Qashqadaryo yuridik texnikumi
1.04K subscribers
11.3K photos
822 videos
101 files
4.73K links
🏛 Qashqadaryo yuridik texnikumining rasmiy kanali

🗺 Manzil: Qarshi shahri, I.Karimov ko'chasi, 52-uy

Murojaat uchun:
📥 @yuridik_texnikum_bot
☎️+998906176655
+998993791922
+998907204565
Download Telegram
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Saylov_2024

Viloyatda 60 ta saylov okrugi tuzildi

Qashqadaryo viloyati hududiy saylov komissiyasining navbatdagi yigʻilishida bu masala koʻrib chiqildi.

Yigʻilishni viloyat hududiy saylov komissiyasi raisi Oʻ.Ostonov olib bordi.

Kun tartibidagi masala yuzasidan viloyat hokimining “Xalq deputatlari viloyat Kengashiga saylov oʻtkazuvchi saylov okruglari haqida”gi taqdimnomasi maʼlumot uchun qabul qilindi.

Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksi 9-, 20- va 88-moddalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 5-iyundagi 1338-son qarori bilan tasdiqlangan “Saylov okruglari va uchastkalarini tuzish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga muvofiq, viloyat hududiy saylov komissiyasining qarori qabul qilindi.

Unga koʻra, Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat Kengashiga saylov oʻtkazuvchi 60 ta saylov okrugi tuzildi.

Yigʻilishda viloyat hududiy saylov komissiyasi matbuot xizmatini tashkil etish haqida ham qaror qabul qilindi.

Qashqadaryo viloyati hududiy saylov komissiyasi
#Saylov_2024

Qashqadaryo viloyat hududiy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi.

Majlisda xalq deputatlari viloyat Kengashiga saylov oʻtkazuvchi okrug saylov komissiyalari aʼzolarini tasdiqlash toʻgʻrisidagi masala muhokama qilindi.

Qayd etilganidek, xalq deputatlari viloyat kengashi deputatligiga saylov oʻtkazuvchi 60 ta okrug saylov komissiya aʼzolari (jami 540 nafar) tarkibi xalq deputatlari tuman (shahar) kengashlari sessiyalarida muhokama qilinib, tasdiqlash uchun e-saylov.uz tizimi orqali hududiy saylov komissiyasiga yuborilgan.

Okrug saylov komissiyasi aʼzoligiga nomzodlarning 348 nafari (64 foizi) avvalgi saylovlarda qatnashgan.

Shuningdek, nomzodlarning 408 nafari oliy (76 foiz), 123 nafari oʻrta-maxsus (23 foiz) va 9 nafari oʻrta maʼlumotga ega.

Majlisda xalq deputatlari viloyat kengashi deputatligiga saylov oʻtkazuvchi 60 ta okrug saylov komissiyasi aʼzolari tarkibi tasdiqlandi.

Qashqadaryo viloyati hududiy saylov komissiyasi