TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.17K subscribers
9.06K photos
1.11K videos
6 files
5.46K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
[email protected], [email protected]
Download Telegram
#Kadastr #aholi_manfaatlari_yo_lida #Yashnobod
KADASTR XIZMATI – AHOLI MANFAATLARI UCHUN

🔷 Ma’lumki, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning xalqimiz kundalik hayotida o‘z ifodasini topishiga erishish, odamlarni rozi qilish – davlat idoralari faoliyatining ustuvor maqsadi hisoblanadi.

🏢 Shunga ko‘ra Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi va uning hududiy filiallari tomonidan “Kadastr – aholi manfaatlari yo‘lida” tamoyili asosida zarur ishlar tashkil etilmoqda.

🔷 Jumladan, boshqarmaning Yashnobod tumani filiali mutaxassislari “Ahmad Yassaviy”, “Boyqo‘rg‘on”, “Olmos” hamda “Ma’rifat” mahallalarida bo‘lib, aholi va tadbirkorlarning kadastrga oid masalalarini o‘rgandilar. Murojaatlar yuzasidan tegishli huquqiy tushunchalar berildi.

🏢 Toshkent shahrida kadastr yo‘nalishida aholi manfaatlari ustuvorligini ta’minlashga qaratilgan ishlar davom etmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #huquqiy_asos
KO‘CHMAS MULKNI BO‘LISH

📌 Ko‘chmas mulkni bo‘lish hamda uning yangi chegaralarini belgilash xususiyatlari

🔷 Umumiy birgalikdagi mulkni bo‘lish ushbu umumiy mulk ishtirokchilari o‘rtasidagi kelishuvga yoki sud qaroriga asosan amalga oshiriladi.

Jismoniy va yuridik shaxslarga ijara, doimiy foydalanish, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqlarida tegishli bo‘lgan yer uchastkalarining bino va inshoot bo‘lmagan bo‘sh qismini alohida qismlarga bo‘lishga yo‘l qo‘yilmaydi.

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 25.08.2023 yildagi 424-son qarori.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Ramazon Hayitida necha kun dam olinadi?

🇺🇿Prezident Farmoniga koʻra, Ramazon hayiti munosabati bilan ketma-ket 3 kun dam olish kuni belgilangan.

Bular:


📆10-aprel, chorshanba — Ramazon Hayiti kuni;
11-aprel, payshanba — barcha uchun qoʻshimcha dam olish kuni;
📆 12-aprel, juma — 6 kunliklarga qoʻshimcha dam olish kuni, 5 kunliklarga 13-aprel, shanbadan koʻchirilgan dam olish kuni;
📆 13-aprel, shanba — barcha uchun ish kuni;
📆 14-aprel, yakshanba — barcha uchun dam olish kuni.

📃 Farmonda 11-aprel, payshanba kuni barcha xodimlarga qoʻshimcha dam olish kuni etib belgilangan. 12-aprel, juma kuni esa 6 kunliklarga qoʻshimcha dam olish kuni, 5 kunliklarga esa 13-aprel, shanbadan koʻchirilgan dam olish kuni hisoblanadi.

#DavKadastrPalata #ma_lumot_o_rnida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH BUGUNGI KUNNING DOLZARB MASALASI

🟢 Korrupsiyaga qarshi kurashish bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. 🌟Kadastr agentligi tizimida so‘nggi yillarda korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, samarali va shaffof yer nazorati tadbirlarini amalga oshirishga mo‘ljallangan 🔩 “E-yer nazorat” AAT dasturi ishlab chiqildi. “E-yer nazorat” AAT yaratilishi natijasida Yer va kadastr nazorati sohasida yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish va qurilish ishlarini amalga oshirishda huquqbuzarliklarni aniqlashdan bartaraf etilgunga qadar samarali davlat nazorati o‘rnatilishiga erishildi.

➡️ Batafsil o'qish uchun

#Kadastr #murojaat

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #9_aprel_temuriylar #tadbir
“TEMUR TUZUKLARI” – MUHIM TARIXIY-HUQUQIY MANBA

🔷 Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalarida 9-aprel – Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan sana arafasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

🔷 Unda yig‘ilganlar e’tiboriga Amir Temur siymosi, “Temur tuzuklari” asarining yaratilish tarixi, tarbiyaviy ahamiyati haqida hikoya qiluvchi maxsus videorolik namoyish etildi.

🔷 Shuningdek, tadbir davomida Temur va Temuriylar davrida amalga oshirilgan qurilish-bunyodkorlik ishlari, yer munosabatlariga oid muhim ma’lumotlar keltirib o‘tildi.

🔷 Darhaqiqat, bu kabi tadbirlar davlat xizmatchilari o‘rtasida ulug‘ ajdodlarimizning ibratli hayot yoʻli, dunyo tamadduniga qo‘shgan ulkan hissasi, qoldirgan boy merosini oʻrganishga yanada rag‘batlantiradi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

#Qonunchilikdagi_yangiliklar

🏛 Tuman, shahar hokimliklari zaxirasidagi 60 ming gektar yer maydoni dehqon xo'jaligi tashkil etish uchun elektron onlayn auksion savdolariga qo'yiladi.

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining (153-son, 05.04.2024 y.) "Yoshlarga yer ajratish orqali ularning daromadlarini oshirish va bandligini ta'minlash, shuningdek, yangi yer maydonlarini o'zlashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, bir oy muddatda 60 ming gektar yer maydonini ijaraga berish bo'yicha elektron onlayn auksion savdolari "E-auksion" elektron savdo platformasi orqali "mahalla yettiligi"ning tavsiyasi bilan shakllantiriladigan ro'yxatga kiritilgan yoshlar o'rtasida o'tkaziladi. Bunda:

🪙 yer maydonlarini ijaraga berish bo'yicha elektron onlayn auksion savdolari g'oliblari yer uchastkasi narxini 10 yil muddatga teng ulushlarda foizsiz bo'lib-bo'lib to'lashga ruxsat beriladi;

💲 zakalat puli bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari miqdorida belgilanadi;

🫂 Talabgorlarga:

🧅 sabzavot, kartoshka, poliz ekinlari, gul, ko'katlar, makkajo'xori doni, dukkakli va moyli ekinlar yetishtirishga sug'oriladigan ekin yer maydonlari;

🍇 bog'dorchilik-uzumchilik yo'nalishlari uchun ko'p yillik daraxtzorlar yoki samarasiz bog'lar yer maydonlari;

☘️ dorivor o'simliklar yetishtirish, chorvachilik yo'nalishlari uchun chorva ozuqasi ekinlarini yetishtirishga mo'ljallangan, lalmi, bo'z, yaylov va yangi o'zlashtirilgan yer maydonlari 30 yil muddatgacha kichik lotlarda "bir massiv - bir mahsulot" tamoyili asosida ijaraga beriladi.

🧊 talabgorlarga ajratiladigan yer maydonlari o'lchamlari "mahalla yettiligi" taklifiga ko'ra aniqlanadi.

Mazkur qarorga muvofiq ijaraga beriladigan yer maydonlarida tura joy, bino va inshootlar qurish qat'iy man etiladi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Муборак Рамазон ҳайитини нишонлаш тўғрисида"ги қарори

Постановление Президента Республики Узбекистан "О праздновании священного Рамазан хайита"

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#muhim_sana #Temurga_ehtirom
BUGUN SOHIBQIRON AMIR TEMUR TAVALLUD TOPGAN KUN

📖 Qutlugʻ sana munosabati bilan sohibqiron Amir Temurning hamma davrlar uchun birdek ahamiyatli bo‘lgan oʻgitlaridan ayrimlarini e’tiboringizga havola etamiz:

📝 Shijoatli kishilarni do‘st tut, chunki Tangri taolo jasur kishilarni ardoqlaydi.

📝 Raiyat ahvolidan ogoh bo‘ldim, ulug‘larini og‘a qatorida, kichiklarini farzand o‘rnida ko‘rdim.

📝 Ochiq yuzlilik, rahm-shafqat bilan xalqni o‘zimga rom qildim. Adolat bilan ish yuritib, jabr-zulmdan uzoqroqda bo‘lishga intildim.

📝 Chin do‘st uldirki, do‘stidan hech qachon ranjimaydi, agar ranjisa ham, uzrini qabul qiladi.

📝 Bir kunlik adolat — yuz kunlik toat-ibodatdan afzal.

📝 Adl-u ehson bilan jahon gulshani obod bo‘ladi.

📝 Davlat — lashkarlar-u fuqarolarning sadoqati va fidoyiligi-la qudratlidir.

📝 Yozilgan narsa avlodlar xotirasida qilingan ishdan ham uzoqroq yashaydi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Respublikada davlat ro'yxatidan o'tkazilgan yer maydonlari statistikasi

🌟Davlat kadastrlari palatasi matbuot xizmati o'z faoliyatiga doir turli xil statistikalarni taqdim etishda davom etadi.

📊 UZKAD dasturida elektron xaritasi yaratilgan yer uchastkalarining 2024 yil, 1-aprel holatiga jami:

▪️Soni: 7 811 592
▪️Maydoni: 42 750 707 gektar

◼️Batafsil mazkur infografika orqali Respublikamizdagi Yer maydonlarining elektron xaritasi yaratilishi va davlat ro'yxatidan o'tkazilishi to'g'risida ma'lumotga ega bo'lasiz.

#DavKadastrPalata #DKP_statistikasi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #yer_nazorati #infografika
YER NAZORATI TADBIRLARI RAQAMLARDA

📊 Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan 2024-yilning 1-choragi davomida yer nazorati yo‘nalishida olib borilgan ishlar to‘g‘risida quyidagi infografika orqali bilib olishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #tadbir #Ramazon_hayiti
RAMAZON HAYITI – BAG‘RIKENGLIK, MEHR-OQIBAT VA EZGULIK BAYRAMI

🏢 Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalari xodimlari ishtirokida “Qadriyatlar qadr topgan yurt” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

🇺🇿 Unda diyorimizda ma’naviy qadriyatlar yuksalishi yo‘lida olib borilayotgan ezgu sa’y-harakatlar e’tirof etilib, Ramazon hayiti bayramining mazmun-mohiyati haqida to‘xtalib o‘tildi.

🌙 Qayd etilganidek, Ramazon hayiti – xalqimizning ma’naviy hayotida alohida o‘rin tutib, muqaddas islom dinining ezgu g‘oyalarini o‘zida yaqqol ifoda etadi.

🎁 Bu kunda yaqinlarimizni yo‘qlab ularning holidan xabar olish, yoshi ulug‘larni ziyorat qilish, muhtojlarga mehr-muruvvat ko‘rsatish, oilalarga xursandchilik ulashish Ramazon hayiti bayramining go‘zal jihatlaridandir.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube