TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.17K subscribers
9.06K photos
1.11K videos
6 files
5.47K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
[email protected], [email protected]
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

"Xon atlas" haftaligida qadriyatlar
namoyon

🌏 Oila va xotin-qizlar qo'mitasi tashabbusi bilan joriy yilning 8-14-aprel kunlari butun mamlakatimiz bo'ylab aholida milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg'usini shakllantirish, milliylikni asrash, o'zbekona kiyinish madaniyatini namoyon qilish maqsadida "Xon atlas" haftaligi bo'lib o'tmoqda.

🌟Ushbu haftalik doirasida Davlat kadastrlari palatasi ayollari ham faol ishtirok etib, barchaga milliylik va bahoriy kayfiyat ulashdilar. Ish joyida ham milliy qadriyatlarimizni yana bir bor yodga soldilar.

Xalqimizning ko'p asrlik boy madaniy merosi, chinakam go'zallik va nafosat namoyishi bo'lgan haftalikda sizni ham faol ishtirok etishga chorlab qolamiz!

#DavKadastrPalata #Xon_atlas

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон халқига Рамазон ҳайити табриги

Поздравление народу Узбекистана с праздником Рамазан хайит

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Tabrik #muhim_sana #Ramazon_hayiti
RAMAZON HAYITINGIZ MUBORAK BO‘LSIN!

🌙 Insonparvarlik, sabr-qanoat, xayr-u saxovat va ezgulik bayrami – Ramazon hayiti xalqimizning milliy qadriyatlariga mos ravishda keng nishonlanyapti.

🇺🇿 Yurtdoshlarmiz kayfiyatida bugungi tinchlik-xotirjamlik, to‘kin-sochinlikka shukronalik, ertangi kunga mustahkam ishonch tuyg‘usi namoyon.

🏢 Qalblarimiz quvonch va ezgu niyatlarga to‘lgan ushbu saodatli damlarda Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Toshkent shahar boshqarmalari jamoasi barcha yurtdoshlarimizni Ramazon hayiti bayrami bilan samimiy muborakbod etadi.

💐 Ushbu qutlug‘ ayyom shukuhidan qalblarimiz yanada nurafshon bo‘lsin! Yurtimiz tinch, xalqimiz omon, jonajon O‘zbekistonimiz osmoni doimo musaffo bo‘lsin!

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Yaqin tarixga nazar


🇺🇿 Respublikamizning hududlaridagi Joy nomlari, tarixi, geografik joylashuvi sizga qiziq bo‘lsa, Davlat kadastrlari palatasi Axborot xizmati mazkur videoinformatsiyani e’tiboringizga havola etadi.

⚪️ Asr osha o'zgarmagan "Navbahor" an'anaviy o'zbek choyxonasi poytaxtda joylashgan.

📹 Batafsil videoda 👆

#DavKadastrPalata #toponimika #joy_nomlari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #rasmiy_munosabat
RASMIY MUNOSABAT

◻️ Ijtimoiy tarmoqlarda “Oqtepa” massividagi noqonuniy qurilayotgan ko‘p qavatli uyni rahbarlar bilarmikan?” sarlavhasi ostida e’lon qilingan murojaat yuzasidan Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi.

◻️ Boshqarmaning arxiv hujjatlariga muvofiq, Toshkent shahar Shayxontohur tumani, Nurafshon aylanma koʻchasi manzilida joylashgan 0,06 ga (600 kv.m.) yer maydoni, Toshkent shahar hokimining 2017-yil 23-iyundagi qarori bilan “D.M” xususiy korxonasiga “Savdo va maishiy xizmat koʻrsatish” binosi qurish uchun doimiy foydalanishga ajratib berilgan.

◻️ Mazkur qarorga asosan, ushbu yer maydoniga “D.M” xususiy korxonasi nomiga kadastr yigʻmajildi shakllantirilgan boʻlib, 0,06 ga (600 kv.m.) yer maydoni doimiy foydalanish huquqida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan.

◻️ Bugungi kunga qadar ushbu obyektga nisbatan turar joy sifatida kadastr hujjatlari shakllantirilmagan hamda davlat roʻyxatidan oʻtkazilmagan.

◻️ Shu bilan bir qatorda Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi “Qurilish sohasiga oid yagona maʼmuriy qurilish reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 200-sonli qarori bilan tasdiqlangan tegishli maʼmuriy reglamentlar talablariga muvofiq, mavjud obyektlarni qayta taʼmirlash, qurish hamda qayta ixtisoslashtirish ishlariga ruxsat berish, shuningdek ishlab chiqilgan loyiha hujjatlarini kelishish, qurilish ishlarini nazorat qilish vakolati Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi hamda uning hududiy boʻlinmalari tomonidan amalga oshirilishi belgilanganligi bildiriladi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #atamalar

👉 Qo‘shimcha qurilish deganda yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli yer uchastkalarining oldin qurilgan bino va inshootlardan bo‘sh qismida ularga tutashgan holda va (yoki) alohida turadigan yangi bino va inshootlarning barpo etilishi tushuniladi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #sizdan_savol
SIZDAN SAVOL, BIZDAN JAVOB

Savol: Qanday hollarda ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchilar attestatsiyadan o‘tkazilmaydi?

