TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.21K subscribers
9.38K photos
1.19K videos
6 files
5.73K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
[email protected], [email protected]
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

O'zbekiston Respublikasi Yeri to'g'risida nimalarni bilasiz?


🇺🇿 O'zbekiston - mintaqaning barcha mamlakatlari bilan chegaradosh bo'lgan Markaziy Osiyodagi yagona mamlakat.

🇺🇿 O‘zbekiston dengiz sohiliga chiqish uchun har qanday yo’nalishda 2 davlat chegaralarini kesib o’tish kerak bo’lgan ikki davlatdan biri. Ikkinchisi Lixteynshteyndir.

🇺🇿 Oʻzbek Samarqandi dunyodagi eng qadimiy shaharlardan biri boʻlib, yoshi boʻyicha Rim bilan qiyoslanadi. Olimlar ushbu turarjoyning yoshini 2750 yildan ortiq deb hisoblashadi.

Geografik joylashuvi

🇺🇿 Markaziy Osiyodagi davlat. Shimolda va g`arbda — Qozog`iston (chegaraning uzunligi — 2203 km), janubda — Turkmaniston (1621 km) va Afg`oniston (137 km), janubi sharqda — Tojikiston (1161 km), sharqda Qirg`iziston (1099 km) davlatlari bilan chegaradosh. Mamlakatning tashqi chegaralari uzunligi 6 221 km.

Asosiy daryolari

🦅 Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon, Chirchiq, Ohangaron.
Yirik ko`llari: Orol dengizi (global ekologik muammo), Aydarko`l.

Iqlimi

🌕 Issiq, quruq, kontinental. Janubi subtropik mintaqaga kiradi.

Manbaa: 1, 2, 3

#DavKadastrPalata #butunjahon_yer_kuni

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #yashil_makon #Yer_kuni
KO‘CHAT EKIB, BOG‘ YARATAYLIK!

🏢 “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarida Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalari tizimidagi xodimlar ham faol ishtirok etishmoqda.

🌏 Ayniqsa, ushbu sa’y-harakatlar "22-aprel - Butunjahon Yer kuni" munosabati bilan yanada keng quloch yozmoqda.

🌱 Kuni kecha boshqarma hududi hamda yo‘l bo‘yi atroflariga 1 000 dona rayhon hamda 700 dona tagis gul ko‘chatlari ekildi.

🌳 "Yerga mehr - elga mehr", - deydi dono xalqimiz. Zero, ko‘chat ekib, bog‘ yaratish ham milliy qadriyatlarimiz sirasiga kiradi.

🌲 Ona-tabiat musaffoligini saqlashda barchamiz birlashaylik. Ko‘chat ekib, bog‘ yarataylik!

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #tezkor_munosabat
TEZKOR MUNOSABAT

⬜️ “Milliy” telekanalining “Millar” dasturi orqali Toshkent shahar, Yashnobod tumanida qurilgan ko‘p qavatli xonadonlardan uy sotib olgan fuqarolarning kadastr hujjatlarini rasmiylashtirolmayotgani haqida “Bizga kadastr kerak!” sarlavhasi ostida lavha efirga uzatildi.

⬜️ Mazkur murojaat Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan nazoratga olinib, hozirda ishchi guruhi o‘rganish ishlari olib borayotganligini maʼlum qilamiz.

⬜️ Holat yuzasidan qo‘shimcha maʼlumot berilishi taʼminlanadi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

"Soha aʼlochisi" hamda "Soha iftixori" koʻkrak nishonlari o‘z egalariga topshirildi

😎Bugun, 22-aprel "Butunjahon yer kuni" munosabati bilan 🌟Kadastr agentligi tizimida uzoq yillardan buyon faoliyat yuritib, sohada o‘zining o‘chmas izini qoldirib kelayotgan hamda faoliyati davomida mehnatsevarligi va jonkuyarligi bilan alohida ajralib turgan 5 nafar xodim “Soha iftixori”, 23 nafari esa “Soha aʼlochisi” ko‘krak nishonlari bilan taqdirlandi.

💐Kadastr agentligi jamoasi ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan hamkasblarini muborakbod etadi. Kelgusidagi ishlariga rivoj va zafarlar tilab qoladi.

Ma'lumot uchun: Ushbu koʻkrak nishonlar vatanparvarlik, xalqparvarlik, fidoyilik tuyg‘usini va mehnatsevarlik fazilatlarini o‘zida mujassamlashtirgan, barkamol, mustaqil fikrlaydigan, o‘zining hayotiy pozitsiyasiga ega, faoliyatda munosib o‘rin egallagan, sohaning har qanday jarayonlarida hal qiluvchi kuch va tayanch bo‘lishga qodir bo‘lgan, Vatanimiz va soha obro‘si, shon-shuhrati va sharafini yuksaltirishga hamda uning xalqaro nufuzini oshirishga xizmat qilayotgan soha xodimlariga berilishi ko'zda tutilgan.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #Yer_kuni #oav_biz_haqimizda #yer_nazorati #tv
KADASTR XODIMLARI BILAN TELESUHBAT TASHKIL ETILDI

📆 "22-aprel - Butunjahon Yer kuni" munosabati bilan Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi Ma’muriy amaliyot sho‘basi bosh mutaxassisi A.Ahmedov hamda boshqarmaning Shayxontohur tumani bo‘limi yetakchi inspektori A.To‘lqinov 🇺🇿 “Oʻzbekiston” telekanalining “Assalom, Oʻzbekiston” dasturida ishtirok etishdi.

🎙 Jonli efirdagi muloqot davomida soha mutaxassislari yer uchastkalarining o‘zboshimchalik bilan egallab olinishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida ko‘rilayotgan choralar haqida ma’lumot berib o‘tdilar.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #sayyor_qabul #Bektemir
🔸 DIQQAT E’LON! 🔸

📣 Poytaxtimizning Bektemir tumani fuqarolari va tadbirkorlari!

🏢 Sizning kadastr sohasi bilan bog‘liq murojaatlaringizni ko‘rib chiqish maqsadida Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalarining Bektemir tumani filialida sayyor qabul o‘tkaziladi.

📝 Kadastrga oid masalalaringiz bo‘lsa, sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.

Sayyor qabul Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalari mutasaddilari ishtirokida o‘tkaziladi.

🗓 Kuni: 2024-yil, 26-aprel, soat 10:00 dan.

☎️ Qabulga yozilish uchun: (+99871) 295-33-99.

📍Manzil: Bektemir tumani, Suvsoz dahasi 29-uy, 118-xonadon.

📍Lokatsiya.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
10:00:00-11:00:00
RADIO 24
#Kadastr #oav_biz_haqimizda #radio #matbuot_tadbiri #yer_nazorati #arxiv
OAV BIZ HAQIMIZDA

🔷 Xabaringiz bor, “22-aprel - Butunjahon yer kuni” munosabati bilan Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalarida “Kadastr sohasidagi ijobiy o‘zgarishlar: raqamlashayotgan kadastr” mavzusida matbuot tadbiri bo‘lib o‘tgan edi.

🔷 Mazkur tadbir tafsilotlari "O‘zbekiston 24" radiokanalining "Yangiliklar" dasturida atroflicha yoritildi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🇺🇿 AOKAda Kadastr agentligi tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida yer va kadastr nazorati yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

✉️ 2023-2024-yillar davomida respublika bo‘yicha 36 904 ta holatda 7 254,9 gektar yer o‘zboshimchalik bilan egallangan. Agentlik organlari tomonidan berilgan yozma ko‘rsatmalar asosida hamda aholi o‘rtasida olib borilayotgan tushuntirishlar natijasida 20 945 ta holatda 3 726,8 gektar ya’ni 57 foiz yer maydondagi qonun buzilishlar ixtiyoriy bartaraf etildi.

➡️Batafsil:

O‘zbekiston telekanali
UZA maqolasida

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #oav_biz_haqimizda #tv #kadastr_xizmatlari
JONLI EFIRDA KADASTR MAVZUSI

🔷 "22-aprel - Butunjahon Yer kuni" munosabati bilan Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi mas’ul xodimlari B.Abdumalikov, A.Yusupov hamda O‘.Saliyevlar 🇺🇿 “Oʻzbekiston” telekanalining “Oydin hayot live” tok-shousida ishtirok etishdi.

🔷 Dastur davomida kadastr sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, raqamlashtirish jarayonlari hamda kadastr xizmatlaridan foydalanish tartibi haqida ma’lumot berildi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Diqqat Avtomobilsiz kun!

🇺🇿 "O'zbekiston 2030" strategiyasini "Yoshlar va biznesni qo'llab-quvvatlash yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi to'g'risidagi Farmon bilan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishlari vazirligi tashabbusi bilan Toshkent shahrida har oyning to'rtinchi chorshanbasi avtomobillar harakatini qisqartirishga qaratilgan "Avtomobilsiz kun" aksiyasi e'lon qilinmoqda.

🗓 Aksiya kuni: 2024-yil 24-aprel

🚗 Bu kunda tashkilot rahbarlari tomonidan avtomobillarga cheklovlar qo'yish va jamoat transportlaridan foydalanishga imkoniyat yaratish belgilangan.

☘️ Barcha xodimlardan ushbu aksiyada faol ishtirok etishlari hamda ekologiya va atrof-muhit zararlanishini oldini olishga o'z hissalarini qo'shishlarini so'rab qolamiz.

#DavKadastrPalata #avtomobilsiz_kun

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM