#Kadastr #sizdan_savol
SIZDAN SAVOL, BIZDAN JAVOB
📃 Savol: Ko‘chmas mulk obyektiga kadastr pasporti qanday hollarda rasmiylashtiriladi?
✅ Javob: Vazirlar Mahkamasining 02.09.2020 yildagi 535-son qaroriga asosan, ko‘chmas mulk obyektiga kadastr pasporti quyidagi hollarda rasmiylashtiriladi yoki qayta rasmiylashtiriladi:
💠 ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha birlamchi xatlov ishlari bajarilganda;
💠 ko‘chmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda yoki yer uchastkasi alohida bo‘linganda (bunda ikki qismga alohida kadastr pasporti shakllantiriladi);
💠 qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari xususiylashtirilgandan so‘ng ularning bir qismiga bo‘lgan huquq boshqa shaxsga o‘tganda;
💠 yer uchastkasining maydoni yoki chegara nuqtalari o‘zgarganda;
💠 ko‘chmas mulk obyektining manzilini belgilashda yoki o‘zgartirishda;
💠 ko‘chmas mulk obyektining toifasi o‘zgarganda;
💠 o‘z yer uchastkasida tegishli ruxsatnomalarni rasmiylashtirmasdan qurilgan bino va inshootlar mavjud bo‘lganda.
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵 Facebook |📷 Instagram | 🎬 YouTube
SIZDAN SAVOL, BIZDAN JAVOB
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #sizdan_savol
SIZDAN SAVOL, BIZDAN JAVOB
❓ Savol: Ko‘chmas mulk obyektiga kadastr pasporti qancha muddatda tayyorlab beriladi?
✅ Javob: Kadastr pasporti obyektning murakkabligiga qarab, quyidagi muddatlarda tayyorlanadi:
💠 ko‘chmas mulk obyektlarining turar joyga oid qismi bo‘yicha:
💬 ko‘p kvartirali uydagi kvartira uchun — 3 ish kunigacha;
💬 yakka tartibdagi turar joy uchun — 5 ish kunigacha;
💠 ko‘chmas mulk obyektlarining noturar joyga oid qismi hamda yaxlit ko‘p kvartirali uylar bo‘yicha:
💬 umumiy maydoni 100 kv.m gacha bo‘lganda — 5 ish kunigacha;
💬 umumiy maydoni 100 kv.m dan 1 000 kv.m gacha bo‘lganda — 7 ish kunigacha;
💬 umumiy maydoni 1 000 kv.m dan 5 000 kv.m gacha bo‘lganda — 10 ish kunigacha;
💬 umumiy maydoni 5 000 kv.m dan 15 000 kv.m gacha bo‘lganda — 15 ish kunigacha;
💬 umumiy maydoni 15 000 kv.m dan 50 000 kv.m gacha bo‘lganda — 20 ish kunigacha;
💬 umumiy maydoni 50 000 kv.m dan ortiq bo‘lganda — 25 ish kunigacha;
💠 ajratilgan yer uchastkalari bo‘yicha — 3 ish kunigacha.
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵 Facebook |📷 Instagram | 🎬 YouTube
SIZDAN SAVOL, BIZDAN JAVOB
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #sizdan_savol
SIZDAN SAVOL, BIZDAN JAVOB
❓ Savol: Qanday hollarda kadastr pasportini rasmiylashtirish bepul amalga oshiriladi?
✅ Javob: Quyidagi hollarda kadastr pasportini rasmiylashtirish bepul amalga oshiriladi:
💬 ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha birlamchi kadastr yig‘majildi (pasporti) mavjud bo‘lib, begonalashtirilganda yoki obyektda o‘zgarishlar (rekonstruksiya, qo‘shimcha va alohida qurilish) mavjud bo‘lmaganda;
💬 ko‘chmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda obyektning qolgan qismiga yoki rekonstruksiyasiz toifasi o‘zgarganda;
💬 kadastr yig‘majildi (pasporti) yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda va ko‘chmas mulk obyekti ko‘rsatkichlari o‘zgartirilmasdan).
🕔 Ushbu hollarda kadastr pasporti uch ish kuni mobaynida rasmiylashtiriladi.
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵 Facebook |📷 Instagram | 🎬 YouTube
SIZDAN SAVOL, BIZDAN JAVOB
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #sizdan_savol
SIZDAN SAVOL, BIZDAN JAVOB
❓ Savol: Ko‘chmas mulkni bo‘lish qay tartibda amalga oshiriladi?
✅ Javob: Umumiy birgalikdagi mulkni bo‘lish ushbu umumiy mulk ishtirokchilari o‘rtasidagi kelishuvga yoki sud qaroriga asosan amalga oshiriladi.
💬 Jismoniy va yuridik shaxslarga ijara, doimiy foydalanish, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqlarida tegishli bo‘lgan yer uchastkalarining bino va inshoot bo‘lmagan bo‘sh qismini alohida qismlarga bo‘lishga yo‘l qo‘yilmaydi.

❓ Savol: Qanday holatlar kadastr yig‘majildini tugatish va arxivlashtirish uchun asos bo‘ladi?
✅ Javob: Kadastr yig‘majildini tugatish va arxivlashtirish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
🫥 yer uchastkasining jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilganligi;
🫥 ko‘chmas mulkning bo‘linganligi;
🫥 ko‘chmas mulkning birlashtirilganligi.
🫥 Ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildini tugatish va arxivlashtirish qonunchilikka muvofiq boshqa asoslar bo‘yicha ham amalga oshirilishi mumkin.
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵 Facebook |📷 Instagram | 🎬 YouTube
SIZDAN SAVOL, BIZDAN JAVOB
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #sizdan_savol
SIZDAN SAVOL, BIZDAN JAVOB
❓ Savol: Kadastr xizmatlari uchun toʻlovlarni amalga oshirishda fuqarolarga qanday imtiyozlar berilgan?
✅ Javob: “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslarga, shuningdek, I va II guruhlar nogironlari va Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari uchun davlat xizmatlari narxi xizmatlar umumiy qiymatining 50 foizini tashkil qiladi.
❗️ Tadbirkorlik faoliyati maqsadlarida yoki yuridik shaxslar vakili sifatida murojaat qilingan holatlar bundan mustasno.
▶️ Shuningdek, davlat xizmatidan foydalanish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali murojaat etilganda, ko‘rsatilgan xizmatlar uchun belgilangan yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵 Facebook |📷 Instagram | 🎬 YouTube
SIZDAN SAVOL, BIZDAN JAVOB
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #sizdan_savol
SIZDAN SAVOL, BIZDAN JAVOB
❓ Savol: Qanday holatlar kadastr pasporti berishni rad etish uchun sabab bo‘lishi mumkin?
✅ Javob: Vazirlar Mahkamasining 02.09.2020 yildagi 535-son qaroriga asosan, quyidagilar kadastr pasporti berishni rad etish uchun asos bo‘ladi:
◾️ so‘rovnomada noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilishi;
◾️ ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud emasligi;
◾️ ariza beruvchi yoki uning vakili kelishilgan manzilda bo‘lmagan taqdirda;
◾️ vakolatli organ tomonidan kadastr pasportini rasmiylashtirish bo‘yicha ko‘chmas mulk obyektiga taqiq yoki xatlov qo‘yilganligi.
◾️ Kadastr pasportini rasmiylashtirishni ushbu bandda ko‘rsatilmagan asoslar bo‘yicha rad etish qat’iyan taqiqlanadi.
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵 Facebook |📷 Instagram | 🎬 YouTube
SIZDAN SAVOL, BIZDAN JAVOB
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #sizdan_savol
SIZDAN SAVOL, BIZDAN JAVOB
📃 Savol: Ko‘chmas mulk obyektiga kadastr pasporti qanday hollarda rasmiylashtiriladi?
✅ Javob: Vazirlar Mahkamasining 02.09.2020 yildagi 535-son qaroriga asosan, ko‘chmas mulk obyektiga kadastr pasporti quyidagi hollarda rasmiylashtiriladi yoki qayta rasmiylashtiriladi:
💠 ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha birlamchi xatlov ishlari bajarilganda;
💠 ko‘chmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda yoki yer uchastkasi alohida bo‘linganda (bunda ikki qismga alohida kadastr pasporti shakllantiriladi);
💠 qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari xususiylashtirilgandan so‘ng ularning bir qismiga bo‘lgan huquq boshqa shaxsga o‘tganda;
💠 yer uchastkasining maydoni yoki chegara nuqtalari o‘zgarganda;
💠 ko‘chmas mulk obyektining manzilini belgilashda yoki o‘zgartirishda;
💠 ko‘chmas mulk obyektining toifasi o‘zgarganda;
💠 o‘z yer uchastkasida tegishli ruxsatnomalarni rasmiylashtirmasdan qurilgan bino va inshootlar mavjud bo‘lganda.
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵 Facebook |📷 Instagram | 🎬 YouTube
SIZDAN SAVOL, BIZDAN JAVOB
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #sizdan_savol
SIZDAN SAVOL, BIZDAN JAVOB
❓ Savol: Ko‘chmas mulkni bo‘lish qay tartibda amalga oshiriladi?
✅ Javob: Umumiy birgalikdagi mulkni bo‘lish ushbu umumiy mulk ishtirokchilari o‘rtasidagi kelishuvga yoki sud qaroriga asosan amalga oshiriladi.
💬 Jismoniy va yuridik shaxslarga ijara, doimiy foydalanish, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqlarida tegishli bo‘lgan yer uchastkalarining bino va inshoot bo‘lmagan bo‘sh qismini alohida qismlarga bo‘lishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵 Facebook |📷 Instagram | 🎬 YouTube
SIZDAN SAVOL, BIZDAN JAVOB
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #sizdan_savol
SIZDAN SAVOL, BIZDAN JAVOB
❓ Savol: Oʻzboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari to‘g‘risidagi yangi Qonun qachon kuchga kiradi?
✅ Javob: O‘zbekiston Respublikasining “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi 05.08.2024 yildagi O‘RQ-937-son Qonuni 2024-yilning 8-noyabr sanasidan boshlab kuchga kiradi.
☄️ Ushbu Qonun 2028-yil 1-yanvarga qadar amal qiladi.
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵 Facebook |📷 Instagram | 🎬 YouTube
SIZDAN SAVOL, BIZDAN JAVOB
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #sizdan_savol
SIZDAN SAVOL, BIZDAN JAVOB
❓ Savol: Qanday hollarda ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchilar attestatsiyadan o‘tkazilmaydi?
✅ Javob: Vazirlar Mahkamasining 22.08.2023 yildagi 409-son qarori bilan tasdiqlangan Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchilarning malakasini oshirish va ularni attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq, Oliy ta’lim muassasalarini tugatgan va egallagan mutaxassislik bo‘yicha birinchi marta ishga kirgan shaxslar, agar ular mazkur mutaxassislik bo‘yicha ikki yildan kam ishlagan bo‘lsa, attestatsiyadan o‘tkazilmaydi.