Javob: Vazirlar Mahkamasining 22.08.2023 yildagi 409-son qarori bilan tasdiqlangan Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchilarning malakasini oshirish va ularni attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq, Oliy ta’lim muassasalarini tugatgan va egallagan mutaxassislik bo‘yicha birinchi marta ishga kirgan shaxslar, agar ular mazkur mutaxassislik bo‘yicha ikki yildan kam ishlagan bo‘lsa, attestatsiyadan o‘tkazilmaydi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #bizning_manzillar #Yangihayot
BIZNING MANZILLAR: YANGIHAYOT TUMANI FILIALI

🏢 Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalarining Yangihayot tumani filiali.

📝 Jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish kunlari: dushanbadan-jumagacha, soat 9:00 dan 18:00 gacha.

📌 Manzil: Yangihayot tumani, Shokir ariq ko‘chasi 177a-uy.

📍 Lokatsiya.

☎️ Murojaat uchun telefon: (+99871) 231-12-32.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from Huquqiy axborot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 📑📑📑📑

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari ijaraga oluvchi tomonidan boshqa shaxsga o‘tkazilishi mumkinmi

🇺🇿 Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ-871, 23.10.2023 y) bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimcha kiritildi. Unga asosan, Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari bo‘yicha huquq va majburiyatlar faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda ijaraga oluvchi tomonidan boshqa shaxsga o‘tkazilishi (qayta ijaraga berilishi) mumkin.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #yer_nazorati #Mirzo_Ulug_bek #noqonuniy_qurilma
TUSHUNTIRISH ISHLARI SAMARA BERDI

🔷 Xabaringiz bor, Toshkent shahrida tartibsiz, yagona uslubsiz va ko‘p hollarda tegishli shahar xizmatlari tomonidan beriladigan ruxsatnomalarsiz qurilgan binolarni demontaj qilish ishlari davom etmoqda.

🔷 Kuni kecha Kadastr agentligining Toshkent shahar boshqarmasi Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘limi mas’ul xodimlari tomonidan Alisherobod MFY, Milliy bog‘ ko‘chasi 19a uy manzilida o‘zboshimchalik bilan egallangan 109 kv.m. yer maydonida noqonuniy qurilma qurilganligi aniqlandi.

📄 Aniqlangan holat yuzasidan inspektorlar tomonidan fuqaroga noqonuniy qurilmani bartaraf etish yuzasidan ogohlantirish berildi.

Ushbu ogohlantirishdan o‘ziga to‘g‘ri xulosa chiqargan fuqaro noqonuniy qurilmani ixtiyoriy ravishda bartaraf etdi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Davlat ro'yxatidan o'tgan obyektlar statistikasi

📊 Davlat kadastrlari palatasi Respublika bo'yicha ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o'tkazish uchun kelib tushgan arizalar soni va ularning qanchasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi bo‘yicha statistik ma'lumotlarni taqdim etadi.

📆 Hisobot davri: Yanvar-mart, 2024-yil

▫️ O'tgan oy davomida davlat ro'yxatidan o'tkazilgan obyektlar soni umumiy 199 940 tani tashkil etdi.

Izoh: Mazkur hisobotda qabul qilingan arizalar faqat ish kunlarida ko‘rib chiqilishini ma’lum qilamiz.

#DavKadastrPalata #ro_yxatdan_o_tkazish #statistika

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #tezkor_munosabat
TEZKOR MUNOSABAT

◻️ Bugun ijtimoiy tarmoqlarda Mirzo Ulug‘bek tumanidagi noqonuniy qurilmalar haqida murojaat eʼlon qilindi.

⬜️ Mazkur murojaat Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan nazoratga olinib, hozirda ishchi guruhi o‘rganish ishlari olib borayotganligini maʼlum qilamiz.

⬜️ Holat yuzasidan qo‘shimcha maʼlumot berilishi taʼminlanadi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xon_atlas_2024 #Chellendj
"XON ATLAS" HAFTALIGIDA KADASTR AYOLLARI HAM FAOL

🔷 Oila va xotin-qizlar qo'mitasi tashabbusi bilan joriy yilning 8-14-aprel kunlari butun mamlakatimiz bo'ylab aholida milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg'usini shakllantirish, milliylikni asrash, o'zbekona kiyinish madaniyatini namoyon qilish maqsadida "Xon atlas" haftaligi bo'lib o'tmoqda.

