Qashqadaryo yuridik texnikumi
1.1K subscribers
11.1K photos
793 videos
101 files
4.62K links
🏛 Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumining rasmiy kanali

🗺 Manzil: Qarshi shahri, I.Karimov ko'chasi, 52-uy

Murojaat uchun:
📥 @yuridik_texnikum_bot
☎️+998906176655
+998993791922
+998907204565
Download Telegram
Forwarded from Qashqadaryo.adliya.uz
#Adliya_xabari

Adliya vaziri  Yakkabog' tumanida farmon ijrosi bilan tanishdi

Adliya vaziri A.Tashqulov Qashqadaryo viloyati Yakkabog' tumani adliya bo'limida bo'lib, tuman adliya bo'limi, FHDY, YXKM hamda DXM xodimlari bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida tuman adliya bo‘limi boshlig‘ining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida axboroti tinglandi.

Adliya vaziri tomonidan adliya bo'imlari bilan bir qatorda MFY xodimlariga ham ko‘plab vakolatlar, tashkiliy va moliyaviy imkoniyatlar berilayotgani hamda sohada amalga oshirilayotgan samarali islohotlar to‘g‘risida ma'lumotlar berildi.

Shuningdek, aholi bandligini taʼminlash, bunda daromad topishga qaratilgan muayyan mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish va faoliyat turini kengaytirish istagini bildirgan shaxslarni  qo‘llab-quvvatlash masalalarida tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Kanalga ulanish👇
https://t.iss.one/qashqadaryoviloyatadliya
Forwarded from Qashqadaryo.adliya.uz
#adliya_xabari

🔔 Maktablarida birinchi qo'ng'iroq tadbirlari bo'lib o'tdi

Bugun, 4 sentabr kuni yangi o'quv yilining boshlanishi munosabati bilan yurtimizning barcha umumiy o'rta ta'lim maktablarida birinchi qo'ng'iroq tadbirlari o'tkazildi.

Qarshi shahridagi 40-umumta'lim maktabida o'tkazilgan birinchi qo'ng'iroq tadbirida Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i S.Nuriyev ham ishtirok etib, o'quvchilarni yangi o'quv yili bilan tabrikladi.

Tadbir davomida o'quvchilarga Prezident sovg'alarini topshirib, mustaqillik darslarini o'tdi.


Kanalga ulaning👇👇👇
https://t.iss.one/qashqadaryoviloyatadliya
Forwarded from Qashqadaryo.adliya.uz
#adliya_xabari

ADLIYA VAZIRI O'RINBOSARI QASHQADARYODA

Adliya vaziri o'rinbosari X.Meyliyev Qarshi shahridagi "Monomarkaz"ning yoshlar bandligini ta'minlash  va kasb - hunarga o'qitish bo'yicha faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Monomarkazda taxsil olayotgan 24 nafar yoshlar bilan uchrashib, ularni qiynab kelayotgan muammolarini o'rganib, takliflarini tingladi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi yuridik texnikumlarining 72 nafar iqtidorli o‘quvchisi hamda Toshkent davlat yuridik universitetining 8 nafar talabasi Adliya vazirligi stipendiyasi bilan taqdirlandi.

Mazkur stipendiya “O‘zbekiston Respublikasida yuridik ta’lim va fanni tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni ijrosi yuzasidan Toshkent davlat yuridik universiteti va Adliya vazirligining yuridik texnikumlarining akademik o‘zlashtirish ko‘rsatkichi eng yuqori bo‘lgan talabalari va o‘quvchilarini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish maqsadida adliya vaziri tomonidan 2021-yilda ta’sis etilgan.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
Forwarded from Qashqadaryo.adliya.uz
#Adliya_xabari

Adliya vaziri  Kasbi tumanida farmon ijrosi bilan tanishdi

Adliya vaziri o'rinbosari X.Meyliyev Kasbi tumani adliya bo'limida bo'lib, tuman adliya bo'limi, FHDY, YXKM hamda DXM xodimlari bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida tuman adliya bo‘limi boshlig‘ining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida axboroti tinglandi.

Adliya vaziri tomonidan adliya bo'imlari bilan bir qatorda MFY xodimlariga ham ko‘plab vakolatlar, tashkiliy va moliyaviy imkoniyatlar berilayotgani hamda sohada amalga oshirilayotgan samarali islohotlar to‘g‘risida ma'lumotlar berildi.


Kanalga ulanish👇
https://t.iss.one/qashqadaryoviloyatadliya
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Huquqiy muammongiz bormi? Uni qanday hal etishni bilmayapsizmi? Bunda adliya organlari sizga yordam beradi.

Endilikda siz “Online mahalla” elektron platformasi orqali o‘zingizni qiziqtirgan huquqiy masalalarga yechim topish bilan birgalikda buzilgan huquqlaringizni tiklash imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

Batafsil 👉 videorolikda

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Qashqadaryo.adliya.uz
#adliya_xabari

ADLIYA KUBOGI – 2024 musobaqasi bo'lib o'tdi.

⚽️ Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi va uning tizimida ishlovchi xodimlar o’rtasida sportning mini futbol turi bo’yicha Adliya kubogi – 2024 musobaqasi bo'lib o'tdi.

🏆  1- o'rinni,  Boshqarma jamoasi ,

🏆  2 - o'rinni, Kitob tuman adliya bo‘limi jamoasi

🏆 3-o‘rinni, Yuridik texnukum jamoasi  egalladi.

Shuningdek, “Eng yaxshi darvozabon” nominatsiyasini Kitob tuman
adliya bo‘limi jamoasi darvozaboni Axmad Murodullayev,

“Eng yaxshi to‘purar” nominatsiyasini Muborak tuman
adliya bo‘limi jamoasi o‘yinchisi Eldorbek Abduraxmonov,

“Eng yaxshi o‘yinchi” nominatsiyasini Boshqarma jamoasi o‘yinchisi Shaxzod G'oyimov qo‘lga kiritdi.


Kanalga ulaning👇👇👇
https://t.iss.one/qashqadaryoviloyatadliya
Forwarded from Qashqadaryo.adliya.uz
Forwarded from Qashqadaryo.adliya.uz
#Adliya_xabari

#adliya_xabari

Adliya vaziri A.Tashkulov xizmat safari davomida viloyat markazdan olisdagi Dehqonobod  tumanining  “Zavqiy” mahalla fuqarolar yig‘inida “mahalla yettiligi” bilan uchrashdi.

Uchrashuvda “Online mahalla” platformasi orqali adliya organlariga yuborilayotgan murojaatlar, mavjud muammolarni ijobiy hal etish borasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Shuningdek, bugunning dolzarb masalalaridan biri - aholi tomonidan noqonuniy egallab olingan yerlarni hujjatlashtirish borasida yer-kadastr bo'limi xodimlari bilan alohida suhbatlashildi.

Uchrashuv davomida Adliya vaziri aholiga qonunning mazmun-mohiyatini xalqchil tilda tushuntirish hamda adolatli va samarali ijro etilishi yuzasidan fikr yuritdi.

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Qarshi shahrida yuridik texnikum binosi foydalanishga topshirildi

Ochilish marosimida adliya vaziri Akbar Toshqulov, viloyat hokimi Murodjon Azimov, hududdagi huquqni muhofaza qiluvchi organ rahbarlari, yoshlar, OAV hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Mazkur bino Adliya vazirligi mablagʻlari hisobidan zamonaviy talablar asosida toʻliq kapital rekonstruksiya qilindi.

Mehmonlar oʻquvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar, zamonaviy auditoriyalar, anjumanlar zallari, oʻquv xonalari, kutubxona, ovqatlanish hamda axborot-resurslari maskanlari bilan yaqindan tanishdilar.

Dunyo standartlariga mos ravishda qurilgan, zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan mazkur oʻquv bino dizayniga innovatsion yondashilgani har bir detalda oʻz aksini topgan.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM