TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.33K subscribers
10.3K photos
1.33K videos
6 files
6.43K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
[email protected], [email protected]
Download Telegram
#Kadastr #Zahiriddin_Muhammad_Bobur

🇺🇿Bugun Ulug‘ bobokalonimiz, Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539 yilligi munosabati bilan Kadastr agentligida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Bobur dunyoni hayratga solgan yirik davlat va madaniyat arbobi, shoir, sarkarda, donishmand ,tarixchi, zakovatli olim va tarjimondir. “Geoinnovatsiya markazi” davlat unitar korxonasi direktori Abdullayev Abdushukur Xamidovich boshchiligida o'tkazilgan tadbirda Yozuvchilar uyushmasi raisi-O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid, Qoraqolpog‘iston xalq shoiri Rustam Murusmon, “Sharq Yulduzi” va “Zvezda Vastoka” jurnallari bosh muharriri, shoir Sirojiddin Rauf, “Saodat” jurnali bosh muharriri, shoira Munavvara Usmonova, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Shodi Otamurod hamda agentlik xodimlari ishtirok etishdi.

Uchrashuv davomida tashrif buyurgan mehmonlar ishtirokida Bobur hayoti va ijodi bo'yicha qiziqarli faktlar hamda g'azalxonlik bo'lib o'tdi.