🔷 Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalarida faoliyat yurituvchi opa-singillarimiz ham ushbu haftalik doirasida milliy merosimiz, qadriyatlarimiz targ‘iboti yo‘lida faollik ko'rsatishmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #rasmiy_munosabat
RASMIY MUNOSABAT

⬜️ Ijtimoiy tarmoqlardan birida e’lon qilingan Mirzo Ulug‘bek tumanidagi noqonuniy qurilmalar haqidagi murojaat yuzasidan Kadastr agentligining Toshkent shahar boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi.

⬜️ Boshqarmaning Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limi inspektorlari o‘tkazgan yer nazorati tadbirida tumanning “Katta Yalang‘och ota” MFY, Feruza (Qodirova) ko‘chasidagi 1-uy oldida MCHJ tomonidan 25 kv.m. yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olinib, noqonuniy konteyner o‘rnatib olinganligi aniqlangan.

⬜️ Shundan so‘ng tegishli tartibda dalolatnoma rasmiylashtirilib, o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydoni hamda noqonuniy qurilmalarni belgilangan muddatda ixtiyoriy ravishda bartaraf etish yuzasidan ko‘rsatma xati berilgan.

⬜️ Biroq MCHJ rahbari davlat organining qonuniy talablarini bajarmaganligi sababli unga nisbatan ma’muriy ta’sir chorasi (jarima) qo‘llanilib, noqonuniy qurilmalarni buzish hamda o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonini bo‘shatish yuzasidan belgilangan tartibda sudga da’vo arizasi bilan murojaat etilgan.

⬜️ Shuningdek, “Yangi Kamolot” MFY, Feruza (Qodirova) ko‘chasidagi 22-uy yonida fuqaro tomonidan 12 kv.m. yer maydoniga o‘zboshimchalik bilan noqonuniy konteyner o‘rnatilib, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sotish uchun ijaraga berilganligi aniqlangan.

⬜️ Mazkur holat yuzasidan ham yer qonunbuzilishini sodir etgan fuqaroga nisbatan 15 kunlik muddatda o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonini bartaraf etish yuzasidan ko‘rsatma xati berilib, bugungi kunda bartaraf etish choralari ko‘rilayotganligi bildiriladi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 📑📑📑📑

Ko'chmas mulkka bo'lgan huquqni davlat ro'yxatidan o'tkazmasdan amalga oshirilgan bitimlar haqiqiy
hisoblanmaydi.

🗓 Tegishli huquq paydo bo'lgandan keyin 1 oy ichida ko'chmas mulk davlat ro'yxatidan o'tkazilishi kerak.

🖥 Ko'chmas mulkka bo'lgan huquqni davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun😄Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali murojaat qilinadi.

🪙 Ko'chmas mulkka bo'lgan huquqni davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun o'z vaqtida murojaat etmaslik fuqarolarga BHMning 10 baravari (3,4 mln so'm), mansabdor shaxslarga esa 15 baravari (5 mln 10 ming so'm) miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #huquqiy_asos
SIZ UCHUN MA’LUMOT

🔷 Ko‘chmas mulkni birlashtirish ko‘chmas mulk mulkdorining qaroriga, mulkdorlar o‘rtasida tuzilgan shartnomaga, davlat ijrochisining yoki sudning qaroriga asosan amalga oshiriladi.

🔷 Ko‘chmas mulklarni birlashtirish natijasida yangi paydo bo‘lgan ko‘chmas mulkka kadastr yig‘majildi (kadastr pasporti) dalolatnoma asosida tayyorlanadi.

🔷 Ko‘chmas mulkning birlashtirilganligi huquq egasiga ko‘chmas mulkning konstruktiv elementlarini o‘zgartirish huquqini bermaydi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Haftalik murojaatlar tahlili

🌟 Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalariga aholidan 2024 yil  8-13-aprel kunlari  jami  1 215 ta murojaatlar kelib tushgan. Ularni hududlar kesimida videoinfografika orqali tomosha qilishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #info #murojaatlar #haftalik_natijalar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #kadastr_xizmatlari
TURAR JOYNING MAYDONI TO'G'RISIDA MA'LUMOTNOMA OLISH

🔷 My.gov.uz portalida "Turar joyning maydoni to'g'risida ma'lumotnoma olish" xizmati ishga tushirilgan.

🔷 Xizmatdan foydalanuvchilar:
Jismoniy shaxslar

🔷 Xizmatni ko‘rsatish muddati:
Avtomatik tarzda

🔷 Xizmatni ko'rsatishning huquqiy asosi:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-noyabrdagi "Davlat xizmatlarini ko‘rsatishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 612-son qarori

🔷 Xizmat narxi:
Bepul

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube