib, ularning 8 336 nafari tasdiqlangan. Shuningdek, 4 990 nafar yosh hozirda zamonaviy kasblar va xorijiy tillar kurslarida faol ishtirok etmoqda.

Yoshlarimizning 90 dan ortiq markazlarning 150 dan ortiq filiallariga o‘rnatilgan face-id tizimlari kunlik davomatini tekshirib, "Yoshlar daftari" tizimining kabinet qismida aks ettirib bormoqda. Loyiha ishtirokchilariga yanada qulay va tushunarli bo'lish uchun biz davomat tizimi qanday ishlashi yuzasidan video tayyorladik. Ushbu videoni loyihaning barcha ishtirokchilariga yetib borishida ko'maklashing.

#kelajakkasblari #davomattizimi

Bizning sahifalarimiz:
◾️Telegram | ◾️Instagram | ◾️ Facebook |◾️ YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️"Yoshlar daftari" tizimida "TOP-100" oʻquvchilar roʻyxati tashkil etildi

"Kelajak kasblari" loyihasi doirasida eng koʻp darslarda ishtirok etgan, davomatida uzilishlar kuzatilmagan, tizim tartib-qoidalariga rioya qilgan yoshlar roʻyxatini endilikda barcha kuzatib borishi mumkin. Ushbu roʻyxat joriy vaqt holatida yangilanib boradi va oy davomatida biror yosh dars qoldirsa ushbu roʻyxatdan joy olmaydi.

Ushbu roʻyxatdan yoshlarni ragʻbatlantirib borish maqsadida foydalanish mumkin. Shuningdek, tizimga amal qiluvchilar soni yanada oshib borishi bilan ushbu roʻyxat qamrab oluvchi yoshlar soni ham ortadi.

"Kelajak kasblari" ishtirokchisi boʻlsangiz, Siz ham "TOP-100" faol oʻquvchilar roʻyxatidan joy olishni maqsad qiling.

Roʻyxat bilan tanishish: https://yoshlardaftari.uz/top-active-readers

@kelajakkasblari_uz👈
Forwarded from Alisher Sadullaev
"Kelajak kasblari" loyihasi doirasida yoshlar murojaatlari ko'paymoqda. Shu mavzuda ochiq muloqot qilsak nima deysizlar?
Anonymous Poll
75%
Albatta, yig'ilib qolgan murojaat va savollarimiz bor
14%
Shart emas, ma'lumotlar yetarli
11%
Murojaatlarimni izohlarga qoldiraman, javob berishingizni so'raymiz
Forwarded from Kelajak kasblari | Bot
Loyihaning ikkinchi mavsumida ishtirok etish uchun o‘quv markazlaridan kelib tushgan arizalar soni 498 ta bo‘lib shundan 96 ta o‘quv markazi loyihada ishtirok etish uchun tasdiqlangan. Tasdiqlangan o‘quv markazlarining barchasida “Kelajak kasblari” loyihasi doirasida dars mashg‘ulotlari olib borilmoqda.

Ikkinchi mavsumda ishtirok etish uchun jami 15 074 nafar yoshdan arizalar kelib tushgan. Shundan 9 219 nafar yoshlar loyihada o‘qishi uchun tasdiqlangan bo‘lib, bugungi kunda 5 621 nafari o‘quv markazlarida tahsil olmoqda. Ikkinchi mavsumda loyiha doirasida 4 637 nafar yoshga, jami 8,3 mlrd. so‘m miqdorida yordam ko‘rsatildi. “Kelajak kasblari” loyihasida o‘rgatilayotgan yo‘nalishlar bo‘yicha eng ko‘p mablag‘ Dasturlash yo‘nalishlariga (3.1 mlrd), shuningdek Grafik dizayn va zamonaviy arxitektura yo‘nalishiga (665.9 mln) va xorijiy til kurslariga (2.2 mlrd) so‘m mablag‘ ajratilgan.

⚡️“Kelajak kasblari” loyihasi natijadorligi tahlil qilinganda kurslarni yakunlab daromad topayotganlar yoshlar yo‘nalishlar kesimida:
📌 Arxitekturaning 7 ta turi (3D max, personal modeling, AvtoCad, interer) bo‘yicha 119 nafar;
📌 Dasturlashning 11 ta turi (Scratch, frontend, beckend, java, python) bo‘yicha 322 nafar;
📌 Dizaynning 3 ta turi (Grafik, UX/UI, web) bo‘yicha 102 nafar;
📌 Zamoaviy kasblar turlari (SMM, buxgalteriya, mobilografiya, logistika) bo‘yicha 84 nafar yoshlar daromad topmoqda. Ushbu yoshlar “Yoshlar daftari” tizimida yoshlar yetakchilari tomonidan har oy elektron monitoring qilingan bo‘lib, 1 milliondan 6-7 mln so‘mgacha daromad topmoqda.
⚡️Yoshlar ishlari agentligi direktorining telegram sahifasidagi ovozli muloqotdan asosiy savollar

2:14 "Kelajak kasblari" loyihasining asosiy g'oyasi va maqsadi nima edi?
10:44 "Kelajak kasblari" loyihasi bo'yicha to'lab berilishi kerak bo'lgan pullar haligacha to'lab berilmayotganligi sababli ayrim yoshlar shartnomalari bekor qilinmoqchi. Nima sababdan bunday muammolarga duch kelinmoqda?
19:10 "Kelajak kasblari" loyihasiga ariza topshirdim, lekin Yoshlar ishlari Agentligida yetarlicha mablag' yo'qligini aytishdi. Qanday yo'l tutishim kerak?"
21:54 Loyihaga bitta oiladan ikki nafar farzand qatnasha oladimi?
22:42 Yoshlar ishlari Agentligi tomonidan yangilik.
24:00 "Kelajak kasblari" loyihasi doirasida o'qib turib, ushbu loyiha orqali noutbook harid qilsa bo'ladimi?
25:46 Sirtqi ta'limda tahsil olayotgan talabalar, yoki sog'lig'idagi muammolar yuzasidan davolanayotgan o'quvchilar kurslarni vaqtinchalik to'xtatib turish imkoniga egami?
26:56 Bir oy dars qoldirishga majbur bo'lgan yoshlar uchun kurslar qayta o'tib beriladimi?
30:13 Loyiha doirasida istalgan markazlarda ta'lim olish mumkinmi?
55:40 "Menga yaqin bo'lgan markazda face-id yo'q, lekin shu yerda o'qimoqchiman. Nima qilsam bo'ladi?"
59:05 "O'quv markazlarining baholash tizimi menimcha noto'g'ri. Yetarli uskunalar bo'lmasa markazim loyihada qatnasha olmaydimi?"
⚡️"Kelajak kasblari" loyihasida uzoq kutilgan yangilik!

Endilikda loyiha doirasida ta'lim olayotgan yoshlar oʻzlarining "Oʻquvchi kabineti" qismiga kira olishadi. Elektron tizimning ushbu qismida yoshlar davomatini, dars jadvali, toʻlov holati va qoʻllanmalarni koʻra oladi.

Bu orqali yoshlarning zamonaviy kasblarni oʻrganishida davomati ortishi, qoʻshimcha yangiliklardan xabardor boʻlib borishadi.

yoshlardaftari.uz elektron tizimiga koʻrsatmadagidek kiring va oʻz kabinetingizni faollashtiring. O‘quvchi kabineti takomillashtirib boriladi.

#repost #shaxsiykabinet

Bizning sahifalarimiz:
◾️Telegram | ◾️Instagram | ◾️ Facebook |◾️ YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM