TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.22K subscribers
9.38K photos
1.19K videos
6 files
5.74K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
[email protected], [email protected]
Download Telegram
#Kadastr #Yer_kuni #mehnat_yarmarkasi
TALABA YOSHLAR BILAN UCHRASHUV

🔷 "22-aprel - Butunjahon Yer kuni" munosabati bilan Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti milliy tadqiqot universitetida tadbir o‘tkazildi.

🔷 Yer resurslaridan oqilona foydalanish, iqtidorli yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashni maqsad qilgan mazkur tadbir davomida “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi ham tashkil etildi.

🔷 Unda Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalari masʼullari sohaga qiziquvchi talabalarga kadastr yo‘nalishi, uning o‘ziga xos jihatlari hamda tashkilotda xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar xususida ma’lumot berishdi.

🔷 Ochiq muloqot davomida talaba yoshlar boshqarma hamda hududiy bo‘limlarda mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, ularga qo‘yiladigan talablar va ishga qabul jarayonlari haqida ham kerakli tushunchalarga ega bo‘ldilar.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🇺🇿Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг 🇹🇯Тожикистон Республикасига амалга оширган давлат ташрифи якунига етди.

📆 Ўзбекистон-Тожикистон муносабатларида янги босқични бошлаб берган тарихий ташрифнинг иккинчи куни муҳим воқеалари.

Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёев Тожикистонга давлат ташрифи доирасида ушбу мамлакат Олий Мажлиси Намояндагон мажлиси Раиси Маҳмадтоир Зокирзода билан учрашув ўтказди.
Душанбега давлат ташрифи доирасида Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Тожикистон Республикаси Бош вазири Қоҳир Расулзодани қабул қилди.
Президентлар Шавкат Мирзиёев ва Эмомали Раҳмон Ўзбекистоннинг Душанбе шаҳридаги элчихонаси янги биносини тантанали очиб бердилар.
Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёев Тожикистон Президенти Эмомали Раҳмон билан биргаликда Душанбеда ташкил этилган Ўзбекистон саноат маҳсулотлари кўргазмасига ташриф буюрди.
Ўзбекистон Республикаси Президентининг Тожикистонга давлат ташрифи доирасидаги тадбирлар якунига етди. Аэропортда давлатимиз раҳбарини Президент Эмомали Раҳмон кузатиб қўйди.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🌱 “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universitetida “22-aprel Butunjahon yer kuni” munosabati bilan talaba yoshlar uchun bir qator tadbirlar bo‘lib o‘tdi.

🌟Kadastr agentligi, Toshkent geodeziya va kartografiya texnikumi hamda “TIQXMMI” milliy tadqiqot universiteti hamkorligi yoshlar orasidan iqtidorlilarini tanlab olish, kelajakda ish bilan ta’minlash maqsadida mehnat yarmarkasi, ko‘ngil ochar tadbirlar, soha rahbarlari hamda universitet professorlari tomonidan konferensiyalar o‘tkazildi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Haftalik murojaatlar tahlili

🌟 Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalariga aholidan 2024 yil  15-19-aprel kunlari  jami  1 769 ta murojaatlar kelib tushgan. Ularni hududlar kesimida videoinfografika orqali tomosha qilishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #info #murojaatlar #haftalik_natijalar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #Yer_kuni #anons #jonli_efir #tv
KADASTR XODIMLARI BILAN TELESUHBAT TASHKIL ETILADI

⚜️ "22-aprel - Butunjahon Yer kuni" munosabati bilan Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi masʼullari 🇺🇿 “Oʻzbekiston” telekanalining “Assalom, Oʻzbekiston” tonggi dasturida ishtirok etishadi.

🔷 Soha mutaxassislari muhim sana munosabati bilan o‘tkazilayotgan tadbirlar, yer uchastkalarining o‘zboshimchalik bilan egallab olinishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida ko‘rilayotgan choralar, “E-yer nazorat” avtomatlashtirilgan axborot tizimining afzalliklari haqida ma’lumot berishadi.

📺 Siz ushbu dasturni 22-aprel kuni soat 07:00 dan e’tiboran MTRKning jonli efirida kuzatib borishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

⚡️Quyidagi hollarda ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda to‘lovlar undirilmaydi:

◼️Fuqaroning familiyasi, ismi va otasining ismi o‘zgarganda;

◼️Avval davlat ro‘yxatidan o‘tkazilib, amalda bo‘lgan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar (davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma berilgan yoki huquqni belgilovchi hujjatga ustxat yozish yo‘li bilan tasdiqlangan) to‘g‘risidagi ma’lumotlarni elektron tarzda davlat reyestriga kiritish va reyestrdan ko‘chirma berishda;

◼️Qonunchilik hujjatlariga muvofiq aholi punktlarining nomlanishi va chegaralari o‘zgarganda, shu jumladan, bir hududdan boshqa hududga o‘tkazilganda (turar yoki noturar ko‘chmas mulk obyektida rekonstruksiya, qo‘shimcha va alohida qurilish mavjud bo‘lgan hamda huquq boshqa shaxsga o‘tgan hollar bundan mustasno);

◼️Tadbirkorlik subyekti — yuridik shaxsning tashkiliy-huquqiy shakli va (yoki) firma nomi o‘zgarganda.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #muhim_sana #Yer_kuni #tabrik
22-APREL – BUTUNJAHON YER KUNI

🌏 Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Toshkent shahar boshqarmalari jamoasi barcha yurtdoshlarimizni "22-aprel - Butunjahon Yer kuni" bayrami bilan samimiy qutlaydi.

🇺🇿 Aziz vatandoshlar!

🌳 Tabiatga ozor bermaslik, ekologik muvozanatni asrash, jonivorlarga ziyon yetkazmaslik, yashash manzilimizni pokiza tutish – bu har birimiz uddalay oladigan oddiy, shu bilan birga umumiy zamin manfaati uchun g‘oyat muhim bo‘lgan vazifalardir. Bu bizning nafaqat o‘zimiz uchun, balki kelgusi avlodlar uchun ham qiladigan eng katta xizmatimiz bo‘ladi.

🌎 Keling, atrof-muhitga e’tiborli bo‘lish, Yerdan to‘g‘ri hamda oqilona foydalanish, saxovatli zaminimizga ziyon yetkazmay, uni salbiy ta’sirlardan muhofaza qilishda har birimiz namuna bo‘laylik!

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #Yer_kuni #anons #jonli_efir #tv
KADASTR XODIMLARI JONLI EFIR MEHMONI

🌏 "22-aprel - Butunjahon Yer kuni" munosabati bilan bugun Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi masʼullari “Oʻzbekiston” telekanalining “Oydin hayot live” tok-shousida ishtirok etishadi.

🎙 Mutaxassislar jonli efir vaqtida sohadagi yangiliklar haqida ma’lumot berib, yurtdoshlarimizning kadastrga oid savollariga javob qaytarishadi.

Efir vaqti: 10:55 dan boshlab.

☎️ Savol yo‘llash uchun telefon raqami:
(71) 214-17-79.

🔴
Jonli efir havolasi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #Yer_kuni #kadastr_kecha_va_bugun
KADASTR: KECHA VA BUGUN

🏢 Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasining Topografik ishlar sho‘basi bosh mutaxassisi S.Zaydinxo‘jayev kadastr sohasida qariyb 30 yildan buyon faoliyat olib bormoqda.

🎙Mutaxassis suhbat davomida yaqin o‘tmishdagi va yangi avlod geodezik o‘lchov vositalarining o‘zaro farqli jihatlari, zamonaviy texnik vositalarning afzalliklari haqida to‘xtalib o‘tdi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM